Клиник реставрацион стоматология


Ko'ruv (ko'zdan kechirish )



Download 13,3 Mb.
bet13/107
Sana18.01.2022
Hajmi13,3 Mb.
#385750
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Bog'liq
KRS ORALIQ JAVOBLARI 2021

Ko'ruv (ko'zdan kechirish ) - obyektiv tekshiruvning asosiy qisrni hisoblanadi. Yoritish asboblari yordamida ko'zdan kechirish maqsadga muvofiqdir.

Ko'zdan kechi rishdan maqsad - yuz-jag' sohasidagi kasal­ liklardagi o'zgarishJarni aniqlash. Ko'ruv 2 qismdan iborat bo'ladi, tashqi ko'zdan kechlrish va og'iz bo'shlig'ini tekshirish. Tashqi ko' zdan kechirishda, asosan, bemoming umumiy holatiga, yuz assimetriyasiga, shishlarga, oqma yo' llariga alohida ahamiyat beriladi. Yuz konfiguratsiyasining o'zgarishi turli sabablarga ko'ra bo'lishi mumkin. Masalan, yallig' lan ish protsesslarida, o'smalarda, travmalardan so'ng, endokrin kasalliklarida uchra shi rnumkin.

Og'iz ko'rigi og'iz dahlizidan boshlanadi. Birinchi navbatda, Iabning qizil hoshiyasi va og'iz burchakJari tekshirib ko'riladi. Milk normada och-pushti rangda bo'Lib, tish bo'ynini aylanib o'tadi va tish-milk cho'ntagini (chuqurligi 1-2 mm) hosil qiladi. Patologik hollarda milk.lar rangi o'zgaradi, tish-milk cho'n­ taklari chuqurlashadi, tishning aylanma bog'Ja mla ri buziladi.

Milkni ko'zdan kechirib, yallig'lanish turini aniqlash ham mum.kin bo' ladi (kataral, yarali-nekrotik, giperplastik).

Og'iz bo'shlig'ida biron-bir element uchratilsa, teri qoplamini ham ko'zdan kechirish lozim. Shilliq qavatda uchraydigan ele­ mentlar terida uchraydigan birlamchi va ikkilamchi elementlar bilan o'xshash bo'ladi. Birlamchi va undan kelib chiquvchi ikkilamchi elementlar tafovut qilinadi.

Birlamchi infiltratsion elementlarga dog', tuguncha, do'mboq­ cha, tugun, pufakcha, yiringcha, pufak, voldir, kistalar kiradi. Ikkilamchi motfologik elementlarga eroziya, yara, yoriq, po'stloq, cheshuyka, chandiq, pigmentasiyalar kiradi.

Og'iz bo'shlig'ini tekshirilayotganda faqatgina bemor shikoyat qilayotgan tishga qarab qolmasdan, balki og'izdagi hamma tishlar ko'zdan kechiriladi. Birinchi qatnovda hamma tishlami ko'zdan kechirish, og'iz bo'shlig'i sanatsiyasida o'ziga xos reja bo'lib xizmat qiladi. Ko'rik stomatologik zond va stomatologik ko'zgu yordamida amalga oshiriladi. Stomatologik ko'zgu ko'rish qiyin bo'lgan joylarda yordam bersa, zond esa karioz kavaklami aniqlashda, kavak chuqurligi, yumshagan dentinni, tish bo'shlig'i bilan tutashganligini va hokazolami aniqlashda yordam beradi.

Tishlarning rangi tashxis qo'yishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Masalan, depulpatsiya qilingan tishlar tishning tabiiy rangini yo'qotgan bo'ladi.

Tishlarning shakli, katta-kichikligi, joylashishi ham tashxis qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Zondlash - karioz bo'shlig'i bo'Jganda bo'shliq devori va

tubining og'riqliligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Burchakli zond bilan aniqlanadi. Agar emalning butunligi buzilmagan bo'lsa, zond tishning yuzasidan erkinlik bilan sirg'anadi. Karioz shikastlanish (emal kariesi) bo'lgan holda g'adir-budurlik aniqlanadi.



Fissur kariesini aniqlash ma'lum darajada qiyinchilik tug'di­ radi, chunki u faqat zondlash usuli bilan aniqlanadi. Fissurada zondning to'xtab qolishi yumshagan dentin borligidan darak beradi. Awai qo'yilgan plomba sinchiklab ko'rikdan o'tkazilishi va zondlanishi kerak. Plomba chegarasida tirqish borligi ikkilamchi karies kelib chiqishidan darak beradi.

Perkussiya - tishni to'qillatish periodont holatini bilish uchun qo'llaniladi. Pinset yoki zondning bandi yordamida tishning kesuv yuzasiga yoki chaynov yuzasiga urib ko'rish bilan amalga oshiriladi. Periodontda yallig'lanish jarayoni bo'lsa, urib ko'rilganda og'riq paydo bo'ladi. Odatda, perkussiya sog'lom tishdan boshlanadi. Chunki kasal tishni sog' tishdan ajratish onsonroq bo'ladi va bemorga birdan qattiq og' riq bilan ozor berilmaydi. Ikki xil perku ssiya tafovut qilinadi: vertikal (tish o' qi bilan urib ko'rish bir chiziqda), gorizontal (yon tomondan urish)


Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish