Kashtachilik naqsh elementlaridan foydalanib ayollar zamonaviy libos loyhasini yaratish



Download 11,15 Mb.
bet7/25
Sana06.07.2022
Hajmi11,15 Mb.
#751033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Madinabonu Nomonjonovna ILMIYDISSERTATSIYA ISHI. 2M-20 (2)

1.1.4-rasm. Teatr binolari.
O’zbek teatrining tug’ilganiga o’n yil bo’lmayoq Abdurauf Fitratning “Chin sevish”, “Abulfayzxon”, Cho’lponning “Yorqinoy”, Hamza Hakimzodaning komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha drama etetikasi talablari darajasida bo’lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari edi.
Musiqali dramadek murakkab sintetik san’at janrining paydo bo’lishi ham o’zbek xalqining benihoya boy badiiy merosga egaligi va shu merosni zamonaviy teatr tiliga ko’chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog’liq edi. Dastlab kichik musiqali sahnalar tarzida ko’ringan bu janr G’ulom Zafariyning “Halima”, Xurshidning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” asarlarining yaratilishi bilan o’zbek teatrida alohida san’at yo’nalishi bilan o’zbek teatrida alohida san’at yo’nalishi tarzida taraqqiy topdi. Takidlash lozimki, o’tmishda bu “folklor janr, o’tkinchi opera san’atiga o’tishda ko’prik vositasi xolos” degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo’liga qanchalik to’siq bo’lmasin, u rivojlanishda davom etaveradi. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga qaratilgan “Musiqali drama va komediya teatri” deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda Respublika musiqa teatri tajribalariga suyandi va har biri san’atimiz xazinasiga ulush bo’lib qo’shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratdi.
Chet elliklar Shekspirning “Hamlet”, “Otello” kabi asarlarining o’zbek aktyorlari tomonidan yuqori darajada mujassam etilishidan hayratga tushib so’z ochar ekanlar, buning asosiy sabablaridan biri, bu spektakllarning biron bir boshqa teatrlar postanovkasiga o’xshamasligi, ya’ni ularga Shekspir g’oyalariga mushtarak tarzda o’zbekona dunyoqarash va badiiy qadriyatlarning ifoda etilishida deb bilish mumkin. Keng ko’lamda avj olgan shunday ijodiy jarayonlardan so’ng Abror Hidoyatov, Shukur Burxonov, Olim Xo’jayev, Sora Eshonto’rayeva kabi o’nlab yuqori iqtidorli drama ustalari va Lutfixonim Sarimsoqova, Razzoq Hamroyev, Mahmudjon G’ofurov singari ko’plab musiqali drama ustalarining yetishib chiqishi o’zbek teatrining boshdanoq mustahkam zaminga evrilib, so’ng jahon teatri tajribalarini ijodiy o’zlashtirgan holda jadal taraqqiy topishining tabiiy mahsuli ekani o’z-o’zidan ayon bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbek Davlat akademik drama teatrining ochilish marosimida (2002-yilning 30-avgustida) so’zlagan nutqida: “Necha yillar davomida o’zining beqiyos san’ati va mahorati, klassik asarlarning betakror ijrosi bilan bu teatr nafaqat milliy san’atimiz muxlislarini, balki dunyodagi manaman degan teatrlarning mashhur rejissor va aktiyorlarini, ularning eng nozikta’b teatrshunos mutahassislarini ham hayratda qoldirgani ma’lum”, -der ekan, mutlaqo haq edi. I.A.Karimovning bir nutqi o’zbek teatri tarixini anglash va uning keyingi rivojida katta ahamiyatga egadir. “Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qo’yib, o’zining buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yo’ldagi barcha harakatlarimiz imon-e’tiqod tuyg’usi bilan yo’g’rilib, kuchayib borayotgan bir paytda,- deb uqtirdi Prezident,-o’z tarixiy ildizlarimizni, shu jumladan, san’atimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish haqida gapirishimiz har jihatdan o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman”. Bu da’vatkorona so’zlar teatr haqidagi ilm-fanni rivojlantirishda ham alohida qimmatga ega.
O’zbek teatriningrivojlanishi davomida uni o’rganish, tadqiq etishga qaratilgan alohida ilm sohasi-teatr tanqidchiligi va teatrshunoslik fani tarkib topdi. M.Uyg’ur nomidagi San’at institutidan oliy malakali teatrshunos kadrlarning yetishib chiqishi bilan, 1950-yillardan e’tiboran o’zbek teatrining o’tmishi va zamonaviy jarayonini ilmiy o’rganishda yangi davr boshlandi. O’zbek teatrining alohida davrlari, aktyorlik, rejissorlik san’ati muammolari, aktyor va rejissorlarning ijodiy yo’llari haqida o’nlab monografiyalar, kitoblar chop etildi. Akademik M.Rahmonovning ikki jilddan iborat “Hamza nomli O’zbek Davlat akademik drama teatri tarixi” (2001-y.), “Istiqlol va milliy teatr” (2001-y.), maqolalar to’plami, M. Qodirovning “Tomosha san’ati o’tmishidan lavhalar” (1993-y.), Sh. Rizayevning “Jadid dramasi” (1997-y.), T.Ismoilovning “Tarix va sahna” (1998-y.) T. Tursunovning “O’zbek teatr tarixi” (2002-y.) dasturiy qo’llanmasi teatrshunoslik ilmining keyingi yillar mahsuli hisoblanadi.
“Milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash” haqida so’z borayotgan ekan, teatrshunoslik fani oldida uning ayrim muammolari bo’yicha ilmiy monografiyalar qatori darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Teatr va dramaturgiya rivojida alohida o’rin tutgan Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Qahhor kabi dramaturglardan ikkitadan pyesa olindi. Ayrim hollarda hozirda dolzarb bo’lmagan, lekin teatrda shov-shuvli muvaffaqiyat qozongan (masalan, B. Rahmonovning “Yurak sirlari” asari) pyesalardan ham namunalar keltirildi. Ikkinchi guruhga oid manbalar rejissorlar, aktyorlarning hotiralaridan iborat. Ular orqali ijodiy jarayonda bevosita ishtirok etgan M. Uyg’ur, M.Muhammedov, H.Nosirova, Q.Xo’jayev, Z.Sadriyeva singari o’nlab san’atkorlarning jonli taassurotlari va kuzatuvlari bilan tanishish mumkin4.
Teatrshunos olimlar, qisman adabiyotshunos va jurnalistlarning tadqiqotlari, vaqtli matbuotda chop etilgan maqola va taqrizlaridan olingan ko’chirmalar uchinchi guruhga oid manbalardir.
Bugungi kunda yo’qolib ketayotgan tarixiy, milliy, hali teatr tomoshagohlariga chiqib ulgurmagan va yoki namoyish etib kelinayotgan milliy va sahnaviy asarlarga yangi, qulay, rangi o’chmaydigan, sifati buzilmaydigan, qahramonlarni isitib yubormaydigan sifatli hamyonbop hamda uzoq vaqt hizmat ko’rsatadigan mahsulot ishlab chiqarish.
O’zbekistоn mustaqilikka erishgandan so’ng, Respublika xalq xo’jaligini rivоjlantirishda ilmiy-tadqiqоt ishlarining ahamiyati yanada оshib bоrmоqda va ishlab chiqarish kоrxоnalari jahоn fan yutuqlari bazasida takоmillashib bоrmоqda. Bu takоmillashuv uni avtоmatlashtirish va mexanizatsiyashtirish yangi texnika va texnоlоgiyani qo’llash оrqali amalga оshirilmоqda.
Milliy liboslarning sahna asarlarni sahnalashtirishdagi roli juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy va tarixiy sahnaviy asarlardagi liboslarning ahamiyati juda mas’uliyatli. Sharq donishmandlarining”Eng katta boylik – bu aql zakovat va ilm, eng katta meros–bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir” degan hikmatli so’zlarini keltirib, zamonaviy bilimni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish hammamiz uchun uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanish kerakligi borasida alohida to’xtaldi. Darhaqiqat, madaniyat komillik poydevoridir.
Milliy asarlarni sahnalashtirishda sahnaviy asarlarni tahlil qilish orqali biz boy tariximiz va madaniyatmizni rivojlantirishimiz uchun hozirgi kunda sahnaviy asarlarning yuksak namunalariga va yoki hali sahnalashtirilmagan milliy sahnaviy asarlar uchun zamonaviy matolardan liboslar loyihaviy to’plamini ishlab chiqish.


Download 11,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish