Kimyo, biologiya, fizika fanlari
dan “Fan oyligi”ni oʻtkazish
boʻyicha tavsiya
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish,
jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga
bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini
rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya
va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi
tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir
bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini
tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari
uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish muhim sanaladi.
Taraqqiyotni yuqori darajaga ko‘tarilishida mamlakatda yangi bilim va
yangicha yondashuvlarning vujudga kelishiga ehtiyojning paydo bo‘lishi juda
muhimdir. Barcha sohalar kabi kimyo, biologiya, fizika fanlarini o‘qitishda mavjud
bo‘lgan muammolarning bartaraf etilishi ham ertangi istiqboldagi yutuqlarimizdan
biridir. Kimyo biologiya, fizika fanlarini o‘qitishni takomillashtirish uchun sohada
faoliyat yuritib kelayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kimyo, biologiya,
fizika fanlari o‘qituvchilarining bilimi va kasbiy mahoratini zamon talablariga
moslashtirish, xalqaro miqyosda ta’limda ro‘y berayotgan yangiliklar va
islohotlardan xabardor bo‘lib borishlari hamda ulardan eng samaralilarini o‘z
faoliyatlarida qo‘llab borishlarini ta‘minlash nihoyatda muhimdir.
2020-yil 12-avgust kuni “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim
sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4805-sonli qarori qabul qilindi.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim
maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim
muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari
bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish
talab etiladi. Kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda – ta’lim,
ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro yaqin muloqot va
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsad qilib belgilangan.
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog
va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar,
darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning
salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va
ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi
Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini
ta’minlash maqsadida 2021-yil 19-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ-
5032 sonli “Fizika sohasidagi taʻlim sifatini va ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish chora -
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror
i qabul qilingan. Un
da taʻkidlab
oʻtilganidek
:
•
umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish;
•
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
•
pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini
baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va
xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda
sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlas
h koʻzda tutilgan
.
Shu maqsadda hozirgi kun
da Respublikamizda taʼlim sohasida ham bir
qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi 183-buyru
gʻiga asosan
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o
ʻrta taʼlim maktablarida
kimyo,
biologiya, fizika fanlaridan “Fan oyligi” yanvar oyida o
ʻ
tkazilmoqda.
Hozirgi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining, axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining
jadallik bilan rivojlanishi taʼlim
muassasalarida taʼlim
-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yuqori bosqichga
koʻtarishda umumtaʼlim maktablarida bir necha yillardan buyon har bir oʻquv
fanlari boʻyicha oʻtkazib kelinayotgan fan oyliklarining oʻrni beqiyosdir.
Fan oyligini oʻtkazishdan maqsad iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning
intellektual salohiyatini
oʻstirish, fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va
oʻquvchilarning darslarda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishga
oʻrgatishdir. Har bir fan oʻqituvchisi oy davomida oʻzining ijodkorligini,
pedagogik
mahoratini, isteʼdod va qobiliyatini namoyon qilib, ochiq darslar, toʻgarak
mashgʻulotlari va tadbirlarni noanʼanaviy tarzda ilgʻor pedagogik
texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida
kimyo, biologiya, fizika fanlari tabiiy
fanlar yo‘nalishi
boʻlib, u
nda kechadigan hodisa va jarayonlar bevosita olamda,
insoniyat dunyosida paydo boʻlganligi uchun koʻz bilan koʻrib boʻlmasligi bois
oʻquvchilarning bilim samaradorligini oshirish, dars sifatini, taʼlim jarayonini
yanada yuqori koʻrsatkichlarga koʻtarishda fanlararo bogʻliqlik va axborot
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan oyligini o
ʻ
tkazishda mahalliy sharoitlarni inobatga olib, ijodiy
yondoshgan holda quyidagilarga eʼtibor qaratish tavsiya etiladi
.
•
Oʻ
quvchilarning fanga bo
ʻ
lgan qiziqishlarini oshirish, yuqori sifat
samaradorlikka erishish, fanlar yo
ʻnalishidagi yangiliklarni izlab topish va taʼlim
jarayoniga tatbiq etish, o
ʻ
quvchilarning hozirgi zamon fan va texnikasini
o
ʻ
rganishga bo
ʻ
lgan intilishlarini o
ʻ
stirish;
•
taʼlim jarayonida oʻ
qituvchi hamda o
ʻ
quvchilar
oʻzaro
hamkorligida
ularning mahorati, iqtidori va qobiliyatini yanada kengroq namoyish etishlari
uchun imkoniyat yaratish;
•
o
ʻ
quv-laboratoriya jihozlaridan, ko
ʻ
rgazmali tajribalardan unumli
foydalanish, o
ʻ
quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo
ʻ
llashi orqali
ko
ʻ
nikma va malakalarini hosil qilish;
•
kimyo, biologiya, fizika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va
virtual laboratoriya, o
ʻ
quv filmlaridan dars jarayonida samarali foydalanish
usullarini namoyish etishi;
•
darsdan tashqari o
ʻtkaziladigan tadbirlarning taʼlim tarbiya
jarayonidagi ahamiyatini ko
ʻ
rsatish;
•
o
ʻ
qituvchi va o
ʻ
quvchilarni fan sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar
va yangiliklar bilan tanishtirish;
•
rivojlangan mamlakatlar ta’
lim tizimini oʻrganish orqali, oʻqituvchilar
va
oʻquvchilar ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish.
Maktabda mazkur fanlarga oid devoriy gazetalar, “Lapbook”lar yaratish,
fanlar bo
ʻyicha qiziqarli maʼlumotlar, internet sahifalaridan olingan f
an
yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur fanlar bo
ʻ
yicha STEM yondashuvi asosida ochiq darslarni
o
ʻ
tkazishda ilg
ʻ
or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars ishlanmalari
tayyorlanadi. Ular asosida darslar tashkil qilinadi va ilg
ʻ
or ish tajribalari video
kontent sifatida internet tarmoqlariga joylashtiriladi.
Maktabda fanlar yo
ʻ
nalishlari bo
ʻ
yicha tashkil etilgan metod birlashma
rahbarlari, ilg
ʻ
or fan o
ʻ
qituvchilari tomonidan o
ʻ
qitish samaradorligini oshirishga
qaratilgan didaktik materiallar
, oʻquv qoʻllanmalar
va maqolalar tayyorlanishi
tavsiya qilinadi.
Fan yoʻnalishlarida oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalari, metodik
tavsiyalari
va zamonaviy dars usullarini tashkil etish boʻyicha
yozgan maqolalari
orqali fan oyligi yuzasidan tashkil etilgan Respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-
amaliy konferensiyada ishtirok etish tavsiya qilinadi.
O
ʻ
quvchilarning ijodiy ishlari, jumladan, “Men tadqiqotchi” ruknidagi
loyiha ishi taqdimoti asosida video lavhalar tayyorlash va internet saytlariga
joylashtirish tavsiya etiladi.
Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan “Mening ilk kitobim” tanlovini tashkil
etish, bunda
oʻquvchilar oʻz ijodiy qobiliyatlaridan foydalanib, ilk kitoblarini
yaratish hamda
qoʻlyozma yoki elektron shaklda
Respublika ta’lim markazi “Aniq
va tabiiy fanlar boʻlimi”
ga taqdim qilishlari tavsiya etiladi. Ushbu tanlovda fan
yoʻnalishlari boʻyicha 1
-,2-,3-
oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar Respublika ta
’lim
markazi tomonidan sertifikat va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
Maktabda o
ʻ
quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida fan to
ʻ
garaklari
mashg
ʻ
ulotlarini yanada qiziqarliroq tarzda o
ʻ
tkazish tavsiya etiladi.
Maktablarda “Dardga darmon tabiat”, “Yashil dunyo sirlari”, “Bioxilma-
xillik yoki bir xillik? Biz birinchisini tanlaymiz”, “Hayvonlar mehrga zor(
mi)
?”,
“Ekologiya va kelajagimiz”, “Kimyo tarixiga sayohat”, “Xalq xo
ʻ
jaligida kimyo”,
“
Moʻjizakor kimyo
”, “Kelajakka STEM bilan”, “Fizik olimlar yaratgan
kashfiyotlar”, “Qiziqarli fizika”, “Kashfiyotlar va ixtirolar haftaligi” doirasida
ixtirochilik turnirini tashkil etish kabi qiziqarli bahs-munozaralar, tadbirlar va
tanlovlarni o
ʻ
tkazilishi hamda fanlarga oid tematik albomlarning elektron shaklini
yaratish ijobiy samara beradi. Yaratilgan ijodiy ishlar elektron, video shaklda
@rtm_tabiiy_fanlar_bot telegram botiga yuboriladi. Yuborilgan barcha ijodiy
video materiallar
parallel
ravishda
https://www.youtube.com/channel/UCAuOlmsfhkmTtu1zGuIrHzg
RTM_Tabiiy
fanlar oyligi Youtube kanaliga joylab boriladi. Eng munosib deb topilgan ijodiy
ishlar mualliflari materiallari Respublika miqyosida ommalashtiriladi.
Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat
markazlaridagi oliy o
ʻ
quv yurtlari professor-o
ʻ
qituvchilari, olimlar, darslik
mualliflari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, maktablarda o
ʻ
quvchilarning ijodiy
ishlaridan namunalar asosida ko
ʻ
rgazmalar tashkil etilishi, fanlar kesimida oliy
ta’lim muassasalari
fakultet va kafedralari oʻquv va ilmi
y laboratoriyalariga, turli
muzeylar, bog
ʻ
lar, planetariylar, ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar
uyushtirishlari maqsadga muvofiqdir.
Oʻqituvchilar tomonidan f
an oyligida amalga oshirilgan ijodiy ishlarni
ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallarda yoritib borilishi Respublikada
tabiiy fanlar yoʻnalishida faoliyat yurit
uvchi
oʻqituvchilar
kasbiy mahoratlarini
oshirishda metodik yordam sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |