Kameral nazorat nima va u kim uchun foydali?



Download 179,18 Kb.
bet1/14
Sana14.06.2022
Hajmi179,18 Kb.
#666959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kameral nazorat nima va u kim uchun foydali


Kameral nazorat nima va u kim uchun foydali?
19/02/2020

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida kameral nazorat soliq nazorat shakli sifatida emas, balki soliq tekshiruv turi sifatida kiritildi. Kodeksda soliq tekshiruvining bu turini qay tartibda o‘tkazish ham aniq belgilab berildi.

Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi hisobotini uning faoliyati to‘g‘risida mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi.

Sohada olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati xodimlarini nazoratchi emas, balki yaqin hamkor sifatida qabul qilishiga erishishdir.

Kameral soliq tekshiruvi o‘tkazishda ham tadbirkorni jazolash emas, unga xatosini to‘g‘rilashga imkon berish nazarda tutilgan.

Ya’ni kameral soliq tekshiruvi natijasida hisobotlarda tafovut aniqlansa, tadbirkorga ularni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqi beriladi.


Bu soliq to‘lovchini kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga undaydi va soliq organlariga nisbatan ishonchi ortishiga xizmat qiladi.





Kameral soliq tekshiruvi qanday o‘tkaziladi?
Kameral soliq tekshiruvlari soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.

Agar soliq davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilgan taqdirda esa, kameral soliq tekshiruvi belgilangan tartibda o‘tkazilishi mumkin.


Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) so‘rovnoma orqali soliq va yig‘imlarni to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni va boshqa axborotlarni talab qilib olishga haqli.

Bunda asosan, birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi reestrlari hamda soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshqa hisob hujjatlari va tushuntirishlar nazarda tutiladi.
Soliq organining so‘rovnomasida talab etilgan hujjatlar yoki tushuntirishlar soliq to‘lovchi tomonidan so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.


Download 179,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish