Komputer lingofon sinflari turlari



Download 103 Kb.
Sana17.03.2023
Hajmi103 Kb.
#920007
Bog'liq
KOMPUTER LINGOFON SINFLARI TURLARI.




KOMPUTER LINGOFON SINFLARI TURLARI.

REJA:
1)axborot texnologiyalari vositasida ta`lim jarayonini tashkil etish.


2)boshlang'ich ta'limda axborot texnologiyalari va
multimediali darslarni tashkil etish.
3)ta'limda zamonaviy axborot vositalarining o'rni.

Virtual laboratoriya mashg'ulotlarining imkoniyatlari. Virtual laboratoriyalarni yaratishning maqsadlaridan biri-o'rganish jarayonini har tomonlama to'liq vizuallashtirish, asosiy vazifalardan biri-o'quvchini jarayonining mazmun-mohiyati to'liq idrok etish va tushunishdir. Virtual laboratoriyaningvazifalari:


-ko'rgazmali illustratsiya va o'rganiladigan qonunlarning to'g'riligini isbotlash;
-o'tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda
Sinfda havoning tozaligini ta'minlash;
-tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa ta'lim oluvchilar
mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining
rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi;
-dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy
mashg'ulotlar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etadi, bu o'qitish sifat va,
samaradorligi o'quvchilarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko'maklashadi;
-virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi tadqiqotchilik harakteridagi
tadqiqotlarni o'tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi,ma'lum metodik
jihatdan asoslangan vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo'shimcha
sifatida foydalanish mumkin;
-kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda
o'quvchilarning subektiv tajribasini ta'minlaydi.
-ta'lim muassasasi o'quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va
axborot texnologiyalarini joriy qilish;
-seminar mashg'ulotlari doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish;
-malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish.
Virtual laboratoriyalarningimkoniyatlari: qimmat laboratoriya asboblarini
sotib olishga ehtiyojning yo'qligi.
; Virtual jarayonni boshqarish kompyutеrning zimmasiga tushishini hisobga
olib, kiritilayotgan paramеtrlarni o'zgartirib, tajribalar sеriyasini o'tkazish
imkoniyati mavjudligi; o'tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning
boshqa masshtablarida kuzatish mumkinligi. Bundan tashqari, virtual axborot-ta'lim
laboratoriyasi sharoitida o'quv modеllashtirish orqali bilimning yangi
sohalarini o'rganishda o'quvchilarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil
faolligi ortadi, hayotiy faoliyati davomida yuzaga kеladigan muammolarning yеchimi,
variantlarini mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda
qo'llashgatayyorlik shakllanadi.
Dеmak, o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga ko'maklashadigan
virtual laboratoriyalardan foydalanish, elеktron ta'limiy kompyutеr
mahsulotin ijoriy qilishda muvaffaqiyatning uzviy qismi sanaladi. Topshiriqlarning
elеktron shaklda: audio, vidеo, animatsiyalarni qo'llagan holda bеrilishi talabalarda
kuchli qiziqish uyg’otadi. Laboratoriya topshiriqlari natijalarining avtomatik
tarzda jamlanishi, o'qituvchiga yеngillik yaratadi. Laboratoriya mashg’uloti
topshiriqlarining talabalar tomonidan qayta takroriy bajarilishi asosida ko'nikma va malakalarningtarkib topish jarayoni jadallashadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediya vositalarini mashg'ulotlarda qo'llash
afzalliklari asosida bolalarga kompyuter texnalogiyasini o'rgatish, bolada
-har bir mavzu bo'yicha dinamik ko'rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarinitasavvur qilish.
O'qituvchilar komp'yuter texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish
bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo'llay olishi lozim:
Yangi o'quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan
foydalanish;
-internet, o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahusulotlar asosida darslarni
tashkiletishi;
-darsga metodik tayyorlanish, qo'shimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirish,
didaktikmateriallarni tayyorlash;
-kompyuter texnologiyalari asosida o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda
foydalanish malakalari. Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko'rgazmali material sifatida foydalanish o'qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O'quv materialining elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o'tilayotgan materialning berilishi mavzuni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Slaydlarga o'quvchilar o'zlarini munosabatini bildirishi,uni tahlil qilishi mumkin.
Bu orqali o'quvchilar quyidagi malakalarga ega bo'ladilar:
-grafika axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha;
-muhokama etilayotgan mavzu bo'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;
-o'zining o'quv- biluv faoliyatini rejalashtirish;
Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui-ma'lumotnomalar,
entsiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar,
animatsiyalar,matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz,musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin.
Bugungi kun o'qituvchilariga qo'yilayotgan talab,dars jarayonida axborot
texnologiyalarni qo'llay olishi,o'quvchilarni kompyuterdan erkin
foydalanishga,zamonaviybilimlarni puxta egallashga,ma'nan yetuk shaxs bo'lib yetishiga o'rgatishdan iborat.



BOSHLANG'ICH TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH

Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot


texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot
texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga
yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim
etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida,
yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim.
.Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning
kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga:
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish;
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga:
- fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
- ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
- mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini
tanlash;
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va
unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir
.
Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:
- fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish;
- o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;
-o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish;
- bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;
- o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik
yordam ko'rsatish.
Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta
samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars
ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan
asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv
faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir.

Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan


ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TA`LIM JARAYONINI


TASHKIL ETISH.

“Ta`lim to'g'risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ belgilab bergan


vazifalarni amalga oshirish borasida ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar
natijasida tashkil qilingan va qilinayotgan ta`lim muassasalari zimmasiga har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan hissa qo'shish topshirilgan.
Ta`lim tizimiga pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish
bugungi kunning muhim masalalari sirasiga kiradi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga
axborot kommunikativ texnologiyalarni joriy etish orqali bir qancha qulayliklar yaratiladi. An`anaviy o'qitish texnologiyalarining kamchiliklari to'g'risida pedagogika
sohasidagi ko'pgina adabiyotlarda ba`zi fikrlar mavjud. Jumladan, V.I.Oneshinko va
M.N.Gendillarning fikricha, hozirgi vaqtda ma`ruza - bu umumlashtiruvchi jarayonni bildirib, bir tomondan o'qituvchining ma`lumotlarini jamlab berishini ta`minlasa, ikkinchi tomondan, talabalarning tushunish va fikrlash jarayonini ifodalaydi. Ma`ruza o'qishda o'qituvchi berilayotgan materialni har xil ko'rinishda (nutqning darajasi, past yoki baland, takrorlash, qo'shimcha namoyish qilish)
bayon qilishi mumkin. Boshqa tomondan, o'qituvchi talabalarga bunga qachon
ehtiyoj tug'ilayotganligini aniq bilmasligi mumkin. Ko'rgazmali qurollardan foydalanib
dars berish ta`limning ko'rgazmali metodlari qatoriga kiradi. Ko'rgazmali qurollarning xarakteri o'quv materiallarini tushunishga muhim ta`sir ko'rsatadi, talaba fikrining mazmuni va tuzilishini belgilaydi. Ta`lim jarayonining pedagogik-psixologik qonuniyatlari shu narsani ko'rsatadiki,o'qish - o'qitishdagi ko'rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv (ko'z bilan kuzatiladigan) vazifani bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligi oshadi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika- su`niy intellect nazariyasiga asosan murakkab ob`yektlar kompyuter suratchalari ko'rinishida tasvirlanadi. Bunda o'quv materialining tarkibiy tuzilmasi sifatida
rangli ko'rinishdagi kognitiv - grafik o'quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi.
Shuning uchun rasmlar o'quv materialining asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa, o'z navbatida birinchidan talabaning ko'rish va fazoviy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, chunki bunda o'rganish jarayoniga miyaning o'ng yarim shari boy imkoniyatlari qo'shiladi, ikkinchidan, o'quv materiali mazmunini o'zida zich joylashtirib, uni ravshan ifoda etuvchi surat (rasm) talabada tizimli bilim shakllanishiga

,yordam beradi. Uchinchidan, kompyuter ekranidagi rangli suratlar, o'quv - axborot materialini talaba tomonidan qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi.


Axborot texnologiyalari vositasida talabaning bilim olishi, fikrlashida, xuddi ikkita
mexanizmdan foydalangandek bo'ladi: ularning biri belgili (simvolli) bo'lsa, ikkinchisi
geometric (algebrik)bo'ladi.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonini faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik mexanizmlarini o'z ichiga olgan, bilim berish-uyg'unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik axborot miyaning o'ng yarimsharlari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma`lumotli mutaxassis uchun zarur bo'lgan tasviriy fikrlash qobilyatini, intuitsiyani rivojlantiradi. Intuitsiyaning eng katta boylik ekanligi ta`kidlanib, A.Eynshteyn shunday degan edi: ”Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan belgilar orqali,shu bilan birga biz anglamasdan kechadi”. Shuning bilan birga ko'rgazmali axborotning o'g'zakidan ko'ra ahamiyatliroq va samaraliroq ekanligini ta`kidlash lozim. Odam fiziologiyasi fanining ma`lumotlariga ko'ra, ko'rish analizatorining axborotni o'tkazish qobilyati, eshitish analizatoriga nisbatan juda yuqoridir. Bu esa, o'z navbatida, ko'rish tizimiga inson qabul qiladigan axborotning qariyib 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Shu bois ham o'quv
materiali (axborot) qabul qilish va eslashga og'zaki axborotni qabul qilish hamda
eslashga nisbatan kam vaqt sarf qilinadi.
Ta`lim jarayonida ko'rgazmali axborot ishlatilganda talabalarda taassurot hosil
bo'lishi uni og'zaki bayon qilishga nisbatan o'rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Talabaning ko'rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, hayratlanishi og'zaki yetkazilgan axborotga nisbatan ancha yuqori bo'lishini ta`kidlash joizdir. Ta`lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda, o'quv materialini yetkazishning og'zaki usuliga qayta - qayta takrorlash osonligini va uning aniqligini hisobga olish zarurligini ta`kidlash lozim. Kompyuter texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonini rejalashtirishda o'quv materialini talabaga ko'gazmali tarzda uzatishda uning yana bir muhim afzalligini, ya`ni ko'rgazmali axborotda, uning talaba tomonidan qabul qilinishi va eslash samarasi, mazkur axborot ko'rsatilgandan keyin o'tgan muddatning uzoqligiga bog'liq emasligini yodda tutish lozim. Ayni paytda, buni og'zaki axborotni o'zlashtirish uchun aytib bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ko'rgazmali metodlarni og'zaki metodlardan ajratib bo'lmaydi, chunki har bir ko'rgazmali qo'llanma tushuntiriladi, tahlil qilinadi, o'rganilayotgan
masalani yorituvchi qo'shimcha yoki asosiy axborot manbai hisoblanadi. Shuning
uchun ta`limning ko'rgazmali metodlari suhbatni ham, ta`rif- u tavsifni ham, hikoyani ham, tushuntirishni ham, mustaqil o'rganishni ham o'z ichiga oladi.
Ko'rgazmali
qo'llanmalardan foydalanishda talabaning hissiy obrazlariga, sezgi va idrokiga ko'proq tayanib ish tutish, uning bilish faoliyatiga o'ziga xos struktura baxsh etadi. Talaba obrazli, konkret fikr yuritadi, bu holalarni tushuntirishga o'rganish uchun yaxshi negiz bo'ladi. O'qituvchi avvalo, talabaning ma`lum bir o'quv materialini o'zlashtirishi jarayonida hissiy obraz qanday o'rin egallashini va qanday ahamiyatga molik bo'lishini bilishi kerak. Nazariya qanchalik chuqurlashsa, hissiy idrokdan bilimlar shuncha ko'proq abstraktlashadi.
Talabalarning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalari yordamida ko'rgazmali
tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim. Birinchi vazifa - ko'rgazmali qurol
asosida o'rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish; Ikkinchidan,
ko'rgazmali qurolning o'zi talabalarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil etish; uchunchidan, vazifa - nazariy bog'liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o'quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir. Bundan ko'rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv materiallarini obrazlar yordamida o'quv materiallarini obrazlar ko'rinishida ifodalash orqali ta`lim metodlaridagi: og'zaki tushuntirish, ko'rgazmali va amaliy metodlarga xos xususiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish mumkin ekan. Ta`lim metodlarining birgalikda bajarilishi talabalarning o'quv materialini o'zlashtirishni oshirish, tushunchalar ko'rinishida fikr mulohaza yuritishi va aqliy o'sishiga zamin yaratadi.
Kompyuter taqdimotini tayyorlashda o'qituvchi mavzuni aniq, qisqa va lo'nda tarzda
berishi, tezislardan foydalanishi, ko'proq uning multimedia xususiyatlari, ya`ni
ranglar, ovoz va suratlardan fodalanishi zarur. Birdaniga, juda ham ko'p mavzuga oid raqamlar va faktlarning berilishi o'quvchilarni charchatish bilan birga, ularni zeriktirishi ham mumkin. O'tilgan mavzuni qaytarish va uyga vazifa berishda ham o'qituvchi slaydlar orqali namuna sifatida yechilgan misollarni ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa
hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo'lmaydi. Shunday ekan, axborot
texnologiyalari ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni yechish imkonini beradi: didaktik-kompyuter dasturlaridan ko'rgazmali qurol sifatida foydalanish, uslubiy-mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish usullarini belgilash, tashkiliy-ta`lim jarayonini qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish, ta`limiy -o'quvchilarda o'tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Darsda kompyuterdan
foydalanish nafaqat ta`lim vaqtini tejaydi, shu bilan birgalikda ta`lim jarayonining
samaradorligini oshiradi.
.
TA'LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI
QO`LLASH

Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Olingan


axborotlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifodalanadi. Belgili ko`rinishdagi axborot asosan harflar,raqamlar, belgilar ko`rinishidan iborat bo`ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi.. Jahonda juda ko`plab kitoblar, jurnallar, gazetalar matnli ko`rinishda chop etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi,fotografiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi.
XX asrning 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy
kompyuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga
keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnologiyalar,uslublar, kompyuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi sifat
axboroti olish uchun ma'lumotlar yozish, ishlov berish va uzatishning vosita va uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon
olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni
odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni axborotlashtirishning yuqori darajasini ta`minlashga imkon beradi.
Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo'lmog'i lozim.
Axborotlashtirilgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik a`zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga
oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga konpyuter va telekommmunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi komyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo`ladilar. Axborot jamiyatida kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo`naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki,natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi.



  1. 4ta


Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish