Kirish. Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatining mavzular doirasi,janriy tarkibi. Asosiy qisim



Download 57,49 Kb.
bet2/4
Sana16.07.2022
Hajmi57,49 Kb.
#810059
1   2   3   4
Bog'liq
24. Saparova Surayyo

Asosiy qism.

  1. Hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash Bobur she’riyatining bosh timsoli.

Bobur Mirzo she’riyati uning ko’nglida nihon saqlangan tuyg’ularining salohiyatli shoir qalamida sayqallashtirilgan badiiy in’ikosidir.Bu she’riyat Sharq mumtoz adabiyotining Nizomiy Ganjaviy,Amir Xusrav Dehlaviy,Mavlono Lutfiy,Alisher Navoiy singari yetuk shoirlari nazmiy an’analarining o’ziga xos davomi hamda boburona uslubdagi takomili bo’lishi bilan nihoyatda qimmatlidir.Bu ulug’ so’z san’atkorining nazmiy yaratmalari XVI asrningyirik muarrixlari Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy”asari hamda shu davrda yashab ijod etgan adabiyotshunos Hasanxo’ja nisoriyningn”Muzakkir ul-ahbob” tazkirasida nihoyatda yuksak bahoga munosib ko’riladi.Zamondoshlari turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan so’ng biror shoir Bobur Mirzochalik go’zal badiiy durdonalar ijod etolmaganligini e’tirof etishadi.Ulug’ shoirning she’riy merosi quyida keltirilgan faxriya baytidagi fikrga uzukka ko’z qo’ygandek mosdir:


Iroq-u forsga gar etsa sening bu she’ring,ey Bobur,


Oni hifz etkusi Hofiz,musallam tutqusi Salmon.
Bobur Mirzoning manzum asarlari lirik turning turli janrlarida ijod etilgan devoni,shuningdek, “Mubayyin” , “Volidiya” singari masnaviylaridan iboratdir.Manbalarda qayd etilishicha,shoirning she’riy merosi jamlanib,ikki devon holida tartib bergan.Ularning biri 1519-yilda Kobulda tuzilib,o’sha vaqtning o’zida Samarqandga yuborilgan Kobul devoni,ikkinchisi esa 1528-1529-yillarda tartib berilgan Hindiston devonidir.Bu ikki devon keyinchalik bir devon holiga keltirilgan bo’lishi mumkin.”Boburnoma”ga ilova yozgan noma’lum kotibning quyidagi qaydlari shunday shunday xulosaga kelishga imkon hosil qiladi:”…nazm va nasr
va turkiy vaforsiyni bebadal aytur erdi.Alalxusus turkiy devoni bordurkim,anda toza mazmunlar topib aytibdur…” . Bobur Mirzo devonlarining qo’lyozma nusxalari Parij Milliy kutubxonasida,Hindistonning Rampur shahridagi “Rizo”kutubxonasida,Haydaroboddagi “Salarjang” muzeyi xazinasida,Erondagi”Saltanat” kutubxonasida va Turkiyada mavjud.1993-yilda
S. Hasanov Bobur Mirzoning Parij devoni nusxasini “Mahrami asror topmadim…”
Nomi bilan chop etdi.Olimning ta’kidlashicha,ushbu devon nusxasida shoir hayotining O’rta Osiyo davrida ijod etilgan she’rlari o’rin olgan.Shuningdek,1983-yilda afg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin tashabbusi bilan ulug’ shoirning she’rlari Kobulda “Devoni Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi bilan ham nashr etildi.Keyinchalik adabiyotshunos A. Abdug’afurov ana shu nashr asosida “Zahiriddin Muhammad Bobur.Devon” asarini e’lon qildi.
Bobur Mirzo devonida Sharq she’riyatining g’azal,ruboiy,tuyuq,masnaviy,qit’a,fard,muammo kabi janrlarida ijod etilgan she’rlar jamlangan.Ular orasida g’azal ruboiy,tuyuq janrida ijod etilgan she’rlar alohida ahamiyat kasb etadi.Shoirning nazmiy asarlari,jumladan,g’azallarida an’anaviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkorning ma’shuqa ta’rif-tavsifi,hijron iztiroblari,visol umidi,she’r qahramonining turli ruhiy holatlari tasviriga bag’ishlangan oshiqona g’azallarida muallif sohir musavvir yanglig’ she’rxon ko’z o’ngida turli manzaralarni namoyon eta oladi.Undagi so’z sehri,misralarning quyma va ravonligi,uslubning soddaligi,o’quvchiga badiiy zavq bag’ishlaydi.Jumladan,Bobur Mirzo ishq balosining har dam jafo keltirishini ta’kidlagani holda,undan ayri tusholmasligini quyidagicha badiiylashtiradi:

Baloi ishki,har dam manga jafoyedur,


Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.

“Ajab baloye” tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi.Bu iztiroblarning nihoyatda mubolag’ali tasviri ma’shuqa ishqida o’rtanayotgan oshiqning ruhiy holatini yanada teranroq idrok etishga imkon yaratadi:


Hajr o’lturdi meni,anglasam erdi muncha,


Do’stlar,yordin ayrilmas edim o’lguncha.

Zohido,do’zax o’tindin meni ne qo’rqutasen,


Hajr o’ti qoshinda ko’rmasmen ani uchquncha,

Ul Quyosh mehrini bir zarra manga ko’rguzmas,


Kavkabi ashk to’kub bo’lsam garduncha.

Husnda ortuq agar bo’lsa yuzi Laylidin,


Men taqi bormen aning ishqida yuz Majnuncha.

Rindlar olida hayvon suyini ko’p o’kasen,


Ey Xizr,bormu ekin ul su mayi gulguncha.

Boburo,she’ringa gar solsa quloq,ul shohing,


Bo’lg’usidir so’zunggan qadr duri maknuncha.


Bobur Mirzo she’riyatida yorqin namoyon bo’lib turuvchi fazilatlardan biri shundaki,shoir so’zlarning turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanadi.Yuqoridagi g’azalning matlaidayoq shunday holat ko’zga tashlanadi.Ijodkor “Hajr o’ti o’lturdi meni” deganda,she’r qahramonining ayriliq azobidan afgor bo’lishi,tanining majruhlanib tamomila holdan toyishini nazarda tutadi.Zero,o’lgan odamning o’z qotili hajr ekaniligini “anglashi” mantiqqa zid,shuningdek,hajr o’tidan nolib do’stlariga “o’limi” sababini bayon qilishi ham o’sha hayotiy tamoyilga mos emas.Aksincha,Ikkinchi baytda hajr va do’zax o’tining o’zaro muqoyasasi asosida oshiq ruhiy holatidagi aftodalik tasvirining she’rxon ko’z o’ngida yorqin gavdalanishiga erishish shoir mahoratining yana bir olmos qirrasidir. Mazkur baytda zohidga murojaat etilishidan ayonlashadiki,Bobur Mirzo she’riyatidagi asosiy qahramon hisoblangan oshiqning himmati baland.Uning nazarida hajr o’ti oldida do’zax o’ti bir uchquncha ham emas.Zohid do’zax azobidan qo’rqqani bois jannat tamaida toat-ibodat bilan mashg’ul bo’lsa,she’r qahramoni hajr azobidan zaiflashib nochor bir ahvolga tushgan bo’lsa ham,ma’shuqa diydoridan bahra olishdan umidini uzmaydi.Shu bois uchinchi baytda tasvirlanganidek,oshiq Quyoshdan ayri tushgan gardunday ko’z yosh yulduzlarini to’kib o’rtansa ham,uning ma’shuqasi - Quyosh esa zarracha bo’lsin mehr ko’rsatishni istamaydi.Baytda qo’llangan Quyosh,kavkab,gardun timsollari insonga xos ma’naviy hamda tabiiy hodisalar orasida ijodkor tomonidan ajib bir mutanosiblik kashf etilganidan dalolat beradi.Gardun ma’shuqasi Quyoshning mehrini (jamolini) ko’ra olmagani bois tunda kavkabmisol yoshlarini to’ksa,oshiq shunday iztirobini ma’shuqasi hajrida boshidan kechiradi.Quyoshni ma’shuqa ma’nosida qo’llash shoirga istiora asosida hayotiy tamsilni she’r qahramoni holatiga tashbeh qilish imkonini yaratadi.Natijada baytda hosil qilingan hajrning mubolag’ali tasviri she’rxon tuyg’ularini jumbushga keltiradi.To’rtinchi baytda yor go’zalligi Laylidan ortiq darajada ko’rsatilsa,uning ishqida yongan oshig’i ham yuz Majnun bilan raqobat qila olishga qodir timsol maqomida ishqda sobit bo’la olishi badiiylashtirilgan.Keltirilgan talmeh ishq yo’lida Majnun bilan hammaslak bo’lgan she’r qahramonining o’rni kelganda hajr iztiroblarini nazarga ilmay maslakdoshini ham ortga qoldira olish fazilatiga ega ekanligini badiiy ifodalashga xizmat qildirilgan.Beshinchi baytda qo’llanilgan Rind va Xizr timsollari ishqning muqaddasligini she’rxonga yanada teranroq anglatishga imkon paydo qiladi.Undagi “mayi gulgun” majozan – ishq,Xizr alayhissalom rindlarga maqtagan “hayvon suyi” esa mangulik,abadiy hayot ramzidir.Yashirin inkor ma’nosini ifodalovchi ikkinchi misradagi savolning o’zidan ayonki,mangulik suvining qadr-qimmati ishqdagi shavq-u zavqqa teng bo’lolmaydi.Mumtoz badiiy adabiyotning faol timsollaridan biri bo’lgan rindda ishq iztiroblaridan zavqlanish hissi baland.Uning tabiatidagi o’sha ko’tarinkilik ishqni may timsolida qo’llash bilan ifoda etiladi.G’azalning maqtai Bobur Mirzoning o’ziga xos faxriya baytidir.Shoir bu she’rni eshitgan shoh – ma’shuqa uning qadrini yashiringan durga loyiq ko’rishini ishonch bilan e’tirof etadi.Sharq mumtoz adabiyoti an’analari uslubida ijod etilgan mazkur g’azalda shoir zohid,rind,Xizr singari badiiy timsollardan sohir so’z san’atkori sifatida foydalanib,hajr iztiroblaridan o’rtanayotgan,ayni choqda,ma’shuqa visolidan noumid bo’lmagan she’r qahramonining ruhiy holatini katta mahorat bilan tasvirlay olgan.
Bobur Mirzo oshiqona g’azallarining aksariyati ta’rif – tavsif tarzidagi g’azallardir.Ularda ma’shuqaning qiyossiz go’zalligi o’ziga xos badiiy timsollar vositasida tasvirlanadi:

Ko’ngulga bo’ldi ajoyib qaro soching,


Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.

Ushbu matla’ bilan boshlanuvchi Bobur Mirzo qalamiga mansub bo’lgan g’azal o’zaro adabiy ta’sir mahsulidir.Ulug’ shoir Alisher Navoiyning “Ko’zing ne balo qaro bo’lubtur,Kim jonga qaro balo bo’lubtur” matlali mashhur g’azali bor.Taniqli adabiyotshunos,ajademik B. Valixo’jayevning ma’lumotiga ko’ra,ushbu matla’ Alisher Navoiyning do’sti Mirzobekka tegishli bo’lib,ulug’ shoir shu matla’ asosida tazmin g’azal ijod etgan.Alisher Navoiyning g’azalida ma’shuqaning ko’zi,yuzi tilga olinib,vasf etilsa,Bobur Mirzo tasvir nuqtalarini ma’shuqaning sochiga qaratadi.She’r qahramoni ko’ngliga “balo” bo’lgan “qaro soch” o’zining “ajoyib”ligi bilan ajralib turadi.Agar unga shunday sifat bo’lmasa edi, “balo” so’zi o’zida ijobiy ma’no mujassamlashtirmasdi.Natijada siniq,majruh holda bo’lgan ko’ngulda “qaro” bo’lgan “balo soch” ma’shuqaning jafokorligini she’rxon ko’z o’ngida gavdalantirgan bo’lardi.Holbuki,she’r qahramoni har ikkala misrada ham ma’shuqaga tushgan ishqining sababkori sifatida uning qop-qora sochlarini nazarda tutadi.Baytda qo’llangan tardi aks badiiy san’ati unga o’zgacha joziba baxsh etgan. Birinchi misradagi “balo qaro” so’zlari keyingi satrda “qaro balo” tarzida takrorlanib,ishq iztiroblarining ma’shuqa sochlari yanglig’ “balo” va “qaro” ekanligi o’z ifodasini topgan.Sochning qoraligi uning maftunkorligiga ishora bo’lsa,ishq iztiroblarining qoraligi oshiqning qismatida ulardan jabr ko’rish bitilganligidan darak beradi.Baytda dastlab ishq iztiroblarining istiorasi bo’lib kelgan “balo” so’zi oshiq ko’ngliga qanchalik ozor yetkazmasin,undan ayri tushishning o’zi falokat bo’lganligi bois undagi “ajoyib”likka urg’u berilgan.Keyingi misradagi “balo” esa “qoyil qolarli” ma’nosini o’zida mujassamlashtirib turibdi.Zero,ko’ngli qattiq ozor ko’rgan kishining qalbida ishq iztiroblarini sola olgan maftunkor sochga qoyil qolmasdan iloj yo’q.Bobur Mirzo g’azaliyotida tez-tez murojaat etilgan badiiy timsollardan biri – sochdir.Shoir ko’pincha she’r qahramonining ruhiy holati bilan sochning sifatlari orasida uyg’unlik topishga intiladi:


Sochining savdosi tushdi boshima boshdin yana,


Tiyra bo’ldi ro’zg’orim ul qaro qoshdin yana.

Baytda ko’p ma’noli so’zlarning turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanilganligi “sochining savdosi” , “boshima boshdin” birikmalarida yaqqol namoyon bo’lgan.”Sochining savdosi”,shubhasizki,ma’shuqaning ishqidir.”Boshima” so’zida sevikli ishqining oshiq taqdirida uchragani nazarda tutilgan bo’lsa,”boshdin” so’zida esa “qaytadan,takror” ma’nosi o’z ifodasini topgan.Ishtiqoq badiiy san’ati vositasida qo’llaniladigan o’zakdosh so’zlarning matnda alohida-alohida yangi ma’no anglatishi, “sochining savdosi” birikmasining ko’chma ma’noda qo’llanishi she’rxonga o’zgacha zavq bag’ishlaydi.O’sha ma’shuqasining ishqi oshiq ko’nglida qayta alangalanganligi bois she’r qahramonining hayoti “ul qaro qoshidin yana” tiyra bo’ladi.Ma’shuqaning “soch”i va “qosh”idagi maftunkorlik ularning qoraligida namoyon bo’lgan bo’lsa,oshiq hayotining tiyraligi uning boshiga tushgan musibatlarda o’z aksini topgan.Ko’rinadiki,shoir qora rangini ham go’zallik,ham musibat ma’nosida qo’llab baytda tazod badiiy san’atining o’ziga xos namunasini vujudga keltirgan.


Bobur Mirzo oshiqona g’azaliyotida tabiiy va insoniy go’zallikdan zavqlanish,ularni bir butun holatda tushunib,har ikkalasi orasida mavjud bo’lgan go’zal mutanosibliklarni yuksak ehtiros bilan tasvirlash holati ko’proq namoyon bo’ladi.Shoirning “Yog’lig’ingkim,jon bila men xastadurmen zor anga” misrasi bilan boshlanuvchi g’azali fikrimizning yorqin dalilidir.Bu g’azal taniqli adabiyotshunos
B. Valixo’jayevning diqqatini ham o’ziga jalb etgan.Olim Bobur Mirzo g’azaliyoti haqida fikr yuritgan tadqiqotlarida mazkur asarni tahlil jarayoniga tortib qimmatli mulohazalarini bayon etgan.Shoirning aksariyat g’azallari singari yeti baytdan tarkib topgan ushbu g’azalda ijodkor ma’shuqa va uning go’zalligini yorning yog’lig’i – boshga o’raydigan ro’molchasi timsolidan mahorat bilan foydalanib badiiylashtiradi:

Yog’lig’ingkim,jon bila men xastadurmen zor anga,


Xasta jonlar rishtasidindur magar har tor anga.

Evrulur boshingg’a-vu goho yuzungga yuz qo’yar,


Bu jihatdin ot emish gulpech-u gah gulzor anga.

Bir chamandur sahnikim,bo’lg’ay binafsha sarbasar,


Tegrasi gulzordurkim,bo’lmag’ay bir xor anga.

Yog’lig’ing tokim,yuz-u ko’zungga tegmish bordurur,


Yuz maningdek zor-u yuz ming men kibi bemor anga.

Ey ko’ngul,yuz pora qilsa yor tiyg’i,g’am yema,


Lutf etib gar bog’lar o’lsa yog’lig’ini yor anga.

Ko’nglum istar yog’lig’ingni,balki andin bir nasim,


Yetsa Boburg’a erur jon birla minnatdor anga.

Shoir g’azalining matlasidanoq Sharq,jumladan,o’zbek ayollarining nafosat-u nazokati timsoli bo’lgan yog’lig’ – ro’molcha tavsifini unga maftun bo’lgan she’r qahramonining holati bilan yondosh tasvirlaydi.Ro’molcha – qiyiq xasta jonlarning toridan to’qilgani bois she’r qahramoni uning bemori-yu zoriga aylangan.Ijodkor


bir –biriga daxli bo’lmagan voqelik o’rtasida aloqadorlik borligiga o’quvchini ishontiradi.Shu tariqa,ma’shuqa boshidagi yog’lig’ oddiylikdan xalos bo’lib,muqaddaslik kasb etadi.Uning bu sifati jon iplari uni to’qishda tor bo’lganligida namoyon bo’ladi.Shunday mavzu va mazmundagi g’azal Alisher Navoiyning “Favoyid ul-kibar” devonida 373-raqami ostida berilgan.

“Yog’lig’in,eykim,tilarsen,igna mujgonimni qil,


Naqsh etarda tori oning rishtai jonimni qil”

matlai bilan ibtido topuvchi bu g’azal bilan Bobur Mirzo she’ri o’rtasida talay mushtarakliklar ko’zga tashlanadi.Yog’liqqa jon baxsh etilgani uchun (uning torlari – jon rishtalari) u ma’shuqa boshida tinim bilmay evriladi.Ba’zan seviklining boshiga,ba’zan esa go’zal yuziga yuz qo’yadi.Shu bois uning nomi goh “gulpech” , goh “gulzor”dir.Shoir yog’lig’ning turli rangdagi gullar bilan nafis bezatilganligini uning ma’shuqa yuziga yuz qo’yishi,yorning visoliga erishishi bilan aloqadorlikda tasvir etadi.Natijada ma’shuqa va uning ro’molchasi go’zalligining bir-biri bilan chambarchas bog’liqligi tasviri she’rxon ko’ngliga o’zgacha zavq-u shavqning yanada yolqinlashib borishiga zamin hozirlaydi.Uning sahni bir chaman,boshdan oyoq binafshazor,chekkalari gulzor bo’lsa ham,unda biron bir tikan ko’rinmaydi.Ana shunday beqiyos nafislik namunasi bo’lgan yog’lig’ning go’zal ma’shuqaning yuz-u ko’ziga tegib turishi she’r qahramoniga o’xshash yuz oshiqni zor-u,yuz ming oshiqni bemor qiladi.Bobur Mirzo she’riyatiga xos bo’lgan yetakchi bo’lgan uslubiy jilolardan biri kutilmaganda tajnis badiiy san’ati vositasida so’z o’yini hosil qilish g’azalning tahlil jarayoniga tortilgan mazkur beshinchi baytida ham qo’llangan.Baytning dastlabki misrasida shoir “yuz” so’zini ma’shuqa uzvi ma’nosida qo’llagan bo’lsa,ikkinchi satrda esa uning raqam ma’nosidan foydalanilgan.O’rnida qo’llanilgan badiiy san’at jozibasi she’rxon ehtirosini yanada ko’tarilishiga sabab bo’lgan.Keyingi baytda she’r qahramoni ko’ngliga murojaat qilinadi: “Yorning jafo tiyg’i seni yuz pora qilsa ham g’am yema,vaqti kelib,yor lutf ko’rsatsa,o’sha jarohatlarni go’zal yog’lig’i bilan bog’lasa,hammasi unut bo’ladi”.Go’zallikka oshufta ko’ngilning uning visoliga yetish umidi bir lahza bo’lsin so’nmaydi.Maqtadagi xulosa shunday mulohaza yuritishga imkon beradi.Unda tasvirlanishicha,ko’ngil yog’lig’ni istaydi,Bobur uchun undan esgan bir nasim ham kifoya,u shunga munosib ko’rilsa,joni bilan minnatdor bo’lardi.


G’azalda yor va yog’lig’ go’zalligi,oshiqning iztirob-u xursandchiligi,uning orzu-niyatlari shu qadar nafis-u nozik did bilan ifodalanganki,she’rxon ko’z o’ngida ham mahbuba go’zalligi gavdalanadi,ham oshiqning ichki tug’yonlarini qalbdan his etish imkoniyati hosil bo’ladi.She’rning ravon uslubda,turkiy g’azaliyotda keng qo’llangan vazn,ya’ni ramali musammani mahzufda bitilganligi uni qayta-qayta o’qishga undaydi.Shoirning oshiqona g’azallariga xos bo’lgan bu fazilat uning muallifining yuksak salohiyat sohibi ekanligidan dalolat beradi.Shuningdek,Bobur Mirzo Alisher Navoiyning “Koshki” radifli g’azaliga yozgan tazmin-g’azali (“Ko’rmagay erdim jamoli olam aro koshki”misralari bilan boshlanuvchi) va boshqa adabiy ta’sir asosida vujudga kelgan she’rlari haqida ham shunday fikrni aytish mumkin.
Bobur Mirzo she’riyatida hayotning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan hukmdor shoirning taassurotlari:g’alabadan masrurlik,qarindoshlarning pand berib qo’yishidan shikoyat,borliq go’zalligidan zavqlanish,ona-vatandan judolik va uni qo’msash tuyg’ulari bilan bitilgan,shuningdek,pand-nasihat ruhida yozilgan g’azallar ko’plab uchraydi.Shoir ijodining ilk bosqichlarida yaratilgan g’azallarida ham yuqorida e’tirof etilgan mavzulardan bahs etiladi.Jumladan,Amir Temurning poytaxti bo’lgan Samarqanddek azim shaharni ikki marotaba qo’lga kiritib,ikki marotaba Shayboniyxondek kuchli g’anim ixtiyoriga topshirish iztirobi,atrofdagi temuriy hukmdorlar,shuningdek,mo’g’ul tog’alarining layoqatsizligidan yakkalanib qolish azobi hamda Andijon taxtidan ham ajralib sarsonlikda kechgan kunlar alami shoirning “Topmadim” radifli g’azalida o’z ifoasini topgan.Yosh qalamkash va hukmdor taqdirning bunday achchiq “hazili” ko’ngliga juda qattiq ta’sir etganligini g’azal matlasidayoq ayon qiladi:

Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,


Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim.

Shoir ko’nglida tug’yon urgan yolg’izlik hissi alamlari, “dahri dunparvar”ning ko’rsatgan jafolaridan aftoda hol bo’lib qolgani,qalbi “bu olamning safo”si borligiga shubha bilan qaraganini “Qoldimu?” radifli hasbi hol ruhida yozilgan mashhur g’azalida badiiy ifoda etgan.Bobur Mirzoning oshiqona g’azallarida ham ruhiga qattiq ta’sir ko’rsatgan qismat “o’yin”laridan nolib,o’z holini bayon etish holatlari kuzatiladi.Bu – tabiiy.Ayni mavzu boshqa ijodkorlarning oshiqona g’azallarida ham qaysidir ma’no o’z ifodasini topganligini kuzatish mumkin.Biroq Bobur Mirzoning oshiqona g’azallarida hayotiy voqelikdan ko’p jabr ko’rgan hukmdor- shoir siymosi shu qadar yorqin gavdalanadiki,she’rxon beixtiyor uning qiyofasini ro’parasida ko’rgandek bo’ladi:


Mening ko’nglumki,gulning g’unchasidek tah-batah qondur,


Agar yuz ming bahor o’lsa,ochilmog’i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtin orzu qilsam,


Ko’zumga o’qturur sarv-u ko’ngulga g’uncha paykondur.

Shoir ko’nglini g’unchaga tashbeh etarkan,uni yashil pardalarni yorib,endi jamolini ko’z-ko’z qilishga hozirlik ko’rayotgan “tah-batah” qizil yaproqlari bilan qonga evrilgan qalbi orasida o’xshashlik borligiga diqqatni jalb etadi.Baytda g’unchadagi go’zallik bilan jabr-sitamlardan qon yutgan ko’ngul o’rtasida o’zaro zidlik hosil qilingan.Bu qarama-qarshilikning paydo bo’lishida har ikkala o’xshashlikdagi qizil rang asos bo’lib xizmat qilgan.Keyingi misrada tazod yanada tadrijiy rivojlantirilgan.G’unchaning bahor kelishi bilan sekin-asta ochilib gulag aylanishi tabiiy,biroq she’r qahramonining ko’ngli yuz ming bahor kelsa ham ochilishi – shodlanishi imkonsizdir.Keyingi bayt oshiqona mohiyat kasb etib,unda yigitning ma’shuqasiga bo’lgan sadoqati “o’q” – “sarv” , “g’uncha” – “paykon” tashbehi vositasida badiiy ifoda etilgan.


Bobur Mirzo g’azaliyotida borliq go’zalligidan zavqlanish,o’lchab berilgan umrni behuda sarflamaslikka da’vat ruhida yozilgan g’azallar ham uchraydi:

Yoz fasli,yor vasli,do’stlarning suhbati,


She’r bahsi,ishq dardi,bodaning kayfiyati.

Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,


Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa,bordur davlati.

Ishq dardini chekib,har kimki topsa vasli yor,


Ul zamon o’lg’ay unut yuz yilg’i hijron shiddati.

Do’stlarning suhbatida ne xush o’lg’ay bahsi she’r,


To bilingay har kishining tab’i birla holati.

Gar bu ishni muvofiq topsang uch vaqt ila,


Mundin ortuq bo’lmag’ay,Bobur,jahonning ishrati.
(Bobur. Devon, 66-bet)

Laff-u nashr badiiy san’atidan mahorat bilan foydalanish Bobur Mirzo she’riyatidagi yetakchi uslubiy jilolardan biridir. Yuqoridagi g’azalning matlaida laff-u nashri nomurakkab qo’llanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.Undagi tartibning o’zgarganligi birinchi misrada keltirilgan tushunchalarga ikkinchi misrada o’rni almashgan holda hukm chiqarilganligidir.”Yor vasli” bilan “ishq dardi” orasida mutanosiblik mavjud bo’lsa, “yoz fasli”ga “she’rbahsi”dan ko’ra “bodaning kayfiyati” uyg’unroqdir.Zero,yoz yigitlik ramzi bo’lsa, “bodaning kayfiyati” undan masrurlik,shodlanishni ifodalaydi.”Do’stlarning suhbati” esa “she’r bahsi ” bilan qiziydi.Shoir g’azalning beshinchi baytida ayni fikrga urg’u berganligi ham mulohazalarimizni quvvatlaydi.Eng muhim xulosa g’azal maqtaida o’z ifodasini topgan:Aytilgan uch ish uch vaqtda muvofiq topilsa,jahonning ishrati bundan ortiq bo’lmaydi.Ko’rinadiki,g’azalda hayotsevarlik,insonparvarlik g’oyalari yetakchilik qiladi.Borliq go’zalligidan bahra olish,umrning takrorlanmas qimmatli onlarini shod-u xurramlik bilan do’stlar davrasida o’tkazish g’azaldagi uch tayanch fikr sifatida namoyon bo’ladi.Do’stlar davrasi bilimdonlik maydoni hisoblangan she’r bahsi bilan yanada farahli ekanligi,ishq dardida o’rnatib mahbuba vasliga vosil bo’lish oliy saodat sanalishi baytlar bag’riga singgan olijanob g’oyalardir.


G’azalda hayotga, tabiatga, insonga oshiqlik va samimiy muhabbat kayfiyati mahorat bilan tasvirlangan. G’azalning matlai shohbayt bo’lib, unda se dard se san’ati, ya’ni uch vaqtda: «yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati»da bajarilishi lozim bo’lgan uchta ish: «she’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati»ni mutanosib tarzda keltiradi. Baytda laf-u nashri nomutanosibni ishlatgan Bobur g’azal davomida tasvirning mantiqiy mutanosibligini maydonga keltiradi. Natijada «vaqt-ish» mutanosibligi tufayli do’stlar suhbati bodaning kayfiyati bilan go’zal emas, balki she’r bahsi, bilimdonlik maydoni bo’lgani bilan go’zaldir, degan olijanob g’oya ilgari suriladi va buni «jahonning ishrati» deb biladi. Ko’rinadiki, Bobur mayparastlikni emas, balki bilimdonlik, she’rdonlikni insonning eng go’zal fazilatlaridan biri deb hisoblaydi:
Do’stlarning suhbatida na xush o’lg’ay bahsi she’r,
To bilingay har kishining tab’i birla holati.
Shunday qilib, Boburning turli-tuman mavzulardan bahs yurituvchi g’azallari o’zining o’ynoqiligi, samimiy hissiyot va taassurotlarning badiiy in’ikosi bo’lganligi jihatidan Alisher Navoiydan keyingi o’zbek g’azalchiligida o’ziga xos mavqega ega.
Bobur Mirzo g’azaliyoti rang-barang mavzularda ijod etilganligi,unda muallifning samimiy hislari va taassurotlari ravon uslubda badiiy ifodalanganligi bilan nihoyatda qimmatlidir.G’azallardagi boburona uslub unda tasvir etilgan mavzuni she’rxon ko’z o’ngida aniq gavdalanishiga imkon yaratadi.Eng muhimi,ularning badiiy jihatdan mukammalligidir.Bobur Mirzo badiiy jihatdan barkamol g’azallari bilan Alisher Navoiydan keyin o’zbek g’azalchiligi taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
Bobur g’azallarida shoirning hayotiy voqealardan olgan taassurotlari, hasbi holi, kayfiyati bilan bog’liq bo’lgan mavzulardan bahs yuritish ham ko’zga tashlanadi.
Jumladan:
Charxning men ko’rmagan javru jafosi qoldimu?
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?
(Bobur. Devon, 51-52-betlar).
Yana:
Keldi ul vaqteki, boshimni olib ketgaymen,
Olam ichra ayog’im yetganicha yetg’aymen…
Dema Boburga netarsen, bosh olib ketmak ne?
Tangrining xosti mundoq esa, men netg’aymen?
(Bobur. Devon. 48-49-betlar).


  1. Download 57,49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish