Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr



Download 9,67 Mb.
bet14/134
Sana12.11.2022
Hajmi9,67 Mb.
#864730
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semes

Tarmoqning funksional modeli.
Funksional model tarmoqning fizikaviy amalga oshirilishi tamoyillariga bog‘liq bo‘lmagan holda tarmoqni mantiqiy darajada mavhum ravishda tasvirlaydi. Model' elementlar sifatida ko‘rib chiqilayotgan tarmoq funksiyalarining o‘zaro ta'sirini aks ettiradi.
Funksiya-mantiqiy element bo‘lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy ravishda funksiya apparat bilan yoki dasturiy mahsulot (funksional ob'ekt) ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi holatda funksiyalarni ob'ekt deb nomlash qabul qilingan. Funksiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy modul deb ataluvchi alohida funksional tizim osti birliklar guruhiga birlashtirish mumkin.
Tarmoqda bajariladigan funksiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
-amaliy (qo‘llanish) funksiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma'muriyati ilova ob'ektlari;
-xizmatlarni boshqarish funksiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va foydalanuvchini mazkur xizmatlar o‘zaro ta'siri bilan boshqarish imkoniyatini beradigan ob'ektlar;
-tarmoqni ma'muriy boshqaruv funksiyalari-hamma boshqa funksiyalar boshqaruvini amalga oshiradigan ob'ektlar;
-ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash funksiyalari-ilova obyektlarini chaqirish va boshqarish, ularning o‘zaro ta'sirini hamda ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta'minlab beradigan ob'ektlar;
-kommutasion funksiyalar-axborot oqimlarini boshqarish va transport funksiyalari (ular kommunikasion tugunlarda qayta taqsimlanganda).
Tarmoq funksiyalari o‘zaro ta'sir tartibi funksional model' elementlar aloqasini belgilab beradi. Bunday o‘zaro ta'sirni alohida funksiyalar (ob'ektlar) yoki mantiqiy modullar o‘rtasida to‘liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U elementlar o‘zaro ta'sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim etish formatini belgilab beradi. Bir turdagi funksiyalar (ob'ektlar) o‘rtasidagi mantiqiy interfeys protokol deb ataladi. Kommunikasion funksiyalar o‘rtasidagi mantiqiy interfeys telekommunikasion tarmoqning funksional etalon nuqtasi deb ataladi.
Funksiyalar (obyektlar) quyidagi tamoyillarga asoslanib mantiqiy modullarga birlashtiriladi:
Tarmoq segmentlari modullarini funksional darajada tashkil qilish. Misol tariqasida telekommunikasion tarmoq segmentlarida transport funksiyasi va oqimlar boshqaruv funksiyasining birgalikda amalga oshirilganligini keltirsak bo‘ladi (3.9-rasm). Transport va oqimlar boshqaruvi funksiyali segment mantiqiy modullari yig‘indisi sifatida qabul qilinadigan har qanday telekommunikasion tarmoqni funksional modelda ko‘p hollarda transport tarmog‘i (transport tarmog‘i tushunchasining yana bir tavsifi) deb ataladi.


3.9-rasm. Funksional pog‘onada segment modullarini tashkil qilish:
I-interfeys (funksional etalon nuqta), NTU-terminator.


Domen tashkil qilinishi. Bu holatda funksiyalar mansublik tamoyiliga asosan birlashtiriladi. Bunda ularning apparat vosita yoki dasturiy mahsulotlarda amalga oshirilganda birgalikdagi harakatni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Misol tariqasida foydalanuvchi domeni va tarmoq operatorini domenini (3.10.-rasm) keltirsa bo‘ladi.
Domen funksiyalarini (obyektlarini) aniq tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Foydalanuvchi va tarmoq operatorlarning domen konfiguratsiyalari turli bo‘lishi mumkin va turli omillarga bog‘liq. Omillardan asosiysi tarmoqning turli xizmatlar va ilovalar ko‘rsatishga layoqatliligidir.
Xizmatlar taqdim qilish platformalarini tashkil qilish aniq xizmat yoki xizmatlar majmuasini ko‘rsatish uchun ishtiroki talab qilingan aloqaning turli operatorlarini domeni va segment modullarini birikishiga asoslanadi.



3.10.-rasm. Foydalanuvchi domeni va tarmoq operatori domeni




    1. Download 9,67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish