KIMYO SANOATINING XOMASHYOSI VA UNI BOYITISH
USULLARI
Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xomashyodir.
Xomashyo deb, iste'mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish uchun
sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi. Kimyo sanoatida xomashyo
asosiy omil bo'lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxining 60-70 foizini
tashkil etadi.
Sanoat ishlab chiqarishda xomashyo tushunchasidan tashqari dastlabki ashyo,
tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo'llaniladi.
Xomashyo va dastlabki ashyoni bir-biridan farq qilish kerak. Xomashyo
sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror-bir ishlab chiqarish
uchun xomashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material)
qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar dastlabki ashyo bo'lishi mumkin.
Yarim fabrikat bu — tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida
olingan materialdir. Oraliq mahsulat - deb xomashyo yoki yarim fabrikatdan
olingan individual moddalarga aytiladi.
U ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo
bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo’shimcha mahsulot deb, korxonada ishlab chiqarish
jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reaksiyalar natijasida hosil
bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xomashyo deb, o'z
xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga va materiallarning sanoatda ishlov
berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda
qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot
deb, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan
jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga a ytiladi. Chiqindi deb, texnologik
taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar
yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo'lishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat
kislota shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo'lsa, o'g'it
ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi.
Xomashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo'linadi. Kelib chiqishiga qarab,
ular mineral, o'simlik va hayvon xomashyolariga, agregatholatlariga qarab qattiq,
suyuq (neft sho'robalari), gazsimon (havo, tabiiy gaz) xomashyolarga, tarkibiga
qarab anorganik va organik xomashyolarga bo'linadi. Mineral xomashyolar o'z
navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xomashyolarga bo'linadi. Rudali
minerallar to'g'ridan to'g'ri ruda deb ataladi. Ruda deb, tarkibida metall saqlovchi
tog' jinslari yoki boshqa mineral birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib
olinadi. Metallar ruda tarkibida asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo'ladilar.
Ruda tarkibida asosiy komponent — metaldan tashqari, har doim begona
aralashmalar ham ushlaydi. Ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan begona
aralashmalarni chiqindi, ba'zan "bekorchi jins" deb ataladi. Tarkibida ajratib
olishga yetarli miqdorda bir necha metall saqlovchi rudalarga polimetall rudalar
deyiladi. O'zbekistondagi rangli metall rudalari (masalan: mis-ruxli, qo'rg'oshin-
rux-kumushli) asosan polimetall rudalardir.
Rudasiz minerallar deb, metallmas moddalar olinadigan (masalan: fosfor,
xlor, oltingugurt, o'g'itlar, soda, ishqorlar, kislotalar, sement, shisha va boshqalar)
yoki bevosita kimyoviy ishlov berilmay foydalaniladigan tog' jinslari yoki
minerallarga aytiladi. Rudasiz qazilmalarishlatish sohasiga qarab shartli
ravishda to'rt guruhga bo'linadi:
a)
qurilish materiallari (tuproq, qum, shag'al, qurilish toshlari, g'isht,
keramika va boshqalar);
b)
industrial ashyolar, kimyoviy qayta ishlanmay foydalaniladi (slyuda, asbest,
grafit, magnezit, korund va boshqalar);
d)
kimyoviy mineral ashyolar, kimyoviy ishlov berilib, yoki to'g'ridan to'g'ri
foydalaniladi (oltingugurt, fosfor, apatit, silvinit, toshtuz va boshqa ko'pgina
tuzlar);
e)
qimmatbaho, yarim qimmatbaho va ishlov berib tayyorlanadigan,
ashyolar, ular mexanik ishlov berilgandan so'ng foydalaniladi (olmos, yoqut,
zumrad, qahrabo, malaxit, feruza, yashma, marmar va boshqalar).
Organik yoki yonuvchi ashyolar uchga: qazilma, o'simlik va hayvon
xomashyolariga bo'linadi. Qazilma organik yoki yonuvchi xomashyoiar (torf,
slanets, ko'mir, neft, tabiiy va yo'ldosh gazlar) energiya manbayi sifatida hamda,
qimmatbaho kimyoviy ashyo sifatida ishlatiladi.
O'simlik va hayvon xomashyolari qishloq xo'jalik, o'rmon xo'jaligi va
baliqchilik xo'jaliklarining mahsulotlari hisoblanadi.
O'simlik va hayvon ashyolari ishlatish sohasiga qarab ikkiga: oziq-ovqat va
texnik ashyolariga bo'linadi. Oziq-ovqat ashyolariga, asosan, ozuqa sifatida
iste'mol qilinadigan mahsulotlar (kartoshka, lavlagi, sut, g'alla, o'simlik, hayvon
va baliq yog'lari va boshqalar) kiradi.
Texnik ashyolarga esa, oziq-ovqat sifatida ishlatishga yaroqsiz bo'lgan, ammo
kimyoviy va mexanik ishlov berilgach turmush va sanoatda, texnik maqsadlarda
ishlatish mumkin bo'lgan ashyolar kiradi. Masalan: paxta, yog'och, yog'och
smolasi, somon, zig'ir poyasi, nasha poyasi (hind kanopi, charm, jun, mo'yna,
ba'zi o'simlik va hayvon yog'lari (hind kanopi moyi, tung moyi — tung daraxti
mevasidan olinadigan moy, kit, treska baliqiari yog'i, turli kunjara, hayvon
suyaklari va boshqalar). Ammo bunday texnik va oziq-ovqat ashyolariga bo'lish bu
nisbiydir. Chunki ba'zan oziq-ovqat ashyolari texnik maqsadlarda va aksincha,
texnik ashyolar, oziq-ovqat maqsadida ishlatilishi mumkin. Masalan: ba'zi oziq-
ovqat yog'lari qayta ishlanib, ulardan sovun, olif va kosmetika vositalari olinadi.