Korxonalarda zhorij mazhburiyatlar hisobi va auditini tashkil etish


Joriy va uzoq muddatli majburiyatlarning farqlari



Download 263,14 Kb.
bet4/9
Sana25.03.2022
Hajmi263,14 Kb.
#509325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QISQA VA UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR HISOBI kurs ishi

2. Joriy va uzoq muddatli majburiyatlarning farqlari.
JORIY MAJBURIYaTLAR. Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar «balans hisoboti sanasidan boshlab bir yil davomida yoki oddiy operatsion sikl davomida, agar u bir yildan ko‘p bo‘lsa, to‘lanadigan summalar» deb ta’riflanadi. Joriy aktivlar deb korxonaning ishlab chiqarish sikli yoki hisobot davridan boshlab bir yil davomida, ulardan qaysi birining muddati o‘zunrok bo‘lsa, nakd pulga almashtirilishi mumkin bo‘lgan yoki asosiy faoliyatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan aktivlar hisoblanadi. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar orasidagi bog‘liqlik borligi sababli, joriy aktivlarga qo‘llaniladigan vaqtinchalik ko‘rsatkichlar, asosan joriy majburiyatlarga ham qo‘llaniladi.
Mablag‘larni qarzga olishdagi bozor foiz stavkasidir. Real foiz stavkasi qarzning kelgusi pul to‘lovlarini diskontlash uchun qo‘llaniladi. Qarzdor tomonidan olingan pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari summasiga real foiz stavkasi qo‘llaniladi.
To‘lanadigan pul mablag‘lari va mulklar shaklidagi to‘lanadigan dividendlar.
Direktorlar kengashi tomonidan e’lon qilingandan keyin, pul mablag‘lari va mulk shaklidagi dividendlar, agar ular kelgusi yil yoki operatsion sikl davomida, ulardan qaysi biri o‘zunrok bo‘lishiga bog‘liq holda, joriy majburiyat deb aks ettirilishi kerak. Pul mablag‘lari va mulk shaklidagi dividendlar xuquqiy asosda e’lon qilingan sanadan to‘lanish sanasigacha majburiyat deb aks ettiriladi. Direktorlar kengashi tomonidan rasman e’lon qilinmagan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar va boshqa har qanday dividendlar bo‘yicha majburiyatlar tan olinmaydi. Kumulyativ imtiyozli aksiyalar bo‘yicha majburiyatlarda dividendlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlarida ochib berilishi kerak.
Hisoblangan majburiyatlar. Hisoblangan majburiyatlar o‘z ichiga ta’til to‘lovlari, mukofotlar va kreditorlarga beriladigan, lekin hali to‘lanmagan foizlarni oladi. Hisoblangan majburiyatlar hisobot davri oxirida tuzatish yozuvlarini kiritish orqali aks ettirilishi mumkin.
Bunaklar va qaytariladigan depozitlar. Kompaniya mijozlardan va xodimlaridan depozitlar olganda maxsus majburiyat vujudga keladi. Depozitlarni kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarni to‘lash yoki bitimni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish kafolati sifatida mijozlardan olish mumkin. Masalan, buyurtma olinganda, kompaniya buyurtmani bekor qilish holatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun bunak to‘lashni talab qilishi mumkin. Pul mablag‘larni olayotgan kompaniyada bunday bunaklar natijasida ho‘jalik muomalasining yakunlanish paytigacha majburiyatlar kelib chiqadi. Bunaklar pul mablag‘larni debetlash va majburiyat yoki mijoz depozitlari kabi schyotni kreditlash orqali aks ettiriladi.
Kelgusi davr xarajatlari (bunak tariqasida olingan daromadlar). Yukni yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatishdan oldin bunak tariqasida olingan pul mablag‘lari bo‘yicha majburiyat kelib chiqadi. Daromadni identifikatsiya qilish tamoyshshga asosan, bu mablag‘lar daromad deb tan olinishi mumkin emas. Bunak tariqasida olingan daromadlarga: kollejda o‘qish uchun to‘lov, ijara to‘lovi, chiptalarning sotilishi va jurnallarga obuna bo‘lish uchun to‘lovlar misol bo‘la oladi. Bunday ho‘jalik muomalalar pul mablag‘larning debeti va tegishli joriy majburiyatlar hisob varaqlari kredita bo‘yicha aks ettiriladi. Ko‘pincha «kelgusi davr daromadi» deb ataladigan bu hisob varaq, aniqlovchi so‘zga ega bo‘lishi mumkin, masalan obuna uchun to‘lovni olganda u obunadan olingan kelgusi davr daromadi bo‘lishi mumkin. Bu hisob varaq boshqa nomlarga ham ega bo‘lishi mumkin, masalan: «oldindan to‘langan obunadan daromad» yoki «bunak tariqasida olingan obunadan daromad».
Keyinchalik, maxsulot yetkazilgan yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, va daromad ham xaqiqatdan ishlab olingandan keyin, kelgusi davr daromadlari schyota kamayadi, daromadning tegishli schyoti esa kreditlanadi. Bu oxirgi yozuv odatda yil oxiridagi tuzatish yozuvlaridan biri hisoblanadi.
1 noyabrda "Zoreks" kompaniyasi kelgusi olti oy uchun 6,000 summada ijara to‘lovini oldi. Hisobot davri 31 dekabrda tugaydi. Yozuvlar quyidagicha bo‘ladi: 200x yil 1 noyabr - Bunak tariqasida olingan ijara to‘lovi:
Pul mablag‘lar 6 000
Bo‘nak tariqasida olingan ijara daromadi (yoki ijara 6 000
bo‘yicha kelgusi davr daromadi)
200x yil 31 dekabr - Summaning ishlab olingan qismi bo‘yicha tuzatish yozuvi:
Bunak tariqasida olingan ijara daromadi (yoki ijara 2 000
bo‘yicha kelgusi davr daromadn)
Ijaradan olingan daromad (6 000) (2/6) , 2000
Bunak tariqasida olingan kolgan 4 000 daromad summasi joriy majburiyat deb aks ettiriladi, chunki «Zoreks» kompaniyasida kolgan turt oy davomida xizmatlar ko‘rsatish majburiyati bor.
Kelgusida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatga boshqa misol kabelli televideniye bo‘lib hisoblanadi, qaysi-ki, pul mablag‘lari xizmat ko‘rsatilgunga qadar yigib olinadi. Kompaniya o‘z majburiyatlariga xizmatlar uchun oldindan tulov deb nomlanadigan hisob varaqni qo‘sh ad i.

Download 263,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish