Kasb-hunar ta’limini boshqarish. Reja: I kirish



Download 101 Kb.
bet7/19
Sana31.12.2021
Hajmi101 Kb.
#223706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Kasb-hunar ta’limini boshqarish.

6. Rahbar va uning shaxsi

«Rahbarlik qilish» so‘ziga izohli lug‘atda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish kabi ta’rif berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrda rahbarlar qondirishi zarur bo‘lgan talablar juda ko‘pdir. Ularni quyidagi besh yirik guruhga bo‘lish mumkin.



  1. Ma’naviy etuklik.

- siyosiy etuklik; huquqiy etuklik; axloqiy etuklik.

- ma’rifatlilik va madaniyatlilik;

- xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik;

- topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik.

- tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati.


  1. Intizom va mehnatga bo‘lgan munosabati.

- mehnatsevarlik; jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish;

- atrofdagilarda mehnatsevarlkini tarbiyalay bilish;

- ishni rejali olib bora bilish.


  1. Bilim darajasi.

- iqtisodiyotni, texnika va texnologiyani bilishi;

- boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilishi;

- istiqbolni bilishga qodirligi.


  1. Tashkilotchilik qobiliyati.

- xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olishligi;

- qo‘l ostidagilarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalashni bilish;

- jipslashgan jamoani vujudga keltira olish;


  1. Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish.

- boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;

- ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;

- turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;

- boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish.

Har bir rahbar psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan pedagogik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak. SHular yordamida u xodimlarga ularni tarbiyalash va mukammallashishlariga ta’sir etuvchi shakl hamda usullarning yanada samaraliligini topish mumkin.

Rahbar quyidagi muammolarni hal etishi kerak:

- aqliy rivojlanish (xodimlarning umumiy va kasbiy ma’lumoti);

- ma’naviy boyish (madaniy tadbirlar tashkil etish, etik muammolarni echish);

- muomalani dorilomonlashtirish;

Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim:

- ezgu ideallar bilan mashg‘ul bo‘lish;

- shaxsiy xislatlarni takomillashtirish.

Tarbiyaviy ta’sir rahbarning quyidagi omillarni bilishiga bog‘liq:

- xodim madaniyati va ma’lumot darajasi, uning axloqiy kasbiy va hayot tajribasi qay darajada rivojlanganligi;

- jismonan sog‘lomligi, ma’naviy barkamolligi;

- individual, ijtimoiy-ruhiy sifatlari;

- mehnat jamoasidagi ijtimoiy-ruhiy muhit;

- axloqiy-ma’muriy choraga xodimning munosabati.

Tabiiyki, tarbiyaviy ta’sir umumiy va qotib qolgan bo‘lmasligi lozim, chunki yuqorida qayd etilgan omillar har bir muayyan shaxs uchun farqlidir. SHuning uchun tarbiyaviy ta’sir har bir shaxsning o‘ziga qaratilgan bo‘lishi kerak, bu rahbar tarbiyaning turli-tuman usullaridan xabardor bo‘lishini taqoza etadi.

Rahbar tarbiyaviy ta’sirni amalga oshirishining quyidagi ta’bir joiz bo‘lsa, «texnologik tamoyillari» mavjud:



  1. Ruhiy o‘ziga xoslik, ya’ni shaxsga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishdan oldin uning individual, ijtimoiy-ruhiy sifatlarini anglash lozim;

  2. Ma’naviy motivlar – o‘ziga bo‘ysunuvchilar oldida yuqori darajadagi xulq-atvor egasi ekanligini shaxsan namoyon etish;

  3. YAkka tartibda yondoshish, bu – har bir shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan «a’lo» tomonini izlash;

  4. Mehnat faoliyatining talablariga moslashish, bu – xodim aqliy imkoniyatini aniqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha muammoni hal etish;

  5. SHaxsiy mo‘ljal. Bu – xodimda noyob qobiliyat kurtaklarini o‘stirish va ularni rivojlantirish.

Umuman olganda, rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, G.Salening quyidagi so‘zlarini yodda tutishi foydadan xoli emas: «SHuni unutmangki, hamma uchun mos andoza yo‘q. Biz, hammamiz – turli toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha».

Ta’lim-tarbiya ishlariga yangicha munosabat mustaqillik, ma’naviyat negizi asosida hukumat qarorlarida ta’lim islohatlarida olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.

O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan boyitishda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondoshmoqdalar. O‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi. SHu sababli o‘quv muassasini boshqarishning asosiy ob’ekti pedagogik jamoa hisoblanadi.

SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu bobda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish, pedagogik jamoa-o‘quv muassasi boshqarishning ob’ekti, pedagogik faoliyatni faollashtirish yo‘llari, ta’lim muassasini boshqarish konsepsiyasi, pedagogik faoliyatni boshqarish dasturi, rahbar va uning shaxsi kabilar juda ko‘plab misollar asosida tushunarli qilib bayon qilingan.


Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish