Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar



Download 266,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi266,95 Kb.
#208610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar

Tayanch  iboralar:  foiz,  baho,  norma,  qayta  moliyalashtirish,  nominal  foiz,  haqiqiy 

foiz,bozor bahosi, kredit bahosi

 

1.  Kreditning  bahosi  tushunchasi.  Nominal  foiz  stavkasi.  Real  foiz  stavkasi. 

Oddiy foizlar va ularni hisoblash tartibi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash tartibi. 

Korxonalar  foydalanilgan  qarz  mablag’lari  uchun  kreditorga  foiz  shaklida  to’lovni 

o’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu 

bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z 

mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni 

qarzga  berganligi  uchun  muayyan  to’lov  talab  qiladi  (foizsiz  imtiyozli  kreditlar  bundan 

mustasno). 

Kreditning  to’lovi  nafaqat  banklar  xo’jalik  hisobi  maqomiga,  shu  bilan  birga, 

korxonalarni  bevosita  foydasi  bilan  bog’liq  xo’jalik  hisobiga  rag’batlantiruvchi  ta’sir 

ko’rsatadi. 

Kredit  uchun  haq  to’lashning  iqtisodiy  mohiyati  qarz  beruvchi  va  qarz  oluvchi 

o’rtasidagi  qo’shimcha  olingan  foydaning  taqsimlanishini  qayd  qilishda  namoyon  bo’ladi. 

Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi 

me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi. 

Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini 

shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir. 

Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyidagilardan iborat: 

1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz 

siyosatida  anik  belgilab  kuyilgan  bo’lishi  lozim.  Ayrim  banklarda  foiz  siyosatining  asosiy 

maksadi  sifatida  foiz  risklarini  boshkarish  tizimini  takomillashtirish  belgilab  kuyiladi, 

boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi. 

2.  Foiz  riskini  yuzaga  keltirishi  mumkin  bo’lgan  xolatlar:  bunday  xolatlar  odatda 

kredit  kuyilmalarining  xajmini  keskin  oshirilishi  natijasida  yoki  kreditlarning  bozor 

stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 

3.  Foiz  riskini  boshkarish  usullari:  odatda  bank  amaliyotida  foiz  riskini  asosiy 

boshkarish  usullari  sifatida  foizli  svoplardan  keng  foydalanadilar,  kichik  banklarda  esa 

ko’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar. 

4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish. 

Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga 

oshiriladi.  Bank  kredit  bera  turib  mijozning  foyda  olishi  uchun  shart-sharoit  yaratar  ekan, 

demak,  o’zining  manfaatini  xam  amalga  oshirgan  bo’ladi.  Banklar  foiz  siyosatini  amalga 

oshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan  foizni ularning o’zlari  takdim  etadigan ssudalar 

uchun  oladigan  ssuda  foizidan  pastroq  qilib  belgilaydi.  Olingan  va  to’langan  foizlarning 

summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. 




Tijorat  banklari  xar  bir  aniq  kelishuvlarida  foiz  me’yorini  xisoblaganda  quyidagilar 

e’tiborga olinadi: 

- ta’minlangan ssudalar bo’yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga 

beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; 

-  xar  bir  aloxida  kelishuvning  shartlarini  inobatga  olgan  xolda  tavakkalchilik  uchun 

qo’shimcha to’lov. 

Foiz  stavkasi-  jalb  qilgan  mablag’lar  bo’yicha  kelishilgan  daromadlilik  stavkasidir. 

Amalda  mablag’larni  jalb  qilish  turlari  qancha  ko’p  bo’lsa  ularni  foiz  stavkasi  turlari  ham 

ham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz 

pul  uchun  mazkur  zayom  bo’yicha  foiz  stavkasi  to’laydi,  bu  o’z  navbatida  qo’yilgan 

mablag’(nakd,  mulk  va  boshqalar)  bo’yicha  foiz  stavkasi  deb  yuritiladi;  a  bankni  firmadan 

ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasi deyiladi. 

Foizlarni  hisoblashda  tartib  bo’yicha  diskret(diskret  foizlari)  usulida;  bunda  ham 

hisoblash  davrlari  oy,  chorak  va  yil  sifatida  qabul  qilinadi.  Arim  hollar  da  har  kunlik 

hisoblash  qo’llanilib,  (misol,  uzoq  muddatli  investitsiyalarni  analiz  qilish  uchun)mijozlarga 

ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi. 

Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payish 

quroli  ko’rinishda,  balki  kengroq  ma’noda  bevosita  mablag’larni  bir  egasidan  boshqasiga 

oqib  o’tish  va  ko’payish  orqali  tijorat  va  moliyaviy  faoliyatdan  keladigan  daromadlilik 

darajasini o’lchash uchun joriy etiladi. 

Foiz  stavkalar  avvalgi  u  yoki  bu  boshlang’ich  summasiga  yoki  avalgi  davlar  uchun 

hisoblangan  foiz  summasiga  ssudani  mazkur  muddatni  barcha  davlari(oddiy  foiz  stavka)ga 

qo’llaniladi.  Shunga  o’xshash  hisob  stavkalari  ham  qo’llaniladi.  Mos  holda,  asosiy  foiz 

stavka  4  turi  bir  biridan  tubdan  farq  qiladi:  oddiy  va  murakkab  foiz  stavkalari,  oddiy  va 

murakkab hisob stavkalari. 

Amaliyotda  fiksirlangan  stavkadan  tashqari  so’zib  yuruvchi  yoki  o’zgaruvchan 

stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi 

stavkani  vaktlar  bo’yicha  o’zgarishidan,  misol  uchun  London  banki  tomonidan  o’rnatilgan 

«LIBOR»stavkasi)ga  fiksirlangan  qo’shimcha  daromad-marja  qo’shiladi.  Shunday  qilib, 

umuman  stavka  qaysiki,  foiz  hisoblanayotgan  stavka  bazani  o’zgarishi  hisobiga  o’zgarib 

turadi.  Shartnomalardagi  marjani  hajmi  vaqtlar  bo’yicha  o’zgarishi  orqali  ko’rsatilishi 

mumkin.1 

Moliyaviy  aktivlarni  asosiy  formalariga  qarzli  majburiyatnoma,  aktsiya  va  xosilaviy 

qimmatli qog’ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug’ullanuvchi 

davlat,  korxona  va  boshqa  xujaliklar  (uy-xujaliklar)  chiqaradi.  Shunday  qarzli 

majburiyatnomalar  bozorida  shunday  davlat  va  korporativ  obligatsiyalari  va  uy-joy  va 

tijoratli  avanslar;  shuningdek,  iste’mol  zayomlarga  o’xshash  aktivlar  sotiladi.  Qarzli 

majburiyatnomalar  fiksirlangan  daromadli  instrumentlar  deyilib,  kelgusida  fiksirlangan 

summani to’lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog’ozlar deyiladi. 

Qarzli  majburiyatnomalar  uni  qaytarish  muddatiga  qarab  quyidagi  shakllarga 

bo’linadi: 

-qisqa  muddatli  qarzli  majburiyatnomalar  bozori-(qaytarish  muddati  1  yilgacha)  pul 

bozori deyiladi 

-o’zoq  muddatli  qarzli  majburiyatnomalar  va  aktsiya  bozori-(qaytarish  muddati  1 

yildan yuqori) kapital bozori deyiladi 

Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo’lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan 

foizli  qimmatli  qog’ozga  o’xshash  afzallikka  ega  instrumentlar  (kaznachey  veksellar,  katta 

                                                           

1  Игошин  Н.В.  Инвестиции.  Организация  управления  и  финансирование:  Учебник  для  вузов.  -  М.: 

Финансы, ЮНИТИ, 2007. - 413 с 

 



korxonalarni  tijorat  vekseliga  o’xshash  veksellar)muomalada  yuradi.  Zamonaviy  pul  bozori 

integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi 

uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajat liligi hamda oddiyligiga 

bogliq holda aniqlanadi. 

Qo’shimcha  bo’lib  esa  taraflar  kelishuvining  predmeti  hisoblanmish  qat’iy 

belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda 

o’zgarmaydi.  Ushbu  qat’iy  belgilangan  qo’shimchaning  miqdori  shartnoma  shartlari  va 

tavakkalchilik darajasiga bog’liq bo’ladi. 

Nominal  foiz  stavkasi  deganda  e’lon  qilingan  foiz  stavkasi  tushuniladi.  Real  foiz 

stavkasi 

deganda 

nominal 


foiz 

stavkasini 

pulning 

qadrsizlanish 

darajasiga 

muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb 

belgilansa: 

 


Download 266,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish