Kurs ishi Mavzu: Avtomobillarning yoritish va ogohlantirish tizimi,asosiy nosozliklari va ularni bartaraf etish usullari. Tayyorladi: Qabul qildi: Jizzax –2022 Mavzu


Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda uchraydigan asosiy nosozliklar



Download 78,84 Kb.
bet9/10
Sana22.07.2022
Hajmi78,84 Kb.
#839437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
avtomobillar

Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida kuzovda uchraydigan asosiy nosozliklar
Avtomobil kuzovining asosiy nosozliklarlari: ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarni bo‘shashib ketishidan iborat. Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvantlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi. Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvantlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvantlash turidan foydalaniladi. Payvantlash qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda bajariladi. Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq bo‘lib, ular avtomobillarning yurgan yo‘li va ishlash muddati hisoblanadi. Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallarini ikki guruhga ajratamiz: ¾ oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari; 137 ¾ oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari. Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 yil yoki ellik ming kilometrni tashkil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi kuzov detallari yaroqsiz holga kelishi, kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo baquvvatligini susaytirmaydi. Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobilning baquvvatligini susaytiradi. Kuzov bo‘yoq qoplamasining zanglashiga qarshi muhofaza choralari. Avtomobil detallarini atmosfera omillari ta’sirida yemirilishidan saqlash va ko‘rkam qilish maqsadida qoplamalarining turli tizimlaridan foydalaniladi. Qoplamalar tizimi turli vazifalarga mo‘ljallangan lakbo‘yoq materiallarning ketma-ket surtilgan qatlamlari majmuidir. Qoplama egallashi lozim bo‘lgan xilma-xil xossalarni birgina material bilan berish mumkin bo‘lmaganidan qoplamalar tizimi qo‘llaniladi. Lak-bo‘yoq materiallar suyuq birikmali bo‘lib, ular detal yuzasiga yupqa qilib surtilganda, qurigandan so‘ng yuza bilan mustahkam ishlashishi lozim bo‘lgan parda hosil qiladi.1

XULOSA
So'nggi o'n yil ichida signalizatsiya texnologiyasi sezilarli darajada o'zgardi, xususan, transport vositasini masofadan turib boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydigan GPS tizimlari va transport vositasi va foydalanuvchi o'rtasida simsiz ma'lumotlarni uzatish.
Avtomobil sotib olish moliyaviy xarajatlarni o'z ichiga oladi, shuning uchun har kuni ko'proq haydovchilar o'zlarining sarmoyalarini qadrlashadi va ularning xavfsizligini ta'minlashga harakat qilishadi.
Lak-bo‘yoq qoplamalarining ishonchli ishlashi qoplama material va himoyalanayotgan buyum materialining issiqdan kengayishi koeffitsiyentlari har xilligi hamda qoplamada atmosferadagi mavjud namlik, chang va turli gazsimon aralashmalar shimilishi natijasida pardaning yorilishiga bog‘liq. Bu jarayonlarning mexanik yemirilishi va eskirishiga olib keladi. Lak-bo‘yoq qoplamalar eskirishi (qoplamaning yaltiroqligi yo‘qolishi uning eskira boshlaganini bildiradi) natijasida elastikligini yo‘qotadi, yorilib ketadi, yuzadan ko‘chadi va yemiriladi. Agar qoplama pardasining suvga chidamliligi yetarli bo‘lmasa, uning g‘ovaklari orqali suv kirib, metalga tegishi natijasida parda ostidagi metall zanglaydi.
Sovitish tizimining nosozliklari: zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi salьnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining bo’shashib qolishi, uning uzilishi, termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho’kindi (quyqa)si hosil bo’lishi hisoblanadi. Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari: zichlikning buzilishi, yonilg’i baki va trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog’ini birdaniga ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi, ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, yonilg’i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan iborat.

Download 78,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish