Kirish magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Download 2,78 Mb.
bet1/24
Sana17.07.2022
Hajmi2,78 Mb.
#813059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1 (3) (2)


KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Axborot davri raqamli davrga almashtirilayotgan jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida korxonalarni raqamlashtirish global tendentsiyaga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, korporativ tarmoqlar korxonaning texnologik jarayonlarini ta'minlaganligi sababli, ularning ishonchliligi va axborot xavfsizligi asosiy ustuvorlik hisoblanadi.
Deyarli har qanday axborot xavfsizligi tizimini qurish xavf tahlilidan boshlanishi kerak. Axborot xavfsizligi tizimini loyihalashni boshlashdan oldin tizim yaxlitligi buzilishiga, unda aylanib yuruvchi ma’lumotlarning maxfiyligi va mavjudligiga qanday shartlar va omillar ta’sir etishini aniq aniqlash va ularning qanchalik potentsial xavfli ekanligini baholash zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” bo’yicha ustuvor vazifalarni bajarish belgilangan [1]:
- axborot sohasini tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:
a) zamon talablari asosida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
b) axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan mavjud qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida unifikatsiya qilish;
- Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish:
a) turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlarni ommalashtirish;
b) xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzularni joriy qilish;
- axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish, bunda:
a) kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish;
b) “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallashtirish;
c) IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash, hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutiladi.
d) Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi buzilishining oldini olish.
e) Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida va telekommunikasiya tizimlarida aylanayotgan axborotlar to‘plamiga bo‘lgan tahdidlar keskin oshdi, ayniqsa, Internet paydo bo‘lgandan boshlab, axborot o‘g‘irlash va axborot mazmunini buzib qo‘yish hollari ko‘paydi. Natijada axborot xavfsizligi muammosi O‘zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammoga aylandi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda axborot xavfsizligini ta‘minlashga, chet eldan valyutaga sotib olinayotgan dasturiy va dasturiy-apparat vositalarning mahalliylashtirishga davlatimiz rahbariyati tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PQ-614–son qarori misol bo‘lishi mumkin. Axborotni himoyalashda xatarlarni baholash algoritmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi, ushbu dolzarb masalalarni yechish uchun mazkur dissertatsiya ishining natijasi muhim ahamiyat kasb etadi [2].

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish