Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari



Download 39,71 Kb.
bet2/5
Sana20.02.2022
Hajmi39,71 Kb.
#460250
1   2   3   4   5
Superego — ego zaminida vujudga keladi. Ushbu komponent shaxs faoliyati va fi k r mu \ox,azasining x,akami, yoxud na.choratchisi vazifasini bajaradi. Shaxsdagi barcha axlokiy normalar, konstruktsiyalar, xulk,-atvor talablari ushbu yumponentda ujassamlashadi va ma’naviy-axlokiy ta!l,ik, \ar k,atlamini x,osil k,iladi. Ch reydning fikriga kura, superego uchta mux,im fu nktsiya\arni bajaradi. B ular vijdon, uzini-uzi kuzatish va tur\i idealllrni shakllantirishdir. Superegodagi vijdon —iixl faoliyatini jilovlab turadi va ba’zan faoliyatning ongshligini baxolaydi. Uzini - uzi kuzatish superegoning pmkoniyatlari bilan borlik, buladi va undan kelib chiqadi.
Inson ruxiyati bir muz tog‘iga o‘xshaydiki, uning oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi — ong ostidagi jarayonlardir, ya’ni ongsizlikdir.
Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat.
Ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida joy topadi.
Ongsizlik – bu tug‘ma xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo’naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi. SHaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo‘ladi va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emosional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik komfortni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyani funksional vazifani va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o‘zlashtirishi oila va jamiyatning qoida va normalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan ya’ni shaxsni ichki nizolarini (havotirlik,siqilish) engillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni engillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta’minlovchi asosiy mexanizm sifatida shaxsning barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan havotir tuyg‘ularini bartaraf qilish yoki minimumigacha keltirishgacha yo’naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog‘liq holda uning asosiy funksiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi kechinmalardan “to‘sish” ko‘rib chiqiladi.
Keng ma’noda “psixologik himoya” atamasi psixologik diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi “yolg‘onlar” paydo bo‘lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o‘zgartiruvchi har qanday xarakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.
Tor ma’noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini funksiyalashuvi natijasida ong tarkibini o‘ziga xos tarzda o‘zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proeksiya, identifikasiya, regressiya, izolyatsiya, rasionalizasiya, konversiya va boshqalarda.
Bu himoya mexanizmlarini faoliyati insonning axborot-yo’nalganlik harakatlari asosini va uning sub’ektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini xatto tushirishi xam mumkin.
Himoya mexanizmi – bu xatar yoki xavotir manbaini buzib ko‘rish rad etish yoki qochish mumkin bo‘lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning “Men” ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o‘zimizni qabul qilishimiz qulay bo‘lishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd birinchilardan bo‘lib, himoyaning ko‘p turlarini identifikasiyalangan va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko‘p qo‘llovchi insonlar yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emosional energiyalarining ko‘pini xavfni nazorat qilish va o‘zi haqidagi yolg‘on tasavvurlarini saqlab qolishga harakat qiladi. SHunga qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko‘pincha xavfni engib o‘tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutilish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt paydo bo‘ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o‘zingizga taalluqliligini olgan bo‘lsangiz, bu siz o‘zingizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta’kidlaganimizdek hamma ham himoya mexanizmlarini qo‘llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1.Reallikni rad etish yoki buzish.
2.Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko‘pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ularni kompleks tarzda qo‘llashni ma’qul ko‘radilar. Bundan tashqari ko‘pchilik insonlarda bitta mexanizmlarni boshqasidan afzal ko‘rish moyilligida, ya’ni xuddi ularning qo‘llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi.
Psixologik himoya mexanizmlarini turlari.

Download 39,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish