Koreyashunoslik fakulteti Koreys-ingliz a guruhi talabasi



Download 62 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi62 Kb.
#571599
Bog'liq
Madaniyatlararo muloqot


Koreyashunoslik fakulteti
Koreys-ingliz A guruhi talabasi
Abdazimova Gulruh
METRO
Metro bu – boshqa dunyo. Yer osti yo‘li bo‘lganligi uchundir balki… xullas qandaydir xayollarga yetaklaydigan maskan. Unda turfa nigohlar, turfa o‘ylar, turli xil tashvishlar qorishib ketgan. Har manzilda odamlarni almashib turishini aytmaysizmi.
Doimgidek o‘qishga ketish uchun metro tomon yo‘l oldim. Metro zinalaridan tushar ekanman, undagi har bir detal hayotga nisbatan qo‘llanilganga o‘xshab ketganligi meni o‘yga toldirdi. Misol uchun, «Platforma chetida turmang» degani. Bilasizmi nima, ko‘nglingizga yaqin bir inson adolatsizlik qilsayu, uning nigohidan chetda tursangiz, naqadar og‘ir. Ko‘ngilning chetida turgandan ko‘ra platforma chetida turgan xavfsizroqdir, balki. Vagon eshiklarida «Iltimos, suyanmangiz» degan yozuvga ko‘zingiz tushgandir. Eshik ochilsa, biror kor-hol bo‘lishi mumkin. Qani endi bevafo yor, sirti yolg‘on do‘stda ham shunday ogohlik belgisi bo‘lsa…
Shu xayollar bilan ketayotganimda keyingi bekat haqida xabar berildi. Qiziq, odam boshidan sinovli kunlarni o‘tkazayotganda ertaga baxtli kunning manzili degan xabar kelsa: «Hurmatli umr yo‘lovchisi, ertaga quvonchli, omadli manzil», deb yetkazilsaydi. Yoki ertaga ayriliq yoxud hijronning so‘nggi kuni degan xabar kelsachi. Mehrlar mustahkamroq, bir-birini qadriga yetish, muhabbat azizroq bo‘larmidi ehtimol… Bir manzilda yo‘lovchilar tushdi. Ularga qarata «Hurmatli yo‘lovchilar, vagonda buyumlaringizni unutib qoldirmang. Shubhali buyumlarni ko‘rganingizda metropoliten xodimlariga xabar bering. Ogoh bo‘ling», deya ta’kidlandi. Ana xolos, bu qanday hayotiy gap. Yana aytilsa: «Hurmatli umr yo‘lovchisi, bir ko‘ngildan chiqayotganingizni sezsangiz, dog‘ qoldirmang, shubhali kirdikorlari bilsangiz…» Kimga… malomat va aldamchilikni kasb etganlarga aytamizmi?
Vagon yana qo‘zg‘ala boshladi: «Nogiron, keksa, yosh bolali odamlarga joy bering», deb aytildi. Ko‘ngli majruh odamlarga qaysi odam ko‘nglidan joy berarkin… Afsus, buni kam hollarda uchratamiz…
Oxirgi bekat… Yana o‘sha gap: «Vagondan tushayotganingizda buyumlaringizni unutmang. Xayr, sog‘ bo‘ling». Yo‘q, yo‘q, bu o‘shanday gap emas, bu katta ogohlik belgisidir. Umr ham xuddi metrodek. Umr kunlari oxiri tezlashgandek, gohi sekinlashganday. Yillarni ortida qoldirib so‘nggi manzilga kelasan. Metroda sayr qilgandek, dunyoni ham aylanasan. Hayot turfa ko‘rinishlar bilan bizni oxirgi bekatlarga olib keladi. Metro bu… boshqa dunyo.

지하철
지하철은 다른 세상입니다. 아마 지하 통로라서 그런지입니다. 간단히, 무슨 상상으로 이어지는 곳입니다. 다른 모습, 다른 생각, 다른 걱정으로 가득 차 있습니다. 여기서 다양한 눈길, 여러 가지 생각과 고생이 혼합하게 되습니다. 주소마다 사람들이 바뀝니다.
평소처럼 학교에 가기 위해 지하철으로 걸어갔습니다. 지하철의 계단을 내려가면서 나는 그 안에 있는 모든 세부 사항이 삶에 적용되는 것 같은 것에 대해 생각했습니다. 예를 들면, "플랫폼 가장자리에 서지 마세요" 라는 것입니다. 가까운 사람이 불의를 행하고 그의 시야에서 벗어나면 얼마나 무거운지 알습니까? 아마, 플랫폼 가장자리에 서 있는 것이 심장 가장자리에 서 있는 것보다 더 안전합니다. 기차 문에 "기대지 마세요"라는 문구를 본 적이 있을 것입니다. 문이 열리면 무슨 불상사가 일어날 수 있습니다. 불성실한 애인이나 거짓말하는 친구의 얼굴에 똑같은 경고 표시가 있으면 좋겠습니다.
이런 생각을 하며 출발하면서 다음 정류장이 알려졌습니다. 사람이 처음부터 시험일을 보낼 때 내일이 행복한 날의 주소라는 메시지가 오면 어떻게 합니까? 친애하는 삶의 승객, "내일은 행복하고 성공적인 날입니다" 라고 알려 되면 좋겠습니다.내일이 이별의 날이거나 이민의 마지막 날이라는 메세지가 오면 어떻습니까? 어쩌면, 사랑이 더 강하고, 사람을 존중하기와 총애가 소중할 것입니까? 승객들이 같은 주소에 내렸습니다. 여러분, 기차에서 소지품을 잊지 마십시오. 수상한 물건을 발견하면 도청 직원에게 알리십시오. 조심하십시오"라고 강조됐습니다. 이것은 얼마나 중요한 연설이잖아요! "친애하는 삶의 승객, "정신에서 나가는 것"을 눈치채면 얼룩 하지 마십시오. 수상한 활동을 알면..." 누구한테... 거짓말쟁이한테 알려 됩니까?
기차가 다시 움직이기 시작했습니다. “장애인, 노약자, 어린이에게 공간을 주십시오”라고 알려졌습니다. 마응이 아픈 사람에게 누가 "심장에서 장소를 제공합니까"? 불행히도 이런 경우는 거의 없습니다.
마지막 역입니다. 다시 그 말: "기차에서 내릴 때 소지품을 잊지 마십시오. 안녕히 가십시오." 아닙니다. 이 것은 이런 말이 아닙니다. 이 것은 경종입니다. 삶도 지하철과 독 같습니다. 인생의 종말은 빨라지고 때로는 느려지는 것 같습니다. 당신은 몇 년을 뒤로하고 목적지에 도달됩니다. 지하철에서 여행하는 만틈 세계도 여행합니다. 인생은 다양한 방식으로 우리를 마지막 목적지까지 데려다 줍니다.
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish