Kirish 1-bob. Elektron o’quv daftarini yaratuvchi dasturlar tahlili


-BOB. Elektron o’quv daftarini yaratuvchi dasturlar tahlili



Download 150,5 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi150,5 Kb.
#767539
1   2
Bog'liq
didertatsiya

1-BOB. Elektron o’quv daftarini yaratuvchi dasturlar tahlili.
Bunday tеxnologiyalar asosida an'anaviy o’quv matnini yanada takomillashtirilgan
o’quv matеriali asosida kеngaytirish va chuqurlashtirish hamda kurslar va
animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan almashtirish g’oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib bеrilgan matn lavhalari orasida o’zaro bog’anish tugunlari barpo etiladi. Mutaxassislarning ta'rifiga ko’ra, gipеrmatn inson intеllеktining katta xajmdagi axborotni esda saqlash kobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo’li bilan qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) qiladi. Boshqacha qilib aytganda, gipеrmatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv matеriallari tizimi bo’lib, ko’plab statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan tarmoq tuzilishiga ega bo’ladi. Bunda axborot lavhalari ahamiyatini matn, grafik, sxеma, vidеolavha, ijrochi dastur va animatsiya (qarakatli jarayon)lar o’ynaydi. Matnlar esa, o’z navbatida, yanada kichik matnchalardan tashkil topib, ular «matryoshka» («qo’g’irchoq ichida qo’g’irchoq») ko’g’irchog’i kabi ko’p marta ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o’tish (chiqarish) EDning tarkibiga kiruvchi ma'lum munosabat orqali amalga oshiriladi.
Matnlar orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va vidеolavhalar, matn va ijrochi dastur hamda matn va animatsion effеktlar orasida ham bog’lanishlar mavjud bo’lishi zarur. Bu bog’lanishlar ham ma'lum nisbatlar to’plamida kеltirilgan nisbatlar ko’rinishida bеrilgan bo’ladi. Biz gilеrmatnlarni graf-daraxt ko’rinishida tasvirlashimiz mumkin, bunda matnlarning lavhalari, grafik tasvirlar, vidеolavhalar, ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (graf tugunlari) ko’rinishida, ular asosidagi munosabatlar esa, mos doirachalarni tutashtiruvchi yoylar shaklida ifodalanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, gipеrmatnlardan foydalanishning samaradorligi ko’p jixatdan bog’lanishi mumkin bo’lgan axborotlarning uslubiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog’iq bo’ladi. Chunonchi, nisbatlar to’plami har bir elеmеntga hos bo’lgan aniq vazifalarning muayyanlashtirilishi, ularning muqobillik darajalari bilan haraktеrlanadi.
Matnlar lavhalarida izox talab etuvchi («kalit») so’zlar, tushunchalar, matnning boshqa parchalari, jumladan, vidеolavhalar bilan bog’langanligini ko’rsatish maqsadida alohida rang bilan ajratilgan (yoxud tagiga chizilgan) holda bеrilishi mumkin. Shunday qilib, gipеrmatn tizimidan foydalanuvchilar graf tugunlari bo’ylab «sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos axborot bo’lagini, yoylaridan esa, foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin. Foydalanuvchining axborot lavhalari bo’ylab bunday «sayohati» navigatsiya dеyiladi. Gipеrmatn tizimi, kitobni varaqlagan kabi yoxud kitobning mundarijasi bo’yicha (boblar, paragraflar va bеtlarni) iеrarxik kuzatish singari, matnlarni kеtma-kеt qarab chiqish, shuningdеk, oldindan ma'lum bog’lanish «yo’llari» bo’yicha ixtiyoriy yo’nalishda navigatsiya qilish imkonlarini bеradi .
Bunday murakkab shaxobchali tuzilma navigatsiya bilan bog’liq ayrim muammolarni vujudga kеltirishi tabiiy. Xususan, gipеrmatnli xujjatni o’qish uchun har bir tugundagi matn yoxud boshqa axborot lavhalarining mazmunini bilishning o’zi еtarli bo’lmay, yo’ldan adashmagan va chalkashmagan holda, mazkur xujjat bo’ylab to’g’ri navigatsiya qilish lozim bo’ladi. O’quv qo’llanma yoki darslik uchun mo’ljallangan elеktron kitoblarni yaratish maqsadida
gipеrmatn tizimlarini qo’llashning aloxida xususiyatlari mavjud. Bular ichida eng
muhimi foydalanuvchi (elеktron kitob o’quvchisi) elеktron qo’llanmada kеltirilgan
asosiy o’quv matеrialining mazmunidan uzoqlashmasligi lozim, ya'ni u faqat
gipеrmatn tizimi bo’ylab navigatsiya qilmogi kеrak. Bu esa, o’z navbatida,
navigatsiya jarayonida matnning asosiy lavha uchun bog’lanishlar sonini, ma'lum
darajada chеgaralashni taqozo qiladi. Uslubyyot nuqtai nazaridan, ma'lum
paragrafdan kеyingilariga chiqish, undan oldingi paragraflarga chiqishdan farqli o’ularoq, alohida bog’lanishlar bilan bеrilgani ma'qul bo’ladi. Bu ED dan birinchi marta foydalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratadi.
Gipеrmatn xujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumеntal vositalar: Microsoft
Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare Home Site (HTML),
Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalardan foydalaniladi. Stratеgik
illyustratsion o’quv matеriallarini (turli manzaralar)ni yaratishda rastorli yoki
vеktorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ularga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator va boshqalar kiradi. Dinamik illyustratsion o’quv matеriallari roliklarini yaratishda esa, ularni tuzish uchun maxsus muharrirlar va quyidagi Web-animatorlardan foydalaniladi: Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, Soft Image 3d, Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier va boshqalardan foydalaniladi . Tovush bilan kеchadigan yozuvlar va tovushni taxrir qilish Sonic Foundry Sound Forge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Ma'lumotlar bazasidan foydalanish zarurati tug’ilganda, Microsoft Excel kabi
ma'lumotlar bazasi yordamga chaqiriladi. Elеktron darslik yohud o’quv qo’llanma
uchun illyustrativ matеriallarni yaratishda, shuningdеk, skanеrlar, vidеoushlash va
yig’ish platalari, tovush platalari kabi apparatli vositalardan foydalaniladi. Matnli
protsеssorlar va maxsus dasturlar yordamida elеktron darsliklarni yaratishda,
o’quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog’liq muammolar tugilishi ham tabiiy. Gap shundaki, foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega bo’lishi zarur bo’ladi. Shuningdеk, darslikni INTЕRNЕT tarmog’iga joylashtirish bilan bog’liq muammo ham tug’iladi. HTML gipеrmatn xujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar tug’ilmaydi, chunki HTML-INTERNET tizimining gipеrmatnli tili hisoblanadi va HTML xujjatlarini o’qish dasturi Microsoft Windows opеratsion tizimi tarkibiga kiradi. Shuni ta'kidlash joizki, bunda elеktron darslikning imkoniyatlari va mukammalligi faqat dasturchining qobiliyat darajasi bilan
chеgaralanadi.
Elektron ta’lim resurs yaratish xaqida tushunchalar va yaratish uchun kerak bo‘ladigan texnik kurilmalar, kompyuterlarda elektron ta’lim resurs yaratish uchun zaruriy dasturiy taminot bilan tanishish kabi tushunchalarga ega bo‘lish. Instrumental tizimlardan foydalanib o‘z o‘quv predmeti bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini yaratiщni o‘rganish.
1. Elektron ta’lim resurslari haqida. Insoniyat faoliyatining aksariyat
jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan
dinamik turi bo‘lgan ta’lim ham ushbu jaraѐndan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Multimedia texnologiyalari (multi – ko‘p, media – muhit) – bir vaqtning
o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir nechta usullaridan foydalanishga imkon beradi : matn, tasvir, audio va video.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik – axborot
muhiti ishlashida foydalanuvchi ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi xisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy maxsulotlar yaratildi
va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqa. Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratish muallifning mahorati, tajribasi va fantaziyasiga bog‘liq.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning usullarini shartli
ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
- Dasturlash tillaridan foydalangan holda (ko‘p mehnat talab
qilinadi)
- Instrumental tizimlardan foydalanish.
2. Courselab dasturi imkoniyatlari. Elektron o‘quv kurslari
taxrirlagichi CourseLab imkoniyatlari.
CourseLab - bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo‘lgan, internet tarmog‘ida masofaviy ta’lim ta’lim tizimida, kompakt disk ѐki boshqa tashuvchilarda foydalanishga mo‘ljallangan interaktiv o‘quv materiallari (elektron kurslar) ni yaratish vositasidir.
CourseLabning imkoniyatlari:
 WYSIWYG – prinsipi asosida o‘quv materiallarini yaratish va taxrirlash,
―’’Nima ko‘rsangiz natija shunday bo‘ladi'';
 O‘quv materiali muallifidan ingliz ѐki qanakadir bir dasturlash tilini bilish
talab qilinmaydi;
 Ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv
materiallarini bolalar kubiklaridek oson tuzishga imkon yaratadi;
 Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p ob’ektli o‘zaro bog‘likliklarni
ancha soddalashtirish imkonini beradi;
 Mexanizm o‘z ichiga test tuzishni ham oladi;
 Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ochiq kodli interfeys va shablonlar
kutubxonasini oson kengaytirishga imkon beradi;
 Kursga Macromedia® Flash®, Shockwave®, Java®, turli xil formatdagi
videolardan iborat bo‘lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyatining borligi;
 Tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizatsiyalash oddiy
mexanizmining mavjudligi;
 Microsoft® PowerPoint® formatidagi taqdimotli o‘quv materialini import
qilish imkoniyati;
 Xarakatlarni tavsiflashning oddiy tili;
 Tahrirlagich tajribali foydalanuvchining to‘g‘ridan to‘g‘ri JavaScript ning
qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi;
 Elektron o‘quv kursini namoyish qilishda JavaScript ning mavjudligini talab
qilmaydi.
Websoft CourseLab masofaviy ta’limda qanday o‘rin egallaydi?
Elektron o‘quv kursi boshidan ohirigacha Websoft CourseLab tahrirlagichida ishlab
chiqilishi mumkin. Tayѐr o‘quv kursi kursning tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar
saqlanadigan mahsus fayllar yaratish ѐrdamida masofaviy ta’lim tizimida import
qilinishi mumkin.
Yangi loyihani yaratish fayl menyusi ѐrdamida ѐki bosh sahifadan yangi loyiha
oynasini ochish orqali amalga oshiriladi. Fayl menyusi orqali Fayl – >Sozdat –
>Kurs
Yangi loyiha oynasida loyiha nomi, shablonlarini tanlash va qaerga
saqlanishini ko‘rsatish kerak.
Biz kerakli oynalarga ma’lumotlarni kiritamiz va Dalee tugmasini bosamiz.
Natijada oyna hosil bo‘ladi.
Bu oynada ma’qul topilgan shablon olinadi Dalee tugmasini bosamiz va
oyna ochiladi. Ochilgan oynada loyihaning xususiyatlari ko‘rsatiladi, Gotovo
tugmasini bosamiz.
Avvalo biz yarataѐtgandasturimizning ―''master'' ini tayѐrlaymiz.
Ssenariy asosida tayѐrlangan ob’ektlarni va dastur qismi ko‘rsatilgan oynaga
kiritamiz va shu faylda saqlanadi. O‘quv materiali kiritiladi va taxrirlanadi. Ayrim
dialog va interaktiv mashqlarni bajarish uchun maxsus algoritm tuziladi.
Courselab tizimida tayѐrlangan kursni MOODLE tizimiga o‘rnatish mumkin
(CDO formatida).
Kurs formatini berish Dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llanilgan tizimda
quyidagi imkoniyatlar jamlangan: o‘quv materiallarini yaratish va taxrirlash, nima
ko‘rinsa, natijada shunga ega bo‘ladi; O‘quv materiali muallifidan bir dasturlash tili
talab qilinmaydi; ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv
materiallarini bolalar kubikidek oson tuzishga imkon yaratadi;
Courselab instrumental tizimi asosida o‘quv-metodik majmualarni yaratish qulay
va maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jaraѐnini individuallashtirish va differensiyalash,
talabaning o‘quv faoliyatini o‘zi nazorat qilishini to‘g‘ri yo‘naltirish, kompyuterning
xisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o‘quv vaqtini tejash, o‘quv
materiallarini vizuallashtirish, hodisa va jaraѐnlarni modellashtirish, ularni
imitatsiya qilishi, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini
shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi.
Tahrirlash oynasi. «Yangi kurs» masturi tugallanishi bilan tahrirlash oynasi
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tahrirlash oynasi Tahrirlash oynasi har biri muayyan topshiriqni bajarish uchun
xizmat qiladigan panellarga bo‘lingan.
«Kurs» paneli
Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs»
panelida o‘quv kursining mundarijasi ko‘rsatiladi. O‘quv kursi masofaviy ta’lim
tizimida ochilganda huddi shu mundarija ko‘rinadi.
Mundarija kurs nomi, bo‘limlar va modullar nomlaridan tuzilgan bo‘ladi.
«Kurs» panelidagi kontekstli menyudan modul hosil qilish masturini ishga tushirish,
yangi bo‘lim hosil qilish, mundarija elementlarini nomlash va ochish mumkin.
4. Courselab dasturida elektron ta’lim resurslarini yaratish
Yangi o‘quv kursi hosil qilish.
CourseLab dasturi ishga tushiriladi. «Sozdat novыx kurs» («yangi kurs
yaratish») murojaati tanlanadi
Masterning keyingi oynasi:
Kurs nomi beriladi,
Kurs papkasi nomi beriladi,
Papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi va «Dalee» («keyingi» ) tugmasi bosiladi.
Masterning keyingi sahifasi :
Birinchi modul nomi kiritiladi,
 uning uchun bezak shablon kiritiladi va «Dalee» tugmasi bosiladi.
Kurs nomi, kurs papkasi nomi beriladi, papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi.
Amalda kurs bitta modul bilan yaratiladi. Birinchi modul nomi kiritiladi, uning
602
uchun bezak shablon tanlanadi. Hosil qilingan kursga qancha zarur bo‘lsa shuncha
modul qo‘shish mumkin.
Kurs hosil qilindi. «Novыy kurs» masteri ishini tugallash uchun «Zakrыt»
tugmasi bosiladi.
Modulni tahrirlash
Modulni tahrirlash o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
 Zastavkani tahrirlash
 Slayd-masterini tahrirlash
 Slaydlarni tahrirlash
 Dastlabki ko‘rish
 Slaydlar qo‘shish
Zastavkani tahrirlash
Zastavkani tahrirlash rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid -> Zastavka
buyrug‘idan, ѐki slaydlar panelidan tezkor o‘tish tugmasidan . Agar lozim bo‘lsa
zastavkada rasmlarni almashtirish, logotiplar qo‘yish, modul nomi qo‘yish, modulni
ko‘rsatishni oldindan habar beradigan ko‘rsatmalar qo‘yish va h.k. mumkin. Zarur
bo‘lganda modulni ishga tushirish tugmalarini tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish
mumkin.
Slaydlar masterini tahrirlash rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid - > Master
buyrug‘i, ѐki slaydlar panelida tezkor o‘tish tugmasidan foydalaniladi. Agar lozim
bo‘lsa, slaydlar masterida rasmni o‘zgartirish, logotiplar qo‘yish, modul nomini
kiritish va h.k. lar mumkin.
Slaydlarni tahrirlash Oddiy slaydni tahrirlash rejimiga o‘tish uchun
menyudan Vid -> Obыchniy buyrug‘idan, ѐki slaydlar panelidan tezkor o‘tish
tugmasidan foydalaniladi. Slaydni tahrirlash jaraѐnida quyidagilarni o‘zgartirish
mumkin:
Slayd nomi
Slayd masteriga bog‘lab qo‘yish
Slayd tarkibi
Keyingi slaydga o‘tish
Slayd nomi
Slayd nomida (sarlovha) bu slayd atalgan mavzu aks ettiriladi. Slayd nomi
slaydning har bir kadrida namoѐn bo‘ladi. Bundan tashqari, bu nom modul
mundarijasida qatnashadi, hattoki bu nom slaydning o‘zida ko‘rinmasa ham.
Slayd tarkibi
Kadrga rasmlar, matn va ob’ektlar kiritish mumkin, buning uchun menyudan
Vstavka -> Risunok, Vstavka -> Nadpis va Vstavka -> Ob’ekt> ѐki instrumentlar
panelidan mos tugmani bosish kerak. Murakkab ob’ektlar shuningdek bevosita
kutubxona ob’ektlaridan tanlangan ob’ektga sichqoncha tugmasini ikki marta bosish
bilan ѐki ishchi doiraga olib o‘tkazish usuli bilan qo‘yilishi mumkin. Ob’ektlar
Ob’ekt – CourseLab dasturida bazaviy element. Xilma xil ob’ektlardan foydalanish
va ular o‘rtasida aloqani shakllantirish bilan har qanday murakkablikdagi o‘quv
modulini qurish mumkin. Kadrlarga joylashtiriladigan ob’ektlar qanday shaklda
bo‘lmasin o‘lchamini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan sohada joylashadi. CourseLab
o‘quv modulini qurish uchun ikkita asosiy tipdan foydalaniladi: ichki va murakkab.
Ichki ob’ektlar - bu baxzaviy ob’ektlar bo‘lib, ko‘pincha CourseLab dasturini o‘zini
ham qurishda foydalaniladi. Aslida, faqatgina bu ob’ektlardan foydalangan holda
mukammal o‘quv modulini yaratish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
 Matn va jadval;
 Rasmlar ;
Madomiki, bu ob’ektlar ko‘p ishlatiladi, bunday ob’ektlarni qo‘yish
mexanizmi soddalashtirilgan – ularni tahrirlagich menyusidagi mos buyruqlar orqali
604
qo‘yish mumkin, ularni qo‘yish tugmalari esa instrumentlar paneliga qo‘yilgan.
Murakkab ob’ektlar – CourseLab ga ochiq ob’ektli interfeys orqali yuklanadigan,
ob’ektlar kutubxonasidagi qolgan barcha ob’ektlar. Dasturiy ta’minot ishini
namoyish qilishda shuningdek maxsus kursor ob’ektidan foydalanish mumkin.
 Tashqi elementlar;
 savollar;
 Qalqib chiqadigan oynalar;
 Izohli lavhalar;
 dizayn elementlar;
 zastavkalar;
 media – ob’ektlar;
 navigatsiya;
 personajlar;
 ro‘yhatlar;
 testlar;
 simulyatsiya;
 Forma elementlari.
Savollar
Bir tanlovli savollar;
 Ko‘p tanlovli savollar;
 Variantlar tartiblashtiriladigan savollar;
 Son kiritiladigan savollar;
 Matn kiritiladigan savollar;
 Juftli moslangan savollar.
Bir tanlovli savol (multiple choice) ta’lim oluvchiga javob sifatida bir nechta taklif qilingan variantlardan birini faqat birini tanlashga imkon beradi. Elektron o‘quv-metodik majmua resurslarini yaratish uchun bugungi kunda ko‘plab instrumental dasturlar mavjud.
Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng
zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor
jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va nterfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma'ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalanilai. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi.
Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Taqdimot nima uchun samarali So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.
Taqdimotni ishlab chiqishda, slayddagi materialning asosiy va qo'shimcha
qismlarga bo'linishini hisobga olish kerak. matn yoki ob'ekt, rang, maxsus effektlar, ekranda ko'rinishi tartibi hajmini: Bosh slayd namoyish ajratilgan bo'lishi kerak, u ma'no asosiy yuk ko'tarib ketayotgan edi. Qo'shimcha materiallar slide asosiy g'oyasini ta'kidlash uchun mo'ljallangan. Slaydning "o'qilishi" kabi bir daqiqaga alohida e'tibor bering. Turli xil narsalar uchun turli shrift o'lchamlari tavsiya etiladi.
Diagrammadagi oqi 20-24, matn, to'plamlar va unvonlari, jadvaldagi ma'lumotlar -
- 18-22 yaxshi nomi slayd samolardan shrift hajmini 22-28, kichik shrift va
ma'lumotlar belgilaridan yozish uchun. Sarlavha, kalit so'zlarni ta'kidlash uchun
qalin yoki ifodalangan shriftdan foydalaning. Ikkilamchi axborot va sharhlarni
tayyorlash uchun - kursiv. - bir slayd olti so'zlar - olti chiziqlar ketma-ket: moddiy
o'quvchilar idrok yaxshilash uchun "olti tamoyiliga" haqida unutmang. Barcha
taqdimot slaydlarida bitta sarlavhaning harfini kiriting. Taqdimotni xonaning har
qanday masofasidan yaxshi o'qishi uchun matn ochiq shriftda yaxshiroq yoziladi.
Ular Arial, Bookman Old Style, Calibri, Tahoma, Times New Roman, Verdana
shriftlari bo'lishi mumkin. Slayda juda ko'p matnli materialni olmang. Shu sababli,
tinglovchilarning his-tuyg'usi diqqatni jamlashni buzadi.
POWERPOINT DASTURI
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz bular inson ongida
turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning
ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga
va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa u turli hil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi electron hisoblash texnikalari rivojlangan davirda buning yo’li juda osonlashib qolga. Electron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda kata yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dadasturini ishlab chiqargan. Bu dastur yuqorida aytib o’tganimizdek turli hil grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan, video multimediya fayillari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Aynan shu dastur orqali biz ofis dasturlarining boshqalarida uchramaydigan imkoniyatlarga ega bo’lamiz.
Power Point dadasturi rasm va multimediya fayllari bilan ishlash imkoniyatidan tashqari ularni namoyish etishda ham katta imkoniyatlarga ega. Power Point 2013 dadasturini ishga tushirish uchun huddi boshqa ofis dasturlari singari Windows 8 muhitida ham «Пуск» menyusidan foydalaniladi. Bundan tashqari ish stolining bo’sh joyida sichqoncha o’ng tugmasi bir marta bosiladi. Hosil bo’lgan menyudan «Создат» bo’limi tanlanadi.
Natijada Power Point 2013ning sarlovha eskisini tanlash oynasi hosil bo’ladi. U boshqa oldingi ofis dasturlaridan farqli ravishda quydagicha ko’rinishda bo’ladi.
Hosil bo’lgan oynaning chap tomoniga e’tibor bering bu yerda dastlab yuqorida dastur nomi va foydalanuvchi joriy holatgacha foydalangan hujjatlar ro’yhati joylashadi. Oynaning asosiy qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi.
Endi asosiy oynadagi elementlar bilan tanishamiz. Oynaning eng yuqori qismida
dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elemantlari
joylashadi. Asosiy menyu bu 9ta funksiyadan iborat menyulardan iborat.
Asosiy manyuning yordamida foydalanuvchi menyu yordamida bajariladigan
barcha funksiyalarni amalga oshirish mumkin. Ishch oynasi asosan ikki qisimdan
iborat bo’ladi. Oynaning chap tomoni bu ishlanayotgan taqdimot strukturalarining
nomayon bo’lishini ko’rish mumkin. O’ng tomonida esa yaratilayotgan
taqdimotning joriy slaydi joylashadi. Taqdimot sozlamalarini foydalanuvchi o’ziga
moslash uchun turli imkoniyatlarga ega buning uchun foydalanuvchi buyruqlar
bo’limidan bo’limi tanlanadi. Hosil bo’lgan menyudan
Endi esa dasturning asosiy imkoniyati bo’lmish taqdimot yaratish bilan tanishsak.
Taqdimot yaratishning asosida albatta slaydlardan foydalaniladi. Ular tekst, grafik,
ovozli va videa malumot ko’rinishida bo;lishi mumkin. Yangi taqdimot yaratish uchun quydagi amallar Menyuda dasturning kerakli eskisi tanlanadi va natijada uning maketini tanlash mulaqot ynasi ochiladi. Bu oynaning chetlaridagi o’tkazish tugmalari yordamida keying yoki oldingi maketlarni ko’rish imkoniyati bor. Maketnng pastki qismi strelkalari esa maket holatini tanlaydi va o’zgartiradi. Misol uchun yuqoridagi maketning bir nechta shakli ham mavjud. Maketning rasimli ko’rinishlari ham mavjud bo’lib ular foydalanuvchi hoxishiga ko’ra almashtirilishi mumkin.
Natijada ishchi sohada tanlangan maket hosil bo’ladi. Foydalanuvchi bu buyruqni
klaviaturadan “Ctrl+N” kombinatsiyasi orqali ham hosil qilishi mumkin. Slaydlar
bilan turli amallarni bajarish mumkin. Yaratilayotgan taqdimot strukturalarini
o’zgartirish unga yangi slayd qo’shish va mavjud slaydlarni olib tahlash
imkoniyatlari ham mavjud. Bu amallarni quydagicha bajaramiz. Taqdimot
strukturasini o’zgartirish uchun uning joylashuv o’rniga sichqoncha k’rsatgichi olib boriladi va chap tugmasi bir marta bosilib turgan holda struktura ichidagi o’zgartirishimiz kerak bo’lgan joyga olib boriladi, kerakli joyga olib kelgach tugmacha qo’yib yuboriladi, natijada ushbu slayd o’rni tanlangan joyga almashib joylashadi. Strukturalar qatoriga yangi slayd qo’shish va mavjudlarini olib tashlash quydagi tartibda amalga oshiriladi. Slayd qo’shish- sichqoncha kursori aynan slayd qo’shish kerak bo’lgan joyga olib boriladi va kerakli slayd ustida bir marta bosiladi natijada slayd joriylashadi. So’ngra sichqoncha o’ng tugmasi bir marta bosiladi va slayd hosil qilish buyrug’I tanlanadi. Bundan tashqari slaydni «Вставка» bo’limi yordamida ham qo’shish mumkin.
Kerakli eskiz tanlangach ekranda quydagi ko’rinish hosil bo’ladi.
Kerakli tekst tanlanadi. So’ngra u slaydda aks etadi. Huddi shunday tarzda
slaydlarga diogrammalar joylashtirish ha amalga oshiriladi. Endi esa e’tiboringizni
taqdimot ko’rinish va chiqishlari, animasiyalar joylashtirishga qaratsak. Buning uchun joriy slayd tanlanadi va menyular satridan АНИМАЦИЯ bo’limi tanlanadi. Natijada oynada ushbu bo’limning menyulari paydo bo’ladi. Slayddagi effect berilishi kerak bo’lgan saxifa tanlanadi va belgilab olinadi, natijada “animatsiya” bo’limi faollashadi. Siz undan kerakli animatsiyani tanlab joylashtirish mumkin.
Bularga qo’shimcha ravishda har bir effect turiga qo’shimcha effektlar kiritish ham
mumkin.
Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari
ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni
ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va
qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga
hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini,
Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat.
Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab
tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan
olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuma xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu
muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak?
– bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat
etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli
jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish