Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir


  Chiziq  va  shtrixlar,  ularning  tasvirlar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

2.2.  Chiziq  va  shtrixlar,  ularning  tasvirlar
 
bajarishdagi  ahamiyati
Tabiatda  bizni  o‘rab  turgan  barcha jismlar  uch  o‘lchamlidir. 
Lekin  rassom  uni  ikki  oTchamli  qog‘ozda  aks  ettirishi  kerak 
(balandhgi va kenghgi). Ikki oTchamh yuzada uch oTchamh jismlami 
b o ‘rttirib,  hajmdor  qilib  bajara  olish  tasviriy  san’at,  xususan, 
qalamtasvirning  asosi  hisoblanadi.  N aturadan  tasvirlashning 
dastlabki  bosqichida  rassom  maTum  bir  yordamchi  chiziqlar 
cliizadi. Ushbu chiziqlar aniqboTisliiga qaramay shartlidir, chunki
25-rasm.
43


tabiatda  chiziqlar  mavjud  bo‘lmay,  ular  faqat jismlaming  biron- 
bir  yuzasi  chegaralarini  anglatish  uchungina  qoMlanadi.  Shu  sa- 
babli,  chiziqli  tasvirlar  doimo  m a’lum  miqdorda  shartli  bo‘lib, 
birgina  chiziq bilan uch  o‘lchamli jism tasvirini  haqqoniy tarzda 
b o ‘rttirib,  hajmdor  qilib  ifodalash  mumkin  emas.  Chiziqning 
m a’lum bir  mashqdagi  o‘rni  ahamiyatli bo‘lishi  mumkin,  ammo 
bunday holda tomoshabin jism hajmini o‘zicha tasaw ur qiladi.
Chiziq  rasm  chizishda  asosiy  tasvir  vositasi  b o ‘lib,  uning 
xarakteri  rassom  uchun  m a’lum  ish  quroli  yoki  vosita  vazifasini 
o‘taydi.  Rassomning  u  yoki  bu  vazifani  haqqoniy  bajarishi  — 
chiziqlami  qaysi uslub va qog‘oz  sirtida qanday bosimda yurgizib 
hosil qilishiga bog‘liq.
Rasmdagi  chiziq  erkin  va  turli  xil  b o ‘lishi: 
b a ’zan  kuchli,
 
birlamchi  va  qora,  ba’zan  yengil,  biroz  bilinar-bilinmas  bo ‘lishi
 
mumkin.
  Qattiq  bosib  hosil  qilingan  chiziq  ko‘proq  buyumning 
soya qismlarini to ‘q tusga kiritish  m a’lum bosqich bo‘lib  xizmat 
qiladi.  Bunday  chiziqlar  fazodagi  shaklni  perspektivaga  asosan 
qisqarib  ko‘rinishida,  ya’ni  masofadagi  jism  tasvirini  ifodalash 
uchun  qo‘llanilmaydi.  Bunday  chiziqlarni  dekorativ  tasvirlar 
bajarishda ishlatish mumkin.
Yengil tusga ega chiziqlar (qattiq bosmasdan chizilgan chiziq) 
har bir vazifaning dastlabki bosqichi uchun xarakterlidir.  U tasvimi 
qog‘oz sirtida umumiy joylashtirish va buyumlarning kompozitsiya 
jihatdan o‘m ini aniqlashda,  umumiy kontumi belgilashda hamda 
nisbatlami ko‘rsatishda yordamchi chiziq vazifasini o‘taydi.
Yosh rassom o‘z mahoratini shakllantirishi va tasviriy san’atdagi 
texnik  harakatlarini  rivojlantirishi  va  ko‘z  bilan  chamalash 
qobiliyatlarini o‘stirishi uchun bir qator mashqlami bajarishi lozim: 
turli  chiziqlar  orqali  buyum  shakllarini  alohida  chizish,  shaklga 
hajm berishda shtrixlar orasidagi oraliqlaming bir xilligiga erishish 
va  shu  kabilar.  To‘g‘ri  chiziqlami  qo‘lni  uzmasdan  (shaklning 
boshidan  oxirigacha  butun  holda)  chizish  talab  etiladi,  egri 
chiziqlarni esa (sferik hajmlarda), yarim yoy,  siniq chiziqlar orqali 
chizish  maqsadga  muvofiqdir.  Tasvirdagi  ba’zi  bir  tuzatishlarni 
imkoni  boricha  o‘chirg‘ich  ishlatmasdan  amalga  oshirish  kerak. 
Garchi,  tasvir  to ‘g‘ri  chizilgan  bo‘lib,  agar  u  faqat  bir  xil  qalin- 
likdagi  chiziqlardan iborat bo‘lsa,  albatta,  qumq qalamga aylanib 
qoladi  va  unga  qanchalik  darajada  hajm  mukammal  bo‘lishiga
44


qaramasdan,  tomoshabinda yoqimsiz taassurot  qoldiradi.  Chunki 
buyum  shaklning  atrofi  quruq  konturlardan  iborat bo‘ladi.
Bu  haqda  o‘tmishda  yashab  ijod  etgan  buyuk  rassomlar  o‘z 
fikrlarini shunday bayon etganlar:  «Shuni yodda tutingki,  shaklda 
chiziq yo‘q, ammo hajm mavjud, rasm chizayotganingizda kontumi 
emas, relyef haqida o‘ylang.  Chunki relyef kontumi boshqaradi».
Tasviriy  san’at,  xususan,  qalamtasvir  ham  musiqa  kabi  o‘z 
ohanglariga ega.  Haqiqiy maqomchi yoki  sozanda,  ijro  davomida 
qo‘shiqning  alohida  joylariga  ovoz  va  kuyni  balandlatib  yoxud 
pastlatib urg‘u bergani kabi, tasviriy san’atda ham rassom naturaga 
qo‘yilgan shakllaming asosiy joylariga ko‘proq e’tibor bergan holda 
bo‘rttirib ko‘rsatishi va aksincha, ikkinchi darajali qismlarini bilinar- 
bilinmas qilib tasvirlashi kerak.  Shundagina asar haqqoniy chiqadi 
va  tomoshabin  qalbidan joy  oladi.  Aytish  mumkinki,  tasvirdagi 
chiziqlar  ham  ohangdor  b o ‘lishi  lozim:  ba’zan  ular  bassli  tor 
kabi  qalin va  kuchli,  ba’zan  esa,  ingichka  ritmda,  ammo  baland 
jaranglashi mumkin.
Shaklning  kenglikdagi  harakatini  ifodalashda,  chiziq  ijodiy 
mohiyatining  rassom  chizayotgan  rasmdagi  ko‘rinishi  alohida 
musiqiy va ta’sirli mazmun aks ettiradi.  0 ‘tmishda yashab ijod etgan 
Leonardo  da Vinchi,  Rafael  Santi,  Albrext  Dyurcr,  Mikelandjelo 
Buanorotti  kabi  mashhur  rassomlar tomonidan  ishlangan  asarlar 
buning  isbotidir.  Ulam i  o‘rganish  davomida  turli  xarakterdagi 
chiziqlami ko‘rishimiz mumkin.  Ular ba’zan siyraklashib,  ba’zan 
quyuqlashib,  kengayib  boradi.
Ushbu rassomlar qalamni turh holatlarda, bosimda va burchakda 
ushlab, ingichka keng chiziqlami hosil qilishgan.  Ingichka, zo‘rg‘a 
ko‘zga ilinadigan chiziqlar shakl atrofida, yorug‘-soya chegaralarida 
bo‘ladi va jismga yorug‘lik tushayotganligini bildiradi.  Qalin,  to ‘q 
chiziqlar  esa,  shaklning  soya  tushgan  yuzasini  ko‘rsatadi.  Turli 
xarakterdagi  chiziqlar  chizilayotgan  buyumning  hajmi,  unga 
tushayotgan yorug‘lik miqdori va uning joylashgan o‘mini ifodalash 
hamda plastik xususiyatlarini tezda hal etish imkonini beradi.
Chiziq xarakteri m a’lum miqdorda material va ish quroliga — 
qog‘oz  yuzasi  va  zichligiga,  grafitning  qattiqligiga  ham  bog‘liq. 
Qalam,  ko‘mir,  sangina  yengil va  nafis  chiziq  hosil  qiladi;  pero, 
flomaster,  m o‘yqalam —  nisbatan to ‘q,  dag‘al chiziqlar chizishda 
ishlatiladi.  Agar  oppoq  tus  kerak  boflsa,  yumshoq  o‘chirg‘ichni
45


mahkam  ushlab,  u  tez-tez  harakat  bilan  yurgiziladi.  Ochroq  tus 
hosil qilish uchun o‘chirg‘ich yordamida ortiqcha grafitni o‘chirib 
tashlash kifoya qiladi. Tush rasmlarda shtrixning qahnhgi va xarakteri 
jismning  u  yoki  bu  qismini  tasvirlash  darajasiga  ko‘ra,  turlicha
boTishi  mumkin.  Qalamga  beriladigan 
bosim shtrix xarakterini belgilaydi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish