Kolloid kimyo fanidan test savollari



Download 157,13 Kb.
Sana28.05.2023
Hajmi157,13 Kb.
#945434
Bog'liq
Kolloid kimyo fanidan test savollari


Kolloid kimyo fanidan test savollari


  1. Kolloid eritmalarni tozalashda sentrafugadan dastlab qaysi olim foydalangan?

  1. 1913 yil A.V.Dumanskiy *

  2. 1857 yil M.Faradey

  3. 1827 yil Braun

  4. 1888 yil Perren}

2. Mayda zarrachalarning yorug’likni yoyish hodisasi qanday nomlanadi?
A. Opalessensiya *
B. Flotasiya
C. Sedimentasiya
D. Koagulyasiya}

  1. Qaysi qonunda - Kolloid sistema orqali yorug’lik o’tganda difraksiya tufayli yoyilgan yorug’likning intensivligi kolloid zarrachalarning soniga, zarracha hajmining kvadratiga to’g’ri proporsional, tushayotgan nur to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsionaldir deyilgan?

  1. Reley qonuni *

  2. Faradey qonuni

  3. Braun qonuni

  4. Perren qonuni}



  1. Oltingugurt zolini qaysi usul bilan olish mumkin?

  1. Erituvchini almashtirish usuli*

  2. Dispergatsiya

  3. Fizikaviy kondensatsiya

  4. Tiksotropiya}



  1. Qaysi usul yordamida sedimentasiyaga uchragan kolloid cho’kmani qayta zolga o’tkazish mumkin?

  1. Peptizasiya*

  2. Dispergatsiya

  3. Fizikaviy kondensatsiya

  4. Kimyoviy kondensatsiya}



  1. Nima yordamida sedimentasiyaga uchragan kolloid cho’kmani qayta zolga o’tkazish mumkin?

A. Peptizatorlar*
B. Dispergatsiya
C. Inisiatorlar
D. Ingibitorlar}


  1. Bo`kishni o`lchash uchun ishlatiladigan qulay asbob (nabuhametr)ni kim taklif qilgan?

  1. 1949-yilda K.S. Ahmedov va S.N.Nabixo`jayev *

  2. 1950-yilda B.A. Dogatkin va A.A. Shelov

  3. 1952-yilda A.A. Shelov va V.V.Korshak

  4. 1954-yilda G.S. Deryagin va A.A. Shelov }


  1. Nima uchun kolloid eritmalar tozalanadi?

  1. Quyi molekulyar aralashmalardan, elektrolitlardan tozalash uchun*

  2. Dispers faza zarrachalarini yiriklashtirish uchun

  3. Stabilizator ta’sirini yuqotish uchun

  4. Dispersion muhitni ajratish uchun}



  1. Dializ usuli bilan zollarni tozalashda qaysi sharoit qo’llanilishi kerak?

  1. Yarim o’tkazgich membranalar yordamida*

  2. Elektr toki yordamida

  3. Qog’oz filtrdan foydalanish

  4. Bosim ta’sirida}



  1. Elektrodializni dializdan farqi?

  1. Elektr toki yordamida dializ jarayonini tezlashtirish*

  2. Elektr maydonida zarrachalarning cho’kishi

  3. Flotasion holatga o’tkazish

  4. Sedimentasiyaga uchratish}



  1. Sedimentatsiya nima?

  1. Og’irlik kuchi ta’sirida zarrachalarning cho’kishi*

  2. Elektr maydon ta’sirida zarrachalarning yiriklashishi

  3. Yopishqoqlik hisobiga zarrachalar o’lchamining kattarishi

  4. Yuzaga qalqib chiqish}



  1. Koagulyasiya nima?

  1. Zarrachalarning yiriklashishi*

  2. Zarrachalarning cho’kishi

  3. Zarrachalarning yuzaga qalqib chiqichi

  4. Chin eritma hosil qilishi}



  1. Suspenziyada dispers faza qanday agregat holatda bo’ladi?

  1. Qattiq*

  2. Suyuq

  3. Gaz holatda

  4. Plazma}



  1. Qaysi sistema suspenziyaga misol bo’la oladi?

  1. Suyuq dispers muhit va qattiq dispers fazadan iborat sistema*

  2. Gaz dispers muhit va suyuq dispers fazadan iborat sistema

  3. Suyuq dispers muhit va suyuq dispers fazadan iborat sistema

  4. Gaz dispers muhit va qattiq dispers fazadan iborat sistema}



  1. Ochiq koagulyatsiya belgisi nimadan iborat?

  1. Cho’kma hosil bo’lishi*

  2. Qovushqoqligini o’zgarishi

  3. Haroratni o’zgarishi

  4. Bosim o’zgarishi}



  1. Tez koagulyasiya lahzasi nima?

  1. Koagulyatsiya uchun elektrolitning eng kam miqdordagi konsentratsiyasi*

  2. Shunday elektrolit konsentratsiyasiki, natijada zarrachalarning bir-biriga to’qnashish ehtimolligi birga teng.

  3. Shunday elektrolit konsentratsiyasiki, natijada koagulyatsiya sekin sodir bo’ladi.

  4. Koagulyatsiya uchun elektrolitning eng ko’p miqdordagi konsentratsiyasi}



  1. Bog’langan dispers sistema nima?

  1. Zarrachalarning o’zaro bir-biri bilan ta’sirlanishi natijasida bo’shliq struktura hosil qiluvchi sistema*

  2. Zarrachalarning dispers faza bilan aloqada bulmaydigan sistema

  3. Zarrachalari dispers muhitga bog’liq bo’lmagan holda aralashadigan sistema

  4. Dispers muhit zarrachalari dispers faza zarrachalari o’zaro birikmaydigan sistemalar}



  1. Tiksotropiya nima?

  1. Strukturalar hosil qilgan sistemaning (gelning) struktyralar hosil qilmagan sistemaga (zolga) izotermik aylanishi*

  2. Gelning O’z-o’zicha ikki qavatga (suyuq eritma va zich gel qavatlariga) ajralishi

  3. Tashqi ta’sir natijasida gel hosil bo’lishi

  4. Quruq gelda dispersion muhitning yutilishi}



  1. Sinerezis deb nimaga aytiladi?

  1. Gelning o’z-o’zicha ikki qavatga (suyuq eritma va zich gel qavatlariga) ajralishi

  2. Tashqi ta’sir natijasida gel hosil bo’lishi

  3. Strukturalar hosil qilgan sistemaning (gelning) struktyralar hosil qilmagan sistemaga (zolga) izotermik aylanishi

  4. Quruq gelda muhitning yutilishi}



  1. Kserogel deb nimaga aytiladi?

  1. Quruq gel*

  2. Gidrofob gel

  3. Liofel gel

  4. Bukkan gel}



  1. Koagulyatsiya tezligining omili?

  1. Elektrolit qo’shish*

  2. Stabilizator qo’shish

  3. Temperaturani o’zgarmasligi

  4. Erituvchi qo’shish}



  1. Zollarni ultrafiltratsiya usulida tozalash nima ta’sirida o’tkaziladi?

  1. Bosim ta’sirida *

  2. Qizdirish natijasida

  3. Sovutish natijasida

  4. Kuchlanish ta’sirida}



  1. Sistemsning qaysi biri emulsiyaga misol bula oladi?

{=Dispers fazasi suyuqlik va dispers muhiti suyuqlik bo’lgan sistemalar
~Dispers fazasi qattiq va dispers muhiti suyuqlik bo’lgan sistemalar
~Dispers fazasi gaz va dispers muhiti suyuqlik bo’lgan sistemalar
~Dispers fazasi suyuqlik va dispers muhiti gaz bo’lgan sistemalar}


  1. Dastlab ul’tramikroskopni kim yaratgan?

{=1903 yil Avstriyalik olim R.Zigmondi
~1908 yil nemis olimi Faradey
~1912 yil fransiya olimi Tindal
~1895 yil rus olimi Lomonosov}

  1. Kolloid zarrachalarning o’lchami qaysi asbob yordamida aniqlanadi?

{=Nefelometr
~Kalorometr
~Areometr
~Barometr}


  1. Elektroforez nima?

{=Elektr yurutuvchi kuch ta’sirida kolloid zarrachalarning harakati
~Zarrachalarning yiriklashishi
~Kapillyarda suyuqliklarni harakati natijasida elektr yurutuvchi kuchni hosil bo’lishi
~Elektr yurutuvchi kuch ta’sirida zarrachalarning cho’kishi}


  1. Kolloid kimyoga asos solgan olimning nomi?

{=T. Grem
~M.V. Lomonosov
~F.F. Reys
~N.P. Peskov}


  1. Kumush yodidning suvdagi kolloid sistemasi dispers sistemalarning qaysi sinfiga mansub?

{=Gidrofob kolloid
~Liozol
~Organozol
~Dagal dispers sistema}


  1. Yuqori molekulyar va yuqori dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini fizika qonun qoidalari asosida qaysi fan o‘rganadi?

{=Kolloid kimyo
~Analitik kimyo
~Fizikaviy kimyo
~Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi}


  1. Kolloid sistemani olish uchun qanday komponentlarning bo’lishi shart?

{=Dispers faza, dispersion muhit va stabilizator
~Dispers faza va dispersion muhit
~Dispers faza
~Dispersion muhit}


  1. Tutun dispers sistemaning qaysi turiga kiradi?

{=Gaz-qattiq
~Suyuqlik-gaz
~Gaz-suyuqlik
~Gaz-gaz}


  1. Erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 dan 100 nm gacha bo’lgan sistemaga qanday eritma deyiladi?

{=Kolloid eritma
~Chin eritma
~Dag’al despers sistema
~Aralashma}


  1. Sistemada miqdori ko’p bo’lgan modda nima deyiladi?

{=Dispers muhit
~Dispers faza
~Erigan modda
~Cho’kma}


  1. Erigan modda zarrachalarining o’lchami 100 nm dan katta bo’lgan sistemaga nima deyiladi?

{=Dagal dispers sistema
~Chin eritma
~Kolloid eritma
~Emulsiya}


  1. Moddalarni disperslovchi elektrolitlar yordamida gel holatidan zol holatiga o’tkazishga, kolloid eritma olishning qaysi usuli to’gri keladi?

{=Peptizatsiya usuli
~Ultratovush usuli
~Mexanik usuli
~Kimyoviy kondensatsiya usuli}


  1. Vodorod sulfid oksidlantirilib oltingugurt zoli olindi. Bu kolloid eritma olishning qaysi usuli hisoblanadi?

{=Kimyoviy kondensatsiya usuli
~Dispergasiya usuli
~Fizikaviy kondensatsiya
~Koagulyasiya}


  1. Oltin tuzining qaytarilishi natijasida oltin zoli olinadi, bu kolloid eritma olishning qaysi usuli hisoblanadi?

{=Kimyoviy kondensatsiya usuli
~Fizikaviy kondensatsiya
~Dispergasiya usuli
~Sedimentasiya}


  1. Adsorbsiyaga oid dastlabki ilmiy ishlar qaysi olim bilan bog’liq?

{=1792 yil rus olimi T.E.Lovis
~1788 yil rus olimi M.Lomonosov
~1908 yil nemis olimi Faradey
~1903 yil Avstraliyalik olim R.Zigmondi}

  1. Kolloid tegirmonlar yordamida kolloid zarrachalar olish qaysi usulga mansub?

{=Dispergasiya
~Kimyoviy kondensatsiya
~Fizikaviy kondensatsiya
~Erituvchini almashtirish usuli}


  1. Ishqoriy muhitda kumush nitratni tanin yordamida qaytarib, kumush gidrozoli olindi. Bu qaysi usul-?

{=Kimyoviy kondensatsiya usuli
~Dispergasiya usuli
~Ultratovush usuli
~Peptizatsiya usuli}


  1. Dializator va elektrodializatorlar qaysi jarayonda qo’llaniladi?

{=Zollarni elektrolitlardan tozalashda
~Zollarni koagulyasiyalashda
~Zollar sedimentasiyasida
~Zollar flotasiyasida}


  1. Faradey-Tindal effekti liofob zollarning qaysi xossasiga mansub?

{=Optik xossasiga
~Molekulyar-kinetik xossasiga
~Elektrik xossasiga
~Diffuziya hodisasiga}


  1. Dispers faza zarrachalarini eritmaning butun hajmi bo’ylab bir tekis tarqalishi nima deb ataladi?

{=Diffuziya
~Sedimentatsiya
~Koagulyatsiya
~Solvatatsiya}


  1. Dispers faza zarrachalarining ogirlik kuchi ta’sirida idish tubiga cho’kishi qanday hodisa?

{=Sedimentatsiya
~Koagulyatsiya
~Diffuziya
~Flotasiya}


  1. Kolloid sistemalarda yorug konus hosil bo’lishini kim aniqlagan?

{=Faradey va Tindal
~Grem va Selmi
~Selmi va Reyss
~Smoluxovskiy}


  1. Dispers faza zarrachalarining tashki elektr maydoni ta’sirida harakatlanishi nima deyiladi?

{=Elektroforez
~Elektroosmos
~Diffuziya
~Dissotsiatsiya}


  1. Dispers muhitning tashqi elektr maydoni ta’sirida harakatlanishi nima deyiladi?

{=Elektroosmos
~Elektrodializ
~Elektroforez
~Diffuziya}


  1. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta’sirida o’zaro birlashib, yirik agregatlar hosil qilish jarayoni qanday nomlanadi?

{=Koagulyatsiya
~Sedimentatsiya
~Peptizatsiya
~Flotasiya}


  1. Kolloid sistemalar qaysi usullar bilan tozalanadi?

{=Dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya.
~Dializ, koagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya
~Dializ, elektrodializ, stabilizatsiya
~Dializ, koagulyatsiya, sensibilizatsiya}


  1. Dispers sistema nima?

{=Bir moddaning mayda zarrachalari dispersion muhitda tarqalishdan hosil bo’lgan geterogen sistema
~Qattik modda zarrachalarining erituvchida erishidan hosil bo’lgan sistema
~Ikkita bir-biri bilan aralashmaydigan suyuqliklardan iborat gomogen sistema
~Qattik modda zarrachalarining erituvchida erimasligidan hosil bo’lgan sistema}


  1. Shulse-Gardi qoidasi

{=Koagulyatsiyani elektrolitning bitta ioni qarama-qarshi zaryadlanganini chaqiradi va uning valentligi qancha katta bo’lsa, koagulyatsiya chegarasi shuncha katta bo’ladi.
~Koagulyatsiyani elektrolitning bitta ioni qarama-qarshi zaryadlanganini chaqiradi va uning valentligi qancha katta bo’lsa, koagulyatsiya chegarasi shuncha kichik bo’ladi
~Koagulyatsiyani elektrolitning bir xil zaryadlangan ioni chaqiradi, uning valentligi qancha kichik bo’lsa, koagulyatsiya chegarasi shuncha kichik bo’ladi
~Koagulyatsiyani elektrolitning bitta ioni qarama-qarshi zaryadlangani chaqiradi va uning valentligi qancha kichik bo’lsa, koagulyatsiya chegarasi shuncha katta bo’ladi}


  1. Elektr yoyi yordamida metallarni maydalab zol olish kolloid eritma olishning qaysi usuli hisoblanadi?

{=Metallarni elektr yordami bilan “changlatish” usuli
~Peptizatsiya usuli
~Kimyoviy kondensatsiya usuli
~Fizikaviy kondensatsiya usuli}


  1. Nodir metallarning gidrozollari qaysi kolloid sistemaga kiradi?

{=Gidrofob
~Gidrofil
~Liofil
~Benzazol}


  1. Aerozollarda dispers faza qanday agregat holatda bo‘ladi?

{=Suyuq va qattiq
~Suyuq va gaz
~Qattiq va gaz
~Gaz}


  1. Zollar deb qanday kolloid sistemalarga aytiladi?

{=Disperslik darajasi yuqori bo’lgan kolloid sistemalarga
~Disperslik darajasi kichik bo’lgan kolloid sistemalarga
~Disperslik darajasi past bo’lgan kolloid sistemalarga
~Disperslik darajasi o’rtacha bo’lgan kolloid sistemalarga}


  1. Ko‘piklar deganda nimani tushunasiz?

{=Dispersion muhiti suyuq, dispers fazasi gaz bo’lgan dispers sistemani.
~Dispersion muhiti gaz, dispersion fazasi suyuq bo’lgan dispers sistemani
~Dispersion muhiti suyuq, dispersion fazasi qattiq bo’lgan dispers sistemani
~Dispersion muhiti va dispersion fazasi suyuq bo’lgan dispers sistemani}


  1. Sedimentatsion (kinetik) barqarorlik nima?

{=Zol zarrachalarini cho’kishiga (sedimentatsiyasiga) qarshilik ko’rsatishi.
~Zol zarrachalarini yiriklashishiga bo’lgan qarshilik
~Zol zarrachalarining yiriklashishi
~Zollardagi fazalar ajralishi}


  1. Koagulyatsiya chegarasi nima?

{=Koagulyatsiya chaqirish uchun sarflanadigan elektrolitning millimol bilan ifodalanadigan minimal miqdori.
~Elektrolitni koagulyatsiya chaqirish qobiliyati
~Koagulyatsiya chaqirish qobiliyatini ion valentligiga bogliqligi
~Bitta zolni boshqa zol bilan koagulyatsiyalanishi}


  1. Alkazol va gidrozolning farqi nimada?

{=Alkazolda dispersion muhit spirt, gidrozolda dispersion muhit suv bo’ladi.
~Dispers faza tabiati bilan farqlanadi
~Dispers muhit va dispers faza tabiati bilan farqlanadi
~Saqlash usuli bilan farqlanadi}


  1. Nabuxametr asbobi qaysi jarayonni amalga oshirishda qo‘llaniladi?

{=Bo’kish jarayonini o’rganishda.
~Kolloid eritma olishda
~Zollarni agregatlashda
~Zolni cho’ktirishda}


  1. Metallarni elektr yordami bilan “changlatish” usulini kim taklif etgan?

{=1898 yil Bredig
~1827 yil Braun
~1856 yil Shalnikov
~1894 yil Roginskiy}


  1. Kolloid sistemani olish uchun qanday komponentlarning bo‘lishi shart?

{=Dispers faza, dispersion muhit va stabilizator
~Dispers faza va dispersion muhit
~Dispers faza
~Dispersion muhit}



  1. Erigan modda zarrachalarining o’lchami 100 nm dan katta bo’lgan sistemaga nima deyiladi?

{=Dagal dispers sistema
~Emulsiya
~Chin eritma
~Суспензия}



  1. Oltin tuzining qaytarilishi natijasida oltin zoli olinadi, bu kolloid eritma olishning qaysi usuli hisoblanadi?

{=Kimyoviy kondensatsiya usuli
~Dispersion usuli
~Polikondensatsion usuli
~Peptizasiya usuli}



  1. Vodorod sulfidni oksidlab oltingugurt zoli olindi. Zol qaysi usul yordamida olindi?

{=Kimyoviy kondensatsiya
~Ultratovush;
~Peptizatsiya;
~Fizikaviy kondensatsiya}



  1. Faradey-Tindal effekti liofob zollarning qaysi xossasiga mansub ?

{=Optik xossasi
~Molekulyar-kinetik xossasi
~Elektrik xossasi
~Osmos xossasi}



  1. Dispers faza zarrachalarining eritmaning butun hajmi bo’ylab bir tekis tarqalishi nima deb ataladi ?

{=Diffuziya hodisasi
~Broun xarakati hodisasi
~Sedimentatsiya hodisasi
~Koagulyatsiya hodisasi}



  1. Dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchi ta’sirida idish tubiga cho’kishi qanday hodisa ?

{=Sedimentatsiya hodisasi
~Broun harakati hodisasi
~Diffuziya hodisasi
~Koagulyatsiya hodisasi}



  1. Liofob zollarda yorug’ konus hosil bo’lishini kim aniqlagan?

{=Faradey va Tindal
~Grem va Selmi
~Smoluxovskiy va Korshak
~Broun va Grem}



  1. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta’sirida o’zaro birlashib, yirik agregatlar hosil qilish jarayoni qanday nomlanadi?

{=Koagulyatsiya
~Koatservatsiya
~Sedimentatsiya
~Peptizatsiya}



  1. Elektrolitlar ishtirokidagi koagulyatsiya qaysi qoida bo’yicha boradi?

{=Shulse - Gardi
~Peskov - Fayans
~Gelmgols
~Shtern}



  1. Kolloid sistemalar qaysi usullar bilan tozalanadi?

{=Dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya
~Dializ, koagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya
~Dializ, stabilizatsiya, ultrafiltratsiya
~Dializ, elektrodializ, stabilizatsiya}



  1. Sistemada erituvchini o‘zgartirish yo’li bilan zol olish kolloid eritma olishning qaysi usuli hisoblanadi?

{=Fizikaviy kondensatsiya usuli
~Mexanik usuli
~Peptizatsiya usuli
~Kimyoviy kondensatsiya usuli}



  1. Nodir metallarning gidrozollari qaysi sistemaga kiradi?

{=Gidrofob
~Gidrofil
~Aerozol
~Liozol}



  1. Elektroforez nima?

{=Kolloid zarrachalarni tashqi elektr maydoni ta’sirida harakatlanishi
~Kolloid eritma suyuqligining tashqi elektr maydoni ta’sirida harakatlanishi
~Kolloid eritmaning tashqi elektr toki maydoni ta’sirida harakatlanishi
~Kolloid eritmaning harakatlanishi}



  1. Suspenziyalar va zollar orasidagi farq nimadan iborat?

{=Dispers faza zarrachasining o‘lchami bilan farqlanadi
~Dispersion muhiti har xil
~Dispersion muhiti suyuq va gaz holatida
~Dispers fazasi bilan farqlanadi}



  1. Aerozollarda dispersion muhiti qanday agregat holatda bo‘ladi?

{=Gaz
~Qattik
~Suyuk
~Suyuk va qattiq}



  1. Emulsiyalarga qanday dispers sistemalar kiradi?

{=Dispersion muhiti va dispers fazasi suyuq
~Dispersion muhiti va dispers fazasi qattiq
~Dispersion muhiti suyuq va dispers fazasi qattiq
~Dispersion muhiti gaz va dispers fazasi suyuq}



  1. Ko‘piklar deganda nimani tushunasiz?

{=Dispersion muhiti suyuq, dispers fazasi gaz bo‘lgan dispers sistema
~Dispersion muhiti gaz, dispers fazasi suyuq dispers sistema
~Dispersion muhiti suyuq, dispers fazasi qattiq dispers sistema
~Dispersion muhiti va dispers fazasi suyuq dispers sistema}



  1. Sedimentatsion (kinetik) barqarorlik nima?

{=Zol zarrachalarini cho‘kishiga (sedimentatsiyasiga qarshilik ko‘rsatishi
~Zol zarrachalarini yiriklashishiga bo‘lgan qarshilik
~Zollardagi fazalar ajralishi
~Zol zarrachalarining yiriklashishi}



  1. Agregativ barqarorlik nima?

{=Zol zarrachalarining bir xil zaryadga ega bo‘lib, agregatlanishiga bo‘lgan qarshilik
~Zol zarrachalarini cho‘kishiga yo’l qo‘ymaslik
~Kolloid eritmalarning zarrachalarini cho‘kishdan saqlash qobiliyati
~Zollarni sedimentatsiyadan saqlash}



  1. Kolloid eritmalarni umumiy olish usullari.

{=Disperslash va kondensatsiyalash
~Elektrolitlar ta’sir ettirish
~Elektr toki ta’sir ettirish
~Ultratovush ta’sir ettirish}



  1. Roginskiy va Shalnikov asbobida nima olinadi?

{=Metallarning organozollari
~YuMB lar eritmasi
~Sirt faol moddalar eritmasi
~Mitsellalar}



  1. Kanifolning spirtli eritmasiga suv qo’shib kolloid eritma olindi. Bu qanday usul?

{=Erituvchini almashtirish usuli
~Cho’ktirish usuli
~Kimyoviy usul
~Kondensatsiya usuli}



  1. Alkazol va gidrozolning farqi nimada?

{=Alkazolda dispersion muhit spirt, gidrozolda dispersion muhit suv bo‘ladi.
~Dispers faza tabiati bilan farqlanadi.
~Dispersion muhit va dispers faza tabiati bilan farqlanadi.
~Olish usuli bilan farqlanadi}



  1. Peptizatsiya nima?

{=Yangi hosil bo‘lgan cho‘kmalarni kolloid eritmaga o‘tkazish usuli.
~Koagulyatsiya
~YuMB lar eritmasini olish usuli
~Kolloidlarni himoya usuli}



  1. Bevosita peptizatsiya usuli?

{=Peptizatorning o‘zi zarracha sirtiga adsorbsiyalansa
~Cho’kmani ko‘p erituvchi ta’sirida kolloid eritmaga o‘tkazish.
~Raginskiy-Shalnikov usulida kolloid eritma olish.
~Yangi hosil bo‘lgan cho‘kmadan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri kolloid eritma olish}



  1. Erigan modda zarrachalarining o‘lchami 1-100 nm bo‘lgan eritma qanday eritma deyiladi ?

{=Kolloid eritma
~Emulsiya
~Chin eritma
~Qotishma}



  1. Erigan modda zarrachalarining o‘lchami 100 nm dan katta bo‘lgan sistemalar qanday nomlanadi?

{=Dagal dispers sistema
~Chin eritma
~Kolloid eritma
~Aralashma}



  1. Quyidagi eritmalardan qaysi biri kolloid eritma hisoblanadi?

{=sut
~osh tuzining suvdagi eritmasi
~loy
~jelatina}



  1. Qaysi ximiyaviy tushuncha tarqalmoq ma’nosini bildiradi?

{=Dispers
~Faza
~Sistema
~Muhit}



  1. Bug‘ning kondensatlanishi jarayoni tufayli sistemada tuman hosil bo‘ladi. Bu kolloid eritma olishning qaysi usuliga kiradi?

{=Fizikaviy kondensatsiya usuli
~Mexanik usul
~Ximiyaviy kondensatsiya usuli
~Ultratovush usuli}



  1. Vodorod sulfid oksidlantirib, oltingugurt zoli olindi, bu kolloid eritma olishning qaysi usuliga kiradi?

{=Ximiyaviy kondensatsiya usuli
~Dispersion usul
~Polikondensatsion usul
~Fizikaviy kondensatsion usuli}



  1. Oltin tuzining qaytarilishi natijasida oltin zoli olinadi, bu kolloid eritma olishning qaysi usuliga talluqli?

{=Ximiyaviy kondensatsiya usul
~Fizikaviy kondensatsiya usul
~Ultratovush usuli
~Mexanik usul}



  1. Dializator asbobi qaysi jarayonni amalga oshirishda qo‘llaniladi?

{=Zollarni tozalashda
~Kolloid eritma olishda
~Zollarni agregatlashda
~Zolni chin eritmaga aylantirishda}

  1. Kolloid eritmalarda kolloid zarrachalarni cho‘ktirib tozalashda qaysi usul qo‘llaniladi?

{=Sentrifugalash
~Dializ
~Ultrafiltratsiya
~Filtrlash}



  1. Dispers faza zarrachalarining o‘lchamlariga qarab tushayotgan yorug‘lik ta’sirida kolloid eritma xar xil rangga ega bo‘ladi. Bu kolloid sistemaning qaysi xossasiga mansub?

{=Optik xossasi
~Diffuziya
~Broun harakati
~Sedimentatsiya}



  1. Eritmada zarrachalar uzluksiz tartibsiz harakat qiladi. Bu harakat-?

{=Broun harakati
~Diffuziya
~Optik xossasi
~Osmos xossasi}



  1. Dispers sistemalarning asosiy belgilarini ko‘rsating.

{=Disperislik va geterogenlik
~Geterogenlik
~Ko‘p fazalilik
~Termodinamik beqarorlik}



  1. Kolloid sistemalarning olinish usullarini aytib bering.

{=Kondensatsiya, dispergatsiya, peptizatsiya
~Kondensatsiya, koagulyatsiya, peptizatsiya, stabilizatsiya
~Kondensatsiya, koagulyatsiya, stabilizatsiya, erituvchini almashtirish
~Kondensatsiya, dispergatsiya, elektroforez, koagulyatsiya}



  1. Adsorbentdan yutilgan moddani qaytarib chiqarishga nima deyiladi?

{=Desorbsiya
~Adsorbsiya
~Xemosorbsiya
~Sorbsiya}
Download 157,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish