«Kitobxon talaba» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom


II. Tanlovni o‘tkazish muddati va tartibi



Download 41,45 Kb.
bet3/4
Sana16.09.2021
Hajmi41,45 Kb.
#175986
1   2   3   4
Bog'liq
Nizom KITOBXON TALABA

II. Tanlovni o‘tkazish muddati va tartibi

II.1. Tanlov universitet talabalari o‘rtasida har oyda bir marta, har oyning birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

II.2.Tanlov uchun har oyda 2 ta tanlab olingan o‘zbek va rus tillaridagi badiiy asar nomi moderator tomonidan e’lon qilib boriladi.

II.3. Tanlov 2-bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — 50 ta test sinovi.

2- bosqich — Og‘zaki savol-javob


1-bosqichda tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzib chiqilgan 50 ta test topshiriqlari ishtirokchilarga taqdim qilinadi. Har bir ishtirokchi test ishlashi uchun 50 minut vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi. Barcha ishtirokchilarning to‘plagan ballari e’lon qilinadi. Eng yuqori ball to‘plagan 10 ta ishtirokchi keyingi bosqichga o‘tkaziladi. 10-ishtirokchi bilan ball teng kelgan ishtirokchilar ham 2- bosqichga o‘tkaziladi.
2-bosqichda tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olingan asar yuzasidan konvertda oldindan tayyorlab qo‘yilgan, ishtirokchilarga ma’lum qilinmagan savollar mavjud bo‘ladi. Asosiy maqsad ishtirokchining oldindan hech kimga ma’lum bo‘lmagan savolga qay daraja to‘g‘ri, aniq va tez javob bera olishi inobatga olinadi. 1-shartda har bir talabaga 2 ta savol beriladi. Har bir savolning to‘g‘ri va batafsil javobi uchun 10 ball beriladi. Savolni olgandan keyin 1daqiqa o‘ylanish uchun vaqt beriladi. Savolga javob berish uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratiladi. 2-shart “Tezkor savol-javob” deb nomlanadi. Unda ishtirokchilar 6ta savolga tezkorlik bilan javob berishi kerak. Har bir savolning javobi uchun 5 ball beriladi.

Talabalarni baholashda hakamlar hay’ati talabaning o‘zini tuta bilish odobi, savollarni to‘g‘ri tushunib, aniq va tez javob bera olishi, fikrlash qobiliyati, kitob tanlash va kitob o‘qish madaniyati, so‘z boyligi inobatga olinadi hamda asar mazmunini bugungi kundagi yoshlar hayoti bilan bog‘lab tushuntirilishi talab etiladi.

Javoblar tinglangach, hakamlar hay’ati ishtirokchilarning 1-bosqichda to‘plagan ballari bilan 2-bosqich natijalarini qo‘shib, umumiy ballarni e’lon qiladi. Eng yuqori ball to‘plagan 3ta ishtirokchi aniqlanadi. 

II.4. Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar qatnashish istagi borligini tashkiliy qo‘mitaga har oyning 12-sanasigacha yozma ravishda ma’lum qilishlari lozim.

II.5. Tanlov ishtirokchilaridan har bir oyda 1-o‘rinni egallagan g‘olib talaba final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

II.6. Tanlovning yakuniy final bosqichida «Eng yaxshi kitobxon talaba» aniqlanadi.

II.7. Tashkiliy qo‘mita tanlovga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona yondashuvni ta’minlaydi, hakamlar hay’ati tarkibini shakllantiradi, har bosqich uchun alohida badiiy asar va 50ta testdan iborat sinov topshiriqlarini tayyorlash va universitet saytiga joylashtirishni tashkil etadi.

II.8. Tanlovning bosqichlarini o‘tkazish uchun Universitetning ilg‘or professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’ati komissiyasi tarkibi tuziladi.

II.9. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning tanlov shartlarini bajarishlarini baholash mezoni asosida adolatli baholaydi, g‘oliblarning barcha bosqichlarda olgan baholarini umumlashtirgan holda tanlov g‘oliblarini aniqlab beradi.

II.11. Hakamlar hay’ati a’zolarining ishtirokchlarning har bir bosqichda to‘plagan ballari hamda tanlov yakunida chiqarilgan umumiy ballari haqidagi xulosalari rasmiylashtirib boriladi.

II.11. Natijalarni baholash bevosita tanlov jarayonida o‘tkaziladi hamda qatnashchilarga e’lon qilinadi.

II.12. Tanlovni o‘tkazish jarayonida o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi.



Download 41,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish