Keramika va olovbardrosh materiallar klassifikatsiyasi



Download 33,66 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi33,66 Kb.
#891664
Bog'liq
4.Keramika va olovbardrosh materiallar klassifikatsiyasi


Keramika va olovbardrosh materiallar klassifikatsiyasi.

Keramika va olovbardosh materiallar turi juda ko‘p. Ushbu kitobning birinchi qismida taʼkidlanganidek, keramika buyumlari va materiallari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom ashʼyo turi yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi.


Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning paydo bo‘lish muxlatiga ko‘ra anʼanaviy va noanʼanaviy qismlariga ajraladi. Anʼanaviy keramika esa 3 turga bo‘linadi:
1. Qurilish keramikasi (qurilish g‘ishti va boshqalar);
2. Maishiy-xo‘jalik va dekorativ keramikasi (sopol, chinni va boshqalar);
3. Olovbardosh buyumlar keramikasi (shamot g‘ishti va boshqalar).
Noanʼanaviy keramikaga texnika keramikasi (elektr izolyator va boshqalar) kiradi.
Keramika materiallari isteʼmol (tatbik) etish oblastiga ko‘ra uch katta kismga bo‘linadi: 1)kurilish va sanoat kurilishi materiallari; 2) texnika materiallari;3) maishiy-xo‘jalik materiallari.
Kurilish va sanoat kurilish materiallari davrasiga kurilish keramikasi mahsulotlari va o‘tga chidamli materiallar kiradi. Kurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol kuvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya kurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Keng ko‘lamda sanoat kurilishida ishlatiladigan o‘tga chidamli materiallar kimyoviy mineralogik tarkibi hamda ishlab chikarish texnologiyasiga karab o‘n turga (kum tuprokli,alyumosilikatli, magnezialli, magnezial shpineli, xromli, sirkonli, uglerodli, karbid kremniyli, oksidli va kislorodsiz modda) ajratiladi. Ular ham o‘z navbatida kompozitsiya tashkil etuvchi asosiy xom ashʼyo minerallari mikdorining o‘zaro nisbati asosida 18 tipga bo‘linadi.
Texnikada ko‘llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o‘z ichiga oladi: yukori o‘tga chidamli oksidlar keramikasi , elektroizolyasiyaga moyil silikatli va alyumosilikatli keramika, yukori dielektrik o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lgan keramika, magnit xossalariga ega bo‘lgan keramika, baland haroratda eriydigan kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar.
Maishiy xo‘jalik materiallari va buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo‘linadi. Maishiy xo‘jalik buyumlarini yana o‘tga chidamli materiallar asosida ham olish mumkin.
Keramika mahsulotlarini tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, kattik mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib kolishi, sirlanganligi, yuzasining ko‘rinishi, forma va razmeri, o‘tga chidamliligi, kislotaga barkarorligi va shunga o‘xshash boshka faktorlar asosida ham kism, gruppa va turlarga bo‘linadi.
Tayyorlov usuliga ko‘ra, masalan barcha o‘tga chidamli mahsulotlar -shliker yoki eritmadan ko‘yilgan,plastik formovka kilingan,yarimkuruk presslangan,plastik bo‘lmagan ko‘puksimon massadan trambovkalardan,tog‘ jinsi va kuyma bloklardan arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga karab esa ushbu maxsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh ), kuydirilgan (shamot g‘ishti) va eritib ko‘yilgan (quyma kvars ) mahsulotlarga bo‘linadi.
Keramika mahsulotlari kuyma badiiy bezaklangan, nakshlangan, silliklangan, emal buyoklar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Sindirib ko‘rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo‘yicha barcha buyumlar ikkiga-mayda tolali tuzilishga ega bo‘lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo‘lgan buyumlarga ajraladi. Bunday yo‘sinda klassifikatsiyalash ayniksa nafis va dag‘al keramika buyumlari uchun xos. Kuyish va qoliplash jarayonida kattik mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib kolishga ko‘ra ham buyumlar tanasi tosh kotib kolgan va tanasi kavaklarga ajraladi. Tanasi kovakli buyumlar nur taʼsirida yaltiramaydi, yuzasi xira va yersimon tusga va anchagina g‘ovaklikka ega bo‘ladi. Tanasi tosh kotib kolgan buyumlar esa mustahkam, yaltirok chig‘anoksimon yuzaga ega, ochik va tutashgan g‘ovaklarsizdir. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan bo‘lishlari mumkin. Tashki muxit taʼsiridan saklash va dekorativ tus berish uchun buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashki pardozlash plitkalari, yuzali g‘isht va kanalizatsiya kuvurlari) sir bilan koplanadi.
O‘tga chidamli materiallar formasi va razmeriga ko‘ra “to‘g‘ri” va “klinli”, normal g‘isht va oddiy, murakkab, o‘ta murakkab va yirik blokli fason buyumlariga ajratiladi.
Keramika buyumlari o‘tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga ajraladi:
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g‘ishti, sopol, chinni, koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580oS li xaroratda o‘zgaradi. Odatda qurilish g‘ishti 1250oS dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500oS dan yuqori xaroratda eriydi.
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari – shamot, dinas g‘ishti va boshqalar. Ular 1580oS li xaroratda ham o‘z shaklini o‘zgartirmaydi.
Rossiya oliy taʼlim tizimi klassifikatoriga ko‘ra ularni quyidagicha turlash ham mumkin:
1. Qurilish keramikasi - g‘isht, koshin, quvur va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
2. Nafis keramika buyumlari - sopol va chinni ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Funksional keramika - rezistor, lyuminafor va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
4. Mashinasozlik keramikasi - keramikadan yasalgan dvigatel, sunʼiy olmos va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi;
5. Issiqlik ximoyalovchi buyumlar - issiqlik izolyasiya buyumlari va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Keramika buyumlari xom ashʼyo va kuydirish temperaturasiga ko‘ra 2 klassga ajraladi:
1. Suv yutuvchanligi 15% gacha bo‘lgan va qisman pishgan serkovak buyumlar klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari;
2. Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo‘lmagan va batamom pishgan zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar.
Olovbardosh materiallar klassifikatsiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik tarkibga ko‘ra quyidagicha turlanadi:
1. Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvars shishasi asosida olingan buyumlar;
2. Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g‘isht, shamot g‘ishti va yuqori glinazyomli buyumlar;
3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o‘tga chidamli buyumlar va magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar;
4. Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o‘tga chidamli buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar;
5. Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o‘tga chidamli buyumlar va boshqalar;
6. Uglerodli buyumlar;
7. Karbid kremniyli buyumlar;
8. Sirkonli buyumlar-baddelitli va sirkonli olovbardosh buyumlar;
9. Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli, kalsiyli va boshqa oksidli olovbardosh buyumlar;
10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh buyumlar.
Olovbardosh materiallar ko‘rinishiga ko‘ra 4 turga ajraladi:
1. G‘isht shaklli oddiy buyumlar;
2. Fasonli murakkab shaklli buyumlar;
3. Yirik blokli buyumlar;
4. Shakllantirilmagan materiallar - kukunlar, massalar, beton ara-lashmalari va boshqalar.
Olovbardoshlik xossalariga ko‘ra barcha materiallar 3 gruppaga ajraladi:
1. Olovbardoshligi 1580-1770oS bo‘lgan o‘tga chidamli buyumlar;
2. Olovbardoshligi 1770-2000oS bo‘lgan yuqori o‘tga chidamli buyumlar;
3. Olovbardoshligi 2000oS dan yuqori bo‘lgan o‘ta yuqori o‘tga chidamli buyumlar.
Olovbardosh materiallar g‘ovaklilik nuqtai nazaridan 3 gruppaga ajraladi:
1. Yuqori zich zarrachali olovbardosh buyumlar - g‘ovakliligi 3% dan kam bo‘ladi;
2. Oddiy olovbardosh buyumlar - g‘ovakliligi 20-30% atrofida bo‘ladi;
3. Yengil vaznli olovbardosh buyumlar - g‘ovaklilik 45% dan yuqori bo‘ladi.
Download 33,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish