Kurash turlari va uni o'qitish metodikasi reja: Kurash turlari va uni o'qitish metodikasi



Download 310,39 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2022
Hajmi310,39 Kb.
#882375
  1   2   3   4
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O\'QITISH METODIKASI


KURASH TURLARI VA UNI O'QITISH METODIKASI
REJA:

  1. Kurash turlari va uni o'qitish metodikasi

  2. O’zbekistonda rivojlanayotgan boshqa sportcha kurash turlari

  3. O’zbek milliy kurash turlaridan kurash va belbog’li

So’z boshi Ma’lumki kelajagimiz poydevori bo’lgan – yoshlarni sog’lom, kuchli va albatta baxtiyor etib tarbiyalash uchun davlatimizning qator qaror va qonunlari ishlab chiqarilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ham mazkur yo’nalish bo’ycha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda, xususan, sport turlaridan – sport kurashlarida yoshlarni tarbiyalash va ta’lim berish ishlari yuqori darajada tashkillashtirilgan. Ya’ni bo’lajak xalqaro arenada yurt bayrog’ini baland ko’taruvchi yuqori malakali kurashchilar poydevori yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kurash sport turi bilan shug’ullanuvchilarni tayyorlashda poydevorning mustahkamligi, ya’ni bazaviy va mutaxassislikka chuqurlashtirish davrida har bir jabhaga trener e’tibor berishi lozim. Sport kurashida zahiradagi sportchilarni samarali tayyorlash bo’yicha, hamda undagi mashg’ulotlarda tavsiya etiladigan vosita va uslublar to’g’risida mutaxassislarning fikri har xildir. Faqatgina mazkur muammo bo’yicha umumiy ko’rinishga ega bo’lgan fikr va tavsiyalarni ko’rish mumkin. Mazkur kitobni sport kurashlari bo’yicha zahiradagi sportchilarni saralash, ularga sport kurashlari va Olimpiada O’yinlari harakatining mohiyatini tushunish, hamda sportchilarni tayyorlashdagi bazaviy bilimini oshirishda foydalaniladigan o’quv qo’llanma sifatida qabul qilish mumkin. Bunda muallif tomonidan, ya’ni oddiy maktab o’quvchisidan 2006 yilda Jahon chempioni darajasiga erishgan Zoxid Jumaqulov tajribasi, zahiradagi sportchilarning e’tiborga olishi zurur bo’lgan jihatlari taqdim etilgan


Qadimdan O’zbekistonda kurash turlariga qiziqish yuqori O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin yurtimizda sportcha kurash turlariga yuqori darajada e’tibor qaratildi. 1998-yil 5-fevraldagi “Kurash Xalqaro Asosiatsiyasini qo’llab quvvatlash”, 2012-yil 24-sentabrdagi “Sport kurashlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabni tashkillashtirish” to’g’risidagi Prezident farmoyishlari bunga yaqqol dalil bo’ladi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Hech bir narsa yurtni sport kabi dunyoga tanita olmaydi”. Polvonlarimiz qator nufuzli musobaqalarda – Olimpiada va Osiyo O’yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va xalqaro musobaqalarda g’olib va sovrindor bo’lib, mustaqil O’zbekiston Resrublikasini butun jahonga tanitmoqda. Buning ta’sirida yurtimizda nufuzli musobaqalarni o’tkazish uchun katta ishonch bildirilib, eng yuqori darajadagi musobaqalar - Jahon va Osiyo chempionatlari va xalqaro musobaqalari o’tkazilib kelmoqda. 2014-yilning sentabr oyida erkin va Yunon-rim kurashi bo’yicha Jahon chempionati yuqori saviyada o’tkazildi, shu bilan bir qator sportcha kurash turlari bo’lgan dzyudo kurashi bo’yicha Jahon Kubogi bosqichlari, sambo kurashi bo’yicha Jahon chempionatlari, kurash va belbog’li kurash bo’yicha doimiy ravishda musobaqalar o’tkazib kelinmoqda. Qadimdan O’zbekistonda kurash va belbog’li kurash turlariga qiziqish yuqori bo’lgan. To’ylar, sayillar va har xil bayramlar mazkur kurash turlarisiz o’tmagan. Mustaqillik yillarida an’analar qayta tiklanib, hozirgi kunga kelib har bir viloyatda ikkala kurash turi ham yaxshi rivojlangan. Ikki milliy kurash turlaridan tashqari Yunon-rim kurashi, erkin kurash, dzyudo kurashi va sambo kurashi yurtimizda keng tarqalgan va rivojlangan. Yuqoridagi kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi har xil sharoitlarda vujudga kelgan. Sportcha kurash eng qadimgi sport turlaridan biri bo’lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimgi inson ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo’lgan koordinatsiyalashgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan. O’troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo’lgan va birinchi navbatda, har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. Qadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayotgan kishilarning tasviri raydo bo’la boshladi. Misr ehromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilarning tasvirlari torilgan. Taxminan e.a. 2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usul yotadi. Qadimgi Hindistonda har xil yakkakurash turlari keng tarqalgan. Mahalliy aholi sog’lomlashtirish gimnastikasi, raqs va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish sohasida qimmatbaho an’analarni ehtiyotlik bilan saqlab kelgan. Qadimiy hind qo’lyozmalarida bellashuv va yakkakurashning shunday shakllari haqida ta’kidlanadiki, bunday bellashuvlarning uslubi raqibga qo’l yoki oyoq bilan qulatuvchi qattiq zarba berish, shuningdek bo’g’ish usullarini qo’llash bilan tavsiflanadi. Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi raydo bo’lishi e.a. 3 ming yillikning boshiga to’g’ri keladi. Taxminan e.a. 2698 yilda “KUNFU”, deb nomlangan kitob yozilgan, unda birinchi bor xalqlar o’rtasida keng tarqalgan davolovchi gimnastika, massaj, kasalliklardan forig’ etuvchi raqslar, shuningdek jangovar raqslarning tasnifiy ta’riflari tizimlashtirilgan.
O’zbek milliy kurash turlaridan kurash va belbog’li kurash qadimda dunyoga kelgan bo’lib, bu ko’p sonli tarixiy yodgorliklarda o’z aksini topgan. Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan. Buxoracha usuldagi kurash 1998 yildan boshlab kurash deb atala boshladi. Farg’onacha usuldagi kurash 2001 yildan boshlab belbog’li kurash deb atala boshladi. Dunyoda unchalik ko’p bo’lmagan davlatlardagina milliy kurash turlari mavjuddir. Bizning yurtimizda birdaniga ikkita milliy kurash turi borligidan g’ururlanib, kelajak avlodlarimizga mazkur qadriyatimizni saqlab qolishimiz zarur.
Baxslarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, shuningdek dushmanni asirga olish usullarini o’z ichiga oladigan kurash usullarini tasvirlovchi qadimiy rasmlar hozirgi O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan.
O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan.
Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimiz: Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-
1501) asarlarida kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash mavjud bo’lgan.
Hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan ikkita kurash turi shakllangan: raqib belbog’ini oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish. Kurashning birinchi turi “farg’onacha”, ikkinchisi - “buxorocha” usul deb nomlandi. Kurashning bu turlari hozirgi kunda ham Respublikamizda keng tarqalgan. Ushbu turlar buyicha
Respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi.
1998 yilda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil qilindi. 1999 yildan boshlab jahon chempionatlari o’tkazib kelinmoqda. A.Qurbonov, K.Murodov va
T.Muxammadievlar birinchi jahon chempioni unvonini qo’lga kiritgan sportchilardir.
Turkistonda qachondan boshlab pofessional polvonlar o’rtasida musobaqalar o’tkazila boshlangan?
1908 yildan boshlab Turkiston polvonlari o’rtasida professional musobaqalar o’tkazila boshlangan.
Yurtimiz polvonlari birinchi bor 1933 yil IV sobiq ittifoq birinchiligida qatnashishdi.


  1. yil yoshlarni milliy kurashimizga qiziqishini hisobga olib Respublika sport qo’mitasi Toshkent shaxrida maxsus milliy kurash sektsiyasi tuzildi.

  2. yil Toshkent shaxrida birinchi bor respublikaning 30 ta shahridan 120 ta polvonlar yig’ilib kurash bo’yicha O’zbekiston birinchiligi o’tkazildi. 1938 yil “Sambo” kurashi joriy qilinligi sababli sambo kiyimida (kurtka) kurash tushishi unga moslashish juda tez kechadi. 1939 yil O’zbek kurashining Farg’onacha va Buxorocha turlari bo’yicha musobaqa qoidalari ishlab chiqildi. 1945 yildan boshlab kurash bo’yicha Respublika birinchiliklari o’tkaziladi. 1947 yildan boshlab kurash umum o’zbek Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1949 yildan boshlab kurash qishloq Spartakiadasi dasturiga kiritilgan. 1991 yil xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Komil Yusurov qadimiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarni jamlab, dunyo andozalariga mos kurash qoidalarini ishlab chiqdi.

1992 yil 14 yanvar O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan “jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi. 1992 yildan boshlab viloyatlarda kurash musobaqalari va turnirlari ommaviy tarzda o’tkazilib kelinadi.
1992 y fevral oyida “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. 1993 y 18 martdagi
“O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. 1993 y Ulug’ bobokalonimiz Al-Xakim At-Termiziy hotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnirni o’tkazish to’g’risida vazirlar maxkamasining farmoni chiqdi. 1996 y 17 yanvar “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishninig tashkiliy asoslari va rrintsirlarini tubdan takomillashtirishning chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 1998 yil 6 sentyabr kuni O’zbekiston xalqaro kurash assotsiatsiyasiga (XKA) a’zo bo’ldi. O’zbekiston xalqaro kurash assotsiatsiyasi faxriy prezidenti mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov 1999 yil 1-2 may kunlari Toshkent shaxrining “Yunusobod” tennis saroyi va “Jar” sport majmuasida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati o’tkazildi. 1999 yildan boshlab O’zbekistonda kurash bo’yicha jaxon chempionati o’tkaziladi. Kurash bo’yicha birinchi jaxon chempionlari A.Kurbonov, K.Murodov, T.Muxammadalievlardir. 2000 yil 23 iyunda butun jaxon kurashni rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi. 2001 yildan farg’onacha usuldagi kurash – belbog’li kurash deb ataladigan bo’ldi. Belbog’li kurash bo’yicha Dilmurod
Ro’ziev birinchi jahon chempioni. Belbog’li kurash bo’yicha jahonda ikkita, ya’ni klassik va erkin uslublarda bellashishadi.




Download 310,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish