Joylashtirish



Download 36,07 Kb.
bet6/9
Sana08.05.2023
Hajmi36,07 Kb.
#936229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 reja

Shakl, rang va sifat tovarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taasurot uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning sifati va funksional xususiyatlari baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovarni sotib olishga undovchi motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun ham xosdir.
Tovar dizayni shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta’sir
ko‘rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Tovarning sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo‘lgan (masalan, xizmat qilish muddati, iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida ma’lum bir tasavvur uyg‘otishga ko‘maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir.
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o‘ziga xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun tovarga nom beriladi. Tovarning nomi ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko‘pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan, tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg‘otadigan va o‘ziga jalb qiladigan bo‘lsa, u bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo‘ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo‘llanilmaydi. Tovar nomi tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishi, reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lishi lozim.
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:

  • izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;

  • biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar qolmaguncha transformatsiya qilish(o‘zgartirish);

  • yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish;

  • biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib qo‘yish uchun foydalanish.

Har bir muayyan holda, ayniqsa iste’mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi savollarga javob topish lozim: tovar nomi nimani ifodalashi lozim? qaysi nomlarni
tanlovga qo‘yish mumkin? ulardan qaysi biri yaxshi? raqobatchilarning xuddi shunday o‘xshash tovarining nomi qanday? tovaringiz nomi raqobotchi tovar nomidan nimasi bilan farq qiladi? yangi nomni iste’molchi faqat bitta tovar uchun qo‘llaydimi yoki barcha tovarlar assortimentiga biriktirib qo‘yadimi? tovarni oldindan attestatsiya qilish kerakmi?
Tovarning nomi uning bozordagi “yuzini” shakllantirish, tovarning bozor atributikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lum bir nomdagi tovarni doimiy ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga biriktirib qo‘yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur. Shu tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi.
Marka bu - bitta yoki bir nechta tovar ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) mahsulotlarini identifikatsiya qilish va uni raqobatchilar tovarlaridan farqlash maqsadida foydalaniluvchi nom, belgi, simvol, rasm, atama yoki ularning kombinatsiyasidir. Marka bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va differensiatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Marka o‘z ichiga marka nomi, marka belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin.
Marka nomi bu markaning ovoz chiqarib o‘qish mumkin bo‘lgan so‘z, harf va ularning birikmasi hisoblanadi.
Marka nomi bu markaning tanib olinadigan, lekin o‘qilmaydigan kismidir. U simvol yoki rasmdan iborat bo‘lib, ajralib turuvchi rang va o‘ziga xos shrift bilan bezaladi.
Tovar belgisi marka yoki uning huquqiy jihatdan himoyalangan qismi bo‘lib, sotuvchiga marka nomi va marka belgisidan mutlaq foydalanish huquqini beradi. Tovar belgisi markaning himoyasi, reklamasi, individualligi va sifat kafolati vazifasini bajaradi. Tovar qaysi marka ostida sotilishiga qarab ikki turga bo‘linadi - ishlab chiqaruvchi markasi va xususiy marka.
Ishlab chiqaruvchi markasi bu ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan yoki boshqa ishlab chiqaruvchidan ijaraga olingan markadir. Tovarni markalashtirishda ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o‘z mahsulotlarining har bir turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka nomi belgilash; mahsulotlarning turli guruhlari uchun alohida marka nomlari berish; ishlab chiqaruvchi kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo‘shib ishlatish.
Xususiy marka bu savdo (ulgurji yoki chakana) korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan markalardir. Ba’zida u vositachilar markasi, distribyuterlar markasi yoki diler markasi deb ham ataladi. Faoliyat sohasiga ko‘ra ular quyidagilarga taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar.
Marka o‘ziga xos shartli belgi bo‘lib, uni tovar yoki xizmat bilan bog‘lash vositasida iste’molchiga tovarning iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida xabar beradi. U xaridorlarni mazkur tovarni sotib olishda xuddi avvalgidek sifatga ega bo‘lishlariga ishontirishga harakat qiladi.
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning bir nechta xususiyatlari yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqilishi lozim.
F.Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovarning qimmatliligi, undan foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartiblilik, samaradorlik, yuqori sifat), tovarning individualligi va foydalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog‘onali simvol sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi.
Marketologning tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi lozim bo‘lgan qarorlar quyidagicha - tovar markasining zarurati haqida, tovar markasini qo‘llab- quvvatlash haqida, marka strategiyasi haqida, markaning pozitsiyasini o‘zgartirish haqida bo‘lishi lozim.
Tovar markasini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki undan foydalanish buyurtmalarning shakllanishi va tovarlarni etkazib berish jarayonini engillashtiradi; tovarning o‘ziga xos xislatlarini raqobatchilar tomonidan noqonuniy imitatsiya
qilinishidan huquqiy himoyalashni ta’minlaydi; xaridorlarning barqaror kontingentini jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor segmentatsiyasini engillashtiradi; korporativ imidjni kuchaytiradi va yangi markalarni joriy kilishni osonlashtiradi.
Tovar markalari shuningdek, bozor hokimligini egallab olish va firmaning moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. SHu sababli markalarni boshqarishning vazifalaridan biri tovar markasini rivojlantirish, uning hatti-harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi marka strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish); tovar markasi chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish); ko‘p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq markani ishlab chiqish).
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to‘siqlarning mavjudligi, shuningdek, xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi.



    1. Download 36,07 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish