Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


V.I.Shovqin haqida tushuncha



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

V.I.Shovqin haqida tushuncha 

 

Odam  uchun  yoqimsiz  har  qanday  tovushlar  shovqi  deb  ataladi. 



Jismlarning  bir-biriga  urilishi,  ishqalanishi  va  muvozanat  holatining 

buzilishi  natijasida  hosil  bo'lgan  havoning  elastik  tebranishi  harakati 

qattiq,  suyuq  ya  gazsimon  muhitda  to'lqin  hosil  qilib  tarqaladi.  Bunda 

muhit  zarralari  muvozanat  holatiga  nisbatan  tebranish  hosil  qiladi  va  bu 

tebranish tezligi to'Iqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo'ladi. 

Gazsimon muhitda shovqin tezligi quyidagicha ahiqlanadi: 

 

 

bunda, 



-gaz adiabati ko'rsatgichi (havo uchun 

=1.4); 


          

st



  - gazning bosimi; p — gazning zichligi. 

 

Normal atmosfera sharoitida (T = 293 °K va Pst = 1034 GPa) tovush 



tezligi C havoda 344 m/s ga teng. 

Tovush  to'lqinlari  ma'lum  chegaragacha  tarqalishi  mumkin.  Mana 

shu  chegara  oraliq  tovush  maydoni  deb  ataladi.  Tovush  maydonidagi  har 

bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o'zgarib turadi. 

Bir lahzada  kuzatilgan havo to'liq bosimining ta'sir kuchidan xoli bo'lgan 



 

 

85 



havoning  o'rtacha  bosimiga  nisbati  tovush  bosimi  deb  ataladi  va  R  bilan 

belgilanada. Tovush bosimining o'lchov birligi Pa. 

 

Odam  qulog'iga  tovush  bosimining  o'rta  kvadrat  miqdori  ta'sir 



qiladi.    

                                            P

2

 = 1/T


0



To



o

P

2

(t)dt 



     Chiziqlo'rtacha  Vaqt  bo'yicha  odam  qulog'iga  T

0

  30-  100  ms 



davomida paydo bo'ladigan bosimni bildiradi. 

 Tovush 


bosimining 

tebranish 

tezligiga 

nisbati 


tebranish 

amplitudasiga  bog'liq  emas.  U  P/V=pc  (Pa-s/m)  ga  teng.  Bunda:  p  — 

muhitning solishtirma akustik qarshiligi. Bu qarshilik havo uchun 410 Pa 

s/m, suv uchun 1,5-106 va po'lat uchun 4,8-107 Pa s/m ga teng/  

Shovqin  to'lqinlari  tarqalganda  ma'lum  miqdordagi  eneigiya  bir 

nuqtadan  ikkinchi  nuqtaga  ko'chiriladi.  To'lqin  tarqalayotgan  normal 

yo’nalishning keltirilgan yuza birligiga vaqt birligida muhitning qandaydir 

nuqtasidagi o'rtacha energiya oqimi tovushning shu nuqtadagi intensivligi 

deb ataladi va I bilan belgilanib, Vt/m2 bilan o'lchanadi. 

                                       I=P

2

/pc 


Tovushga  qarshi  kurash  chora-tadbirlarini  belgilashda  keng 

qo'llaniladigan  tovush  intensivligi  va  tovush  bosimi  birliklari  juda  katta 

chegaralarda  o'zgarib  turadi  (masalan,  intensivlik  1016  marta,  bosim  esa 

108  marta).  Odam  qulog'i  tovushning  mutlaq  o'zgarishini  emas,  nisbiy 

o'zgarishini farqlaydi. 

Shuning uchun tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi 

va  bosimning  darajasi  birligi  kiritilgan.  Bu  birlik  odam  qulog'i  eshitishi 

mumkin  bo'lgan  eng  minimal  tovush  intensivligi  va  bosimiga  asoslanib, 

bu birliklar I=10

-14


 Vt/m

2

 va R=2-10



-5

 Pa ni tashkil qiladi. Bundan, agar I / 

Io=0 bo'lsa, bu miqdor bir (Bel) B deb qabul qilingan.                           

                       

0

I

I

=10


2Б,


0

I

I

=100


3Bvah.k      

 

 

 



 

 

 



 

Odam  qulog'i  B  birlikdagi  tovushning  o'ndari  birini  ham 

yaxshi  farqlaydi.  Shuning  uchun  sanoat  korxonalarida    shovqinni 

o'lchashning dB birligi qabul qilingan. 

 

Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi. 



 

 

 



 

                 L=10lg

0

I

I

,dB                                                                

Tovush bosimi bo'yicha esa  

                          

                              L=lg P2/P

0

=20 Ig P/P



0

, dB 


 

 

 




 

 

86 



Tovush  darajasini  intensivligi  bo'yicha  aniqlash,  asosan,  akustik 

hisoblash  ishlarida  qo'llaniladi,  bosim  bo'yicha  aniqlash  esa  shovqinni 

o'lchash  va  uning  inson  organizmiga  ta'siri  darajasini  belgilaganda  

qo'llaniladi.  Chunki  inson  organizmi  shovqinning  intensivligini  emas, 

bosimning o'rta geometrik miqdorini sezadi. 

 

 



 

Agar  biron  nuqtaga  bir  nechamanbaning  shovqini  ta'sir  qilayotgan   

bo'lsa, ularning   darajasi emas,  balki   intensivligi qo'shiladi.   

             

                                 I=I1+I2+…+In 

 

Ularning    darajalarini      aniqlashda  esa        ayrim  intensivliklarningj 



minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                   

                     10 lg

0

I

I

=10lg(


0

1

I



I

+

0



2

I

I

+…+


0

I

I

n

), yoki 


 

                                L=10lg(10L/10+10L/10+…+10L/10) 

 

Bu  ko’lrilgan  ifodalarninig  amaliy  ahamiyati  sanoat  korxonalarida 



shovqinni  kamaytirish  vaqtida  yaxshi  bilinadi.  Chunki  agar  korxonada 

o'rnatilgan  bir  necha  shovqin  manbayi  bo'lgan  taqdirda,  ularning  bir 

nechasining  shovqini  kamaytirilsa,  u  umumiy  shovqin  darajasiga  hech 

qanday  o'zgarish  kiritilmasligi  mumkin.  Ammo  ish  joylarida  bar  xil 

shovqin  chiqaruvchi  mexanizmlar  bo'lsa,  unda  birinchi  navbatda  eng 

kuchli shovqin chiqaruvchi  sistemani  kamaytirishdan boshlash maqsadga 

muvofiqdir. 

  

Agar  biror  sanoat korxonasida  bir  xil  darajada  shovqin  chiqaruvchi 



bir  necha  mexanizm  o'rnatilgan  bo'lsa,  unda  umumiy  shovqin  darajasi 

quyidagicha aniqlanadi: 

 

                                        L=L



i

+10 Ign 


 

L

1



 —bitta mashina chiqaryotgan shovqin. 

 

 



 

Bu formuladan ko'rinib turibdiki, ikkita bir xil  shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini bittasinikiga nisbatan 3 dB ortiq bo'ladi. 

Odam  qulog'i  ma'lum  chastotadagi  tovushlami  eshitish  qobiliyatiga 

ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo'lgan diapazonni tashkil 

qiladi,  16  Gs  dan  kichik  va  20000  Gs  dan  katta  bo'lgan  chastotadagi 

tovushlami odam qulog'i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar 

deb ataladi. 

Tovushga    qarshi    kurash    chora-tadbirlarini    belgilashda 




 

 

87 



shovqinning  o'rta  geometrik  chastota  oraliqlari  belgilangan.  Bu  oraliqlar 

quyidagicha belgilanadi. 

 

 

 



 

O'rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu 

chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 

(180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 

(2800-5600), 8000 (5600-11200).  

 

Shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo’yicha 



tavsiflariga asosan sinflarga bo’inadi 

 

 



19-rasm. Tovush chegarasini belgilovchi chiziqlar. 

 

Spektr bo'yicha shovqinlar  tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) 



va keng polosali (reaktiv  dvigatel tovushi) bo'lishi mumkin. Vaqt bo'yicha 

tavsifiga esa uning, doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o'zgarsa) va 

o'zgaruvchanligi  (8  soat  davomida  5  dBA  dan  ortiq  o'zgarca)  hisobga 

olinadi.  O'zgaruvchan  shovqinlar  o'z  navbatida  vaqt  birligida  uzluksiz 

(impuls) bo'lishi mumkin.  

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish