Kredit resurslari maqsadligini tahlili


Banklar depozit operatsiyalarini tashkil qilishda bir necha asosiy prinsiplarga amal qilishlari zarur



Download 147 Kb.
bet7/9
Sana30.03.2022
Hajmi147 Kb.
#518561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT RESURSLARI MAQSADLIGINI TAHLILI

Banklar depozit operatsiyalarini tashkil qilishda bir necha asosiy prinsiplarga amal qilishlari zarur:

  • depozit operatsiyalar foyda olishga ko‘maklashishi yoki kelajakda foyda olishga sharoit yaratishi kerak;

  • depozit operatsiyalar turli tuman va turli sub’ektlar bilan amalga

oshirilishini ta’minlash;

  • depozit operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida muddatli omonatlarga alohida ahamiyat berish;

  • kredit qo‘yilmalari bilan depozit operatsiyalar muddati va qiymati orasida o‘zaro bog‘liqlik va muvofiqlikni ta’minlash;

  • depozit va kredit operatsiyalarini tashkil etishda bank bo‘sh resurslarini hajmini kamaytirish;

  • depozitlarni jalb etishga imkoniyat yaratuvchi bank xizmatlarini rivojlantirish.

YAqin kunlargacha, banklar tomonidan depozit operatsiyalarga etarli ravishda e’tibor qaratilmas edi. Buning asosiy sabablari:
birinchidan, bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning taklifdan birmuncha yuqoriligi;
ikkinchidan, inflatsiya darajasining nisbatan balandligi;
uchinchidan, arzon moliyaviy resurslarning mavjudligidir. Ushbu holat tijorat banklarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini ortiqcha qiyinchiliklarsiz qondirish bilan birga, ularga etarli miqdorda o‘z foydasini shakllantirish imkoniyatini ham beradi. Ammo aholining banklarga omonatlar qo‘yish istagining pasayib ketganligi, pul mablag‘larini kredit muassasalari tizimidan tashqarida aylanishini kamaytirish lozimligi, keyingi yillarda inflatsiya darajasining pasayishi, Markaziy bankning qayta maliyalash stavkalarining muntazam ravishda kamayib borishi tijorat banklaridan depozit operatsiyalarning amaliy ahamiyatini oshirishni talab etmoqda.
Tijorat banklarining jalb qilgan mablag‘larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarvg‘ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Bank amaliyotida qo‘llanilayotgan depozitlar haqidagi iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi6.
Rossiyalik iqtisodchi olim L.S.Padalkinaning fikricha depozit tarkibiga faqat muddatsiz depozitlar kiradi7.
E.M.Rode depozitlar o‘z ichiga, jamg‘arma sertifikatlaridan tashqari – barcha muddatli va muddatsiz omonatlarni oladi16, dab ta’kidlaydi.
Depozit mijozlarning banka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag‘lari bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi.
Depozitlarning guruhlanishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim manbalarda ular asosan, uchtae guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to‘rtta guruhga ajratilishi ta’kidlanadi,
Markaziy bankning depozitlar to‘g‘risidagi nizomida esa beshta guruhga bo‘lingan. Bizning nazariyalarimizda, banklarning depozit operatsiyalarini iqtisodiy mazmuni va muddatiga qarab to‘rtta guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Ushbu guruhga talab qilib olunguncha saqlanadigan hisobvarvqlardagi depozitlar, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar (sertifikat)lar va boshqa depozitlar kiradi
Depozit mablag‘larni moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va nobarqaror mablag‘larga hamda to‘lovliligi jihatidan qimmat va nisbatan arzon mablag‘larga ajratish maqsadga muvofiq.
Moliyaviy jihatdan barqaror mablag‘lar tijorat banklarining asosiy foyda manbasini tashkil etish bilan birga, ularni kutilmaganda vujudga keladigan zararlardan himoya qilish imkoniyatini ham beradi. Ushbu mablag‘larga, yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning ustav kapitalini , joriy yil va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini, joriy yilning sof foydasi hamda muddatli va jamg‘arma
(sertifikat) de6pozitlarini kiritishimiz mumkin. Muddatli va jamg‘arma (sertifikat) depozitlar banklar uchun muddati jihatidan ham barqaror moliyaviy manba hisoblanadi. Zero banklar, ushbu mablag‘larni likvdsizlikka tushib qolish muammosini o‘ylamasdan ma’lum muddatga kredit resurslari sifatida ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladii.
Tijorat banklari resurslarining muddati jihatidan nobarqaror mablag‘lari qatoriga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘larni kiritishimiz mumkin. Banklar mazkur turkumga kiruvchi mablag‘lardan kredit resursi sifatida foydaglanganda ularning likvidsizlik holatiga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. CHunki mijoz ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘larni bank kutmagan paytda qisman yoki to‘lig‘icha ko‘chirish haqida bankka topshiriq berishi yoki naqd pul shaklida berishni talab qilish huquqiga ega.
SHu jihatdan, ushbu hisobvaraqlarda saqlanadigan mablag‘lar muddat jihatidan nisbatan nobarqaror resurslar turkumiga kiritiladi. Bank tomonidan mazkur mablag‘lar kredit resurslari sifatida ishlatilishi uni kutilmagan puytda likvidsizlik holatiga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
Mablag‘larning tashkil topish manbalari jihatidan qimmatli yoki arzon mablag‘lar guruhiga bulish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor depozit operatsiyalari natijasida vujudga keladigan mablag‘larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror mablag‘lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi.
Arzon resurs mablag‘lari turkimiga esa o‘z-o‘zidan aniqki nisbatan noborqaror mablag‘lar kiradi.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish