Kirish I bob Akrobatika haqida umumiy ma’lumot



Download 0,5 Mb.
bet3/10
Sana14.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#552515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xasanova

1.1 Akrobatika mashqlari
.Akrobatik mashqlar gimnastikada umumiy jismoniy tayyorgarlik, topqirlik va fazoda moijalga olishda eng yaxshi vositalardan biri sifatida foydalanuvchi sun’iy yaratilgan va maxsus tanlab olingan mashqlaming katta gumhini birlashtiradi. Gimnastikada, asosan, akrobatik sakrashlar va turg‘un holatdagi akrobatik mashqlardan foydalaniladi. Ular bolalar, o‘smirlar va kattalar bilan boiadigan mashg‘ulotlarda qoilaniladi. Akrobatika mashqlaridan gimnastik anjomlar bilan boiadigan mashqlami egallab olishda erkin va keltiruvchi mashqlar sifatida keng foydalaniladi.
Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilaming jismoniy tarbiya majmua dasturlarida, nisbatan murakkab bo‘lmagan akrobatik mashqlami o‘zlashtirishga katta e’tibor beriladi. Mashqlar tartibi katta emas, ammo o‘zining dinamikasi va mhiyatiga ko‘ra ta’lim muassasalarining gimnastika mashg‘ulotlarida juda keng qo‘llaniladi va o‘quvchilaming jismoniy tayyorgarligini oshiravchi samarador vosita hisoblanadi. Bu mashqlami bajarish bilan bir qatorda, o‘quvchi-talabalarda jasurlik, vaqt va fazoda o‘z gavdasini boshqara olish sifatlari tarbiyalanadi hamda vestibulyar apparat funksiyalari takomillashib boradi. Akrobatik mashqlar, tezkor-kuch, egiluvchanlik, epchillik, sakrovchanlik kabi sifatlarini rivojlantiravchi jismoniy vositalar sifatida katta ahamiyatga ega. Akrobatika mashqlarini o‘tkazish uchun turli asboblardan foydalanish shart emas, chunki hamma muassasalarda gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjud. Bu mashqlami bajarishda frontal, guruhlar va o‘yinlami qo‘llab o‘quvchi-talabalami jalb etish, dars zichligini oshirishga yordam beradi. Murakkab bo‘lmagan va yaxshi o‘zlashtirilgan muvozanatni saqlash, turish, “ko‘prik”lami darsning tayyorlov qismida muvaffaqiyatli bajarish hamda turli harakatli o‘yinlarga, estafetalarga va to‘siqlami oshib o‘tish mashqlarini kiritish mumkin. Bu yerda majmua dasturining bazaviy tarkibini tuzuvchi akrobatik mashqlar ko‘rib chiqiladi. Bulami o‘zlashtirib olish, o‘quvchilarga jismoniy tarbiya bo‘yicha umumdavlat ta’lim me’yorlarini bajarish uchim yordam beradi. Har bir mashqning bajarish texnikasi rasm va kinogrammalar namoyishi bilan, o‘rgatish ketma-ketligi, xos 183bo‘lgan xatolar, straxovka va yordamlar mazmuni alohida ko‘rsatib o‘tilgan.Biroz murakkab mashqlami o‘zlashtirish uchun o‘rgatish dasturlari tavsiya qilinadi. 0 ‘quvchi-talabalar uchun dumalash, umbaloq oshish, to‘ntarilishlar va muvozanat mashqlari yangilik hisoblanadi, keyinchalik shu mashqlar katta o‘zgarishlarsiz o‘quvchi-talabalar bilan birga bosqichma-bosqich o‘tib borsa tabiiyki qiziqish ham so‘nib boradi. Bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki o‘qituvchitalaba bu mashqlarga bo‘lgan qiziqishni qaytadan tug‘ilishiga, uni davomiyligini ushlab qolishga va albatta rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Buning uchun, variantlar xilma-xilligini taniqli o‘quvchi-talabalar bilan mashqlami bajarish, ulami murakkablashtirish, ko‘rinishni o‘zlashtirish va boshqa elementlar bilan birlashtirish hamda o‘yin va estafetalardan foydalanish zamr.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish