Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligini oshirish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar



Download 279,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2022
Hajmi279,94 Kb.
#539266
Bog'liq
1533116894 Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligini oshirish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar.



Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligini oshirish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat 
qilish Davlat inspeksiyasi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni, shuningdek yo‘l bo‘yidagi 
infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va 
konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida shaharsozlik 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli 
davlat organi hisoblanadi.
Davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarni loyixalash, qurish va 
ekspluatatsiya qilish ishlarini nazorat qiladi. Ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar qurilishiga hurmatli 
Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor berilishi xammaga ma’lum. Sifatli, barcha me’yoriy talablarga 
javob beruvchi, uzoq muddat ishlovchi ko‘prik inshootlari qurilishida o‘z hissamizni qo‘shish bizning 
asosiy vazifalarimizdan biri. Bu yo‘nalishda qilingan tadbirlarimizdan bir nechasini keltirib 
o‘tmoqchiman: 
1.
Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, mukammal ta’mirlanayotgan davrda barcha 
ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar doimiy nazorat ostiga olinib, aniqlangan kamchiliklar, nuqsonlar, 
loyihadan chetlanish hollari bartaraf etib borilmoqda.
2.
Vazirlar mahkamasining topshirig‘iga binoan ko‘priklarning loyihalari qurilish-montaj ishlari 
boshlangunga qadar tahlil qilinib kerak bo‘lgan hollarda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar 
kiritilmoqda. 
3.
Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalarida davlat inspeksiyasi 
xodimlari komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi. Qurilish-montaj ishlari davrida yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar yoki oxiriga yetkazilmagan ishlar mavjudligi aniqlansa, barcha kamchiliklar oxiriga 
yetkazilmasdan ob’ektlar foydalanishga topshirilmasligi ta’minlanmoqda. 
4.
Inspeksiya tomonidan yo‘l-qurilish ishlari loyixalari taxlil qilinganda ko‘prik inshootlari va suv 
o‘tkazish quvurlarining rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash loyixalarini ishlab chiqishdan oldin, 
shuningdek inshootlarni buzib o‘rniga yangi inshoot qurish bo‘yicha qaror qabul qilinganda diagnostika 
yoki texnik tekshirishdan (obsledovaniye) o‘tkazmaslik yoki ularning natijalarini e’tiborga olmaslik, 
avtomobil yo‘li mukammal ta’mirlanayotganida shu yo‘lda joylashgan inshootlarni diagnostika qilmaslik 
va ta’mirlash ishlarini loyixaga kiritmaslik xollari uchradi. Ushbu xolat qaytarilmasligi uchun Umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va viloyatlar mintaqaviy yo‘llariga buyurtmachi xizmati DUK boshliqlariga 2017 yil 5 
dekabrida 168 sonli xat yuborilgan. Ushbu masala Inspeksiya nazoratiga olingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish 
Davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi mavjud ko‘prik inshootlarining (ko‘prik va 
yo‘lo‘tkazgichlar) texnik holati o‘rganib chiqilganda ushbu xulosalarga kelindi:
-Ko‘prik inshootlarining eng tez ishdan chiqadigan elementlari: deformatsion choklar va oraliq 
qurilma gidroizolyatsiyasi.
-Deformatsion choklari va oraliq qurilma gidroizolyatsiyasidagi nuqsonlar tufayli ko‘prik 
inshootlarining ish muddati keskin kamayadi. 
Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining deformatsion choklari va oraliq qurilma 
gidroizolyatsiyasining ishdan chiqish sabablari va bu nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish 
industriyasi masalalari Axborot-tahlil Deportamentiga 2018 yil 15 fevraldagi 85-sonli xat 
orqaliyuborilgan.


Hurmatli yurtdoshlar ko‘prik inshootlarida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari davrida bizning 
xodimlarimiz nazaridan chetda qolgan kamchiliklarni aniqlasangiz bizga xabar berishingizni so‘rab 
qolamiz. 
Sirdaryo viloyatida 
M34
va 
4P28
avtomobil yo‘llarida qurilayotgan ko‘priklar tayanchlari qoziqlarining 
ko‘tarish qobiliyatini tekshirish bo‘yicha sinash ishlari. 

Download 279,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish