Kirish Rang-tasvir



Download 26,2 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi26,2 Kb.
#237350
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (8)


Kirish

Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. R. asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom R.ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang , ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. R.ning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. R.ning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. R. asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. R. asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻddiradi. R. asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va boshqa

R. qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Jan. Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shim. Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqalarda R. asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik davrida rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan.sharqiy Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental R. rivojlandi. Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yoʻnalishda asarlar ishlandi.



Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan R. diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita tavmat qildi, nursoya, chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, portret, natyurmortlar yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari tasavvur beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik boʻyoqlar, nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga tush, akvarel va guash boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidsi. Uygʻonish davrida R.ning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik sanʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh R. ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor ortdi. 17—18-asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni egalladi. R. janrlari kengaydi, monumental R. bilan dastgoh sanʼati keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal R. yanada mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh R.)ning jahon xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar oʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali voqealariga bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan, rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada — P.Jeriko, E.Delakrua; Germaniyada — F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda tasvirni na faqat haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar tuslanishi va birbirining rangiga taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi (Angliyada — J.Konstebl, Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari koʻrsatildi, milliy tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin, V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. 19-asr 70-yillaridan rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar (K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida oʻrinni egalladilar. Ular R. yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik, musiqa, adabiyot va boshqa sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (qarang Impressionizm). 19-asrda moyboʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-asr R.ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.

Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari ijodkor subʼyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.

Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). 20-asr 60-yillar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika R.ida avangard sanʼati — popartnpng unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.

Oʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy sanʼat, Zarautsoy rasmlari). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik boshlarida R. oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu davrlar R.i yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida monumental R. (devoriy rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keldi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi va 20-asrda oʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.



Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. "G." termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan G. tasviriy sanʼat turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli G. (amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal G.si (illyustratsiya, bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat G.si, pochta markalari, ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog (qora, rangdor), varaq zamini (koʻpincha oq qogʻoz). G.ning uslubiy vositalari turli-tuman: naturaga qarab tez chiziladigan xomaki chizgilar, etyud, eskizlardan tortib, to puxta oʻylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozitsiyalar (biror xrlat, manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift kompozitsiyalari)gacha. G. asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, sikl va turkumlar yaratish mumkinligi, tashviqot va targʻibotga mosligi va boshqa Uni tasviriy sanʼatning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi. Texnikasi jihatidan G. 2 turga ajratiladi: qoʻlda chiziladigan rasm va matbaada chop qilinadigan, koʻp nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va shahri k.). Rangtasvir bilan G. chegarasidagi akvarel, guash, pastel rang-tasvirga ham, G.ga ham mansub boʻlishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qad. boʻlib ibtidoiy odamlar gʻor devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy sanʼat namunalaridan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, poligrafiya rivoji bilan bogʻliq, lekin poligrafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6—7-asrlar (Yevropada 14—15-asrlar)da gravyura ishlangan. Litografiya esa 19-asrdagina vujudga keldi.

G. ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob boʻlib, oʻrta asrlarda vujudga kelgan xattotlik va kitob yaratish ishining sanʼatga aylanishi, qoʻlyozma kitoblarni yozish va bezash sanʼat turi sifatida rivojlanishi oqibatida miniatyura sanʼati rivojlangan, uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida jozibador bezatilgan qoʻlyozma kitob namunalari saklanadi. Rassomning kitob yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelganidan keyin katta ahamiyat kasb etdi, kitob mazmunini kitobxon koʻz oʻngida gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyatlaridan foydalanib koʻplab nusxalarda nashr qilish imkoni tugʻildi. Shunday kilib, kitob G.si va plakat kishilarga maʼnaviy taʼsir koʻrsatishning kuchli quroliga aylandi. Rassom rasmdan tashkari kitobning muqovasi, sarvaragʻini be-zaydi, turli bezak unsurlarini yaratadi, kitobning shriftini belgilab beradi. Sanoatning barcha tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot joylanadigan bezakli qutichalar, oʻrov materiallari va shahri k.ni yaratishni taqozo etdi, grafik rassomlarning G. turlari boʻyicha ixtisoslashuvlarini talab qildi.

Kitob G.si va u bilan bogʻliq dastgohli G. jadal rivojlandi. Bu sohada yirik rassomlar ijod qilgan: Germaniyada A. Dyurer, L. Kranax, G. Golbeyn Kichkina, K. Kolvits; Italiyada J. Piranezi; Niderlandiyada L. Leydenskiy; Gollandiyada Rembrandt; Flandriyada P. P. Rubens; FransiyadaJ. Kallo, O. Domye; Ispaniyada F. Goyya; Rossiyada A. Zubov, A. Venesianov, O. Kiprenskiy, I. Shishkin, V. Serov va boshqa

20-asr jahon G.sining yetuk namoyandalari: P. Pikasso, J. Effel (Fransiya); R. Guttuzo, G.Mukchi (Italiya); F. Mazerel (Belgiya); X. Bidstrup (Daniya); R. Kent (AQSH); G. va L. Grunding , O. Nagel. V. Klemke (Germaniya); T. Kulisevich, Yu. Mroshchik (Polsha); D. Moor, V. Deni, V. Favorskiy, A. OstroumovaLebedeva, Kukrinikslar (Rossiya) va boshqa

Oʻzbekistonda G. 20-asrda shakllandi va rivojlandi. Rassomlar I. Ikromov, V. Kaydalov, L. Abdullayev, T. Muhamedov, K. Nazarovlar kitob bezaklari, Q. Basharov ilk kitob suratlari va ajoyib linogravyura asarlari bilan oʻzbek tasviriy sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar va oʻzbek G.si maktabining vujudga kelishiga zamin yaratdilar.

20-asrning oxirgi choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov, M. Sodikrv, A. Mamajonov, A. Bobrov, V. Apuxtin, F. Basharova, A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib qoʻshilishi G.ni ham badiiy mahorat, x.am mavzu jihatdan boyishini taʼminladi. Oʻzbek grafikachilari G.ning barcha sohalari (akvarel, litografiya, ksilografiya va boshqalar)da samarali ijod qilib, mavzu jihatdan rang-barang (tarix, zamonaviylik, ekologiya va boshqalar) asarlar yaratmoqdalar, jahon va oʻzbek mumtoz adabiyotiga, Sharqning buyuk arboblari, yozuvchi va olimlari siimolariga murojaat qilmoqdalar.




Download 26,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish