1.3.O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi.
Xavotirlanishning biologik nazariyalaridan organizmning o‘ta zo‘riqish holati noxush qo‘zg‘atuvchilarga ko‘rsatiladigan reaksiyalar farqli psixologik nazariyalar ichida xavotirlanishnijarayonsifatidatushunishkattaqiziqishuyg‘otadi. Bunda xavotirlanish deganda shaxs tomonidan haddan ortiq talablar sifatida idrok qilinadigan hamda o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini hurmat qilishga havf soladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilar majmui tushuniladi.
Bu qo‘zg‘atuvchilar muayyan emotsional reaksiya – xavotir holatini, ya’ni turli intensivlikka ega xavotirlanishni tug‘diradi. Shu turdagi emotsional reaktivlikka moyillik shaxsiy xavotirlanish debt avsiflanadi,
Biroq o‘tish davrida yuqori emotsional qo‘zg‘aluvchanlik va reaktivlik mavjud deb qaraladi va bunday reaktivlik kimga nisbatan yuqori degan savol paydo buladi. Uning yosh chegaralari qanday? O‘tish davrida ba’zi bir emotsional reaksiyalar xususiyatlarining negizi garmonal va fiziologik jarayonlarda ekanligi isbotlangan.
Fiziologlar o‘smirlik davridagi psixik muvozanatsizlik va ularga xos bo‘lgan kayfiyatning keskin o‘zgarishini bir-biri bilan bog‘laydirlar. Biroq o‘smir va o‘spirinlarining emotsiona lreaksiyalari hamda hulq atvori faqatgina gormonal xususiyatlar bilan tushuntirilishi mumkin emas, shu bilan birga ular ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlariga ham bog‘liq, yosh xususiyatlariga nisbatan individual-tipologik farqlar ustunrok. Kattalashishdagi psixologik qiyinchiliklar, talabchanlik darajasi bilan «Men» obrazidagi qarama-qarshilik shunga olib keladiki, o‘smir uchun xos bo‘lgan emotsional zo‘riqish o‘spirinlik davrini ham qamrab oladi.
Bir qator tadqiqotlar natijasida o‘smirlik va o‘spirinlik davrida psixik salomatlik normalari bir-biridan tubdan farq qilishi aniqlangan. Masalan, m m p1 (Minnesotshaxstestlari) yordamida o‘nbeshming 14-15 yoshli o‘smirlarni o‘rganish kattalarga nisbatan normalo‘smirlar "psixopatiya", "shizofreniya" shkalalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Demak, kattalar uchun kasallik belgilari hisoblanuvchi emotsional reaksiyalar o‘smirlar uchun statistik jihatdan normaldir.
Proektiv testlar va tematik appersepsion test natijalarining ko‘rsatishicha, 12 yoshdan 16 yoshga qadar xavotirlanish darajasi o‘sib boradi. Mashhur psixiatr A.A.Mexrabioning ma’lumotlariga ko‘ra, 13-14 yoshdan so‘ng shaxsga doir buzilishlar, xususan depersonalizatsiya soni keskin ortib boradi.
Psixolog V.R.Kislovskaya proektiv test yordamida xavotirlanishning yosh bo‘yichadinamikasini o‘rgandi. Uning ta’kidlashicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda ota-onalarga nisbatan bog‘chadagi tarbiyachilar bilan muloqotda xavotirlanish ko‘proq namoyon bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqotga qaraganda notanish odamlar bilan muloqotda ko‘pincha xavotirlanish uchraydi. O‘smirlarda ota-onalari va sinfdoshlari bilan munosabatlarida xavotirlanish ko‘prok bo‘lsa, notanish katta yoshlilar va o‘qituvchilar bilan munosabatda kamroq uchraydi. Yuqori sinf o‘quvchilarida boshqa yoshdagilardan farqli muloqotning barcha sohalarida yuqori xavotirlanish darajasi mavjud. Buni ayniqsa, ota-onalari bilan hamda ular ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan katta yoshlilar bilan muloqatda ko‘prok uchratish mumkin.
A.E.Lichko fikriga ko‘ra, 14 dan 18 gacha bo‘lgan yoshda vripsixopatlar uchun inqiroz davri hisoblanadi. Bundan tashqari, bu yoshda xarakterning ba’zi xususiyatlari keskin namoyon bo‘ladi, ya’ni xarakter aksentuatsiyasi kuzatiladi. Xarakter aksentuatsiyalari patologik holat bo‘lmasa-da, psixik jarohatlar hamda normadan hulqi og‘ishlik ehtimolini oshiradi. Ilk o‘spirinlik odamoviylik ba’zida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishning oshishiga olib keladiki, u insoniy to‘laqonli emaslik hissi bilan birga kechishi mumkin.
Insonda emotsional qo‘zg‘alishni hosil qiluvchi omillar doirasi yosh o‘tishi bi-lan kengayib boradi. Emotsiyalarning ifodalanishi usullari turlicha bo‘lib, qisqa muddatli qo‘zg‘aluvchi ta’sirida yuzaga kelgan emotsional reaksiya davomiyligi ortadi. O‘smir davrida emotsional tanlovchanlik darajasining oshishi bilan birga reaktivlik kuchi bo‘yicha uning differensiatsiyasi davom etadi. Emotsional reaktivlik darajasi, shaxsning his tuyg‘ularini boshdan kechirish qobiliyati uning konsitutsional xususiyatlarihamdatarbiyasharoitlari bilan bog‘langan.
Shuni ta’kidlash lozimki, emotsional reaktivlikning past darajasi noxush psixik omildir. Past emotsional reaksiyasi o‘smirva o‘spirinlar kuchli reaktivlikka ega bo‘lgantengdoshlariga nisbatan ancha notinch, qo‘zg‘aluvchan, kam muloqotchan va noqat’iydirlar.
Jamiyatimiz har bir insonning psixik salomatligi haqida qayg‘uradi. Shu tufayli o‘spirinlarning emotsional dunyosi doimo o‘qituvchilar hamda ota-onalarning markazida bo‘lmog‘i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |