Kirish. I-bob maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy harakatli o’yinlardan foydalanish


 Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni



Download 320,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.07.2022
Hajmi320,58 Kb.
#793843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jumazarova Sanamjon kurs ishi

2.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni 
o’rgatish yo`llari 


Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya 
ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) 
ning, Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning,
barchasi rivojlana boshlaydi. 
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish 
lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu
fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyot larni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish 
tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish 
nihoyatda muhim ahamiyatga ega.Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir
ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi.Milliy xalq o’yinlariga 
asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish 
jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi,
o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka
bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni 
rivojlantirish lozim bo’ladi. O’zbek milliy xalq harakatlio’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda
ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklarqimmatli fikrlarni aytib
ta’kidlab o’tishgani ma’lum. Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim
jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar bilan
isbotlab berishgan. 


O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha
qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday
ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham o’yin xuddi Shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin. O’yin
mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea-
xodisalarga mknosabatining o’zgarishida, Shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari
turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. Shuning uchun bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha
yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish,
shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tuShuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.Katta kishilar hayoti va
faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi.
Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-
harakati qanchalik ixcham va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda Shunchalik 
yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va Shuning
uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi. Har qanday o’yinning va
o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda
aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar
davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini
o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi. O’yin faqat bilish
jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham 


ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham,
yuqori sinf maktabgacha yoshdagi bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib 
toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni 
oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida
o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin
faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa
paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin. O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini 
boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar 
qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi,
Shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin
harakatlarining takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga
amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga
o’tishning asosini tashkil qiladi. 
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab maktabgacha yoshdagi bolalari jismoniy
madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini
keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning
uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish
yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha


yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini
boyitishga yordam beradi. Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, maktabgacha
yoshdagi bolalarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir.
Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor
berish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz
tavsiya etayotgan ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.Maktabgacha
yoshdagi bolalar qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq
milliy o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni
egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. Xalq milliy
o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar o’z
tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.Bolalar va
o’smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy mashqlar elementlari,
bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. Milliy o’yinlar
bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat
malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga
tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu 
tuShunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy 
tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi.


Xulosa 
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi 
bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.Umuman bu 
yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga 
soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. 
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining
tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab maktabgacha 
yoshdagi bolalari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va
bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va
maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish va faol
dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, 
ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqate’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim. Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash
O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga
e’tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga
ko’proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman shakllaridan,
jumladan, xalq an’analaridan keng f oydalani, insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash 
va Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu


maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy
harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda.Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq 
xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga
imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir 
ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasmrusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha
sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha
sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida
bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar.
Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar. 
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham,
jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug’ullanishlari, 
turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish,
ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan 
bog’liqdir. 



Download 320,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish