Kirish Turistik mahsulotning hayotiy davri va uning ishlab chiqarilishi Turistik mahsulotni rejalashtirish va tarkibiy qismi Turistik mahsulotning iste’mol xossalari


Turistik mahsulotning hayot sikli



Download 410,5 Kb.
bet3/8
Sana28.07.2021
Hajmi410,5 Kb.
#131017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1476214751 65423

Turistik mahsulotning hayot sikli

Mahsulotning bozorga kirib borish fursati bo’lib, uning turistik korxona tomonidan birinchi marta taklif etilgani hisoblanadi. Bu bosqichning asosiy tavsifi bo’lib, mahsulotning asta-sekin sotilishi va natijasi foydaning umuman yo’qligi yoki past darajada bo’lishi.

O’sish bosqichi sotish hajmining tez o’sishi va foyda ko’payishi bilan tavsiflanadi. Marketing harajatlari juda yuqori bo’lsa ularning umumiy harajatlarda ulushi o’z-o’zidan pasayadi.

Yetuklik bosqichi sotish o’sishining sekinlaShuvi va barqarorligi bilan tavsiflanadi.

Pasayish bosqichi turistik sohasining mahsulotga tuyinganligini aks ettiradi. Sotish hajmining barqaror kamayishi va olinadigan foyda miqdorining pasayishi (ehtimol, eng pastki nuqtagacha) ro’y beradi.

Shunday qilib, bir necha yil davomida kam foyda keltiradigan mahsulotlar hamda bozorda obruga sazovar bo’lgan, ammo ularning sotuvini jonlashtirish uchun imidjini o’zgartirish kerak bo’lgan mahsulotlarni sinchiklab tahlil qilish kerak. Fransiyadagi turizm bo’yicha Oliy kengash belgilanganidek, bu mahsulotlar «kuchga kiradi» va ancha uzoq muddatda ahamiyatli bo’lib qoladi (masalan, madaniyat sohasidagi sinovdan o’tgan xizmatlar, festivallar, ekologiya va qishloq turizmi, sport o’yinlari).

Bundan tashqari, talabning o’zgarishiga binoan turistik korxonalarning ixtisosligi ham rivojlanadi. Asosiy mahsulotlar faqat o’ziga xos xususiyatlar bilan va o’rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ajralib turadi. Bunga binoan mahsus mijozlarni o’ziga tobe etish oson bo’ladi.

Demak, turistik mahsulotning hayotiy sikli uch yirik muammo vujudga kelishini bildiradi. Birinchidan, firma susayish bosqichida bo’lgan mahsulotlar o’rniga o’z vaqtida yangi mahsulotlarni topishi kerak (yangilik yaratish muammosi). Ikkinchidan, firma hayot siklining har bir bosqichida mavjud bo’lgan mahsulotlar bilan ishni samarali tashkillashtirishi kerak (turistik mahsulot hayot sikli bosqichlariga bo’lgan strategik yondashuv muammosi). Uchinchidan, yetarli darajada muhim masala, bu hayot siklining har bir bosqichlariga tegishli nuqtai nazaridan firma taklif etadigan mahsulotlar tuzilishini optimallashtirishga qaratilgan bo’ladi.

Turizm va turistik faoliyati — inson faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko’p qirrali turlari. Turistik faoliyatni turizm tashkilotchilari (turoperator va turagent hamda barcha ishtirokchilar)ning iste‘mol mahsulotni — turistik mahsulotni shakllantirish bo’yicha faoliyatni, bir tomondan, va ikkinchi tomondan, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bunda davlat soliqlarni yig’ishda o’z manfaatlarni hushyorlik bilan ta‘minlaydi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo’ladi.

Turistik faoliyatni muvaffaqiyatli yuritish uchun firmalar o’z sa‘y-harakatlarni sovurish maqsadida muvofiq emas, balki turistik mahsulotni ist‘emolchilarga o’tkazib berishi shart. Turistik firmalar, boshqaruv va turizm organlari, mehmonxonalar va boshqa joylashtiruv vositachi korxonalar, transport korxonalari, o’yin-tomosha vositalari, Shuningdek, sayohat xizmatlari va tarjimon-gidlar xizmatlari faoliyatlarini o’zaro mujassamlashtiriladi.

Barcha turistik biznes korxonalarning asosiy faoliyati xizmat ko’rsatish faoliyatini birlashtirish xizmat ko’rsatish deganda, aholi tarkibini qoniqtiradigan foydali faoliyat sifatida mavjud, o’ziga xos harid qiymati tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasida ko’rsatilgan barcha xizmat turlariga davlat tomonidan iste‘molchilarning sog’lig’i va hayot xavfsizligini ta‘minlashga talablar ishlab chiqilgan. Ushbu talablar davlat standartlarida aks etgan va ularga rioya qilish turistik biznes korxonalari uchun moyildir.

Turistik biznes korxonalari quyidagilarni amalga oshiradi:


  1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati;

  2. Savdo-sotiq faoliyati bu boshqa korxonadan olingan mahsulot va xizmat ko’rsatish savdosida namoyon bo’ladi; Savdo sotiq faoliyati:

  1. ko’tara (ulgurji) savdo (yuridik shaxslar o’rtasida);

  2. chakana savdo (yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida);

3. Vositachilik faoliyati — turistik biznes korxonalari tomonidan o’ziga tegishli bo’lmagan xizmat ko’rsatish va mahsulot savdosida aks etadi.

Turistik biznes korxonalari ishlashi uchun umumiy sharti bu faoliyatning alohida turlariga litsenziya olishdir.

Litsenziyasiz faoliyat turi bu shartni bajarmagan bo’ladi va qonun bo’yicha bu faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Barcha turistik korxonalari haridorlar bilan pulsiz va naqd pullik hisob-kitobni amalga oshiradi va qonunda belgilangan hisob-kitob tartiblariga to’la rioya qilishi shart.


Download 410,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish