Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

4.Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari 
Har bir Markaziy bank joriy moliyaviy yil so’nggida keyingi moliyaviy yil 
uchun monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va e’lon qiladi. 
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 
“Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari”deb nomlangan 23-moddasida 
quyidagilar belgilab qo’yilgan: 
Markaziy bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi monetar 
siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili 


 
boshlanishidan kamida 30 kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot 
beradi. 
Monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari: 
Iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini; 
Muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan 
chegaralarini; 
Pul massasi yillik o’sish sur’atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu 
jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini; 
Valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlarini; 
Pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadil asosiy 
ko’rsatkichlarini o’z ichiga olishi lozim
65
.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan “Monetar 
siyosatninng 2018 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari”da quyidagilar belgilab 
qo’yilgan: 
I. Pul-kredit siyosatining 2018 yildagi maqsad va vazifalari. 
2018 yilda pul-kredit siyosati iqtisodiyotad nisbatan yuqori inflyatsion 
kutilmalar sharoitida amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqqan holda, 2018 yili 
pul-kredit siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor monetar omillarning 
inflyatsiyaga ta’sirini minimallashtirish va shu orqali narxlar barqarorligini 
ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratiladi. 
Inflyatsiya darajasining pul massasi hamda milily valyutaning almashuv 
kursi bilan bog’liqlik darajasini inobatga olib, pul-kredit siyosatida oraliq mo’ljal 
sifatida “pul massasining o’zgarishi”dan foydalaniladi. 
Iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni pasaytirish maqsadida bank tizimidagi 
likvidlilik va pul massasi hajmiga pul-kredit instrumentlaridan faol va 
moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali ta’sir ko’rsatiladi. 
Qat’iy pul-kredit siyosatining yuritilishi iqtisodiyotda real foiz stavkalarining 
ijobiyligini ta’minlash hamda ichki omillar hisobiga almashuv kursi keskin 
tebranishini kamaytirish imkonini beradi. 
II. Pul-kredit siyosatining 2018 yil uchun prognoz parametrlari. 
2018 yilda pul massasining yillik 12-15 foiz darajasida o’sishi prognoz 
qilinmoqda. 
2018 yilda davlat byudjetini profitsit bilan bajarilishini ko’zda tutilayotganligi 
pul massasi keskin o’sib ketishining oldini olishga xizmat qiladi. 
Mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’limi ijobiy saldosini saqlanib 
qolishi (YaIMga nisbatan 2,5-3,0 foiz darajasida) hamda xalqaro kredit liniyalari 
va xoriijy investitsiyalar hajmining oshib borishi pul massasining tezroq sur’atlarda 
oshishiga olib kelishi mumkin. 
III. 2018 yilda pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
O’rta muddatda bosqichma-bosqich inflyatsiyanii targetlash rejimiga o’tiladi. 
Bunda, 2018 yilning birinchi choragida “O’rta muddatda pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish va amalga oshirish kontseptsiyasi” 2018-2021 yillarda 
65
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonun/O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh 
qilish va tijorat banklari faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar to’plami. – Toshkent: 
O’zbekiston, 2011. – 19-b. 


 
inflyatsiyani targetlash rejimiga o’tishni ta’minlovchi “yo’l xaritasi” bo’lib xizmat 
qiladi. 
“Kontseptsiya” samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida ichki 
makroiqtisodiy omillar va tashqi sharoit o’zgarishini igobatga olgan holda pul-
kredit instrumentlarini takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratish hamda 
ularning transmission mexanizmi samaradorligini oshirib borishga Markaziy 
bankning amaliy yondashuvlarini o’zida aks ettiradi. 
2018 yilda pul-kredit instrumentlari samaradorligini oshirish choralari 
mamlakatda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqelik va talablarga mos ravishda 
majburiy zaxiralash talablarini takomillashtirish, banklararo pul bozori faoliyatini 
kengaytirish, monetar operatsiyalar o’rni va ta’sirini oshirish, pul-kredit va fiskal 
siyosat mutanosibligini ta’minlashga qaratiladi. 
Xalqaro 
tajriba 
va 
andozalar 
asosida 
bank 
nazorati 
amaliyotini 
takomillashtirish. Shuningdek, bank tizimida raqobat raqobat muhitini yaxshilash, 
banklarning kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng joriy etish bo’yicha 
ishlarning amalga oshirilishi bank tizimiga bo’lgan ishonchning ortishiga va pul-
kredit siyosati samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlarini takomillashtirish. 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining likvidliligini tartibga solish va 
uni boshqarishda pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan faol foydalanib 
boriladi. Bunda, xalqaro tajriba va mamlakatimiz bank tizimining o’ziga xos 
xususiyatini inobatga olgan holda tijorat banklariga likvidlik berish bo’yicha yangi 
instrumentlar joriy etilishi va mavjud instrumentlarni takomillashtirish borasidagi 
sa’iy-harakatlar faollashtiriladi. 
2018 yilda bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ortiqcha 
likvidlilikning inflyatsion bosimini kamaytirish maqsadida tijorat banklarining 
bo’sh pul mablag’larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarini 
ham takomillashtirish va kengaytirish ko’zda tutilgan. 
2018 yilda Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish 
maqsadida Molyai vazirligi bilan birga davlat qimmatli qog’ozlarini muomalaga 
chiqarish masalasida yaqindan hamkorlik qiladi. 
2018 yilda bank tizimidagi likvidlilikni samarali boshqarish salohiyatini 
yanada mustahkamlash maqsadida majburiy zaxiralash me’yori va talablarini 
takomillashtirish ko’zda tutilgan. Shu maqsadda, tijorat banklari tomonidan 
Markaziy bankda majburiy zaxiralarni shakllantirish bo’yicha tartib xalqaro 
tajribadan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqiladi. 
Valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor valyuta kursining bozor 
mexanizmlari asosida shakllanishiga hamda Markaziy bankningvalyuta birjasidagi 
ishtirokini minimallashtirishga qaratiladi. Bunda, Markaziy bankning valyuta 
birjasidagi interventsiyalari “oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi”ni ta’minlash 
maqsadlaridan kelib chiqib, monetar oltinni xarid qilish operatsiyalari natijasida 
iqtisodiyotda hosil bo’lgan qo’shimcha likvidlik va pul massasini “sterilizatsiya” 
qilishga qaratiladi. 
Valyuta kursi siyosatini yuritishda ushbu yondashuv moohiyatan erkin 
o’zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos kelib, almashuv kursining 


 
iqtisodiyotda “ichki avtomatik stabilizator” funktsiyasini bajarishi uchun 
imkoniyat yaratib beradi. Demak, so’mni erkin suzish rejimiga o’tishi ko’zda 
tutilmoqda (Markazyi bank shu vaqtagcha so’mni boshqariladigan suzish rejimiga 
ega ekanligini e’tirof etib kelar edi). 
Pul bozori faoliyatini takomillashtirish. 
2018 yilda qisqa muddatli likvidlilikni taqdim etish. Banklararo resurslar 
bozori uchun yagona elektron platformani ishga tushirish ko’zda tutilmoqda. 
Shaffoflikni oshirish va muloqot tizimini shakllantirish. 
2018 yilda Markaziy bank tomonidan faoliyat shaffofligini oshirish 
maqsadida hamda aholi va tadbirkorlarga elektron va ommaviy axborot vositalari 
orqali qabul qilinayotgan qarorlarning sabab va mohiyatini tushuntirishga, 
inflyatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar tahlili va inflyatsion xatarlarning oldini 
olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda izohdashga alohida 
e’tibor qaratiladi. 
Tahlil va prognoz salohiyatini mustahkamlash. 
O’rta muddatli istiqbolda inflyatsiyanii targetlashga o’tish 2018 yildan 
boshlab Markaziy bankning tahlil va prognoz salohiyatini mustahkamlash hamda 
zamonaviy andozalar asosida izchililk bilan takomillashtirishni taqozo etadi. 
Xususan, 2018 yil davomida bank tizimidagi likvidlilikni va inflyatsiyani lmillar 
kesimida tahlil qilishga, zamonaviy to’lov balansi statistikasi metodikasini 
amaliyotga joriy etishga. Asosiy makroiqtisodiy va pul-kredit ko’rsatkichlarini 
modellashtirish asosida prognoz qilish instrumentlarini takomillashtirishga 
qaratilgan ishlar yanada jadallashtiriladi. 
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik. 
Pul-kredit siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 
Markaziy bank xalqaro molyai institutlari va markaziy banklar bilan yaqindan 
hamkorlik qiladi. Jumladan, 2018 yilda pul-kredit siyosatini takomillashtirish va 
monetar instrumentlar o’rnini mustahkamlash, bank tizimidagi likvidlik tahlili va 
prognozi, pul bozori operatsiyalarining samaradorligini oshirish maqsadida 
Xalqaro valyuta fondining maxsus texnik ko’mak missiyasini jadb etish hamda 
xorijiy mamlakatlar markaziy banklarining ilg’or tajribasini o’rganish va tajriba 
almashish amaliyotini kengaytirish nazarda tutilmoqda
66
.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish