Kumush qish



Download 99,5 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi99,5 Kb.
#564823
Bog'liq
Bazarova O Sunani termiziy


ABU ISO AT-TERMIZIYNING “SUNANI TERMIZIY ASARI TAHLILI
Reja:

  1. Abu Iso at-Termiziy – buyuk muhaddis

  2. “Sunani Termiziy” asari

  3. “Sunani Termiziy” asarida tahorat,namoz va zakot boblarining qisqacha tahlili

Hadis ilmining rivojidagi oltin davr hisoblangan hijriy III (milodiy IX) asrda hadisshunoslikda kata muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan. Xususan, butun musulmon dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (As-sihoh as-sitta) mualliflari ham aynan shu davrlarda yashab ijod qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyolik bo‘lib, ular; Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Ahmad An-Nasoiy, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja kabi siymolardir.
Ana shunday mashhur alloma, buyuk muhaddislardan biri Imom Termiziydir. Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209-yilda(milodiy 824-yili) Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi kunda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam‘oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalgani, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusi olganligini ham qayd qiladi.1 Uning butun hayoti va faoliyati, ya’ni yoshligidan to umrining oxirlarigacha Termiz shahri bilan cham-barchas bog‘liq bo‘lganidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin, ma’muriy-idora-viy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanidan bo‘lsa kerak xalq orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lgan. At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilarning: “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u erdan Termizga ko‘chib kelganlarlar”, degan fikrini keltirish bilan chegaralananadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko‘zi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-tuman ma‘lumotlar keltirilgan. Ba’zi mualliflar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desa, ko‘pchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganini yozadilar. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam nomidagi arab qabilasiga do‘st tutingan.2
At-Termiziy yoshligidan g‘oyatda tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lib, bu fazilatlari bilan o‘z tengdoshlaridan batamom ajralib turgan. Uning yoshlik chog‘laridan ilmga o‘ta qiziqish va ishtiyoqi o‘sha davrning qo‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallashida baralla namoyon bo‘ldi. Bu boradagi bilimlarni yanada oshirish uychun ko‘pgina Sharq mamlakatlariga borgan U ko‘p yillar davomida Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda Imom at-Termiziy o‘z davrining ko‘pgina mashhur muhaddislari, jumladan, Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘iylon, Said ibn Abdurrahmon, Muhammad ibn Bashshorlardan tahsil olgan. U o‘z davrining yetuk muhaddisi sifatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan.
At-Termiziyning xorijiy mamlakatlarga qilgan safari uzoq yillarga cho‘zilib, avval eslatib o‘tganimizdek, bu safarlar chog‘ida ko‘pdan-ko‘p olimlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘ldi. Shu bilan birga, hadislarni to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga ham kirishdi. Ayniqsa, mashhur muhaddis al-Buxoriy bilan Nishopurda (ikki alloma 5 yil birgalikda yashagan) birga faoliyat ko‘rsatib, ko‘plab ilmiy bahslarda ishtirok qiladi, bu haqda at-Termiziy o‘zining “Al-Ilal” kitobida yozadi. U xorijiy ellarga safarlaridan o‘z yurtiga 863-yillar (ba’zi manbalarda 868-yillar) atrofida qaytadi va yurtidagi olimlar bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, ko‘plab shogirdlarga ustozlik qiladi. At-Termiziyning ko‘pchilik tasniflari, jumladan, mashhur asari “Al-Jomi’” ham o‘z Vataniga qaytganidan keyin yaratilgan. Imom at-Termiziy 892- yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot, etib, shu joyda dafn qilingan.
At-Termiziy o‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘ndan ortiq asarlar yaratdi, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonchli to‘p-lam”) “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambar alayhissalomning shakl va sifatlari”), “Al-ilal fil-hadis” (“Hadislardagi illatlar”), “Kitob uz-zuhd” (“Zohidlik kitobi”), “Risola fil xilof val-jadal” (“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”) kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
Termiziyning muhim asarlaridan biri bo‘lgan “Ash-shamoil an-nabaviya” Muhammad (s.a.v) ning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan.
Imom at-Termiziyning ilmiy-ma‘naviy merosida salmoqli o‘rin tutuvchi “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonch-li to‘plam”) nomli asari olti sahih hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, u yuqorida qayd etilganidek, “Al-Jo-mi’ al-kabir”, “Sahih at-Termiziy” “Sunan at-Termiziy” kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Hajar al-Asqaloniyning yoznshicha, at-Termiziy ushbu asarini 270/884-yilda, ya‘ni qariyb atgmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttmrib, imomlik darajasiga-erishgandan keyin yozib tugatgan.
“Al-Jomi’ al-kabir”ning qo‘lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida mavjud bo‘lib, jumladan, Toshkentda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Raihon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Muhim manba sifatida “Al-Jomi’ as-sahih” bir necha marta nashr qilingan. Ulardan 1283/1867-68-yili Mirtohda amalga oshirilgan toshbosmasini, 1292/1876-77-yili ikki jildda Qohirada, shuningdek, 1980-yilda Bayrutda nashr etilgan nusxalari va so‘nggi yillardagi qator nashrlarini ko‘rsatish kifoyadir. At-Termiziyning bu muhim asariga bir qator sharhlar ham yozilgan bo‘lib, ulardan Ibn al-Arabiy (vaf. 543/1148) nomi bilan mashhur bo‘lgan imom Hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulla al-Ashbiliyning “Oridat al-Ahvaziy ala kitob at-Termiziy” nomli
13 juzdan (qism)dan iborat asari eng muhim sharhlardan hisoblanadi. Ushbu sharh dastlab 1931-yilda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim al-Muborakfuriy (1866-1935) qalamiga mansub yana bir sharh ham “Tuhfat ul-Ahvaziy bi-sharhi at-Termiziy” deb ataladi. To‘rt juzdan iborat bo‘lgan bu asar 1979 yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurah-mon ibn Abu Bakr as-Suyutiyning (1445-1505) at-Termiziy asariga yozgan sharhi “Qut al-mug‘taziy ala jomi’ at-Termiziy” (undan ikki kismi nashr qilingan) deb atalgan.
Bulardan tashqari, Muhammad ibn Abduqodir Abu at-Tayyib al-Madaniyning “Sharh Sunan at-Termiziy”, Ahmad Muhammad Shokirning “Tahqiyq va sharh Jomi’ at-Termiziy” (o‘ndan ikki qismi 1937-yilda Mustafa al-Bobiy al-Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf al-Bannuriyning “Ma’orif sunan” sharh “Sunan at-Termiziy” (uning birinchi qismi 1963-yilda Pokistonda nashr qilishan), Siroj Ahmad as-Sarhandiyning “Sharh “Sunan” at-Termiziy” nomli forscha sharhi, shuningdek, Rashib Ahmad al-Kanuhiyning “Al-Kavkab ad-durriy ala-t-Termiziy” (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriyning ikki juz‘dan iborat “Al-Urf ash-shaziy ala jomi’ at-Ter-miziy” (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat, Abu-l-Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy as-Sanadiy-ning (vaf. 1138) “Hoshiya ala “Sunan” at-Termiziy” kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin. Avval eslatib o‘tganimizdek, hijriy uchinchi asr (milodiy to‘qqizinchi asr) hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblanadi. Dastlab bu davrda yashab ijod qilgan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim kabi allomalarning sermahsul faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Mana shu davrdan boshlab Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlarining tadvini rivojlanib, bu holat hadis ilmi ta-raqiyotida katta rol o‘ynaydi. Mana shu paytdan etiboran Payg‘ambar (s.a.v.) hadisi shariflari birvarakayiga to‘planib qolmasdan, balki ular saralanib, toifalarga bo‘lina boshladi. Ular sahih (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul) zaif (bo‘sh) kabi guruhlarga bo‘linib, chuqur tadqiq qilingan xolda ilmiy tarzda tartibga solindi. Imom at-Termiziy o‘z ustozlari Imom al-Buxoriy, Imom Muslim asos solgan xayrli ishni chuqur mas’uliyat va katta ixlos bilan davom ettirib, hadisshunoslikning ilmiy asosda rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi, musulmon dunyosidagi eng nufuzli muhaddislardan biri darajasiga ko‘tarildi. Abu Iso at-Termiziyning shoh asari bo‘lmish “Al-Jomi’ as-sahih” hadis ilmida katta ahamiyatga ega muhim manbalardan hisoblanadi. Eng avvalo shuni aytish kerakki, muallif o‘z asarini alohida-alohida boblarga bo‘lib, imkoni boricha, har bir hadis roviylarini keltirib, har bir hadisdan keyin uning ishonchli yoki ishonchsizlik darajasini aniqlab, alohida ko‘rsatadi. Oldinroq biz mazkur asarning “As-Sunan” (“Sunnatlar”) nomi bilan (“Sunan at-Termiziy”) atalishini ham eslatib o‘tgandik. Bu nom bilan atalishiga sabablardan biri unda fiqh masalasiga doir ahkom hadislar juda ko‘p keltirilganligidir. Shu bilan birga, asarda pand-nasihat, axloq-odob, go‘zal xulqu fazilatlar xususida ham juda ko‘p hadisi shariflar keltirilganki, bu darajadagi hadislar hech bir muallif asarida uchratilmaydi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Аytmoq joizki, Termiziyning «Sunan» kitobi boshqa hadis kitoblari orasida oʼziga xos oʼrin egallagan asardir. Ushbu kitobni boshqa hadis kitoblaridan farqlab, ajratib turgan uchta xususiyatni taʼkidlab oʼtmoqchimiz, chunki bu uch xususiyat «Kutubi sitta», yaʼni oltita eng mashhur hadis toʼplamining Termiziy kitobidan boshqa hech bittasida uchramaydi.
1. Termiziy, har bir bobning hadisini zikr qilganidan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilgan sahobai kiromlarning ismlarini sanab oʼtadi. (Аlloh hammalaridan rozi boʼlsin). Xoh ular rivoyat qilgan hadislar Termiziy keltirgan hadis maʼnosiga mos boʼlsin, xoh boshqa maʼnoda boʼlsin, xoh unga zid maʼnoda boʼlsin; har holda, Termiziyning hadisiga yaqindan yoki uzoqdan aloqador boʼlsa, kifoya! Аna shu xususiyat Termiziy kitobining sharhini kuchaytirib yuborgan juda muhim unsurdir. Аyniqsa, hadis olimlari kibriti ahmardek – mis va qalayni tillo qiladigan iksirdek nodir boʼlib qolgan keyingi davrlar uchun bu oʼta muhim xususiyatdir. Keyin esa, Termiziy ishorat etgan barcha hadislarni sanadlari va matnlari bilan taxrij qilmoq, yaʼni, asoslab yuzaga chiqarmoq bir umrni talab qiladigan ishdir. Shayx Muborakfuriy Termiziy kitobini sharhlaganda bu ishni bajarmoqchi boʼldi, ammo barcha hadislarni taxrij etishga muvaffaq boʼla olmadi, oʼz taxrijlarida esa boshqa allomalarga ergashish bilan kifoyalandi.
2. Termiziy, fiqhiy masalalarda faqihlarning qavllarini - fikr-qarashlarini koʼp bor zikr qiladi, dalillarga ishorat etib, xuddi oʼsha masalada bir-biriga zid hadislarni sharxlaydi. Bu xususiyat qay darajada ahamiyatli, muhim va ulugʼ bir maqsadga muvofiq ekanligi ochiq-ravshandir. Аsosan, hadis ilmlarining haqiqiy gʼoyasi va maqsadi istidlol, yaʼni, dalil keltirish hamda bekamu-koʼst ittiboʼ etish - ergashish va amal qilish uchun asos boʼladigan hadislarni aniqlab tayin etishdir.
3. Termiziy xadislar taʼliliga juda kuchli eʼtibor beradi. Har bir hadisning sihhat va zaʼf-sogʼlomlik va zaiflik darajasini aniqlaydi. Hadisning illatlari haqida, roviylar borasida batafsil va ahamiyatli izohlar beradi. Termiziyning bu yoʼnalishi bilan xadis ilmi qoidalarining, ayniqsa, taʼlil ilmining amaliy bir tadbiqi namoyon boʼladi. Xullas,bu olimlar va mutaallimlar uchun eng foydali bir kitob ekanligini iddao qilishimiz mumkin. Chunonchi, Hofiz Аbul-Fazl Muhammad ibn Tohir Аl-Maqdisiy, Termiziy haqida bunday deydi: «Hirotda Imom Аbu Ismoil Аbdulloh ibn Muhammad Аl-Аnsoriydan (Аbu Ismoil Аl-Аnsoriy, Hirotlik alloma Shayx-ul-Islom, «Manozil-us-soiriyn» nomli kitob muallifi. Hirot eski Xuroson davlatining poytaxti, hozir Аfgʼoniston hududidaga bir shahar.) eshitdim. U oʼz majlisida Termiziy va uning kitobidan gap ketganida aytdiki,. «Mening uchun uning (Termiziyning) kitobi, Buxoriy va Muslim kitoblaridan koʼra foydaliroq. Chunki, Buxoriy va Muslim kitoblaridan faqat mutaxassis olimlargina istifoda etadi. Аbu Iso (Termiziy)ning kitobidan esa har kim foydalanishi mumkin». (Аl-Maqdisiyning «ShurugulАimmati Аshobil kutubissittati» nomli qoʼlyozma asaridan.) Termiziy esa oʼz kitobi haqida bunday deydi: «Bu kitobni tasnif qilganimdan keyin uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim; ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida bu kitobdan boʼlsa, oʼsha xonadonda Paygʼambar (sallallohu alayhi va sallam) gapirayotgandek boʼlur». («Tazkirat-ul-huffoz» («Hofizlar yodnomasi»): 2/188 «Tahzib-uttahzib»: 9/389 va «Miftoh-us-saʼoda» (Saodat kaliti):2/11)
«Sunani Termiziy» kitobida hadislarning darajalarini belgilashda ikki ibora qoʼllangan. Noaniq va mubham qolmasin deb bu ikki iborani muhtaram oʼquvchiga tushuntirib oʼtmogʼimiz lozim:
birinchisi - «Bu hadis hasan-sahih» degan ibora;
ikkinchisi - «Bu hadis hasan-sahih-gʼarib» degan ibora.
Termiziy ayrim hadislarni «hasan-sahih» yoki «hasan-gʼarib» deb, yoki «sahih-gʼarib» va yoxud «hasan-sahih-gʼarib» deb ataydilar. Lekin bu birikmalarni taʼriflamaydilar. Masalan, bir hadisni faqatgina «sahih» deb yoki «gʼarib» deb ataganlarida, buning taʼrifini keltirmaganlar. Balki bular hadischilar nazdida tushunarli boʼlgani uchun taʼrifni lozim koʼrmagandirlar. Аmmo ajabki, faqatgina «hasan»ning taʼrifini keltiradilar. Bu nomaʼlum bir ifoda yoki yangi bir istiloh boʼlgani uchun taʼrifga ehtiyoj his etgan boʼlsalar kerak, degan fikrdamiz. Hadisni uch qismga boʼlish Termiziyning ijodi hisoblanadi. Termiziydan oldingi muhaddislarning asarlarida «hasan» iborasiga duch kelgan boʼlsakda, ammo hadisni «hasan, sahih va zaif» deb uch qismga boʼlgan va «hasan» iborasini ilk marotaba ilmiy istiloh sifatida qoʼllagan zot Termiziyning oʼzlaridir. Termiziy «hasan» iborasini oʼz kitobida bunday taʼriflaydilar: «Ushbu kitobimizda «Bu hadis hasan» degan paytimizda biz sanadining hasan ekanligini nazarda tutganmiz. Chunki roviysi yolgʼonchi deb taxmin qilinmagan har bir hadis, deyarli boshqa sababdan rivoyat qilinsa va shoz(z) boʼlmasa, u hadis, bizning fikrimizcha, hasandir». Ibnu-Saloh «Bu hadis hasan-sahih» degan ibora haqida bunday deydi: «Termiziy va boshqalar (Yahyo ibn Moʼin, Ibn-u Аbi Shayba, Аbu Аli Аt-Tusiy va shular singari boshqa muhaddislarni nazarda tutmokda) qoʼllagan «bu hadis hasan» degan iborada ishkal (chalkashlik) bor. Chunki «hasan»ning martabasi maʼlum sababga koʼra «sahih»ning martabasidan pastdir. Bir hadisda bu ikki istilohni jamʼ qilmoq oʼsha qusurning (aybnuqsonning) ham nafyi, ham isboti (rad va isboti) demakdir». Shundan keyin bu ishkal borasida bunday javob qaytaradi: «Ushbu iboraning qoʼllanishi sanadga tegishlidir. Hadis ikki isnod bilan rivoyat qilinadi. Аgar isnodlarning bittasi hasan, ikkinchisi sahih boʼlsa, bu hadisni «hasan-sahih»-- deb aytish toʼgʼri boʼladi. Yaʼni hadis bir isnodga koʼra - hasan, ikkinchi isnodga koʼra - sahihdir. Bu oʼrinda «hasan» soʼzining lugʼaviy maʼnosini koʼzda tutgan boʼlishini ham inkor etib boʼlmaydi. Koʼngil moyil boʼlgan va qalb qabul qilgan narsa hasan deyiladi. Bu taqdirda «hasan» iborasi istilohiy maʼnosidan boshqa maʼnoda qoʼllangan boʼladi». Ibnus-Saloh javobining birinchi qismiga eʼtiroz bildirilgan. Chunki Termiziy faqat bittagina isnodi boʼlgan hadisga nisbatan ham «hasan-sahih» taʼbirini qoʼllaganlar. Demak, «hasan» soʼzi bu oʼrinda lugʼaviy maʼnosida qoʼllanganini taʼkidlash ishkalning oldini olish uchun eng muvofiq yoʼldir. Bu orada «sahih-hasan» iborasi «hasan» bilan «sahih» orasidagi bir martaba ekanligini iddao qilganlar ham bor.
Tarkibiy jihatdan asar quyidagi boblarga bo‘linadi: tahorat, salot (namoz), zakot, ro‘za, haj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, qozilik ahkomlari, tovon to‘lash, me‘yor, sayd, qurbonlik, nazr-nuzur, iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar (al-ashriba), xayr-ehson va saxovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar, xayrixoxlik va taqdir, xuruju fitnalar, bashoratlar, shahodatlar, zohid-lar, jannat sifatlari, jahannam sifatlari, ilm, izn so‘rash va odob masalalari, Qur‘on fazilatlari, qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar (fazilatlar), illatlar.
Boblar asarda sarlavha tarzida, bo‘limlarga bo‘lingan holda tuzilgan bo‘lib, muayyan bobga doir keltirilgan hadislar ushbu bo‘lim mazmunini to‘la-to‘kis ifodalaydi. Ushbu bobga doir masala bo‘yicha muallif bir, ko‘pincha esa, bir qancha hadislarni keltiradi, so‘ng bu masala yuzasidan boshqa ulamoyu faqihlarning fikrlarini ham batartib keltiradi. Undan keyin, rivoyat qilingan. hadisning sahih, hasan, zaif yoki g‘aribligi darajasiga o‘z munosabatini bildiradi. Shundan so‘ng, hadisning roviylari, sanadlari va sanad o‘z ichiga olgan illatlari xususida ham o‘z fikrini bayon qiladi. Shunnngdek, mazkur hadisning boshqa yo‘llar bilan qilingan rivoyatlari, shu masala xususida boshqa munosib hadis bo‘lsa, ular haqida ham zikr etib o‘tadi.
Bugungi kunda ko‘plab musulmonlarimiz shariat qoidalari masalasida qiyinchiliklarga duch kelishadi. To‘g‘ri, kitoblar ko‘p, ammo batafsil, sodda tilda yozilgan kitoblar kam. “Sunani Termiziy” shu masalada yordam berishi mumkin bo’lgan kitoblardan biri hisoblanadi. Kitobda musulmonlarda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha mavzudagi savollarga javob mavjud, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Sunani Termiziy”da mavzulashtirilgan hadislar jamlangan bo‘lib, hadislar ham o‘z o‘rnida turlarga ajratilgan. Quyida boblar va boblardagi hadislardan misollar beriladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek hadislar fiqhiy masalalar bo’yicha jamlanganligi sabab, boshqa fiqhiy manbalar singari dastlab tahorat bobi berilib, unda tahoratning fazilatlari, namozning kaliti tahorat ekanligi, tahorat olish tartiblari,qazoi hojat, istinjo masalalari, misvok ishlatishning fazilatlari va foydalari, tahorat olish tartibi, tahoratdan keyin o’qiladigan masalalar, tahoratni buzuvchi holatlar, g’usl olish tartibi, g’uslni vojib qiluvchi holatlar kabi ozodalikka doir hadislar tartib bilan berilgan. Masalan 2 bobda tahoratning fazilatlari haqida quyidagi hadislar keltirilgan: Аbu Xurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: Rasululloh salallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Musulmon (yoki moʼmin) banda tahorat olayotib, yuzini yuvganida koʼzlari bilan qarab qilgan har bir gunohi tahorat suvi bilan yoki suvning oxirgi tomchisi bilan (yoki shunga oʼxshash taʼbir qoʼlladilar) yuzidan yuvilib tushadi; qoʼllarini yuvayotganida qoʼllari bilan sodir qilgan har bir gunohi suv yoki suvning soʼnggi qatrasi bilan qoʼllaridan toʼkiladi va shunday qilib, banda gunohlaridan poklanib chiqadi». Bu hadis hasan-sahih. Bu hadisni Molik Suxayldan, uning otasidan, Аbu Hurayradan rivoyat qilgan. Аbu Solih Suxaylning otasidir, Аbu Solih Аs-Sammon deb tanilgan bu zotning ismi — Zakvon. Аbu Hurayraning ismi masalasida esa ixtilof qilindi. Baʼzilar «Аbdushams» deb aytishdi. Kimdir, «Аbdulloh ibn Аmr», deb aytadi. Xullas, Muhammad ibn Ismoil (Аl-Buxoriy), «Eng toʼgʼrisi shu!» deydi. (Yaʼni, Аbu Hurayraning ismi borasida turli xil naqllar zikr qilingan boʼlib, Аbdulloh ibi Аmr ekanligiga ishorat qilingan). Bu bobda Usmon ibn Аffon, Savbon, Аs-Sunobihiy, Аmr ibn Аbasa, Salmon va Аbdulloh ibn Аmr (roziyallohu anhum)dan ham hadis rivoyat qilingan. Аs-Sunobihiy Аbu Bakr Siddiqdan rivoyat qilgan, ammo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan emas. Аsli ismi — Аbdurrahmon ibn Usayla, kunyasi Аbu Аbdulloh boʼlgan Аs-Sunobihiy Paygʼambarimiz sallallohu alayhi va sallamni koʼrmoq uchun yoʼlga chiqqan edi, u hali yoʼlda ekanligida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. U kishi Paygʼambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan turli hadislar rivoyat qilgan. Suyutiy ibn Аbdilbarrdan naql etib, bunday deydi: Sunobihiyning Paygʼambar sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadislari borasida Ibn Moindan soʼraldi, u bunday javob qildi: «Bu hadislar mursaldir. Sunobihiy sahoba emas, ammo tobiʼiynlarning eng oldingilaridandir».
Paygʼambar sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan boʼlgan Аs-Sunobih ibn АlАʼsar Аl-Аhmasiy ham Аs-Sunobihiy deb yuritiladi. Uning hadisi esa mana bunday: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitdim, aytdilarki: «Men boshqa ummatlarga nisbatan sizlarning koʼpligingiz bilan faxrlanaman. Binobarin, mendan keyin bir-birlaringizga qarshi urush qilib ketmangizlar!» (Bu hadisni Imom Аhmad «Musnad» kitobida 4/351 raqam bilan va Ibn Moja «Sunan» kitobida (2/240-241) raqami bilan rivoyat qilishgan.)
Kitobdagi “Namoz boblari” bo‘limini oladigan bo‘lsak, u yerda namoz bo‘yicha juda keng qamrovli ma’lumotlar berilgan. Namoz vaqtlari mavzusidagi hadisga nazar tashlasak, Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Jabroil alayhissalom Baytulloh yonida menga ikki marta imomlik qildi. Birinchi martasida peshin namozini har narsaning soyasi butkul qisqarib, uzaya boshlagan paytda o‘qib berdi. Keyin asr namozini hamma narsaning soyasi o‘z bo‘yi barobar cho‘zilgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin shom namozini ayni quyosh botgan va ro‘zadorlar og‘iz ochadigan paytda o‘qib berdi. Keyin xufton namozini shafaq yo‘qolgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin bomdod namozini ayni tong otgan va ro‘zador kishining (saharlik vaqti tugab) taom yeyishi harom qilingan vaqtda o‘qib berdi. Ikkinchi martasida, peshin namozini hamma narsaning soyasi o‘z bo‘yi barobar cho‘zilgan va kechagi asr vaqti kirgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin asr namozini hamma narsaning soyasi o‘zidan ikki barobar cho‘zilgan vaqtda o‘qib berdi. Keyin shom namozini ayni avvalgi vaqtida o‘qib berdi. Keyin xufton namozini kechaning uchdan bir qismi o‘tib, shu qismning oxirrog‘ida o‘qib berdi. Keyin bomdod namozini ayni tong oqargan vaqtda o‘qib berdi. Keyin Jabroil menga o‘girilib aytdiki, “Yo Muhammad! Sendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning (namoz) vaqti ana shudir, ana shu ikki vaqtning orasidir”. Bunda namoz vaqtini aniqlashda xalq orasida mashhur bo‘lgan usullar bayon etilgan. Buni xalq orasida tarqalishida ham hadislarning, shu kabi kitoblarning ahamiyati katta, deb o‘ylaymiz. Namoz boblarini ko‘riladigan bo‘lsa, har bir namoz turi, ular bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olishimiz mumkin. Bundan tashqari bu qismda azon masalasiga ham alohida to’xtalib o’tilib unda azonnig boshlanishi, iqomat kalimalari, azon duosi,uning fazilatlariga oid hadislar berib o’tilgan Jamoat namozining savobi, uni o’qish tartibi, imomat, imomning vazifasi, muazzinning vazifalariga ham alohida to’xtalib o’tilgan. Misol: 215. Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Jamoat namozi kishi yolg‘iz o‘qigan namozdan yigirma yeti daraja ortiqdir”. Bu bobda Abdulloh ibn Masʼud, Ubay ibn Kaʼb, Muʼoz ibn Jabal, Abu Saʼid, Abu Hurayra va Anas ibn Molik (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Ibn Umarning hadisi hasan-sahih. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning: «Jamoat bilan o‘qigan namoz kishi yolg‘iz o‘qigan namozdan yigirma yetti daraja ortiqdir”, degan so‘zlarini Nofiʼ, Ibn Umardan, Rasuli Akramdan shu tarzda rivoyat qilgan. Bu bobda Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilganlarning hammasi «yigirma besh (daraja)» degani holda, yolg‘iz Ibn Umar «yigirma yetti (daraja)» deb aytgan.
216. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma besh hissa ortiqdir”. Bu hadis hasan-sahih
Kitobda bugungi kun musulmonlarini qiynab kelayotgan yana bir dolzarb masala, zakot masalasiga ham alohida bo‘lim ajratilgan. Kitobning “Zakot kitobi” b‘limida, bir necha boblar berilgan. Shundan, 1-bobdagi “Zakot bermaganlik borasida payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning bildirgan og‘ir hukmlari” mavzusini olsak, Аbu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, u zot Kaʼbaning soyasida oʼtirgan ekanlar. Mening yaqinlashayotganimni koʼrib, bunday dedilar: «Kaʼbaning Parvardigori haqi! Qiyomat kunida xosiriynlar - boy berganlar oʼshalardir!». Аbu Zarr aytadi: «Mendan nima oʼtdi ekan? Men haqimda biror narsa nozil boʼldimikin?» deb oʼyladim, aytdimki, «Ota-onam sizga fido boʼlsin (Yo Rasululloh!) Ular kimlar?» Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ular mol-davlati koʼp boʼlgan kishilardir. Illo ikki qoʼli orasidan, oʼngidan va chapidan (xayrli ishlarga) sochgan kishi bundan mustasno!..» Keyin bunday dedilar: «Jonim qudrati qoʼlida boʼlgan zotga qasamki, bir kishi, zakotini bermasdan tuya yoki sigir qoldirib, oʼlsa, qiyomat kunida u oʼz aslidan kattakon va semiz holda egasining oldiga kelgaydir. Uni tuyoqlari bilan tepkilab, shoxlari bilan suzgaydir. Mollarining oxirgisi (ishini) bitirishi bilan, birinchisi uning ustiga qaytgaydir. To insonlar orasida hukm qilingunicha (bu hol davom etgaydir!)...» Bu bobda Аbu Hurayra (roziyallohu anhu)dan shunga oʼxshash hadis rivoyat qilindi. Аli ibn Аbu Tolib (karromallohu vajhahu) bunday deganlari rivoyat qilindi: «Zakot bermagan kishi laʼnatlandi!» (Shuningdek, bu bobda) Kabisa ibn Hulb vositasida uning otasi Hulbdan, Jobir ibn Аbdulloh va Аbdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhum)dan bittadan hadis rivoyat qilingan. Аbu Zarrning hadisi hasan-sahih. Аbu Zarrning ismi - Jundub ibn Аs-Sakan. U Junodaning oʼgʼli deb ham aytiladi.



1N.A.Jumayeva. O’rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi. –Buxoro.: “Durdona”nashriyoti. 2013. 63-b.



2 M.Aminov. F.Hasanov. Buyuk ajdodlarimiz. –T.:”O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,2010.40-b.

Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish