Korxonalarni qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash


Qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash



Download 222,56 Kb.
bet2/22
Sana16.07.2022
Hajmi222,56 Kb.
#810218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
BMI-Abdulaziz Xokimov-Sintez Ammiak-kolonna-116103t-yil

2. Qurilish joyini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash

Korxonalarni qurilish maydonini belgilashda, loyixaga asosan, aholi yashash joylariga nisbatan uzoq yaqinligi, korxonaning transport yo’liga bog’liqligi, xom ashyo va uni keltirish kabi tomonlari inobatga olgan xolda loyixalanadi. Farg'ona vodiysi Respublikamizning sharqiy qismida joylashgan bo'lib chor atrofi tog'liklar bilan o'raglan. Bu yerda kimyo sanoati juda yaxshi rivojlangan.


Meni bitiruv malakaviy ishimda loyihalangan ammiak ishlab chiqarish sexi “Farg’onaazot” AJ hududida joylashtirildi. Farg’ona fizik geografik hudud bo’lib O’zbekiston Respublikasining sharq tomonida joylashgan. Vodiyninig o’rta qismi past tepalik, uning yuza qismi gil tuproq va qumdan iborat.
Vodiyni o'rab turgan tog' tizmasi Arktika va Sibirdan kelayotgan sovuq havo oqimi, Atlantika okeanidan kelayotgan nam havo oqimi, janubdan kelayotgan issiq tropik havo oqimini to'sadi. Shuning uchun bu yerning yozi quruq va issiq hamda davomiydir. Qish esa mos ravishda yumshoq.
Farg’ona vodiysining g’arbiy tomonidan Bekobod va Qo’qon shamoli esadi. Ishlab chiqarish obyektini loyihalashdan so’ng qurilish joyini iqtisodiy tomondan yaxshilab o’rganib chiqish zarur.
Farg’ona vodiysida hozirda 110 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi, aholi soni esa 3 mln dan ortiq bo'lib Respublikada eng aholisi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Vodiyning markazi Farg'ona shahri bo'lib bu yerda 300000 dan ortiq odam istiqomat qiladi.
Xalq xo'jaligining kimyo sanoati mahsulotlariga bo'lgan talabining ortishi yangi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni talab etmoqda. Buning samarali yechimlaridan biri esa quvvati 116103 t/yil bo'lgan ammiak ishlab chiqarish sexini barpo etishdir. Qurilish joyi sifatida Farg’ona shahrining sharqiy qismida joylashgan Qirguli mavzesidagi “Farg'onaazot” AJ ning foydalanilmayotgan hududini tanlash mumkin.
Bu yerda iyul oyida o'rtacha harorat 26-270C ba'zi joylarda esa 40-42°C ni tashkil etadi. Yanvar oyida esa o'rtacha harorat -3°C, eng sovuq kunlari esa temperatura minus 15-16°C gacha pasayadi. Yillik yog'ingarchilik 100 mm, g'arbiy qismiga siljigan sari 300-400 mm gacha yetadi. Yog'ingarchilik mavsumi asosan yilning qish va bahor oylariga to'g'ri keladi. Yozda esa yog'ingarchilik umumiy yillik hajmning 7-10 % ini tashkil etadi.
Vodiyni suv bilan Norin va Sirdaryoning irmog'i Qoradaryo ta'minlaydi. Farg'ona vodiysining tuprog'i asosan och kulrang bo'lib dengiz sathidan 300 - 500 m balandlikda uchraydi.
Quyida qurilish maydoni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan:

  1. Seysmikligi. GOST shkalasi bo’yicha 8 ball bo’lib, VSR 64 (Medvedov, Sronov va Karkil) gradusi bo’yicha VIII shkalasiga to’g’ri keladi.

  2. Iqlimiy sharoitlari. Farg’ona hududi iqlimi kontinental bo’lib, yozi issiq va mo’tadil qishi bilan harakterlanadi.

Hudud 4 - kontinental zonaga kirib, buning uchun quyidagi parametrlar xarakterlidir.
harorati

Havoning o’rtacha harorati

13 oC

Atmosfera yog’inlari o’rtacha miqdori

134 mm

Sovuq davridgi o’rtacha harorat

-7 oC

Eng sovuq 5 kundagi harorat

-15 oC

Eng sovuq kundagi harorat

-16 oC

O’rtacha maksimal harorat

34 oC

O’rtacha (havoni) harorat 8oC bo’lganida isitish sezonining uzunligi

134 kun

Isitish sezonida o’rtacha harorat belgilangan

1,3 oC

Loyiha uchun “A” parametrli ventelyatsiya uchun qishki davr

-15 oC

Loyiha uchun “A” parametrli ventelyatsiya uchun yozgi davr harorati 32,2 oC
Loyiha uchun “V” parametrli ventelyatsiya uchun yozgi davr harorati 32,6 oC
Havoning o’rtacha solishtirma namligi :

6.1. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari 18
2.Qopqoq devori qalinligi hisobi 46
δ = ∆ρ/2τ∙k + Ck + Catr 46
δ = 2∙0.3/2∙128∙0.05 + 0.001 + Catr = 0.0478 m 47
Standart bo`yicha 50 mm. 47
7.5 Asosiy qurilmaning bayoni 48

Yuqorida berilgan bitiruv malakaviy ishim loyihasiga ko’ra ishlab chiqarish obyekti aholi yashash hududidan uzoqda va ishlab chiqarish obyektidan chiqayotgan zararli va chiqindi gazlar aholi yashash punktlariga teskari holatda y’ani shamol yo’nalishiga muvofiq qurilishi ko’zda tutilgan bo’lib, ishlab chiqarish obyekti esa katta temir yo’l trassasi bilan bevosita bog’langan, zavoddagi ishlab chiqarish xom - ashyo yoki tayyor mahsulot to’g’ridan - to’g’ri kerakli manzilga temir yo’l orqali yetkazib beriladi shuningdek, kerakli xom - ashyo, qurilmalar uchun ehtiyot qismlar temir yo’l orqali keltiriladi. . Ishlab chiqarish obyektida ishlovchi ishchi va xizmatchilar uchun korxona tomonidan maxsus yotoqxonalar qurilgan.
Ularni ish o’rinlarida ishlab ketishlari uchun maxsus transport vositalari ajratilgan. Ishlab chiqarish obyektini xom - ashyo bilan ta’minlash uchun kerak bo’lgan gaz, havo va suvni sexlardan oladi. Elektr energiya bilan ta’minlash uchun ishlab chiqarish obyekti yaqinida elektropodstansiya qurilgan.
Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot – ammiak, nitrat kislota hamda o’g’it olish uchun kislota, ammoniyli selitra va karbamid ishlab chiqarish sexiga beriladi.
Ishlab chiqarish korxonasi yer osti va yer usti oqava suvlaridan ma’lum bir masofa uzoqlikda joylashgan. Shu sababli chiqayotgan oqava suvlarni maxsus tozalash inshoatlarida tindirilib, tozalanib qayta ishlashga beriladi. Ishlab chiqarishda asosan artezan suvlaridan foydalaniladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, xom – ashyosidan bir emas bir nechta mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jarayon uzluksiz va ketma – ket joylashtirilgan sexlarda boradi.
Yuqoridagi jarayonlarni to’liq va uzluksiz ravishda olib borish uchun ishchi va hodimlarni madaniy xordiq chiqarishlari va sanatoriya profilaktoriyalari doimiy ravishda ishlab turadi.



Download 222,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish