Ko'krak mushaklari va fassiyalari



Download 16,39 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi16,39 Kb.
#471118
Bog'liq
anatomiya 11


Ko'krak mushaklari va fassiyalari
Ko'krak mushaklari bir necha qavat bo'lib joylashadi. Yuza qavatda qo'l bilan bog'langan mushaklar joylashsa, chuqur qavatda ko'krakning xususiy (autoxton) mushaklari joylashadi.
Ko'krak mushaklari (50-rasm) kelib chiqishi va faoliyatiga ko'ra ikki guruhga: 1) ko'krak qafasidan boshlanib, yelka kamari va yelka suyagiga birikuvehi mushaklar; 2) ko'krak qafasining o'ziga xos (autoxton) mushaklariga bo'linadi. Birinchi guruhga to'rtta: katta va kichik ko'krak, o'mrov osti, oldingi tishsimon va qovurg'alami ko'taruvchi mushaklar kiradi.
1. Katta ko'krak mushagi (m. pectoralis major) katta, yelpig'ichsimon shaklda bo'lib, ko'krak qafasining oldingi devorini yuqori qismini egallaydi. U o'mrov suyagining ichki yarmidan (pars clavicularis), to'sh suyagining oldingi yuzasi va II—VII qovuig'alar tog'ayidan (pars sternocostalis), qorin to'g'ri mushagi qinining oldingi devoridan (pars abdominalis) boshlanadi. Mushak tolalari tashqi tomonga yo'nalib, yelka suyagi kattaK bo'rtig'i qirrasiga birikadi.
Diafragma
Diafragma ( diaphragma, m. prhrenicus) yassi, yupqa harakatchan mushak- pay to'siq bo'lib, ko'krak va qorin bo'shliqlari o'rtasida yuqoriga ko'tarilgan gumbaz shakhda joylashgan. Diafragma asosiy nafas mushagi bo'lib, ko'krak qafasining pastki teshigini o'ragan suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish sohasiga qarab uch: bel, qovurg'a va to'sh qismlari tafovut qiladi. Mushak tolalari tashqaridan o'rtaga qarab radiar yo'nalib, pay markazni (centrum tendineum) hosil qiladi. Diafragmaning bel qismi (pars lumbalis) bel umurtqalarining oldingi yuzasidan o'ng va chap oyoqchalar (crus dextrum et crus sinistrum) bilan boshlanadi. Yuqori tomonda oyoqchalar o'zaro birikib, aorta teshigini (hiatus aorticus) hosil qiladi. U orqali aorta va ko'krak limfa yo'li o'tadi. Aorta teshigining cheti fibroz halqa bilan o'ralgan bo'lib, diafragma qisqarganida aortani siqilishdan saqlaydi. Bu teshikdan yuqoriroq va chapda diafragma oyoqchalarining mushak tolalari yana kengayib, qizilo'ngach va adashgan nerv o'tadigan qizilo'ngach teshigini (hiatus esophageus) hosil qiladi. O'ng va chap diafragma oyoqchalarining mushak tolalari o'rtasidan simpatik poya, katta va kichik ichki a’zolar nervi, o'ng tomondan toq va chap tomondan yarim toq venalar o'tadi. Kindikdan 4—5 sm pastroqda qorinning barcha serbar mushaklarining aponevrozlari to‘g‘ri mushakning old tomonidan o‘tib, qinning oldingi devorini hosil qiladi. Qorin to'g'ri mushagini orqa tomonidan bu sohada faqat ko'ndalang fassiya qoplaydi. Yosh bolalarda qorin to‘g‘ri mushagi qinining orqa devori yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi.
Qorin to‘g‘ri mushagining qini
Qorin to'g'ri mushagining qini (vagina m. recti abdominus) (51-rasm) qorinning uchta serbar mushaklari aponevrozidan hosil bo'ladi. Ular qorin to'g'ri mushagini old (lamina anterior) va orqa (lamina posterior) yuzasidan o'rab oladi. Uning old va orqa devorining tuzilishi yuqori va pastki qismlarda bir xil bo'lmay, kindikdan yuqorida qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozi to'g'ri mushakning old tomonidan o'tsa, ko'ndalang mushakning aponevrozi orqa tomondan o'tadi. Qorin ichki qiyshiq mushagining aponevrozi to'g'ri mushakning tashqi chekkasida ikki varaqqa bo'linadi. Uning bittasi to'g'ri mushakning old tomonidan o'tib, tashqi qiyshiq mushak aponevrozi bilan birikib oldingi devomi, ikkinchisi esa orqa tomondan o'tib ko'ndalang mushakning aponevrozi bilan birikib orqa devomi hosil qilad
Download 16,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish