Krivoship shatun mexanizmi qisimlarini o’rganish


Mexanizmning barcha detallari silindrlar bloki 8 va karterda joylashadi



Download 2,28 Mb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi2,28 Mb.
#840754
1   2   3   4   5
Bog'liq
Krivoship shatun mexanizmi qisimlarini o’rganish

Mexanizmning barcha detallari silindrlar bloki 8 va karterda joylashadi.
Ishlash jarayonida mexanizmning detallariga turli kuchlar va momentlar ta’sir qilib, ular son qiymati va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarib turadi. Ularning ba’zilari dvigatelning ishlashini ta’minlasa, boshqalari detallarning yeyilishiga olib keladi.

Gazlarning bosim kuchi R­g (26-rasm) barqaror bo‘lmasdan, ishchi aralashmaning alangalanishi (portlashi) vaqtida keskin oshadi, ish yo‘li davomida esa ravon pasayadi.



Inersiya kuchlari. Tirsakli valning ravon aylanishlari chastotasida porshen chekka nuqtadan tezlanish bilan uzoqlashadi va unga sekinlashish bilan yaqinlashadi. Harakatlanayotgan porshen va uning detallari, tezlanish olishi bilan va o‘zining tezligini saqlashga harakat qilgan holida uning o‘zgarishiga qarshilik qiladi. Krivoship shatunli mexanizm detallarining norovon harakatlanishi natijasida unga inersiya kuchlari ta’sir qiladi. Inersiya kuchlari ham doimiy bo‘lmasdan, porshenning harakatlanish tezligi kamayayotganda harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan, tezlik oshayotgan paytda esa harakat yo‘nalishiga teskari tomonga yo‘nalgan.


Chekka nuqtalarda inersiya kuchi Pi eng katta qiymatga erishadi. Yu.ch.n. u yuqoriga yo‘nalgan, p.ch.n esa pastga yo‘naogan. Shuning uchun ham porshen ish yo‘lining boshida inersiya kuchi doimo gazlarning bosim kuchiga qarshilik qiladi. Taxminan porshenning tezligi ish yo‘lining o‘rtalarida eng katta bo‘lib, inersiya kuchi esa nolgacha yetadi.

Inersiya va gazlar bosim kuchlarining tashkil etuvchilari. Dvigatelning ishlashi davomida porshenga ikkita kuch ta’sir qiladi: gazlarning bosim kuchi va ilgarilanma harakatlanuvchi detallarning (porshen, barmoq va shatunning yuqori qismi) inersiya kuchi. Gazlarning bosimi sikl davomida yoqiladigan yonilg‘ining miqdoriga va boshqa bir qancha sabablarga bog‘liq va porshenning silindirda siljishiga q arab o‘zgarib turadi. Inersiya kuchi ilgarilanma harakatlanuvchi detallarning massasiga, tirsakli val aylanishlari chastotasining tebranishlariga, krivoship radiusiga bog‘liq va porshenning siljishiga qarab ham o‘zgarib boradi. Ikkala kuch birgalikda qo‘shilib yoki biri ikkinchisiga qarama qarshi bo‘lib, teng ta’sir etuvchi kuch Rp ni (Rg kuchdan katta yoki kichik bo‘lgan) hosil qiladi. Ushbu kuch ikkiga taqsimlanadi: shatun bo‘ylab yo‘nalgan Rsh kuch va silindr devoriga perependikulyar yo‘nalgan N kuchga.

N kuch porshenni silindrga siqadi, tirsakli valning shatun bo‘yinchasi tomonidan qabul qilinadigan Rsh kuch esa h yelkaga ko‘paytirilib, burovchi momentni hosil qiladi va ushbu moment tirsakli valni aylantiradi:



Mkv = Rsh·h

Val aylanganda shatunning pastki qismida markazdan qochma kuch Rm hosil bo‘lib, u aylanuvchi qismlarning massasiga, krivoshipning aylanish chastotasi va radiusiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Rm kuchning ta’sirida podshipniklar va val bo‘yinchalarining yeyilishi oshadi. Markazdan qochma kuch tirsakli valning posangilari bilan muvozanatlanadi.

Valning o‘zak bo‘yinchalariga qo‘yilgan Rsh kuch, uning podshipniklariga va dvigatel korpusiga uzatiladi. Ushbu kuchni ikkita tashkil etuvchilarga ajratish mumkin: N' va R'n .

N' kuchi ga teng, lekin unga qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan. Ikkala kuch ham a yelkada momentni hosil qiladi va u teskari moment deyiladi, chunki u dvigatelni tirsakli valning aylanishiga teskari tomonga aylantirishga harakat qiladi. Ushbu momentning ta’sirida mashinaning ostovidagi dvigatel tayanchlari birikmalari bo‘shashadi. R'n kuch valning o‘zak podshipniklari orqali dvigatel korpusiga uzatiladi.

2. Dvigatel korpusi va silindrlar. Korpus (ostov). Dvigatel korpusi harakatsiz qismlardan tashkil topgan bo‘lib, uning ichkari va tashqarisidan mexanizm hamda agregatlarining detallari mahkamlangan. Barcha silindrlarni o‘zida jamlagan qism silindrlar bloki deyiladi, unga biriktirilgan va tirsakli val aylanadigan hamda mexanizmlarni moylash uchun moy joylashgan bo‘shliq karter deb ataladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda ushbu ikkala qism bitta umumiy quyma ko‘rinishida tayyorlangan bo‘ladi va blok-karter deyiladi. Yuqori tomondan u silindrlar kallagi bilan, pastdan esakarter poddoni bilan, old tomondan taqsimlash shesternyalari korpusi (karteri), orqadan esa maxovik karteri bilan yopilgan.

Dvigatel osmasi. Turli modeldagi dvigatellarning korpuslari mashinaning ramasiga elastik rezinametall amortizatorlar orqali tayanadi. Ular dvigatel titrashining haydovchiga va mashinaga zararli ta’sirini kamaytiradi, shuningdek dvigatel k orpusini rama egilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklanishlardan saqlaydi
Silindr. Unda porshen harakatlanib, dvigatelning ish sikllari jarayonlari sodir bo‘ladi. Uning ichki yuzasi ishqalanish va yeyilishni kamaytirish uchun silliqlanib, juda yuqori aniqlikda ishlov berilgan va silindr oynasi deb ataladi.

Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda har bir silindr alohida, yuqori mustahkamlikga ega bo‘lgan cho‘yandan quyilgan va silindr gilzasi deyiladi. Uni blokga yuqori tomondan o‘rnatiladi (28-rasm).

Silindr kallagi. Silindr kallagi o‘zining devorlari va porshen tubi bilan yonish kamerasini hosil qiladi. Suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellarda silindrlar kallagi 2 (29-rasm) cho‘yan yoki alyuminiy quymadan iborat bo‘lib, silindr yoki silindrlar qatorini yopadi.

Silindrlar kallagida taqsimlash mexanizmi klapanlari va forsunkalar (yoki uchqunli yondirish shamchalari) joylashadi. Korbyuratorli dvigatellarda u yonish kamerasi bo‘lib xizmat qiladi.

3. Porshen, shatunlar, tirsakli val va maxovik. Porshen. Ish yo‘li davomida porshen gazlarning bosim kuchini qabul qilib, barmoq orqali shatunga uzatadi, ularning issiqligini o‘ziga olib qiziydi va uni xalqalar orqali silindr devorlariga o‘tkazadi. Yordamchi taktlarda havoni yoki yonilg‘i aralashmasini kuiritish uchun siyraklanish hosil qilinadi, ushbu havo (yoki aralashma) qisiladi va ishlatilgan gazlar silindrdan chiqariladi.

Porshen issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan va ishqalanish koeffisienti kata bo‘lmagan mustahkam alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Porshen to‘rtta qismlarga ajratiladi: porshen tubi A, kallak B, yubka V, va bobishka G (30-rasm).

Porshen xalqalari. Dvigatelning ishlash qobiliyati va uzoq muddat normal ishlashi porshen xalqalarining holatiga bog‘liq. Porshenga 3-5 xalqalar o‘rnatiladi. Kompression xalqalar porshenning yuqori qismiga o‘rnatilgan va silindr va porshenni bir-biriga jipslash zarur. Ular porshenning ariichasig erkin kiradi, lekin porshenning yuqori qismidagi gazlarning karterga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi va qizigan porshendagi issiqlikni silindr devorlariga uzatadi (31-rasm,a).

Moy sidirish xalqalari kompression xalqalardan pastga o‘rnatilgan va yonish kamerasiga moy o‘tmasligi uchun xizmat qiladi. Ular silindr devorlaridan sidirilgan moyni karterga yo‘naltiradi (31-rasm, b).






Moy sidirish xalqasi yig‘ma bo‘lib, ikkita yupqa qirqimli xromlangan ishchi xalqalar V dan, o‘qli G va radial A kengaytirgichlardan, bitta tangensial D kengaytirgichdan yoki prujinali B kengaytirgichdan tashkil topgan.

Po rshen barmoqlari porshen bilan shatunni sharnirli biriktiradi. Barmoq shatun kallagi vtulkasiga kichik tirqish bilan o‘rnatiladi, porshen bobishkasiga escha tirqishsiz o‘rnatiladi.

Shatunlar. Shatunlar porshenni tirsakli val bilan bog‘laydi. Ular po‘latdan tayyorlanib, termik ishlov beriladi. Shatun sterjen va ikkita yuqori va pastki kallakdan iborat bo‘ladi(32-rasm).

Tirsakli val. Tirsakli val ish yo‘li taktida har bir shautndan uzatilgan yuklanishni qabul qiladi, Ushbu yuklanishlarni burovchi momentga aylantiradi va maxovik orqali traktor yoki avtomobilning transmissiyasiga maxovik orqali uzatadi.

Tirsakli val po‘latdan yoki mustahkamligi yuqori cho‘yandan yasaladi. U shatun bo‘yinchalari D, (33-rasm) va o‘zak (tayanch) bo‘yinchalari, G, shek V, burun qismi (oldingi qism) va orqa qismlardan (xvostovik) tashkil topgan. O‘zak va shatun bo‘yinchalari shekalar bilan birgalikda krivoshipni tashkil qiladi. O‘zak va shatun bo‘yinchalarining yuzalari 3-6 mm chuqurlikda yuqori chastotali toklar bilan toblanib keyin silliqlanadi. Bo‘yinchalar va sheklarga A kanalchalar moy uzatish uchun burg‘ulangan bo‘lib ularda blokdan o‘zak bo‘yinchalariga, undan bo‘shliqqa (chiqindi tutuvchilarga) so‘ngra esa radial teshikchalar orqali shatun podshipniklariga uzatiladi.

Bo‘yinchalardan shekalarga o‘tish ravon kechadi va u galtel deb ataladi.

Tirsakli valning barcha qismlari uning o‘qiga nisbatan muvozanatlangan. Dvigatelning ishlash paytida krivoshiplar va shatunlarning pastki qismlari aylanishlari paytida markazdan qochma kuchlar yuzaga kelib, o‘zak podshipniklarining yuklanishiga olib keladi. Ushbu kuchlarning ta’sirini kamaytirish uchun ko‘plab dvigatellarning vallari shatun bo‘yinchalariga teskari tomonga shekalarda posangilar yasaladi.

Gazlar bosimlarining o‘zgaruvchan kuchlari va inersiya kuchlari, burovchi momentning davriy o‘zgarishiga (tebranishiga) olib keladi va valning metallida kuchlanishni yuzaga keltiradi. Ular valni ko‘proq yoki kamroq eshishga (burashga) harakat qiladi. Ushbu tebranishlar eshuvchi tebranishlar deyiladi va ular ayniqsa tirsakli vali uzun bo‘lgan dvigatellar uchun xavfli hisoblanadi.


Dvigatellarda ushbu tebranishlarni kamaytirish uchun tirsakli valning burun qismiga eshuvchi tebranishlarni so‘ndirgichlar mahkamlanadi.

Maxovik, tirsakli val bilan birgalikda aylanib, kinetik energiyani yig‘adi va uni krivoship shatunli mexanizmni chekka nuqtalardan chiqarib olish uchun sarflaydi, dvigatelni o‘t oldirishni yengillashtiradi, tirsakli valning norovon aylanishini kamaytiradi, mashina traktor agregatining yoki avtomobilning joyidan qo‘zg‘alish paytidagi oshiqcha yuklanishlarni yengishga yordam beradi, qisqa muddatli ortiqcha yuklanishlarni yengishni osonlashtiradi.

Maxovik cho‘yandan quyilgan bo‘lib, uning o‘lchamlari tirsakli valning aylanishlari chastotasi va silindrlar soniga bog‘liq (ushbu parametrlar qanchalik katta bo‘lsa maxovik shunchalik yengil) bo‘ladi.


Tsilindrlar bloki golovkasi

Deyarli barcha karbyuratorli, injektorli dvigatyellarda silindrlar bloki golovkasi alyuminiyli kotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar yengil va issiklikni yaxshi utkazuvchan buladi. Bunday xususiyat dvigatyelning sikish darajasini, kuvvatini yonilgi tyejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatyellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan chuyandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki kismi kavaksimon bulib, sovituvchi suyuklik uchun suv gilofi xisoblanadi. Sovituvchi suyuklik suv gilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maksadida ular orasiga pulat asbestli kistirma (prokladki) kuyiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.


Porshen

Tsilindr ichida sodir buladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yukori bosim va tyemperatura sharoitida ishlaydi, bundan tashkari unga uzgaruvchan inertsiya kuchlari ta'sir etadi. Shuning uchun porshen kuyidagi talablarga javob berish kerak: Issiklik utkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bulishi kerak. Alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga tularok javob beradi. Lekin alyuminiyli kotishmadan tayyorganlan porshen chuyanga nisbatan issiklikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 % 2 marta kup. Bu kamchilikni porshenning ma'lum kostruktsiyasiga binoan yukotiladi. Ya'ni porshen yubkasining oval formada bulishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bulishi xisobiga uni silindr ichida kiziganda kadalib kolmasdan xarakatlanishini ta'minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 % 0,10 mm buladi (2-rasm, a).
YamZ va KamAZ – 740 dvigatyellarining porsheni yubkasida (yukorida aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar ishlanmagan. Chunki bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bulgan alyuminiyli kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiklikdan kam kengayish xususiyatiga ega. Lekin bu porshenlar xam buyiga konusli, yubka kesimi esa oval shaklida ishlangan.
Porshen golovkasida porshen xalkalari uchun arikchalar yasalgan. Ayrim dvigatyellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yukoridagi arikchani chidamligini oshirish maksadida uni tubiga chuyan xalka kuyiladi. Sungra chuyan xalkada kompression xalka uchun arikcha uyiladi.
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi moslashib ishlashini ta'minlash uchun uning tashki yuzasi yupka (0,004…0,006 mm) kalinlikda kalaylanadi.
Porshen xalkalari. Porshen xalkalar uzining vazifasiga kura kompression va moy sidirgichli buladi. Kospression xalkalar porshenning silindrda jipsligini ta'minlaydi. Natijada porshen yukorisidagi gazlarni kartyerga utishidan saklaydi.
Moy sidirgich xalkalar silindr yuzasidagi ortikcha moylarni sidirib kartyerga kayta tushiradi. Shu bilan moylarni yonish kamerasiga utib ketishidan saklaydi. Porshen xalkalari maxsus chuyandan tayyorlanadi. Ayrim xollarda pulatdan xam tayyorlanishi mumkin.
Yukoridagi kompression xalka uta kizigan gazlar zonasida ishlaydi. Shuning uchun birinchi xalkani kattikligini, yeyilishga chidamliligini oshirish maksadida uning tashki yuzasi gavaksimon xrom bilan koplanadi. Pastki kompression xalkalarning yuzasi esa yupka kalay bilan koplanadi.
Ba'zi dvigatyellarda (ZIL-130 …… ) moy sidirgich xalkalar bir necha kismdan tashkil topgan bulib, ya'ni ular ikkita pulatdan tayyorlangan yupka disksimon xalka, uk buylab kengaytirgich va radial kengaytirgichdan tashkil topgan. Porshen xalkalari silindrda kadalib kolmasdan, elastik xususiyatga ega bulgan xolda ishlashini ta'minlash uchun ularni maxsus kesik (kulfli) kilib tayyorlanadi. Xalkalar silindrga urnatilganda kulfdagi zazor 0,2 ... 0,5 mm buladi.

Porshen barmogi


Porshen barmogi porshen bilan shatunni uzaro sharnirli xolda biriktirib turadi. Porshen barmogini nisbatan yengil bulishligi uchun uni kavakli kilib tayyorlanadi.


Shatun va shatun podshipniklari


Shatun porshenni tirsakli valning shatun buyni bilan birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning tugri chizikli ilgarilama-kaytma xarkatini tirsakli valning aylanma xarkatiga uzgartirib berishda xam xizmat kiladi.
Shatun asosan kuyidagi elementlardan iborat (2-rasm, b).
Shatunning pastki golovkasiga yupka ishkalanishni kamaytiradigan antifriktsion kotishma kuyilgan vklado`shlar urnatiladi. Vklado`shlar pulat lenta (karbyuratorli dvigatyellarda 1,3…1,8 mm, dizel dvigatyellarida 2…3,6 mm kalinlikda) yuzasiga yupka antifriktsion katlam (karbyuratorlida-0,25…0,40 mm, dizelda – 0,3…0,7 mm) koplaniladi. Antifriktsion, katlam sifatida karbyuratorli dvigatyellarda kalay-alyuminiyli kotishma (30 % kalay) va dizellarda kurgoshinli bronza (30 % bronza) ishlatiladi. Vklado`shlarni shatunning pastki golovkasiga anik urnatish uchun chikik yasalgan

Tirsakli val va uzak podshipniklar.


Tirsakli val porshen orkali shatundan berilayotgan kuchni kabul kilib aylanma xarakat kiladi. Tirsakli val kuyidagi asosiy kismlardan tashkil topgan (2-rasm, v): tayanch vazifasini bajaruvchi uzak buyinlar, shatunning pastki kallagi birikadigan shatun buyinlar, uzak va shatun buyinlarni birlashtiruvchi jaglar, tirsakli valning posongilari, maxovik urnatish uchun flanets.


Tirsakli valni bolgalash (kovanno`y) usuli bilan legirlangan pulatdan tayyorlanadi. Ayrim dvigatyellarda (GAZ-53A, GAZ-24 VAZ avtomobillari ) maxsus yukori sifatli chuyandan kuyiladi. Buyinlariga tyermik ishlov beriladi, keyin jilvirlanadi va saykal beriladi.

Maxovik
Maxovik dvigatyelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tyekis aylanishini ta'minlaydi. Ish yuli taktida maxovik energiya yigib kushimcha taktlarni bajarilishida va porshenni, chekka nuktalardan utishida tirsakli valni aylanishiga yordam beradi. Yigilgan energiya xisobiga dvigatyelni ut olishini onsonlashtiradi va avtomobilni urnidan kuzgalishini yengillashtiradi. Maxovikka dvigatyelni startyer bilan ut oldirish uchun tishli gardish tigizlab urnatilgan.


Maxovik tirsakli val bilan birgalikda nixoyatda yaxshi (thatyelno) muvozanatlashtiriladi.

Dvigatyelni ramaga maxkamlash


Dvigatyel uziga urnatilgan barcha asbob-uskunalar bilan ramaga puxta va shu bilan birga avtomobil tyebranganda uning kronshtyeynlariga zurikish kelmasligi uchun elastik ravishda biriktiriladi. Avtomobil dvigatyellari ramaga uch (barcha yengil va ZIL-130, MAZ-500 avtomobil dvigatyellari) turt (GAZ-53 A) va besh (KamAZ) joydan maxkamlanadi. Maxkamlanadigan joylarida rezina yostikchalar urnatilgan.

GAZ TAKSIMLASh MEXANIZMI


Gaz taksimlash mexanizmi klapanlarni ochish va yopish bilan silindrlarga uz vaktida yonuvchi oralashmani (karbyuratorli, gazli, injektorli dvigatyellarda) yoki xavoni (dizellarda) kiritish xamda ishlatilgan gazlarni chikarib yuborish uchun xizmat kiladi. Shuningdek gaz taksimlash mexanizmi silindrlarni yonuvchi aralashma yoki xavo bilan kuprok tuldirilishini va ishlatilgan gazlardan yaxshirok tozalanishini xam ta'minlaydi.


Avtomobil dvigatyellarida asosan klapanli gaz taksimlash mexanizm urnatiladi. Klapanlarning joylashuviga karab gaz taksimlash mexanizmlari pastda joylashgan klapanli yoki yukorida joylashgan klapanlilarga bulinadi.
Turt taktli dvigatyellarning ish sikli davomida uning tirsakli vali ikki marta aylanganda xar bir klapan bir martadan ochilishi kerak buladi. Shuning uchun tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatyelning taksimlash vali bir marta aylanishi lozim. Taksimlash valini tirsakli valga nisbatan ikki marta sekin aylanishini ta'minlash uchun ularning yuritmasidagi uzatish soni 2:1 kilinadi.
Xozirgi zamon avtomobil dvigatyellarida konstruktsiyasi nisbatan murakkab bulishiga karamasdan klapanlari yukorida, silindrlar blokining golovkasida joylashgan gaz taksimlash mexanizmlaridan foydalanilmokda. Chunki bunday mexanizmlarda silindrning yonish kamerasi ixcham, sikish darajasi va silindrning yonuvchi aralashma bilan tuldirilishi yukori buladi. Bu esa uz navbatida dvigatyelning kuvvatini va yonilgi tyejamligini taxminan 10 % ga oshiradi. Bunday gaz taksimlash mexanizmi kuyidagi detallardan tashkil topadi (1-rasm): taksimlash vali shestyernya yoki tishli shkiv bilan, turtkilar, shtangalar, koromo`slolar, koromo`slo uki, klapanlar, maxkamlovchi detallari, klapan prujinalari, yunaltiruvchi vtulka va boshkalar.
Dvigatyel ishlayotganda, ish jarayonni normal bajarilishi uchun klapan styerjeni bilan koromo`sloning uchi oraligida kerakli issiklik tirkishi (zazor) koldiriladi. Issiklik tirkishi turli dvigatyellarda turlicha bulib 0,15…0,30 mm. Oraligida buladi. Issiklik tirkishi bulishining sababi klapanlarning kizishi natijasida uning styerjeni uzayadi. Shunda, agar tirkish bulmasa, klapan styerjen koromo`sloga tiralib kolib yukoriga emas pastga chuziladi. Natijada klapanning kallagi uz urindigi (sedlo) ga jips urnashmaydi. Bu xol ish jarayonni (sikish yoki ish yuli taktlari) buzilishiga olib keladi.
Ayrim, xozirgi zamon avtomobil dvigatyellarida gaz taksimlash mexanizmida «gidrokompensator» tuzilmasi kullash bilan klapanlar, tirkishsiz kilib urnatilmokda. Bunday konstruktsiyani kullash gaz taksimlash mexanizmining shovkinsiz ishlashini ta'minlaydi. Shuningdek tirkishni rostlash bilan boglik bulgan ortikcha ishlardan xoli etadi. Gidrokompensatorni turlicha joylashtirish usullari rasmda keltirilgan.
Yangi rusumli S2 Neksiya avtomobilining dvigatyelida (xar silindrda turtadan klapan) gidrokompensator turktkich ichida joylashtirilgan. (3-rasm). Gidrokompensator dvigatyelning moylash tizimi bilan boglangan.
Tirkish kompensatori kuyidagicha ishlaydi: klapanning yopik xolatida turtkich 5 plunjer prujinasi 6 ta'sirida taksimlash valining mushtchasiga, gilza 3 esa klapan styerjnining 8 uchiga tiralib turadi. A va B bushliklarida moy bosimi bir xil bulib, tyeskari klapan 4 uz urindigiga prujinasi 9 bilan kisilgan. Taksimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surganda, u plunjerga 2 ta'sir etadi. Plujerni gilza ichida pastga surilishi B bushligida moy bosimini ortishiga olib keladi. Yukori bosim ta'sirida moy gilza bilan plujer oraligida radial tirkishdan turtkich bushligiga oz mikdorda sizib utadi. Ishlash davomida mushtchani klapanga ta'sir etish vakti juda kiska bulgani uchun, kisman moyni V bushligiga sizib utishi, amalda turtkich bilan gilzani birgalikda, bir yaxlit bulib, ishlashiga ya'ni klapanni uz vaktida ochilishiga ta'sir kursatmaydi. Demak, klapan kizib styerjanning uzayishi moyni B bushligidan V bushligiga sizib utishi xisobiga buladi.
Klapanni yopilgan fazasida B bushligidagi bosim A bushligidagiga nibatan pasayadi. Shunda bosimni pasayishini tizimdan kelayotgan moy xisobiga yukotiladi. Ya'ni A bushligidan B bushligiga bosimning farki ta'sirida tyeskari klapan ochilib moyning kami tuldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirkishsiz (bezzazornoye sopryajeniye) xolat ta'minlanadi.

Gaz taksimlash mexanizmining fazalari.


Turt taktli dvigatyelning ishlash printsipi bayon kilinganda, xar bir takt tirsakli val 180 O ga burilganda sodir bulib, klapanlar porshen chekka nuktalariga yetganida ochilishi yoki yopilishi mumkinligi shartli ravishda olingan edi. Dvigatyel kuvvatini oshirish uchun silindr yonuvchi aralashma yoki xavo bilan kuprok tuldarilishi va ishlatilgan gazlardan yaxshirok tozalanishi zarur. Lekin kiritish va chikarish jarayonlari juda kiska vakt ichida utadi. Bu vakt dvigatyelning tyezligiga boglik bulib, 0.05….0.008 s ga tyeng. Bundan tashkari klapanlar , darxol ochilmaydi, natijada silindr kiritish taktida yonuvchi aralashma yoki xavo bilan yetarli tulmaydi, chikarish taktida esa ishlatilgan gazlardan tula tozalana olmaydi. Bu jarayonning ketishini yaxshilash uchun klapanlar porshen biror chekka nuktaga yetmasdan oldinrok ochilishi va boshka chekka nuktadan utgandan keyinrok yopilishi kerak. Natijada klapanlarning ochiklik davri tirsakli valning 180O burilishiga nisbatan kuprok buladi.


Odatda klapanlarning ochilishi va yopilishi xolati tirsakli valning aylanish burchagi buyicha karalib, porshenning chekka nuktalariga nisbatan graduslarda ifodalanadi. Shunday kilib kiritish va chikarish klapanlarining porshen chekka nuktalariga nisbatan ochik turish dvrini tirsakli valning aylanish burchaklari orkali ifodalanishi gaz taksimlash fazalari deb ataladi.
Jadvalda ishlab chikarilayotgan ba'zi avtomobil dvigatyellarining gaz taksimlash fazalari keltirilgan.
Avtomobil dvigatyellarining gaz taksimlash fazalari (tirsakli valning aylanish burchagi buyicha graduslari)



Dvigatyel

Kiritish
klapani

Kiritish
Davri

Chikarish klapani

Chikarish davri

Ikki klapanning baravariga ochik turishi

p.ch.n
gacha ochilishi

Y.ch.n.
dan sung yopilishi

Y.ch.n
gacha ochilishi



p.ch.n.
dan sung yopilishi

UAZ 451 DM
GAZ-51 A
GAZ-53 A
ZIL-130
YamZ-236
GAZ-24 D
VAZ-2101

24
9
24
21
20
12
12

64
51
64
75
56
60
40

268
240
268
276
256
252
232

58
47
50
57
56
54
42

30
13
22
39
20
18
10

268
240
252
276
256
252
232

54
22
46
60
40
30
22



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish