Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#463614
Bog'liq
invoice (2)




Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori N.A.Diyarov TTA Termiz filiali direktori o‘rinbosarlari, Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari,
Surxondaryo viloyati Prokuraturasi hodimlari, Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati hodimlari, dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va talabalar ishtirok etishdi.
Surxondaryo viloyati Prokuraturasi xodimi I.Usmonov – o‘z ma’ruzasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga “korrupsiya” tushunchasi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar va hozirgi kunda bu kabi salbiy illatni oldini olish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament
va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda. 
Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlangani,
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi va uning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid
xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
 So‘ng Samarqand viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi so‘zga chiqib, korrupsiya har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazishi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini xamda
jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi, demokratik institutlar va qonun ustuvorligini kuchsizlantirishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib kelishi haqida gapirirdi. Korrupsiya uyushgan
jinoyatchilikni, terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam berishini aytib o‘tdi. Muhataram Prezidentimiz ta’kidalaganlaridek, “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni
sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.” Shu
maqsadda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tergovchisi A.A.Xurramov so‘zga chiqib, Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini
yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z
vakolatidan foydalangan holda qonunni suiste’mol qilishi, xizmat vakolatlaridan chetga chiqishi, tanish-bilishchilik, oshna-og‘ayinchilik, qarindosh-urug‘chilik asosida ish tashkil qilib, inson huquqlariga putur yetkazishi, ayniqsa,
poraxo‘rlik, ta’magirlik qilishi bilan jamiyatimiz uchun ijtimoiy xavfli ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va
erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish