Kkinchi jahon urushi yakunlanganda Yaponiyaning ahvoli juda ayanchli edi. Urushda 6,5 mln yapon halok bo'ldi, yana 1,5 mln kishi bedarak yo'qoldi. Urush oxiridagi ommaviy bombardimonlar katta talofatlarga olib keldi


Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi



Download 31,08 Kb.
bet3/3
Sana13.06.2022
Hajmi31,08 Kb.
#665000
1   2   3
Bog'liq
Yaponiya okkupatsiya davri

Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi. Ayni paytda demokratik islohotlar ham olib borildi. 1945-yil oktabrda siyosiy va diniy erkinliklar to‘g’risidagʻ direktiva qabul qilindi. Matbuotda senzura bekor qilindi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etildi, ilgarigi militaristik jamoat tashkilotlari tarqatib yuborildi. 1945-yil kuzga kelib Yaponiya Liberal, Progressiv, Sotsial-demokratik va Kommunistik partiyalari tuzildi, unda ilk bor ayollar ham qatnashdi. Saylov natijalariga ko'ra Liberal partiya - 140 ta, Progressiv partiya - 94 ta, Sotsialistik partiya - 92 ta va Kommunistik partiya - 5 ta o'rin egalladi. Liberal partiya asosida hukumat faqat J. Makartur shtabi topshirig'ini bajarar edi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga o'rgatdi.
1945-yil dekabrda ta'lim tizimini demokratlashtirish to'g'risida direktiva qabul qilindi. Maktablarda harbiy ta'lim va militarizatsiyalashgan jismoniy tarbiya bekor qilindi, kokutay g'oyasining shovinistik tashviqoti to'xtatildi, 9 yillik majburiy ta'lim joriy qilindi, oliy o'quv yurtlarining avtonomiyasi tasdiqlandi.
Ayni paytda general Makartur shtabi tomonidan yangi konstitutsiyani ishlab chiqish boshlandi. Ammo bu ish juda murakkab kechdi.General Kanoe chet el g'oyalarining yaponlarga majburiy singdirilishiga qarshi norozilik ramzi sifatida o'zini o'zi o'ldirdi.
Eng murakkab masalalardan biri monarxiya muammosi edi. Amerikaliklar 1945-yil dekabrda direktiva chiqarib, sinto dinining davlatdan ajratilganini e'lon qildi. 1946-yil imperator Xiroxito xalqqa qilgan yangi yil murojaatida o'zining “ilohiy kelib chiqishidan” voz kechdi. Urushdan keyin faqat 5 % yaponlar, asosan kommunistlar, monarxiyani bekor qilish tarafdori edi. Monarxiyaning bekor qilinishini AQShning ittifoqchilari bo'lgan SSSR, Xitoy va Avstraliya ham talab qildi. Ammo okkupatsiya hukumati davlat marosimlarini o'tkazish uchun bu institutni saqlab qolishga qaror qildi.
O'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, 1946-yil mayda Konstitutsiya loyihasi e'lon qilingandan so'ng 85 % aholi “ramziy monarxiya”ni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
1946-yil sentabrda Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi parlament tomonidan tasdiqlandi va 1947-yil 3-maydan kuchga kirdi. Mamlakatda amalda parlament demokratiyasi o'rnatildi. Konstitutsiya tabaqalarni bekor qildi, fuqarolik huquqlari va barchaning, jumladan, turli jinslarning tengligini e'lon qildi, bolalar mehnatini qat'iy taqiqladi. Konstitutsiyaning to'qqizinchi moddasiga binoan Yaponiya qurolli kuchlardan va uni qo'llash bilan qo'rqitishdan voz kechdi. Hokimiyatning bo'linish prinsipi o'rnatildi.
Hukumat parlament saylovlarida ko'pchilik ovoz olgan partiya tomonidan shakllantirildi. Dastlabki yillarda yaponlarni demokratiya sharoitida faoliyat yuritishiga o'rgatish uchun saylovlar har yili o'tkazildi. 1948 yili Yaponiyada Liberal va Demokratik partiyalar vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzilib, unga tajribali siyosatchi Sigeru Yosida boshchilik qildi.
Yaponiyada parlament ikki palatadan tashkil topgan. Quyi - Vakillar palatasi, unga saylovlar har to'rt yilda bir marta o'tkaziladi. Yuqori - Maslahatchilar palatasi, Yaponiya prefekturalari vakillaridan tashkil topadi va u 6 yil muddatga saylanadi. Yuqori palata quyi palata qarorlarini rad etish huquqiga ega, ayni paytda quyi palata ham bu to'siqni deputatlarning 2/3 qism ovozi va undan ko’proq ovoz bilan yengib o'tish huquqiga ega.
Har qanday vazirlar jumladan, bosh vazir ham avval parlament deputati etib saylanishi lozim. Yaponiyada faqat jamiyatda tanilgan kishilargina vazirlik vazifasini bajarishga haqli deb hisoblanadi.
1951 yil 1 mayda general J. Makartur o'z lavozimidan ketdi, Yaponiyadagi okkupatsion qo'shinlar qo'mondoni lavozimini general Metyu Riduey egalladi. U tinchlik shartnomasi imzolanishi jarayonini tezlashtirdi.
1951-yil 8-sentabrda 52 mamlakat vakillari ishtirokidagi San-Fransisko tinchlik konferensiyasida Yaponiya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Shartnomani SSSR, XXP, Hindiston, Birma, Polsha, Mo'g'iliston, Chexoslavakiya, Yugoslaviya, imzolamadi. Shartnomaga ko'ra Yaponiya o'zining Koreya, Tayvan va Peskador orollari, Mikroneziyaga da'vosidan, Xitoy va Antarktidadagi barcha da'volaridan, shuningdek, Janubiy Saxalin va Kuril orollaridan voz kechganini ta'kidladi. Janubiy Saxalin va Kuril orollarining maqomi noaniqligicha qoldi, chunki Kuril orollarini 1945-yil egallab, 1947-yil Saxalin hududini tarkibiga qo'shgan SSSR shartnomani imzolash jarayonida qatnashmadi. Shartnoma bo'yicha Yaponiyadan olib qo'yilgan Ryukyu orollarini AQSH 1968-1972 yillarda qaytarib berdi.
Yaponiya bilan imzolangan tinchlik shartnomasi AQSH va Yaponiya o'rtasida ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasi imzolangandan so'ng kuchga kirishi belgilab qo'yilgan edi. Shunday shartnoma 1952-yil fevralda imzolandi. AQSH Yaponiya xavfsizligi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi va uning hududida o'z qo'shinlarini joylashtirish huquqiga ega bo'ldi. 1952-yil apreldan okkupatsiya rejimi bekor qilinib, Yaponiya to'liq mustaqil davlatga aylandi.
Download 31,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish