Kokil usulida quymalar olish texnologiyasi



Download 62,09 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi62,09 Kb.
#716768
  1   2
Bog'liq
Kokil usulida quymalar olish texnologiyasi


Kokil usulida quymalar olish texnologiyasi
Metall qotishmalardan ko’plab miqdorda bir xildagn sifatli quymalarni olishga bo’lgan talabning ortishi natijasida mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan zamonaviy yirik quyma korxonalar barpo etildi. Yuqorida tanishib o’tilgan an’anaviy usullarda quyma olishdagi kamchiliklar (qolipning bir marta quyma olishgagina yaroqliligi, quyma shakli va o’lchamlarining yetarli darajada aniqmasligi va yuza tekisliklarining talabga javob bermaydigan tarzda notekisligi, quyish tizimida metall sarfining ko’pligi, ish sharoitining og’irligi, ish unumining pastligi va boshqalar mavjudligi sababli bunday nuqsonlardan deyarli holi bo’lgan takomillashgan texnologik usullar yaratishni taqozo qildi. Quyidagi paragraflarda bu usullar haqida qisqaroq bo’lsada, ma’lumotlar keltirilgan. Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi. Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha qismlardan yig’iladigan bo’ladi. Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjenь materiallaridan, rangli metall quymalar uchun U7, U10 va boshqa markali po’latlardan tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi (171– rasm, a). Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100–300°S temperaturagacha qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi. Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi: 1,2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari; 7– shtirь; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14– plita; 15 – turtki. Metall qoliplar mexanik, pnevmatik va gidravlik yuritmali stanoklarga o’rnatilib, ularning yig’ilish yoki ochilish jarayonlari mexanizatsiyalashtiriladi (171–rasm, b). SHuni qayd etish joizki, zamonaviy yirik quyuv tsexlarida metallarni eritishdan boshlab, quymalar olinguncha bo’lgan barcha jarayonlar avtomatlashtirilgandir. Quymalarni olish texnologik jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo’ladi: 1) qolipni metall quyishga tayyorlash; 2) qolipga zarur miqdorda suyuq metall kiritish; 3) quyma kotgach uni qolipdan ajratish; 4) quymadan quyish tizimida kotib qolgan metallni ajratib uni tozalash; 5) quymaning sifatini ko’zatish.
Tayyor detal yoki buyum o’lchami va shakliga maksimal darajada yaqin bo’lgan quymalar olish quymakorlikning asosiy vazifasi bo’lib turibdi, bunda ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan mexanik ishlov berish jarayonini faqat tozalab ishlov berish va jilvirlash bilan chegaralash lozim. Bunga maxsus va aniqroq bo’lgan quyish usullarini(kokilga quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochma usulda quyish, suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish, qobiq qoliplarga quyish va boshqalarni) joriy qilish va takomillashtirish orqali erishish mumkin.
Quymalarni quymakorlik qoliplarida olinadi, bunda qolip bo’shlig’i quyma konfiguratsiyasiga mos keladi. Qolipni qolip aralashmasidan tayyorlashadi, qolip aralashmasi formovka materiallaridan(qum, gil va suv qo’shimchasi, bog’lovchi materiallar va boshqalar) iborat. Qolip aralashmasi quymakorlik opokalariga quyib, ularda model izi qoldiriladi. Model quymaning tashqi konfiguratsiyasiga ega, uni yog’ochdan va metalldan tayyorlashadi. Quymaning ichki yuzasi qolipga o’rnatiladigan quymakorlik sterjeni yordamida hosil qilinadi. Quymakorlik sterjenlari qum va bog’lovchi materiallardan iborat bo’lgan sterjen aralashmasidan tayyorlanadi. Qolip bo’shlig’i va sterjen orasida suyuq metall quyiladigan bo’shliq hosil bo’ladi. Metall qotganidan keyin quyma hosil bo’ladi. Quymakorlik qolipi – ishchi bo’shlig’iga suyuqlantirilgan metall quyilib, quymani shakllantiruvchi element.
Qolip aralashmasi – tarkibi metallmas quyma qoliplar tayyorlash texnologik jarayoni shartlariga mos keluvchi ko’p komponentli formovka materiallari arlashmasi. Formovka materiali – qolip va sterjen aralashmalari tayyorlash uchun ishlatiladigan barcha tabiiy va sun’iy materillar. Quymakorlik opokasi – quymkorlik qolipini tayyorlashda qolip aralashmasini ushlab turuvchi, suyuq metallni qolipga quyishda va qolip transportirovkasida foydalaniladigan moslama. Quymakorlik sterjeni – bo’shliq yoki boshqa quyma konturlarini, teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladigan quymakorlik qolipi elementi. Qoliplash(formovkalash) bo’limida model bo’yicha qolip aralashmasidan quymakorlik qolipini tayyorlanadi. Buning uchun plitaga modelni yarmi o’rnatiladi, aralashma opokaga 4 joylanadi va u zichlanadi. Opokani 1800 ga ag’darib, modelning qoliplangan yarmiga qolgan yarmi va quyish tizimi 2 joylashtiriladi. Keyin ikkinchi opoka 3 o’rnatiladi, unga qolip aralashmasi joylanib zichlanadi. So’ngra qolipni yuqoridagi yarmi ko’tariladi, yarimformalarda model bo’lakalari va quyish tizimi modeli olinadi, qolipga sterjen 6 o’rnatilib qolipning ikki yarimtaliklari biriktiriladi. Sterjenlash bo’limida sterjen aralashmasidan sterjen yashiklarida sterjenlar tayyorlanadi. Sterjenlarning kerakli mustahkamligini hosil qilish uchun ular quritgichlarda yoki sterjen yashiklarida quritiladi. Suyuqlantirish bo’limida maxsus pechlarda metall suyuqlantirilib, qoliplarga quyiladi. Metall qotganidan so’ng qolip buzib quyma ajratib olinadi. Tozalash bo’limida quymadan sterjenlar qo’parib olinadi, litniklar va quymaning ortiqcha qismlari qirqiladi, quyma kuygan qolip aralashmasidan tozalanadi. Tozalab olib, nazorat qilingandan so’ng quyma mexnik ishlov berish sexlariga yoki tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Hozirgi kunda quymakorlik qoliplari va quymalar olishning yuzdan ortiq usullari mavjud. Po’lat va cho’yan quymalar massasining 80 % i qum-gilli qoliplarda tayyorlanadi. Bu usul bilan ham mayda, ham katta quymalar, po’lat va cho’yandan tashqari boshqa rangli metall qotishmalaridan tayyorlangan sodda va murakkab shaklli quyma detallar olish mumkin. Qoliplarda quymalar olishning ilg’or usullari, maxsus aralashmalardan tayyorlangan, masalan, o’ziqotuvchi suyuq, egiluvchan, qum qoliplarda quyishga nisbatan sezilarli ustunlikka ega. Quymakorlikda quyishning maxsus usullaridan foydalaniladi: metall qoliplarda quyish(kokil), markazdan qochma usulda quyish, bosim ostida quyish, suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish va boshqa usullar. Bunday usullar bilan yuqori aniqlikka ega, eng kichik o’lcham dopusklari va yuza tozaligi yaxshi bo’lgan quymalar olish mumkin. Bu metall kesuvchi dastgohlarda mexanik ishlov berishni kamaytirib yoki umuman yo’q qilib, ish unumdorligini oshiradi, detall tannarxini kamaytiradi va metallni tejash imkonini beradi, ayniqsa kamyob qimmatbaho qotishmalarni tayyorlaganda. Biroq quyishning maxsus usullarini yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Markazdan qochirma quyish usuli silindrsimon jismlar shaklidagi quymalar, masalan, quvur, vtulka, shkiv, gildirak, shestemya, mufta diskalaming tayyorlanmalarini olish uchun qoilaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, suyuq metall gorizontal yoki vertikal o‘q atrofida 1000 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi qolipga quyiladi. Qolipning va unga quyilgan suyuq metalining aylanishi natijasida hosil boiadigan markazdan qochma kuchlar metallni qolip devoriga siqadi, natijada metall darrov qotib, qolip shakliga kiradi. Bosim ostida quyish usulining asosiy mohiyati shundaki, suyuq metall (qotishma) poiat qolipga katta bosim ostida quyiladi. Tayyorlangan quyma g‘ovaksiz, sirtqi nuqsonlarsiz, toza va aniq boiadi. Oson suyulanuvchi rangli qotishmalardan (aynisa aluminiy, rax, magniy qotishmalaridan) murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq oichamli, toza yuzali va ogirligi 50 kg gacha boigan quymalar (samolyot, avtomobil va boshqa mexanizmlaming detallari uchim quymalar) olishda bu usuldan keng foydalaniladi.
Antifriksion qotishmalar yumshoq asos - qalay, qo'rg'oshin yoki alyuminiy tufayli ishqalanish juftlarida yaxshi ishlaydi. Ko'proq qattiq metallar(sink, mis, surma), yumshoq asosda kesishgan, bardosh berishga qodir og'ir yuklar. Yumshoq poydevorning ichkariga kirishi va qisman deformatsiyasidan so'ng, unda juftlikning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan moylash materiallarini ushlab turadigan chuqurliklar hosil bo'ladi.
sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar deyiladi. Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar qo‘shiladi. Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5, BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va boshqa materiallardan ham foydalaniladi.
13-jadvalda amalda ko‘proq ishlatiladigan antifrik-sion qotishmalarning xili, tarkibi, qo‘llanish sharoiti va ishlatilish joylariga misollar keltirilgan.


Download 62,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish