Korxonalarning aylanma fondlari va aylanma mablag‘lar. Reja



Download 40,58 Kb.
bet1/5
Sana04.04.2022
Hajmi40,58 Kb.
#528180
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalarning aylanma fondlari va aylanma mablag‘lar


Korxonalarning aylanma fondlari va aylanma mablag‘lar.

Reja:

1. Aylanma fondlar tavsifi va tarkibi.


2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari.
3. Aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.


1. Aylanma fondlar tavsifi va tartibi
Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari (ya’ni mehnat predmetlari va mehnat vositalari) takror ishlab chiqarish jarayonida tutgan o‘rniga va ayrim xususiyatlariga qarab asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi.
Aylanma aktivlar ham korxona mulki hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig‘indisini ifodalaydi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur bo‘ladi. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi.
Mehnat predmetlari ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o‘zining natural shaklini o‘zgartiradi, qiymatini to‘liq yangidan yaratilgan mahsulotga o‘tkazadi. Mehnat predmetlari to‘liq, mehnat vositalarining ayrimlari (xizmat muddati va qiymatiga ko‘ra) aylanma fond tarkibiga kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalarining aylanma fondlari ishlab chiqarish va muomala doirasiga ajratilgan bo‘lib, shunga muvofiq ular muomala va aylanma ishlab chiqarish fondlarini hosil qiladi.
Birinchisiga sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida saqlanayotgan pul mablag‘i hamda hisob-kitoblardagi mablag‘lar kiradi. Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo‘lishligini ta’minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish va muomala fondlari zahiralarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari korxonaning aylanma mablag‘i deyiladi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari  bir ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor maщsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari uch qismdan iborat:
- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar;
- kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zahiralari - bu ishlab chiqarish jarayoniga kiritish uchun tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, idish va idish materiallari, asosiy fondlarni joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlardan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish va o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar - bu ishlab chiqarish jarayoniga kirgan mehnat predmetlari: materiallar, detallar, ishlov yoki yig‘ish jarayonidagi buyumlar, shuningdek korxonaning bir sexida oxirgacha ishlab chiqarilmagan va keyinchalik shu korxonaning boshqa sexlarida ishlanishi lozim bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar.
Kelgusi davr xarajatlari - bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari bo‘lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli bo‘lgan yangi mahsulotni tayyorlash va o‘rganish xarajatlarini o‘z ichiga oladi (masalan, yangi turdagi mahsulotlarning texnologiyasini yaratish va ishlab chiqish xarajatlari va boshqalar).
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bыladi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari korxonaning aylanma mablag‘lari (kapitali)ni tashkil qiladi.
Aylanma mablag‘lar tuzilmasining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (1-jadval).
1-jadval

Download 40,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish