Kompyuter arxitekturasi faniga kirish ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan


§ Charlz Bebbij – tarixda birinchi haqiqiy kompyuter ixtirochisi



Download 6,31 Mb.
bet3/9
Sana18.03.2022
Hajmi6,31 Mb.
#499589
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu. Ma\'ruza. K. Taqdimot. KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIGA KIRISH

§ Charlz Bebbij – tarixda birinchi haqiqiy kompyuter ixtirochisi

1-rasm
Charlz Bebbij— ingliz matematigi, birinchi avtomatik raqamli kompyuter ixtirochisi. U zamonaviy ingliz pochta tizimini yaratib, dastlabki ishonchli aktual jadvallar ishlab chiqqan, turli xil spidometrlar va temir yo‘llarni tozalagich qurilmasini ixtiro qilgan.
Elektroaloqa tarixida birinchi haqiqiy kompyuter ixtirochisi Charlz Bebbij (Charles Babbage) 1791-yilda Angliyada tavallud topgan, otasi bank xodimi bo‘l­gan. U jismoman zaif bola bo‘lgani uchun 11 yoshigacha o‘z uyida o‘qitilgan. Charlz Bebbij bolalikdan matematikaga qiziqqan (uning uchun matematikaga oid kitoblar xuddi badiiy asardek huzur bag‘ishlardi), mexanik o‘yinchoqlarni juda yoqtirardi. Charlz Bebbij bunday o‘yinchoqlarni keyinchalik o‘zi ham yasay boshlagan. 1810-yilda Charlz Kembrij universiteti Triniti—kollejiga o‘qishga kiradi va unga o‘z tengdoshlari orasida matematikani yaxshiroq bilishi ma’lum bo‘lib qoladi. Charlz Bebbij paroxodlar va parovozlar insonlarga yaxshi imkoniyatlar taqdim etayotgan bir davrda yasharkan, uning qalbida insonlarni murakkab hisob-kitoblardan xalos etish borasida yordam berish orzusi paydo bo‘ladi U: «Mening harakatlarim odamlarga xomxayoldek tuyulsa ham, aniq ishonch bilan ta’kidlay olamanki, bu intilishim natijasi ajoyib mo‘jiza bo‘ladi» — derdi. Bebbijga ishonmagan ko‘plab olimlar va donishmandlarni lol qoldirib, o‘z ixtirosi — insoniyat tarixida birinchi avtomatik hisoblash mashinasini yaratish bilan u o‘z fikrini tasdiqlay olgandi. Bolalikdan matematikaga bo‘lgan qiziqishlari sababli Bebbij Triniti kollejida ham oxirigacha o‘qiy olmay, undan ketib qoladi. 1814-yildan u matematikaga oid ta’limni boshqa muassasalarda davom ettira boshlaydi…

2-rasm
Nihoyat 1822-yilda qo‘lda ishlatiladigan hisoblash mashinasini loyihalalashtirishga erishadi. Bebbijning dastlabki mashinasi juda murakkab arifmometr bo‘lib, uni «Farqlar mashinasi» deb nomlaydi. Bebbij uni asta takomillashtira borib, nihoyat mashinaning loyihasini shunchalik murakkablashtiradiki, hatto hozirgi davrda ham bunday apparatni qurish ancha muammoli ish bo‘lishi mumkin edi… Bebbij ushbu loyihasini oxiriga yetkazmay, yanada qiziqtirgan boshqa ishlarga chalg‘ib ketadi. Biroq mazkur mashina uning ixtirochisi tomonidan qurilmagan bo‘lsada, bu sohada hisoblash texnikasining kelgusidagi rivoji uchun xizmat qiladigan qimmatli bilimlarni taqdim etgan.


3-rasm
Bebbij yaratgan EHM bugungi kundagi kompyuterlarning barcha asosiy qismlari: sonlarni saqlash uchun jamlagich, arifmetik qurilma, mexanizmlar, operatsiyalar ketma-ketligini boshqargich, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmasiga ega edi. Bebbijgacha hech kim bunday universal hisoblagich yaratmagandi. Hatto bir necha yil avval Blez Paskal yaratgan «arifmometr» ham mohiyatiga ko‘ra murakkablashtirilgan sodda hisoblagich edi xolos. Shunday qilib, dastlabki kompyuter 1834-yilda yaratilgan, unda: yog‘ochdan ishlangan «diskovod», kartonli perfokartalar, tishli va richagli «protsessor» mavjud edi… Charlz Bebbijning «analitik» mashinasi — mexanik apparat bo‘lib, hisoblashni avtomatlashtirishga mo‘jallangandi. Mazkur mashinaning logarifmik va trigonometrik funksiyalari uni universal hisoblash qurilmasi deb atash imkonini berardi. Universal hisoblash mashinasi zamonaviy raqamli kompyuterlarimizning munosib ajdodi edi. Bebbijning yagona mantiqiy sxemasiga asoslangan arifmetik qurilmasi (uni o‘zi «tegirmon» deb ataydi), xotira registrlari («ombor») va uch turdagi perfokartalar yordamida amalga oshirilgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Perfokartalar yordamida mashina qo‘shish, bo‘lish, ko‘paytirish operatsiyalarini amalga oshiradi. Perfokartalar ma’lumotlarni arifmetik qurilma xotirasidan uzatish va aksincha amallarning boshqarilishida qo‘llanilgan. Sonli perfokartalar ma’lumotlarni mashinaga kiritish va agar xotirasiga joy yetarli bo‘lsa, hisoblash natijalarini saqlashda qo‘llanilgan.
1843-1849 yillarda Bebbij mazkur mashina chizmalarining to‘liq jamlanmasini taqdim etdi.


    1. Download 6,31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish