Kirish yupqa qatlam xromatografiyasi va unga qo`yiladigan talablar. Yurak glikozidlari haqida umumiy tushuncha asosiy qism



Download 333 Kb.
bet5/12
Sana24.04.2022
Hajmi333 Kb.
#578827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dvitu

Kombe strofanti
O'simlikning nomi. Kombe strofanti - Strophanthus kombe Oliv.; kendirdoshlar - Apocynaceae oilasiga kiradi.
Ko'p yillik liana o'simligi bo'lib, bargi tuxumsimon, sertuk, o'tkir uchli, poyada bandi bilan qararna-qarshi o'mashgan. Gullari yarim soyabonga to'plangan. Gulkosachasi chuqur 5ga qirqilgan, tojbargi 5ta bo'lib, ustki tomoni oq, ichi esa sariq. Har qaysi tojbargning uchki qismida osilgan, uzun, buralgan ipchalari bo'ladi. Otaligi 5ta, onalik tuguni yarim pastga joylashgan. Mevasi – ikki bo'lakli, to'q qo'ng'ir rangli, bir xonali, ko'p urug'li, 1 m uzunlikdagi, pishganda ochiladigan bargcha.
Geografik tarqalishi. Sharqiy Afrikaning nam tropik o'rmonlarida (Zambezi daryosining havzasida, Markaziy ko'llar hududida) o'sadi. Nam tropik iqlirnli mamlakatlarda plantatsiyalari tashkil etilgan. Asosan, Kamerunda o'stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot cho'ziq va uzun, yassi, yuqori uchi o'tkir, uchma o'qqa aylangan, pastki uchi esa to'mtoq urug'dan iborat. Urug' uchmasi asos qismidan sinib ketgan bo'ladi. Urug' kumush rang yoki yashil-kulrang tusli, uchma tomonga yo'nalgan ipaksimon, yopishgan tuklar bilan qoplangan bo'lib, uzunligi 12-18 mm, eni 3-6 mm. Urug'ning yassi tomonida uchmaning asos qismidan boshlab 2/3 qismigacha o'rnashgan choklar ko'rinadi. Urug' yumshoq bo'lib, uni barmoq orasida ezish mumkin. Yomon saqlanishi natijasida tuklari tushib ketgan mahsulotning rangi sariq-qo'ng'ir yoki och jigarrang bo'ladl. Isslq suvda namlangan urug' osongina ikkita pallasiga ajraladi. Mahsulot hidsiz, juda achchiq.
Strofant urug'i zaharli. Urug'ning sifatini bilish uchun 20 donasini olib ko'ndalangiga kesiladi va ustiga sulfat kislota tomiziladi. Shulardan kamida 18tasi yashil rangga bo'yalsa, mahsulot sifatli hisoblanadi.
Kimyoviy tarkibi. Strofant o'simligining urug'idan K-strofantozid, K-strofantin-13, simarin, gelvitikozid, periplotsimarin, erizimozid va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. K-strofantozid glikozidi ferment ta'sirida K-strofantidin aglikoniga hamda simaroza, α- glukoza va β- glukoza molekulalariga parchalanadi.
Strofant urug'i tarkibidagi glikozidlar yig'indisining miqdori 8-10 foiz, K-strofantozid miqdori 2-3 foizgacha bo'ladi.
Urug' tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari 30 foiz yog', saponinlar, alkaloidlar va boshqa moddalar bor. Kombe strofanti 1 g urug'ining biologik faolligi 2000 LED yoki 240 KED dan kam bo'lmasligi kerak.
Sifat reaksiyalari. Strofantin kuchli sulfat kislota ta'sirida yashil, keyin to'q sariq, tezlik bilan qizil, pirovardida esa qizil-qo'ng'ir rangga bo'yaladi. Bu reaksiya yordamida urug'dagi va nastoyka bug'latilganda qolgan qoldig'idagj strofantin glikozidni aniqlash mumkin. Bu reaksiya yordamida Kombe strofanti va dag'al tukli strofant urug'i yashil, chiroyli strofant urug'i esa qizg'ish rangga bo'yaladi. Ishlatilishi. Strofant o'simligining preparatlari yurak (yurak porogida) kompensatsiyasi buzilishida, nefrit, yurak astmasi hamda ba'zi og'ir, yuqumli va boshqa kasalliklar natijasida yurak ishini qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Strofantin-K (0,05 foizli eritmasi 1 ml dan ampul ada chiqariladi) va strofantidin atsetat (0,05 foizli eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi). Strofant o'simligining bir qancha turlari nam tropik o'rmonlarda o'sadi. Ularning tarkibida ham yurak glikozidlari borligi aniqlangan. Bu turlardan yana ikkitasi tibbiyotda ishlatiladi, lekin Sobiq Ittifoqda bu o'simliklarning faqat yagona turi – Kombe strofanti urug'idan foydalanilmoqda.
Dag'al tukli strofant - Strophanthus bispidus D.C. yirik liana o'simligi. Bargi oddiy, sertuk, ellipssimon, o'tkir uchli bo'ladi. Gullari dixaziyaga (qo'shaloq shoxchali to'pgulga) to'plangan. Gulining tuzilishi Kombe strofantiga o'xshaydi. Lekin tojbargining uchidagi 20-25 sm uzunlikdagi ipchalari yuqori tomonga yo'nalgan. Bu o'simlik urug'i tarkibidan K-strofantozid, strofantidindigitalozid va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Urug'ida glikozidlardan tashqari 30,5 foiz yog', alkaloidlar, saponinlar va boshqa birikmalar bo'ladi.
Chiroyli strofant - Strophanthus gratus Franch. Bu o'simlik G'arbiy Mrikaning nam tropik o'rmonlarida o'sadi. Urug'i mayda, tuksiz va qo'ng'ir rangli bo'lib, undan uabain (strofantin-G) yurak glikozidi ajratib olingan. Urug'idagi yurak glikozidlarining miqdori 4-8 foiz, strofantin-G ning glikozidlar yig'indisidagi miqdori 90-95 foiz ga teng. Urug'ida yana 35 foiz yog', alkaloidlar, smola va boshqa birikmalar bor. Tarkibida yurak glikozidi bo'ladigan boshqa preparatlar ta'sir kuchini aniqlashda strofantin-G glikozididan standart glikozid sifatida foydalaniladi.


Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish