Karimov I. A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild



Download 24,32 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi24,32 Kb.
#831355

MAFKURAVIY PLYuRALIZM (lot. pluraliq – xilma-xillik, rangbaranglik) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g’oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Mamlakatda ilg’or g’oyalar, mafkuralar qancha ko’p bo’lsa, ya’ni M.p. hukmron bo’lsa, taraqqiyotning samarali yo’lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo’ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, birbirini to’ldirishiga xizmat qiladi. M.p. ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g’oyalarning paydo bo’lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro’yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda ko’ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa o’zlari mansub bo’lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o’z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi. Rahbarning mafkuralar xilma-xilligi sharoitida siyosiy partiyalar faoliyatidagi ishtiroki Bugun rahbarga turlicha mafkuralar sharoitida ishlashga to’g’ri kelmoqda. Bu demokratik jamiyatga xos xususiyat. O’zbekistonda ham beshta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatmoqda. Bunday sharoitda rahbarning qaysi partiya a’zo ekanidan qat’i nazar, u turli qarashlarni hurmat qilishi va boshqa partiyalar bilan ham qonuniy asosda munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Zero, to’g’ri shakllangan dunyoqarash, mafkura o’z samarasini shu vaqtda beradiki, agar u to’g’ri yo’naltirilgan, ma’lum bir ezgu maqsadga qaratilgan bo’lsa va moddiy-ma’naviy asosni birlashtiruvchi, uyushtiruvchi kuch rahbar, uning borlig’i, faoliyati bilan belgilanadi. Rahbarning mafkuraviy dunyoqarashi, kuchi u boshqarayotgan xo’jalik, tashkilot, siyosiy partiyalarga munosabati va faoliyati orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat uzoq va mashaqqatli yo’l bo’lib, rahbarning siyo-siy partiyalar bilan aloqasi, faoliyatining uyg’unligi amalga oshadi. Rahbarning e’tiqod darajasiga aylangan milliy g’oya xalqni ma’lum bir maqsad sari to’g’ri yo’lga boshlaydi. Zero, Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganlaridek, “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar”1 . Darhaqiqat, mafkuraning ahamiyati, shubhasiz, cheksiz ekan, bunda siyosiy partiyalarning dasturi mazmuni bevosita milliy mafkuramiz maqsad va vazifalarini ommaga, hayotga to’g’ri tatbiq etishni birinchi galdagi vazifa deb bilmog’i lozim. Agar biz milliy mafkurani kompas deb bilsak, undan to’g’ri foydalana bilish rahbar shaxsi fazilati bilan belgilanadi. Bugungi dunyo vabosiga aylangan diniy ekstremizm, agressiv millatchilik yoki buyuk davlatchilik shovinizmi shaklidagi g’oyalar mavjud bo’lgan bir 1 Karimov I. A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. — T.: O’zbekiston, 1999. —84-bet. paytda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Odam o’z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga o’zi tayanib yashaydigan hayotiy – milliy qadriyatlarga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amrimahol”2 . Zero, shaxs dunyoqarashida uning odamlarga, olamga bo’lgan munosabatini belgilashda mamlakatda, kishilar orasida mustaqil sobitqadam e’tiqodga ega bo’lmasa, u jamiyatdagi har qanday salbiy g’oyalarga, ekstremistik kuchlarga bas kela olmaydi. Ya’ni alohida olingan shaxsni meni orqali, yana umumlashtiruvchi umummilliy maqsad va maslakka, mamlakatni kelajagini belgilab beruvchi umumiy safarbar etuvchi milliy birligi, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqni jipslashtiruvchi yurt osoyishtaligi va obodligiga xizmat qiluvchi g’oyalar tizimi, majmuasi — milliy mafkuraga doimo inson intilib yashaydi. Bugungi kunda rahbarning uzoqni ko’ra bilishi, zukkoligi, yuqorida tilga olingan holatlarni, jarayonlarni, avvalambor, o’ziga singdirishi kuchli e’tiqod, chuqur bilim, qat’iy printsipga, tarixni, xususan, millat tarixini chuqur va har tomonlama bilishini taqozo etadi. Ta’kidlash joizki, tarixda xalqni yagona maqsad ostida birlashtirgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi siymolarni tilga olish mumkin. Ular o’zlarining rahbarlik faoliyati, bilimlari va tajribalari bilan yuksak obro’, millat iftixoriga aylanganlar. Jamiyat taraqqiyoti va uning yanada mustahkamlanishida mafkura bilan bir qatorda siyosiy partiyalar o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, jamiyat barcha davrlarida qarama-qarshi kuchlar va qarashlar bo’lgan hamda ular o’z faoliyatini faollashtirish, jipslashtirish uchun muayyan uyushmalarga ehtiyoj sezgan. Dastlab partiya-lar hokimiyat uchun kurashuvchi emas, balki hamfikr, hammaslak tashkilotlar hisoblanuvchi klublar, adabiy, siyosiy tuzilmalar shaklida namoyon bo’lgan edi. Aytish lozimki, partiyaning jamiyatdagi o’rni uning vazifalari va bajaradigan funktsiyalari bilan belgiladi. Rahbarning vazifasi va ish uslubi turli partiyalar faoliyatidan davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirishda unumli foydalanishdir. Ularning faoliyati orqali milliy g’oyaining shakllanishi hamda shu asosda millat va elatlar birligi, ularni yagona maqsadi ozod va obod Vatan tamoyillariga amal qilgan holda tarbiyalashdir. Bugungi kunda amal qilayotgan partiyalar aholining turli-tuman (ijtimoiy, milliy, konfessial va hokazo) qatlamlarining umumguruhiy manfaatlari va maqsadlarini, ularning ideallarini va qadriyatlarini aks ettiradi. Partiyalar, shuningdek, xalq bilan davlat va davlat hokimiyatlari orasidagi faol munosabatlarni ifoda etadi, ya’ni xalqning orzu-umidlari, 2 Karimov I. A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. — T.: O’zbekiston, 1999. —86-bet. intilishlari, xohishlari, ehtiyojlarini, talablarini etkazishda bog’lovchi halqa uyushma sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, partiya o’zining a’zolari, etakchilari, faollari, mafkurachilari va tashkilotchilari orqali qizg’in faoliyat olib boradi. Ayni paytda mamlakatimizda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, O’zbekiston liberal demokratik partiyasi, Vatan taraqqiyoti partiyalari yagona maqsad — millatning obro’-e’tiborini tiklash va mustahkamlash Vatanni ozod va obod etish, xalq farovonligini oshirish, bir so’z bilan aytganda, yurtni taraqqiy ettirish, uni jahonga tanitish borasida keng ko’lamli faoliyat yuritmoqda. Partiyalar o’zlarining ustav va dasturidan, ularning mazmuni, mohiyatidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi. Har bir partiyaning pirovard maqsadi shu aziz va muqaddas Vatan barchamizniki, uning bebaho boyligini asrab-avaylash, xalq manfaatlari va ehtiyojlariga safarbar etish, “O’zbekiston — mening Vatanim”, “O’zbekiston — kelajagi buyuk mamlakat” kabi shiorlar asosida vatanparvarlik g’ururini, mustahkam e’tiqodni shakllantirishdan iborat. Eng muhimi, har bir partiya ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotning biror bir yo’nalishiga ko’proq xalqning diqqatini, manfaat va qiziqishlarini hisobga olib, pirovard natija milliy g’oya maqsad va tamoyillariga uyg’un ekanligi bilan ajralib turadi. Rahbar bundan to’g’ri va oqilona foydalangan holda, partiya faollari va mafkurachilarining o’z dasturlari bo’yicha o’tkazayotgan chora-tadbirlariga o’z munosabatini bildirib, qo’l ostidagi mehnat jamoasini ongini to’g’ri shakllanishiga o’z ulushini qo’shishi bilan, birga faol tashabbuskorlik xususiyatlarini ko’rsatmog’i lozim bo’ladi. Milliy g’oyani tashviq va targ’ib qilishda har bir siyosiy partiya gazeta va jurnallar, radio va televidenie orqali chiqishlardan unumli foydalanadi. Siyosiy partiyalar aholini fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilmaxilligiga tayangan holda milliy g’oyani amalga oshiruvchi asosiy kuch va vositadir. Bunda rahbar shaxsining faolligi, ana shu ko’rsatmalarni, xalqning orzu-istaklarini, mehnat kollektivlarida, ta’lim-tarbiya muassasalarida kechayotgan voqea-hodisalarda, milliy mafkura shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatishi bilan belgilanadi. Milliy g’oyani shakllantirish faqatgina kabinetlarda bo’lmasdan, u joylarda, zavodfabrikalarda, o’quv auditoriyalarida qizg’in bahs-munozaralar orqali amalga oshiriladi. Har bir mehnat jamoasi qilayotgan ongli faoliyatida, shu yurt farovonligi, el obodligi, tinch-osoyishtaligi uchun degan fikr bilan hamnafas bo’lmog’i lozim. Bugungi kunda aksariyat davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquq va erkinliklari, milliy va diniy totuvlik g’oyalari ustuvordir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida “turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda” — deb yozadi Prezidentimiz. — Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda»3 . Umuman, rahbarning siyosiy partiyalardagi faoliyati va milliy g’oyani singdirishdagi o’rni quyidagilarda ko’rinadi: — rahbar muntazam tarzda siyosiy partiyalarning faoliyatidan, uning faollari, mafkurachilaridan milliy g’oyani targ’ib qilishda foydalanmog’i lozim; — rahbar shaxsning dunyoqarashi, bilim saviyasi, ma’naviyati yuqori bo’lib, g’oyalar xilma-xilligini hisobga olishda boshqalar uchun ibrat bo’lmog’i darkor; — siyosiy partiyalar nafaqat saylovoldi kompaniyalarida, shu bilan birga, butun yil davomida aholi o’rtasida, mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim-tarbiya muassasalarida milliy g’oyani singdirib borishi va bunda rahbar faolligi, tashabbuskorligi muhim va dolzarbdir; — rahbar OAV material va dasturlari milliy g’oyaga uyg’unlashtirgan holda bo’lishini muntazam kuzatib bormog’i lozim; — o’tkaziladigan chora-tadbirlar uchrashuvlar (urush va mehnat faxriylari, ziyolilar bilan) mavzularini milliy g’oya negizlariga mos va xos tarzda bo’lishiga ahamiyat berish; — milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizga tayangan holda “Shu aziz Vatan — barchamizniki”, “O’zbekiston — Vatanim mening”, “Ajdodlar merosi — o’lmas xotira”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni” kabi mavzularda turli ko’rik-tanlov, konferentsiyalar tashkil qilish va ularning natijasini tahlil qilish; — yoshlar siyosiy ongini shakllantirish va shu asosda milliy o’zlikni anglashni yana takomillashtirishga oid mavzularda kitobxonlar konferentsiyalari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish. Bu tadbirlar samarasi nafaqat rahbar yoki ma’muriyatning, balki ko’pni ko’rgan, obro’li mahalla faollarining, ota-onalarning izchil va oqilona faoliyati, xatti-harakati, tashabbuskorligiga bog’liqdir. Bu o’rinda mavjud siyosiy partiyalarning insonparvar g’oyalari ham muhim ahamiyatga ega. “Xalq demokratik g’oyasi”, “Adolat g’oyasi”, “Fidokorlik g’oyasi”, “Milliy tiklanish g’oyasi”, “Liberalizm” g’oyalarining har biri ham muayyan siyosiy kuch faoliyati orqali jamiyat rivojiga xizmat qiladi. Rahbar turli g’oyalarga ega siyosiy partiyalar fao-liyatidan qonun asosida foydalanishi ularni milliy g’oyaning bosh maqsadini amalga oshirishga safarbar etishda muhim o’rin tutadi. 3 Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 6-jild. — T.: O’zbekiston, 1997. —65-bet. Ta’kidlash joizki, aynan milliy g’oya turli partiyalarni birlashtirib turadi. Shu xususda to’xtalib, Prezident Islom Karimov bunday deydi: “Siyosiy partiyalar xalqni, millatni qadim-qadimdan birlashtirib kelayotgan mushtarak g’oyalar ham borligini doimo esda tutish zarur. Shu bois ular o’z manfaatlarini himoya qilishda bir-biriga raqib yoki muxolifat bo’lishi mumkin, lekin yagona Vatan, yagona xalq manfaatlari haqida gap ketganda hammasi bir muhit bo’lib birlashishi darkor. Bugungi kunda bizning yurtimizda milliy istiqlol g’oyasi ana shunday birlashtiruvchi kuch bo’lib hisoblanadi”4 . Mil.goya.rax.mas’. 4 Karimov I. A. O’zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. — T.: O’zbekiston, 2005. —11-bet.
3222222222222222222222222222222222222222222222
Demokratiya Asosiy Tamoyillari
keng ma'noda, demokratiya, siyosiy boshqaruv tashkilot va ayrim hayot bilan jamiyat tashkil etish shaklini emas, balki shunchaki tushuniladi. Bu shakl hokimiyat uning muassasalari mos keladi. hukumat usuli asosiy tushunish uchun nazariy asos, birinchi Zh.Zh.Russo solindi.
zamonaviy demokratiya qadriyatlari asos formula faollashdi "Har kim har kishi huquqlari teng, bepul tug'iladi." demokratiya tamoyillari asosiy qadriyatlar bilan boshlanadi - erkinlik. Bu turdagi har qanday jamiyatning asosi hisoblanadi. rejimining asosiy qiymat sifatida, ma'lum bir xatti buyurmoq emas erkinligi, inson faoliyatining mazmunini zo'rlab emas, va ularga o'z ularni tanlash imkoniyati ochiladi.
Download 24,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish