Jizzax 2022 reja: kirish psixologiya fanlarini nazorat qilish va baholashni tashkil qilish


PSIXOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA BILIMLARNI NAZORAT



Download 67,67 Kb.
bet3/7
Sana09.07.2022
Hajmi67,67 Kb.
#762079
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ 21

PSIXOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA BILIMLARNI NAZORAT
QILISH TURLARI
Talabalarning bilimlari yoki ularni amalda qo‘llash ko‘nikmalari tekshirilayotganiga qarab quyidagi nazorat turlari farqlanadi: so‘rov va amaliy topshiriqlarni bajarish. So‘rov orqali talabalarning muayyan bir emperik fakt, nazariyalar, tushunchalarning izohi, misollar tasniflar, ilmiy qonuniyatlar haqidagi bilimlari tekshiriladi. Amaliy masalalarni bajarish orqali esa ushbu bilimlarni o‘quv va masalalarni hal qilishda qo‘llash nazarda tutiladi.

So‘rov yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki so‘rovning yutuqlari:
1) talabalarning bilim darajasini aniqlashtirish uchun savollar berish; 2) tasodifiy baholashning oldi olinishi; 3) talabaning monologik bog‘lay olish ko‘nikmasini tekshirish mumkin. Albatta bunda talaba savolga mos ravishda tushunib gapirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki og‘zaki so‘rov natijalarini baholash biroz sub’ektivroq bo‘ladi. Har ikki tomon ham muammoni yechimini baholash bo‘yicha sub’ektiv fikrga ega bo‘ladi. Agar bu borada 2 tomonning fikri bir-biriga mos kelmasa, bunda ob’ektivlikka erishish mushkul bo‘ladi. Ko‘p vaziyatlarda o‘qituvchi haq bo‘lib chiqadi. Yozma so‘rovning qulayligi qisqa vaqt ichida ko‘pchilikning bilimini baholash imkonini beradi, biroq bajarilgan ishlarni tekshirish ko‘p vaqt sarflaydi. Uning shakllari: 1) mashg‘ulot davomida olinadigan yozma nazorat ishi; 2) uy ishi (referat, konspekt). Yozma so‘rov orqali baholash ob’ektivroqdir, agar talaba olgan bahosidan qoniqmasa apelyatsiyaga berish mumkin. Talabaning yozma javobi uni baholash asosi bo‘ladi. Biroq so‘rovda og‘zaki so‘rovdagi yutuqlar yo‘q. (yuqorida berilgan) ta’lim vazirligining fikricha kirish imtihonlarini yozma so‘rov shaklida olib borish ob’ektivlikni oshirar ekan.
Amaliy topshiriqlar ham og‘zaki va yozma bo‘lishi mumkin.
So‘rov erkin va dasturlashtirilgan bo‘ladi. Erkin so‘rovdan keng umumiy savollarga javob berishda qo‘llaniladi. Bunda talabadan ilmiy dalillarga tayangan holda mantiqiy mushohada orqali savollarga yozma yoki og‘zaki javob berishlari ko‘zda tutiladi. Bunday savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: “Idrok va uning xususiyatlari”, “Xotira va uning turlari”, “Psixologiyada shaxs tushunchasi”. Biroq bunday so‘rov natijalarini baholash biroz qiyinchilik tug‘diradi. Dasturlashtirilgan so‘rov esa biroz aniqroq savollar qo‘yishni talab etadi, masalan; “Qachon tarixda birinchi marta psixik laboratoriya ochilgan?”, “Kim birinchi bo‘lib psixoanaliz nazariyasini ishlab chiqqan?”, “XX asrlardagi psixologiyaning ilmiy maktablarini sanang?”. Bunday savollarning javoblari aniq va baholash ham osonroq. Bularga testlar ham misol bo‘ladi.
Amaliy topshiriqlar ham erkin va dasturlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Birinchi vaziyatda topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondoshuv talab etiladi, M; referat, konspekt, rezyume. 2-vaziyatda esa muayyan algoritmni amalga oshirish talab etiladi, m; keltirilgan psixik vaziyatlar qaysi psixologik tushunchaga mos kelishi topiladi yoki vazifadagi korrelyatsiya koeffitsenti aniqlanadi.
Guruhdagi har bir talaba bilan individual yoki butun guruh bilan birdaniga ishlash orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini tekshirishni individual va frontal ko‘rinishi mavjud. Bu ikki holatda ham yuqorida keltirilgan barcha nazorat turlari bir vaqtda qo‘llanilishi mumkin. Frontal usul o‘qituvchining vaqtini tejashligi bilan qulay bo‘lsa ham har bir talabaga individual yondoshish imkoni yo‘q. Ma’ruza seminar, amaliy mashg‘ulotlarning boshida yozma frontal ekspress so‘rovni qo‘llash maqsadga muvofiq. Bunda talaba 5-10 minut ichida bir necha savolga qisqa javob berishi lozim. Bu usulni qo‘llash talabalarning mashg‘ulotga tayyorlanish motivatsiyasini oshiradi.
Imtihonda talabalar bilimini bir kishi yoki bir necha kishilar tekshirishga qarab personal va ekspert turlarni ajratish mumkin. Personal nazorat bir kishi tomonidan ekspert nazorat esa imtihon oluvchilar guruhi tomonidan tashkil qilinadi. Asosiysi, ekspert guruhi bahoning ob’ektivligini oshiradi. Shu bois ushbu usul ob’ektivlik juda muhim bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llaniladi.
DAK va BMI, MD himoyasida qo‘llaniladi. Biroq bu usul juda ko‘p ish kuchini talab etadi. Qolaversa bilimlarni nazorat qilishning bir martalik va taqsimlanganlik turlari ham mavjud. Fan bo‘yicha egallangan vaqtida nazorat qilish bir martalikka misol bo‘la oladi. Katta o‘quv materialini oraliq nazoratning o‘tkazish biroz mushkul. Shu boisdan ham oxirida yakuniy imtihon olinadi va bu ko‘proq imtihon “lotoreyasiga” aylanib ketadi. Bilimlarni baholashda ishonchlilik darajasini oshirish uchun har bir bob, bo‘limdan bittadan savol qo‘yish zarur. Biroq buning iloji yo‘q, chunki vaqt chegaralangan. Nazoratning taqsimlangan turi bilimlarni tekshirish muayyan bir bo‘laklar bo‘lib chiqishni talab etadi. Demak, kurs bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirishlarini nazorat qilish butun semestr JN hamda ON davomida yig‘ilib boradi hamda hozir bu usul keng qo‘llanilib reyting tizimi deb yuritiladi. Reyting baholash ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma, malkalarini to‘liq, ishonchli, ob’ektiv baholash uchun reyting baholash tizimi qo‘llaniladi.
Bu tizim o‘zlashtirishni baholashning “yig‘ib borishni” qo‘llash asosiga qurilgan. Ushbu tizimning eng muhim yutug‘i shundaki talabalar o‘quv faoliyatini miqdor va sifatini majmuaviy hamda differensial baholashni ta’minlaydi, ularning mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi, semestr davomida mustaqil o‘quv faoliyatini stimullashtiradi.
Reyting tizimida topshiriqlarning murakkablik darajasi inobatga olinadi. Talabalarning semestr davomidagi muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari 100% balli shkala asosida baholanadi. Topshiriqlarning bajarilganlik darajasiga qarab ballanadi.
Fanlar bo‘yicha reyting baholash miqdori quyidagilarga bog‘liq:

  1. semestr davomida talabaning faoliyatining sifat va miqdoriga qarab reyting baholash

  2. ON bo‘yicha reyting baholash natijalari.

Demak, uyushqoqlik, differensiallik, ko‘p qirralilik reyting baholashning harakteri va yutug‘idir. Shu bilan birga uning turli ko‘rinishlari mavjud.



Download 67,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish