Konstitutsiyaviy rivojlanish, huquqiy taraqqiyot va jamoatchilik nazoratining kuchayishi



Download 12,56 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi12,56 Kb.
#98899
Bog'liq
Konferensiyaga maqola!


Konstitutsiyaviy rivojlanish, huquqiy taraqqiyot va jamoatchilik nazoratining kuchayishi.

O.O.Usmonov Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat boshqaruvi huquqi”yo’nalishi magistiranti.

Hozirgi vaqtda xalqaro maydonda ijtimoiy muhit va munosabatlar taraqqiy etib rivojlanib borgani sari yangi davr holatidan kelib chiqib yangi ijtimoiy munosabatlar,yangi o’ziga xos huquqiy omillar paydo bo’lmoqda.Ayniqsa rivojlangan davlatlarning o’ziga xos jihati shundaki, ularda davlat boshqaruvi ustidan kuchli “Jamoatchilik nazorati” tizimining o’rnatilayotganligi keng miqyosda ko’rishimiz mumkin. Jamoatchilik nazorati omilining kuchayishi davlatning har jihatdan taraqqiy etish , inson omilining birinchi o’ringa qo’yilishi, huquqiy insonparvar tizimning yaratilganligi,umuman olganda, “Inson tabiatning asosiy mo’jizasi” sifatida tan olinishi kabi umumijtimoiy jihatlarni qamrab olishi bilan belgilab borilyotganligini ko’rishimiz mumkin. Ko’plab xorijiy davlatlarda demokratiya, huquqiylik, qonuniylik xalqaro reytingini aniqlaydigan ko’plab Ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Xalqaro ilmiy tekshirish institutlari yangi zamonning davriylik va ijtimoiylik belgilaridan kelib chiqib yangi huquqiy,qonuniy asoslarni yaratib uni davlatlar aro huquqiy munosabatlarga kiritib bormoqdalar.Bu tom ma`noda insoniyatga juda katta imkoniyatlar yaratadi va taraqqiyotni ijtimoiy jihatdan belgilaydi.Huquqiylik va qonuniylikning asosi, albatta ,davlatlarning ustuvor bosh tizimlari Konstitutsiyalar bilan belgilab boriladi, bular, albatta, davlatlarning bosh yuridik normasining qanchalik qonuniyligini ta’minlanganligini asosiy tushuncha sifatida real kuchga egaligi bilan belgilanadi.O’zbekiston Respublikasida ham oxirgi vaqtlarda bo’layotgan islohotlar jahon miqyosida tan oladigan darajada demokratik va ochiqlik shaffoflik, jamoatchilik nazorat tizimlarini keng joriy etilishi kabi jihatlarda e`tirof etib borilyotgani va mamlakatimiz demokratiya indeks tamoyillarida jadal tarzda yuqorilab borayotgani barchanmizni quvontiradi.Bunga misol tariqasida The World Justice Project(WJP) Xalqaro mustaqil notijorat tashkiloti (Bu tashkilot davlat ustidan huquq ustuvorligini tan olinishi va uning barcha mansabdor shaxslari va institutlari hisobdorligini nazarda tutilgan prinsiplarni rivojlantirish bilan shug’ullanadi.) The World Justice Project(WJP) Xalqaro mustaqil notijorat tashkiloti tomonidan 2019 –yilda o’tkazilgan tadqiqot ishlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak : O’zbekiston 126 davlat ichida 94 o’rinda qayd etilgan.Indeks tuzuvchilarning ta`kidlashicha: “O’zbekistonda oxirgi vaqtlarda huquq ustuvorligi bilan bog’liq vaziyat yaxshilangan va bu unga ikki pog’ona yuqorilash imkoniyatini bergan”. WJP o’z ro’yhatini tuzishda bir necha taomullarni hisobga oladi jumladan:Korrupsiyaning yo’qligi,tartib va xavfsizlik,fundamental huquqlar,fuqorolik odil sudlovi tizimi va boshqalarni hisobga olgan holda belgilaydi. Eng quvonarli jihati shundaki, malakatimiz “Tartib va xavfsizlik” jihatidan yuqori ko’rsatkichni qayd etdi: Kanada ,Birlashgan Arab Amirliklari, Vengrya qatorida 9-o’ringa munosib deb topildi.Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, mamlakatimiz yangilanish va o’ziga xos yangi demokratik rivojlanish bosqichiga kirganini ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimizda oxirgi 5 yillik davrda Konstitutsiyamizga yillar kesimi bo’yicha ko’plab o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi(2017-yil 6-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuni bilan: Konstitutsiyaning 80-moddasi 4-bandiga,81-moddasining yettinchi qismiga,83 moddasiga, 93-moddasi birinchi qismining 13 va 14 bandlariga ,107 moddasining birinchi qismiga,110-moddasining birinchi va uchinchi qismlariga ,111-moddaga o’zgarish va qo’shimchalar kiritilgan.O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-mayda qabul qilingan qonuni bilan: Konstitutsiyaning 80-moddasi 5 va 12 bandlariga, 93-moddasining birinchi qismi 13 bandiga hamda 108 va 109-moddalarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan .O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan qonuni bilan: Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga o’zgartirishlar kiritilgan.O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan qonuni bilan: Konstitutsiyaning 105-moddasi birinchi qismiga o’zgartirishlar kiritilgan.) Mamlakatimizda oxirgi vaqtda amalga oshirilgan o’zgarishlarni biz ijtimoiy hayotimizni tartibga solishga qaratilgan ko’plab omillar va uning Konstitutsiyamiz zamiriga qurilganligida ko’ramiz. Qonunlar va qonunosti hujjatlarda ham aynan shu jihatlar ustuvor tushuncha sifatida belgilanganini va ularni Konstitutsiyamizga so’zsiz moslashtirilganligi huquqqiy taraqqiyotda ham barcha omillar joriy etilyotganligidan dalolat beradi.Demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri ham mamlakatda Konstitutsiyaviy tizimning yakdilligi ta’minlanishi,qonuniylik, amaliy hayot jihatlarini qamrab olganligi,inson huquqlari va e’tirof etilgan haqiqat tushunchalariga asoslanganligi,qonun oldida barchaning tengligi,umume'tirof etilgan ustuvor tushunchalarning bosh tushuncha sifatida tan olinishi va boshqa jihatlarda ko’rishimiz mumkin.O’zbekiston Respublikasining huquqiy taraqqiyot omillarini, asosan, “Ijtimoiy” jihatlarga davlatimiz siyosatida katta e’tibor beriyotganligi va uning ichki siyosatimizda asosiy tushuncha sifatida tan olinganida ko’rishimiz mumkin.Demokratik va huquqiy taraqqiyotning asosiy jihatlarini davlatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlari(kuch ishlatar tuzilmalar) faoliyati va tizimli uslublari qonuniylashtirilganligi, ularni tartibga solish mexanizimlari ishlab chiqilganligi va aynan ushbu tuzulmalarning faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ asoslarning yaratilganligi va ularni hayotiyligi bilan belgilash mumkin. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev boshqaruv davriga kelishi bilan mamlakatimiz bu yo’lda katta qadam tashladi.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to'g’risida ularning vakolatlari qayerda boshlanib qayerda tugashi qat'iy qonun yo’li bilan belgilab qo’yildi.“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi to’g’risida”gi, “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi , “Davlat Xavfsizlik Xizmati tog’risida”gi qonunlar va boshqa ko’plab qonun osti hujjatlarni qabul qilinganligini bularning isbotidur.Ushbu qonunlarning asosiy jihati davlat organlari ish faoliyatidagi nomutanosiblik,chalkashliklarni bartaraf etdi.(Oldingi vaqtda davlat organlarimizda ,ayniqsa kuch ishlatar tuzilmalarda aynan biriga ko’plab huquqlarning berib yuborilganligi, hokimIyat tengsizligi holatlari kuzatilgan edi) Bunday holatlar, albatta, demokratik indeksdagi o’rnimizga ko’plab salbiy ta`sirlar ko’rsatib kelayotgan edi.Keyingi davrlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalardagi huquqiylik(qonuniylik) holatiga salbiy ta`sir ko’rsatayotgan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish ishlari olib borildi, tom ma`noda ayta olamizki, respublikamizdagi bu kabi ko’plab o’zgarishlar jahon demokratik inistitutlari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.Hatto bu to’g’risidagi faktlar va gaplar Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarlaridan ham e’tirof e’tildi.Bu borada BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning 2017-yil 10 -iyundagi davlatimizga amaliy tashrifi ham katta ahamiyat kasb etdi .Ushbu tashrif davomida Bosh kotib Samarqand va Nukus shaxarlarida ham amaliy tashrif bilan bo’ldi.Orol dengizi masalasi ko’rib chiqildi va uni hal etib borish dasturlari belgilandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahondagi eng katta xalqaro tuzilma , unga 200ga yaqin davlat a’zo ekanligini hisobga olsak, BMT bosh kotibining davlatimizga tashrifi katta ahamiyat kasb etadi.Zero, Bosh kotib 1-yillik vaqt davomida ko’plab davlatlarga tashrif buyurish imkoniyati jismonan mumkin emas ,ammo mamlakatimiz mustaqil bo’lgan vaqtdan beri deyarli barcha BMT bosh kotiblari mamlakatimizga amaliy tashriflar bilan kelishgani, albatta, quvonarli holatdir.Bu mamlakatmiz xalqaro maydonda o’ziga xos o’ringa ega ekanligini anglatadi. Shuningdek ,malakatimizda oxirgi yillarda jamoatchilik nazoratini kuchayib borayotganini deyarli barcha jabhalarda kuzatish mumkin.Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.Fuqarolik jamiyatini negizini biz, asosan, jamoatchilik nazorati omillarini mamlakatda huquqiy izchilikni ta’minlanganligi va unda aholining roli ,qanchalik ta`sir kuchga ega ekanligi bilan belgilanadi.Jamoatchilik nazoratini tub mohiyatini biz fuqarolar o’z hayotiga bog’liq masalalarda fikrini erkin bildira olishi va bunda hech qanday nisbiy to’siqlarning mavjud emasligi,fuqarolarning o’zlari bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni hal etishdagi faol roli bilan belgilanadi.Bu o’rinda uning huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasining 2018yil 12 aprelda 474-sonli “Jamoatchilik nazorati” to'g’risidagi qonunda ko’rishimiz mumkun .Ushbu qonun 21 moddadan iborat bo’lib deyarli barcha ijtimoiy jihatlarda jamoatchilik nazorati o’rnini belgilaydi.Jumladan, Qonuning 13-moddasida “Jamoatchilik fikrini o’rganish” berilgan bo’lib, u barcha ahamiyatga moliki ijtimoiy jihatlarda buni tashkil etish qoidasi belgilagan .Buning asosida qonunchilik ustidan jamoatchilik fikrini,taklif va shikoyatlarini o’rganish maqsadida Hukumat tashabbusi va jamoatchilik taklifi bilan regulation.gov.uz portali yaratilda va uning huquqiy asosi belgilandi.Hozirgi vaqtda ushbu portal milliy qonunchilik tizimimizda jamoatchilik rolini belgilashda katta ahamiyatga ega.Mamlakatmizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo’nalishda olib borilmoqda :Birinchidan, davlat o’zining bosh boshqaruv subyekti maqomini saqlab jamoatchilik tashkilotlari bilan yangi aloqalarni shakllantirib ularga keng huquqlar taqdim etmoqda.Bu o’rinda katta qadamlardan birini biz davlat o’zining ma’lum funksiyalarini jamoatchilkka o’tkazib borayotganida ko’rishimiz mumkin.Ikkinchidan, jamiyatning o’zi jamoat tashkilotlrini rivojlantirish yo’lida ulkan harakat qilmoqda va ularning salohiyati orqali mamlakatni rivojlantirishga ,uni boshqaruvida katta tizim va ijtimoiy rolga ega bo’lishga intilmoqda.Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki, davlatimiz tarixchiligida huquqiy va qonuniy islohotlar,jamoatchilik nazorati yaqindagina shakllanmagan, u turli bosqichda turli tushunchalar sifatida qaralganini ko’rishimiz mumkin.Misol sifatida, Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri’asarida “Hukumdorlarning aholi oldida hisob berib turishlari va ularni qonunlarga so’zsiz bo’ysunishlari”lozimligi alohida keltirib o’tilgan. Zero, mamlakatimiz rivojlanib borishi uning taraqqiy etishida Konstitutsiyaviy islohatlarimiz asosiy o’rini kasb etsa,Jamoatchilik nazorati va uning huquqiy ijtimoiy elementlari demokratik taraqqiyotni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi.Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev esa bu o’rinda islohotparvar davlat rahbari sifatida maydonga kelib ulkan ishlar amalga oshirmoqda.Xalqimiz (shu yurt taraqqiyotiga o’zini daxldor his etib yashovchi barcha vatanparvar shaxslar) biz o’ylashimizcha birlashib yakdillik va o’zbekona o’ziga xos hamjihatlik bilan taraqqiyot yo’lida xizmat qilib, davlatimiz rahbari islohotlariga uni hayotiyligi,amalga oshishini ta’minlashga o’z hissamizni qo’shishimiz kerak.Bu davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi o’ziga xos “Renessans” davri bo’lishiga va tariximizda o’ziga xos o’rin egallab, eng yangi taraqqiyot, huquqiy islohotlar davridan biri bo’lib qolishiga ishonamiz.
Download 12,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish