Kirish Ergonomika



Download 22,51 Kb.
bet5/6
Sana04.02.2022
Hajmi22,51 Kb.
#429461
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2. Ergonomika.

Stomotologik xona

Ushbu talablar orasida eng muhimi quyidagilar hisoblanadi:
1) stomatologik kreslolar o'matishning maksimal soni bir xona uchun uchtadan oshmaydi, buning sharti maydon miqdori bir kreslo uchun 14 m2 va har bir qo‘shimcha uchun 10 m2;
2) xonaning maksimal chuqurligi bir tomonlama yorugMikda 6 m dan oshmaydi. Bunda umumiy yorug‘likning me’yoriy darajasi (tabiiy va sun’iy) 5000 luks bo‘lishi lozim;
3) mahalliy manba bilan yoritiladigan yorugMik darajasi, turli yoritilish bilan yuzani ko‘zdan kechirishda charchoqni keltirib chiqarmaslik maqsadida, shifokoming yorug‘lik readaptiyasi uchun umumiy yorug‘lik darajasi kamida 10 martadan oshmasligi kerak, bunga yorug‘lik tizimini ratsional joylashtirish bilan erishiladi;
4) devor va polni bo‘yash uchun 40% dan past bo‘lmagan koeffitsiyent aks etgan neytral och ranglar qo‘llaniladi, bu esa ogMz bo‘shlig‘i shilliq qavati, teri qobig'i, tishlar, plombalovchi va qoplama ashyolar rangini to‘g‘ri aniqlash uchun xalaqit bermaydi;
5) pollarga, albatta, choklarni ulash bilan linoleum yotqi- zilinadi. Stomatologik xonalarni tozalash ishlari, dezinfek- siyalovchi vositalar qo‘llash bilan smenda 2 martadan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladi;
6) xonalar markazlashgan tizimlar, suv bilan ta’minlash (sovuq va issiq), quvir, issiqlik va ventilatsiya bilan jihozlanadi; suv bilan isituvchi marakazlashgan tizimda isitgich asbobi silliq yuzali, tozalash oson bo‘lgan radiatorlar qoMlaniladi. Barcha xonalarda, yon tomon deraza ostida radiatorlar joylashtiriladi.
Umumiy havo almashuv ventilatsiyasi miqdoridan qat’i nazar xonalarda oson ochiladigan darcha yoki fortochkalar, stomatologik qurilmalaming o‘zida boMganidek, tish texnikasi laboratoriyasida silliqlovchi va yaltiratuvchi qurilmalarda changni yutuvchi mahalliy qurilmalar, ishlab chiqarish xonalarida qalay uchun pechka; gaz plitasi tepasida, boshqa isituvchi asboblar tepasida va polime- rizatsiya, shuningdek, sterilizatsiya ish stollari tepasida havoni tortuvchi zonalar bo‘lishi kerak.
Barcha stomatologik xonalar va ishlab chiqarish xonalarida vodoprovod, kanalizatsiya o'tkazilgan bo‘lishi lozim.
Xodimlar qo'lini yuvadigan rakovina, ishlab chiqarish maqsadi uchun mo'ljallangan rakovinalar o'matilishi lozim. Deraza may- donining pol maydoniga nisbati 1:4 ni tashkil qilishi kerak.
Xonalami to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanish (ish joyida anchagina yorqinlikni keltiradigan) va stomatologik xonalar ichida deraza oynalaming chirib ketishi oldini olish uchun shimol tomon- ni mo'ljallash yoki jaluzi bilan jihozlash lozim.
Barcha xonalar va asosiy ishlab chiqarish xonalarida, albatta, sun’iy yorug‘likning umumiy va mahalliy ikki tizimi bo'Iishi ke-rak. Luministsent yorug‘lik bilan lampalar yordamida yoritishni aralashtirish tavsiya etilmaydi, isib ketish oqibatida ulaming nurla- nish spektri farq qiladi. Mahalliy yorug'lik operatsion lampa ko'rinishida shifokoming har bir ish o‘mi uchun qo‘llanadi.
Tish sozlash laboratoriyasini joylashtirish va uskunalash bo‘yi- cha talablar:
1) tish sozlash laboratoriyasining devori tekis, yoriqlarsiz bo'lishi kerak. Barcha burchak va joylar, devorlaming, shift va pollaming birlashishi kamizlarsiz va bezaksiz, ravon bo'lishi lozim;
2) tish sozlash laboratoriyasining devorlari eshiklar baland- ligida moy bo‘yoq yoki nitroemal bilan bo‘yaladi. Panelning yuqorisiga silikat yoki yelimli bo‘yoq bilan ishlov beriladi. Tish sozlash laboratoriyasi xonalarining shifti suv emulsiya, moy yoki silikat yelimli bo‘yoqlar bilan och rangga bo‘yaladi;
3) tish texnikasi laboratoriyasining ishlab chiqarish xonalarida devorlar eshiklar balandligida glazurlangan plitkalar bilan qoplanadi. Panel yuqorisi silikat yoki yelimli bo‘yoq bilan bo'yaladi;
4) tish sozlash laboratoriyasining asosiy xonalaridagi pol inoleumdan maxsus xonalar esa chinni plitkalardan boiishi lozim;
5) tish sozlash laboratoriyasining devor va pol yuzasi 40% ^an kam bo'lmagan koeffitsiyentda aks etuvchi yorqin ranglarda
bo'lishi lozim;
Sun’iy tishlar va tish protezlari ashyolari rangini to‘g‘ri ajratishga xalaqit bermaydigan, neytral, och kulrang ishlatish
ydadan xoli boMmaydi;
6) barcha xonalardagi eshik va derazalar oq rangli emal bilan y°ki moy bo'yoq bilan bo'yaladi. Eshik va deraza bezaklari silliq, ularni tozalash yengil bo‘lishi lozim;
7) asosiy xonada tish sozlovchisi uchun ish joyi 1,0—0,7 m hajmdagi maxsus tish sozlash stoliga ega bo‘lishi kerak:
~ changni mahalliy so‘ruvchi elektron silliqlovchi mashina;
~ gaz o‘tkazgich (mumkin boMgan xavfsiz spirtli isitgich yoki elektron isitish asboblari);
8) tish sozlash laboratoriyasi siqilgan havo vakuum, kislorod uzatuvchi markazlashgan tizim bilan jihozlanishi lozim;
9) rakovinalardan oqib tushgan suvni quvurga oqizmasdan oldin awal gipslami ajratib olish lozim;
10) tish sozlash laboratoriyasi xonalarida odamlar qo‘lini yuvish
uchun alohida rakovinalar, tirsak yoki oyoq bilan boshqariladigan
kranlar va boshqa ishlab chiqarish maqsadi uchun maxsus vannalar
(asboblar, idishlar, invertallar, jiliozlar va h.k.) bilan jihozlanishi kerak;
11) tish sozlash laboratoriyasi shoshilinch va birinchi tibbiy yoidam ko‘rsatish, shuningdek, dezinfeksiyalovchi vositalar uchun zarur bo‘lgan dorilar to‘plami, dori qutilar bilan ta’minlangan bo lishi lozim;
12) tish texnikasi laboratoriyasi xonalarida havo beruvchi va tortuvchi umumiy havo almashuv ventilatsiyasini ko‘zda tutish kerak;
13) konditsioner havosini tish sozlash laboratoriyasining bar¬cha xonalari tabiiy yorug‘likka ega bo‘lishi kerak.
Shifokor-stomatolog ishining ergonomik qoidalari. Ergono- mika — fan, u insonning mehnat jarayonidagi imkoniyatlarini
uning uchun optimal mehnat sharoitini yaratish maqsadida o‘rganadi, ya’ni shunday sharoitki, u mehnatda yuqori ishlab chiqarish va ishonchni hosil qiladi, shu bilan bir vaqtda, insonni zarur sharoitlar bilan ta’minlaydi va uning kuchi, sog'ligi, meh- natga qobiliyatini ta’minlaydi.
Ergonomikaning asosiy maqsadi:
— shifokor va hamshira ishlarining mehnat qiyinchiligini pasay- tirish;
— kasb kasalliklari kelib chiqishi xavfini kamaytirish;
— ishlash usullari sifatini yaxshilash va mijozga tushadigan yukni pasaytirish;
— xodimlar ish kunidan yanada sermahsul foydalanish hisobiga xizmatchilaming kasbiy malakasini oshirish uchun vaqt ajratish;
— shifokor qabulini kutish, tashrif sonining qisqarishi, bir tashrifda o‘tkaziladigan manipulatsiya hajmining ortishida mijoz- lar vaqtini tejash.
Shifokor va assistent fiziologik qulay holatda o‘tirishi lozim, bu esa umurtqaga tushadigan yukni pasaytiradi. Agar o‘rindiq tuzilishi to‘g‘ri o‘tirishga imkon bersa va suyanish uchun tirgakka ega bo‘lsa, sonlar gorizontal joylashsa, oyoqlar polda bo‘lsa, assis- tentda esa o‘tirish holati shifokorga qaraganda sal balandroq va oyoqlar o‘rindig‘ining pastki plankasiga tayangan bo‘lsa, ideal hisoblanadi.
«To‘rt qo‘l bilan ishlash»da mijoz yotish holatida bo‘ladi, bunda o‘rindig£ining bosh qo‘yadigani shifokor tizzasi darajasida joylanadi. Shifokor qisman mijoz holatini soat siferblati misolida ko‘rish mumkin. Shifokor manipulatsiyaning katta qismini 8-10 soat tik holatda bajaradi. Ba’zan shifokor tik holatda 12 soat ishlaydi, bunday vaqtda u mijozning boshi tomonida bo‘ladi. Shifokor- stomatologlar tik turgan va o‘tirgan (mijozning yotgan, yarim yotgan, o‘tirgan) holatda ishlashi mumkin. Gigiyena va ergonomik talablar bo‘yicha o‘tirib ishlash ish vaqtining 60% idan oshmasligi, qolgan vaqt esa tik turib ishlash tavsiya etiladi


Download 22,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish