Kirish. Mexanizm va mashinalar nazariyasini yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qo’llanilishi



Download 159 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi159 Kb.
#545124
  1   2   3
Bog'liq
1-ma’ruza matni


1-Mavzu: Kirish. Mexanizm va mashinalar nazariyasini yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qo’llanilishi.
Reja.
1.1.Mashina, mashinalarning klassifikatsiyasi.
1.2.Mexanizi, mexanizmlarning klassifikatsiyasi.
1.3.Kinematik juftlar klassifikatsiyasi.



    1. KIRISH



Hozirgi zamon texnikasi, injenyerlar oldiga echilishi muhim bo‘lgan qator masalalarni qo‘ymoqda, ular asosan mexanik harakatlar va moddiy jismlarning o‘zaro ta’sirlariga bog‘liq bo‘lib, Texnik mexanika faniga taalluqli hisoblanadi.


Fazodagi moddiy jismlarning bir-birlariga nisbatan holatlarini vaqt mobaynidagi o‘zgarishlari mexanik harakat deb ataladi. Jismlarning bir-birlariga nisbatan ko‘rsatgan ta’sirlari natijasida, ularning harakatlari yoki ularning geometrik shakllari (deformatsiyalanishi)ning o‘zgarishi o‘zaro mexanik ta’sir deb tushuniladi. Jismlarning o‘zaro ta’sirlarini o‘lchaydigan kattalik kuch deb ataladi. Tabiatdagi mexanik harakatlarga, osmon jismlarining harakatlari, yer sirtining tebranishi, havo va dengiz oqimlari, molekulalarning issiqlik ta’siridagi harakatlari va h.k., misol bo‘ladi.
Texnikadagi mexanik harakatlarga esa, yer ustidagi, suvdagi va havodagi transport vositalarining harakatlari, turli xil mashina va mexanizmlar qismlarining harakatlari, suyuqlik va gazlarning harakatlari va h.k. lar misol bo‘ladi. O‘zaro mexanik ta’sirga esa, butun dunyo tortilish qonuniga asosan moddiy jismlarning o‘zaro tortilishlari, yo’ishib (yoki to‘qnashib) turgan jismlarning o‘zaro bosimlari, suyuqlik va gazlarning zarrachalarini o‘zaro ta’sirlari va h.k. misol bo‘lishi mumkin.
Mexanik harakatlarni va moddiy jismlarning o‘zaro ta’sirlarini o‘rganadigan fan mexanika deb ataladi. Mexanikada o‘rganiladagan muammolarning davrasi juda keng bo‘lib, ushbu fanning rivojlanishiga bog‘liq holda, deformatsiyalanuvchi qattiq jismning, suyuqlik va gazlarning mexanikasini o‘rganuvchi qator mustaqil sohalar paydo bo‘ldi. Bunday sohalarga, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, gidromexanika, ayeromexanika, gazlar dinamikasi va tadbiqiy mexanikaning qator sohalari: matyeriallar qarshiligi, inshootlar statikasi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, gidravlika va boshqa maxsus Injenerlik fanlari misol bo‘ladi.
Mexanikaning fan sifatida paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti, jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish va texnikaning rivojlanish bosqichlari bilan chambarchas bogplangan.
Mexanika oliy texnika o’quv yurtlarida o’rganiladigan eng murakkab fanlardan biridir, bu kursdan mashg’ulotlar o’tkazish jarayonida albatta konspekt tuzilishi va masalalar yechib borilishi zarur. Texnik mexanika fani bo’yicha talabalarning bilimiga ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar. Ishchi dastur «Texnik mexanika» fanining barcha bo’limlarining keng miqyosida o’z ichiga qamrab olgan. Unda xar bir mavzu bo’yicha o’quv moduli birliklari, talabaning vazifalari, tayanch so’z va iboralar, muammoli masalalar, kurs ishlari, ro’yxati, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida o’rganiladigan mavzular ro’yxati va adabiyotlarning keng tanlov uchun nomlari keltirilgan. Bundan tashqari talabalarda pedogogik va ‘sixologik ko’nikmalarni hosil qilish uchun zamonaviy o’qitishning interfaol uslublari klaster, sinkveyn, Mor usulida hisob qilish kabilarni o’quv jarayonida qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish uchun ham ko’rsatmalar berilgan.
Mazkur dastur oliy o’quv yurtlarinig texnika yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, yana boshqa mexanika yo’nalishlari uchun ham foydalanish mumkin.
Mexanika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi (bog’liqligi). Texnik mexanika fanini o’zlashtirishda talabalar umumta’lim fanlaridan analitik geometriyadan ba’zi ma’lumotlarni oliy matematika, chizmachilik, fizika, chizma geometriya va boshqa fanlardan o’zlashtirgan bilimlariga asoslanadilar.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni. Hozirgi davrda “Mexanika” fani barcha turdagi mashina va mexanizmlarda uchraydigan detallarni turlarini, amaliyotda hisoblash va loyixalash hisoblarini, turlicha kuchlar ta’sirida detalni mustahkamlikka tekshirishga oid masala va aniq misollar ko’rib chiqiladi. Mashinasozlik zamonaviy texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda mexanika fani muhim o’rinni egallaydi.

Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish