Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari



Download 57 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2021
Hajmi57 Kb.
#108349
  1   2
Bog'liq
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularni


Aim.uz

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari

Konstitutsiyaviy huquq normalarini hayotga tadbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar deb, Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarning ishtirokchilari konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan o`rnatilgan huquq va majburiyatlar bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Uning ishtirokchilari o`zaro yuridik aloqada bo`ladi, chunki ular kishilar ongiga bog`liq bo`lib, davlat organlari tomonidan ta'minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi.

Yuridik adabiyotlarda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmuni masalasida turli xil qarashlar mavjud. Qator davlatshunos olimlarning nuqtai nazarida konstitutsiyaviy huquq normalari muayyan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlat tuzilishining siyosiy tashkil etilishining asosiy tomonlarini belgilaydi va tartibga soladi. Boshqa davlatshunos olimlar esa konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, deb ta'kidlaydilar.

Birinchi nuqtai nazar mualliflarining qarashlari o`ta mavhum. Chunki ular konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmunini juda keng tushunishlari oqibatida uning haqiqiy mazmunini aniq ochib bera olmaganlar. Ikkinchi nuqtai nazar o`ta aniq bo`lishiga qaramasdan, juda tor dunyoqarash bo`lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar ahamiyatlilik darajasi pasaytirib yuborilgan. Bu xildagi dunyoqarash amalda mavjud davlat tuzilishini takomillashtirish yoki rivojlantirishda qarama-qarshilikka olib keladi.

Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning yuridik mazmunini, munosabat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari tashkil etadi. Bu munosabatlar asosan davlat va jamiyat tuzilishini mustahkamlash, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish tizimi va shakllari bilan bog`liqdir, shuning uchun ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar huquq tizimida xal qiluvchi o`rinda turadi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, bu munosabatlarda ishtirok etuvchilarning, ya'ni subyektlarning maxsus doirasini guruhlarga bo`lib o`rganish tavsiya etiladi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga quyidagilar kiradi:


  1. 1.  O`zbekiston xalqi. O`zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” ekanligi mustahkamlangan, 9-moddasida esa “jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga ya'ni ovozga (referendumga) qo`yilishi mustahkamlangan”.

“O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida” gi 1991 yil 18 noyabrda va 2001 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonuniga binoan, O`zbekiston Respublikasining referendumi – davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari bo`yicha, shu jumladan O`zbekiston Respublikasining qonunlarini va o`zga qarorlarni qabul qilish, ularga o`zgartirish kiritishda jamoatchilik fikrini aniqlash uchun, umumxalq ovoziga qo`yilishi, bo`lib, xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish vositasidir.

Referendumda qabul qilingan qarorlar O`zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo`ladi va faqat referendum o`tkazish yo`li bilan bekor qilinishi yoki o`zgartirilishi mumkin.

Misol uchun 2002 yil 27 yanvardagi referendumda esa, kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib saylash va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib, o`zaytirishga oid masalalar yuzasidan o`tkazilgan referendumni keltirish mumkin.

Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning ikkinchi shakli; Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda xalqning o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqidir. Bu tarzda ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish va davlat organlari faoliyatini demokratik prinsiplar asosida tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida: 2004 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlariga o`tkazilgan saylovlarini keltirish mumkin.

2. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari va ularning vakolatlari doirasini belgilash tartibi. Konstitutsiyaning XVII bobida va boshqa moddalarda mustahkamlangan prinsiplar asosida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, shartnomalar va bitimlarda ko`rsatib o`tilgan.

3. Ma'muriy-hududiy birliklar: O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat (Konstitutsiyaning 68-moddasi). Davlat mazkur ma'muriy-hududiy subyektlari bilan ham huquqiy munosabatlarga kirishadi. Ular esa, o`z navbatida, o`z vakolatlari doirasida huquqiy harakatlarni amalga oshirishi belgilangan. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o`zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish amalga oshiriladi.

4. Jamoat birlashmalari: O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan: siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. ular o`z faoliyatlari davomida deputatlikka nomzodlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan yoki deputatlarni chaqirib olish tartibini amalga oshirish bilan bog`liq masalalarda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar.

5. Mehnat jamoalari: muassasa korxona, tashkilot, shirkat xo`jaligi, fermer xo`jaligi, dehqon xo`jaligi, oliy o`quv yurti talabalari, o`qituvchilari, kollej va litseylar, harbiy xizmatchilar va boshqalar. Davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni muhokama qilishda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar. Masalan, Konstitutsiya va qonunlarni muhokama qilishda o`z fikrlarini bayon etish yoki Referendumda ishtirok etish bilan davlat huquqiy munosabatlarining subyekti bo`ladilar.

6. Davlat organlari: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat organlari faoliyati va tashkil etilishining asosiy tamoyillari belgilangan. Konstitutsiyaviy normalar asosida davlat organlari davlat hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish jarayonida bir-biri bilan o`zaro konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga kirishadi:


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish