Kirish. O‘zbek taetri va o‘zbek milliy teatri tarixi



Download 1,88 Mb.
bet2/3
Sana16.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#376298
1   2   3
Bog'liq
Nabi Rahimov ijodiy chizgilari

(1929-1960yilar)

Ma’lumki, Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatri O‘zbekistondagi dastlabki milliy davlat teatridir. Ushbu teatr dast avval yosh san’at ixlosmandlaridan tashkil topgan havaskorlik truppasi bo‘lib, keyinchalik Moskvada ochilgan o‘zbek dramastudiyasida hamda Boku teatr texnikumida tahsil ko‘rgan kishilar bilan mustahkamlangan holda katta yo‘lga tushib oldi.

1929-30-yillar Hamza nomidagi teatrga bir guruh qobiliyatli yoshlar kirib keldi. Olim Xo‘jaev, SHukur Burxonov, G‘ani A’zamov, Muhsin Hamidov, Qudrat Xo‘jaev, Nabi Raximov shular jumlasidandir. Muhimi shundaki, ular tez orada teatr aososchilari bo‘lmish birinchi avlod bilan o‘yg‘unlashib, teatrning tom ma’nodagi ijodkor aktyorlari yadrosiga aylandilar va birgalikda o‘zbek aktyorlik maktabi poydevorini yaratdilar.

Nabi raximov ana shu maktabning yorqin vakillidir. San’atkor ijodi ziddiyatli voqealarga boy 30-yillarda boshlandi. Bu davrda nabi Raximov turli spektalllarda bir qancha kichik-kichik rollar o‘ynadi. D. Furmanning Bag‘ovat pesasida Egor, Z.Fatxulinnning Niqob yirtildi asarida Sayfi,K.YAshinning Tor-mor dramasisida nurmat, K.Galdonining Mehmonxona bekasi komediyasida Kolaver Rippofratta, Lope de Veganing Qo‘zibuloq dramasida Flores, Gogolning Revezor va uylanish komediyada Bobchenskiy va Kochkaryov, SHekspirning Gamlet tragediyasida Laer obrazlari shular jumlasidandir.

Ko‘rinib turibdiki, rejissyorlar unga turli janrlarda har xil xarakterdagi rollarni topshirishgan. Goh kulguli, goh qayg‘uli, goh isyonkor, goh g‘arazgo‘y xarakterlarni ijro etish jarayonida Nabi Raximovijodida janrlar doirasi tobora kengayib bordi. Bu jarayon murakkab mashqlar, izlanish va sinovlar zamirida bosqichma-bosqich pishib, takomillashib, aktyor individual ijro uslubining shakllanishiga, qirralarning mo‘l va serjilo bo‘lishigazamin hozirladim.

K. Stanislavskiy ta’biri bilan aytganda, sahna san’atining chinakkam cho‘qqisini zabt etish uchun aktyordan 99 foiz mehnat va tabiat tomonidan berilgan yana nimadir talab qilinadi. Tabiat Nabi Raximovga alohida qobiliyat, o‘tkir zehn, chuqur tafakko‘r, nozik did, jarangdor ovoz hamda boy tasavvur in’om etdi. SHuningdek, uni sahnabop qaddi-qomatdan ham kamsitmadi.

Nabi Raximovning uslubinining bizga ma’lum xususiyatlaridan biri uning hazil va xajvga moyilligidir. Sababi, u o‘sib ungan go‘zal Farg‘ona vodiysida keng rivojlangan an’anaviy qiziqchi va masxarabozlar san’ati, askiyachilar gurungi, xalq tomoshalari bo‘lajak artistga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan. Ayniqsa bolalik yillarida Qo‘qon shahrida ko‘rsatilgan Muhiddin Qori YOqubov rahbarligidagi musiqiy teatr tomoshalari uni butunlay sehrlaydi. Har gal bu tomoshalardan to‘lqinlanib qaytarkan, o‘zining chor devor sahniga tortilgan parda ortidagi qo‘lbola sahnasiga oshiqardi. Qayta-qayta ko‘rgan spektakllarida yod bo‘lib ketgan monologlar, qo‘shiq va laparlarni aytib, atrofiga tomoshabin yig‘ardi.Xuddi shu parda ortida Nabi Raximov o‘zi sezmagan holda mu’jazgina bir aktyor teatrini yaratdi. Tomoshabingan yoqish, uni o‘ziga rom qilish uchun turli kulguli latifalar to‘qir, qo‘shiq aytar, hatto raqsga ham tushardi. Uning tomoshalari odamlarga yoqar, latifa va askiyalari qah-qah urib kulishga majbur qilardi. SHu tariqa uning tabiatida yumor va improvizatsiya qila olish qobiliyati kurtak ochdi. Bu xususiyataktyorning bir umrlik yo‘ldoshiga aylandi. SHuning uchun ham Nabi Raximovning professional teatridagi boshlang‘ich ijodida yumor va o‘ynoqi so‘z ohanggiga alohida urg‘u berish hollari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu holat o‘sha davrda o‘zbek sahnasida yana bir komik aktyor dunyoga keldi , degvn fikrni yuzaga chiqardi. Bunday qarash uzoq yillar nabi raximov faoliyatiga baho berishda ustunlik qilib keldi.

60-yillarga kelib Nabi Raximovning obraz yaratish tajribasi juda boyidi, ichki va tashqi imkoniyatlari doirasida kengaytirilgan kulgusi ijtimoiy tus oldi. Aktyorning fo‘qorolik tuyg‘usi, siyosiy ongi mustahkam qaror topdi. Nabi Raximovning shungacha bo‘lgan sermahsul ijodi tekis, ma’lum bir yo‘nalishda rivojlanmadi, hamisha bir janrdan ikkinchisiga, bir mavzudan boshqasiga sakrab turdi. Lekin aktyor o‘z rollarining barchasiga ham birdek yondashishi sababli shunday san’atni qo‘lga kiritdiki, provardida qanday obraz yaratmasin, qaysi janrda ijod qilmasin, o‘z qahramonining muayan sahnaviy-badiiy talqiniga mohirlik bilan erishish usullarini egallab oldi. Uning obrazlari salobatli hamda ijtimoiy jihatdan prfessional tahlilga ega bo‘ldi. Aktyorning repertuar doirasi kengayib, obrazlar rang-barangligi ortgan sari uning ijodida ko‘pjarlik tobora kengayi bordi. Bu jarayon Nabi Raximov ijodida mustaxkam, ruhiy va jismoniy xatti-harakatlar uyg‘unligidan tarkib topgan serqirra ijro uslubining shaklanishiga zamin hozirladi.San’atkor Keyingi bosqichda ko‘prq o‘z ijodiy quvvatiga, imkoniyatlariga hamohang obrazlar xarakterini yaratishga kirishdi. Uning ijodi yanada keng, zalvarli va qiziqroq bo‘lib bordi.



60-yillarga kelib Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatri O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan, nufuzli teatrlaridan biriga aylandi. Sora Eshonturaeva, Shukur Burxonov, Olim Xo‘jaev, Nabi Raximov, Obid Jalilov, Lutfulla Narzullaev, Zamira Hidoyatova, Toshxon Sultonova, Qudrat Xo‘jaev, G‘ani A’zamov, SHohida Mag‘zumova, Amin Turdiev singari zabardast xalq artislari sahna san’ati ustasi sifatida el orasida tanildilar. Tomoshabinga manzur bo‘lgan Mirza Ulug‘bek M.SHayxzoda, Iymon Izzat Sulton, Qutlug‘ qon Oybek, Qirol lir SHekspir, SHoh Edip Sofokl’ singari sara spektakllar shu davrninig mahsulidir. Bu spektakllarda qatnashgan aktyorlar ham obraz mohiyatini ochishda, ham sahna ansambilini yaratishda katta yutuqlarga erishdilar.

Nabi Raximov ijodi ham bu davrga kelib mustahkam yo‘lga tushib oldi. Xilma-xil mavzu va janrdagi u yaratgan rang-barang obrazlar san’atkor kamolotidan guvohlik berdi. Eng muhimi, o‘ttiz yillik tinimsiz mehnat, izlanish jarayonida aktyor mahorati tobora sayqalanib, uning ijodida satirik, dramatik hamda ruhiy holat va xatti-harakatlar birligidan tarkib topgan yaxlit, faqat Nabi Raximovgagina xos bo‘lgan individual ijro uslubi shakllana boshladi. Bu uslub u gavdalantirgan obrazlarning keskinligida , o‘tkir dramatzm hamda chuqur ruhiy holatlarda, achchiq kinoya va fosh qiluvchi satirik xatti-harakatlarda ko‘rinadi. Bu uslubning o‘ziga xos va muhim xususiyatlaridan biri shuki, san’atkor qanday obraz yaratmasin, hoh hajviy, xoh dramatik, xoh fojeaviy, turli janr vositalarini o‘z ijrosida omixta qildi. Aktyorninig Bir Janrdan boshqasiga bemalol, erkin o‘ta olishining sababi ham shunda.

3. Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Raximovning kinoda yaratgan yorqin qaxramonlari.

60-yillar Nabi Raximovning ayni kuchga to‘lgan, murakkab obrazlar yaratishga qodir, etuklik davriga to‘g‘ri keldi. San’atkor bu davrga sahna san’ati sir asrorlarini puxta o‘rgangan, sahna nutqi, harakati va boshqa jihatlarini yaxshi o‘zlashtirgan holda kirib keldi. Biroq, afsuski, professional nuqtai nazardan etilgan, ijodiy kuch-g‘ayrati to‘lib toshgan bo‘lsada, Nabi Raximovga bu davrda yetarli ahamiyat berilmadi, teatrda uning kuch-quvvati va imkoniyatlariga yarasha ijod qilish sharoiti tug‘ilmadi. Garchi, aktyor bu davrda o‘ndan ziyod turli-tuman sahnaviy obrazlar yaratgan bo‘lsa-da ular Nabi Raximov san’atining darajisini belgilay olmaydi. Mana shunday vaziyat ayni kamolga yetgan, ijodga chanqoq Nabi Raximovni kinematografiyaga yetaklab bordi. Sahnada to‘la-to‘kis ochilmay qolgan imkoniyatlari kino san’atida namoyon bo‘ldi.Kino san’ati Nabi Raximov mahoratining yangi qirralarini kashf etdi, unga o‘z qahramonlarini yirik planda, yana ham jozibali, halqchil talqin etishga imkon yaratdi.

Ma’lumki kinematografiya alohida, o‘ziga xos jiddiy mazudir. SHunga asosan Nabi Raximovning kino sohasidagi sermahsul ijodini batafsil tahlil qilish niyatida emasmiz. Lekin mavzu doirasida san’atkorning badiiy filmlardagi ayrim obrazlari xususida ba’zi bir mulohazalarni bildirib o‘tamiz.

Nabi Raximovning 60-yillardagi sahna ijodida Xlestakov , Yago singari yirik obrazlarni uchratmaymiz. Aktyor bu davrda ko‘proq ushoq rollarda ko‘zga tashlanadi. Ammo, yuzaki qaraganda, ikkinchi darajali, epizodik bo‘lib ko‘ringan ushbu rollarda aktyorning o‘ziga xos uslubi, falsafiy mushohadasi, saloxiyati namoyon bo‘ladi. Bunga misol qilib Ramz Bobojonning Tog‘a jiyanlar komediyasiga aylangan Bo‘riboy Bozorboev, M. SHayxzodaning Mirzo Ulug‘bek tarixiy biografik dramasidagi Bobo Kayfiy, Oybekning Qo‘tlug‘ qon romani asosida sahnalashtirilgan spektaklidagi SHokir ota, SHekspirning Qirol Lir tragediyadagi gersog Olbeni obrazlarini tilga olish mumkin. Bu obrazlar puxta o‘zlashtirilganligi, xarakterlarning aniq va har xilligi bilan ahamiyatlidir.

Nabi Raximovning kamolot yoshidagi ijodi uning boshlang‘ich davridagi faoliyatidan avvalo shunisi bilan farq qiladiki, san’atkor dastlabki bosqichda ko‘pro qo‘zining chaqqon xatti-harakatlariga suyangan bo‘lsa, keyinchalik asosan obrazning ichki olamini, kechinmalarini yuzaga chiqarishga intiladi va bu xususiyatlarni janr tabiatiga qarab jismoniy harakatlari bilan pardozlaydi.

Xuddi shu davrda Nabi Raximov teatr sahnasidagi ijodiga o‘zining kino san’atida erishgan tajribasini olib keldi. Bu aktyor yaratgan sahnaviy obrazlarning yig‘inchoqligida, ko‘proq yirik planda ishlashida, sukutlarga va mimikaga alohida e’tibor berishida ko‘rinadi. Kinomotografik vositalar, ayniqsa, qushbegi Urganji obrazida o‘zining yorqin va samarali natijasini berdi.

San’atkor uzoq yillik sermahsul faoliyati mobaynida uning ijodida ko‘p janrlik qaror topdi va shu asosda individivudal ijro uslubi shakllandi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, aktyor qaysi janrda ijod qilmasin, o‘z ijrosida turli kontrast janr vositalarini unumli qullaydi. Ayniqsa, an’anaviy xalq tomosha san’ati unsurlarini yaxshi o‘zlashtirganligi uning ijrosiga alohida fayz bag‘ishlagan. Bu holat Nabi Raximov san’atining yanada jozibali va xalqchil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Xalqchillik, o‘z xalqining o‘y fikrlari, orzu-umidlari bilan yashash, uning eng yaxshi fazilatlarini ulug‘lash – san’atkor uslubinig asl mohiyatini belgilaydi.





Kinoda o‘ynagan rollari:

* 1991 - Mahshar kuni

* 1990 - Sukunat qoidasi - general Ag‘zamov

* 1989 - Tosh sanam

* 1988 - Tug‘ilish uchun o‘lish

* 1987 - Minorxorlik ovchi, Jo‘ra

* 1986 - Olmos kamari

* 1985 - Tog‘lardagi aks sado

* 1985 - So‘zlovchi chashma

* 1985 - Kelinlar qo‘zg‘oloni

* 1984 - Olaboshliq aholisi - izquvar kasbi

* 1984 - Jontoy qasami

* 1984 - Shahrizodaning yana bir kechasi... - qozi

* 1983 - Uyg‘onish

* 1982 - Dahoning yoshligi

* 1982 - Muhammad - bugun va abadiy

* 1982 - 107-yo‘riqnoma burilishi - chol

* 1981 - Buysunmas - Dusenbay

* 1980 - Pishqirgan daryo izidan - Sodiq aka

* 1979 - Havo piyodalari - Hakim ota

* 1979 - Munosib sayohat - Fozil Ortiqov

* 1979 - Ota jazosi - Xolmat og‘a

* 1979 - Ringga chorlaydi... - murabbiy

* 1979 - Ehtiyot bo‘l! Ilonlar! - Hamroqul

* 1979 - Des Drachens grauer Atem (GDR)

* 1978 - O‘zganing baxti - Meliboy

* 1978 - Xorazm rivoyati - hukmdor

* 1978 - Qon va jon

* 1977 - 1984 - Olovli yo‘llar - Hamzaning otasi

* 1977 - Qo‘qondagi hodisa - Alimat

* 1976 - Boshqalar uchun

* 1976 - Mening katta akam - Samandarov

* 1975 - Sen, mening qo‘shig‘im - Diloromning otasi

* 1975 - Holva ta’mi - Shermuhammad

* 1973 - Odamlar orasida yakka - Fattoh Najmiddin

* 1973 - Olovli qirg‘oq - mulla

* 1973 - Karavon - Karimov

* 1973 - Visol va hijron - Rustamning otasi

* 1971 - Shiddat - Bosh rol Sobirov

* 1971 - Kutilmagan qo‘shni - Obid Voisov

* 1971 - Chegaradan o‘tgan - Abzal

* 1971 - O‘tli nigohlar - Xamid Azizovich Sadullayev

*1970 - Favqulodda komissar - Shermatbek

* 1970 - Jazira quyosh ostida - Yormat ota

* 1969 - 41-yilning olmalari - chol

* 1969 - O‘tgan kunlar - Usta Olim

* 1969 - Keksa ustaning vasiyati- Ko‘rsulton

* 1968 - Otadan qolgan o‘g‘illar - Vahobov

* 1968 - Qizil qumlar - epizod

* 1968 - Qalb amri - choyxonachi

* 1968 - Dilorom

* 1968 - Inqilob chavandozlari - epizod

* 1967 - Uyimga kir - ekskursiyachi

* 1966 - Har kimning o‘z yo‘li - Maltabar

* 1965 - Eng itoatkor - Xolmirza

* 1965 - Jalada tug‘ilgan - Eshon Qodirqul

* 1964 - Ulug‘bek yulduzi - Bobo Kayfiy

* 1964 - Jo‘ra - Bolboq

* 1961 - Qaytarilgan kelin - To‘ychiyev

* 1958 - Olovli yillar - Usta Qosim

* 1958 - Maftuningman - Turdiyev

* 1957 - Orol baliqchilari - Jadeger Yesemuradov

* 1956 - Qutlug‘ qon - Shoqosim ota

* 1955 - Stadiondagi uchrashuv - Aliyev

* 1953 - Boy ila xizmatchi - Aleksey







Xulosa

Bugungi aktyorlik maktabi xususida mulohaza yuritganda, avvalo uning shakllanish jarayonida badiiy an’analarning katta o‘rin tutganligini unutmaslik lozim. Ushbu maktab o‘ziga xos, mustahkam va xalqchil xususiyatlarga egadir. Bu borada teatrshunos olim SHunday yozadi. : Tabiiylik, temperament, chaqqonlik, jo‘shqinlik, boy fantaziya, tasavvur, hozirjavoblik, zehnning o‘tkirligi – san’atkorlarning kuch manbai bo‘lgan. Ular o‘z o‘yinlarida ma’noli so‘z, erkin plastik va aniq ritmik harakat, imo –ishora vositasi bilan tomosha maydonida kuchli kulki vaziyatini tug‘dira olganlar.

XX asr o‘zbek aktyorlikq maktabi avvalo Hamza nomli akademik drama teatrining tarixiy yo‘li bilan bog‘liq. Bu yo‘l ziddiyatli, ayni paytda sermazmun ijod yo‘lidir. Uning qirralari davrma-davr shakllanib o‘zgarib bordi. Negaki teatr davr mahsulidir. Hamza teatri ham jamiyat madaniy hayotining biri bo‘lagi sifatida, mamlakatning ijtimoiy siyosiy hayotidagi o‘zgarishlarga mos ravishda bir necha bosqichda rivojlanib keldi. Havaskorlik ko‘rinishida paydo bo‘lgan sayyor truppa, keyinchalik Turkiston harbiy kommissariyatining bo‘yrug‘iga asosan Karl Marks nomi bilan siyosiy teatrga aylantirildi. SHunga binoan o‘zining ibtidosida xalq an’anaviy tomosha san’atiga tayangan ijodiy truppa siyosiy-targ‘ibot vazifalarini bajarishga yo‘naltirildi. Natijada teatrining ijodiy yo‘li o‘zgardi. Uning repertuarida asosan siyosiy-tashviqot mazmunidagi tomoshalar yetakchilik qiladi. Lekin SHunga qaramasdan san’atkorlar hamisha halq bilan birga bo‘lib, xalq orasida ijod qilib chiniqdilar. Ijrochilik maktabining shakllanishida shubhasiz, Nabi Raximovning ham hissasi katta. Nabi Raximov o‘zbek xalqining asl farzandi, badiy madaniyatimizning yirik namoyondasi edi. Qanday rolda uynamasin, qanday obraz yaratmasin, o‘z halqining eng yaxshi fazilatlarini ulug‘lashga, uning ideallarini, orzu-armonlarini, quvonch va nafratini izhor etishga harakat qiladi. SHu bilan yoshlarga o‘rgatib singdirib keldi.

Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Rahimov menga yoqqan tamoni bu aktyorning oʻziga xos yoʻnalishi mavjud va xar xil obrizlarga ega, hoh u dramatik yoʻnalishda hoh kamedik yoʻnalishda bo'lsin bu estedodli aktyor xar tamonlama rollarni mohirona ijro etadi, menga shu tamonlari juda yoqadi.

Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Rahimov teatr sanʼati va kino sanʼatiga judaham kotta hissa qoʻshgan va o'chmas iz qoldirgan .


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish