Kurs ishi mavzu: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlari va ularning yuritilishi



Download 46,37 Kb.
bet10/11
Sana22.03.2022
Hajmi46,37 Kb.
#505999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlari va ularning yuritilishi.

Oldingi tahrirga qarang.
46. Muddatida to‘lanmagan pul hisob-kitob hujjatlarini (2-kartotekaga kirim qilingan to‘lov talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari) qisman to‘lash uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial ordyerlarning “To‘lov maqsadi” grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatilishi shart.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-2, 22.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 276-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Bank tuzgan hujjatlarda ularning raqamlari qayd etiladi. E’lonlar, shuningdek ularning kvitansiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) tomonidan belgilanadi.
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
E’lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi mumkin. Texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan banklarda esa e’lonlar qo‘lda yozib to‘ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani to‘g‘risidagi kvitansiyalar faqat siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilishi shart. Faqat blankalar komplektiga kiradigan, bir vaqtning o‘zida qora qog‘oz (kopirka) bilan to‘ldiriladigan kvitansiyalar bundan mustasno.
Bank tomonidan beradigan kvitansiyalarda so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. “Summa raqam bilan” rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joyga ikki parallel to‘g‘ri chiziq tortib qo‘yiladi.
Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarni kirim qilish va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim ordyerlarida yakuniy summalar so‘z bilan qayta yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qo‘lda to‘ldiriladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko‘rsatilishi lozim.
Kirim va chiqim kassa jurnallari bank amaliyot kuni davomida kompyuterda yuritilganda, ular kun yakunida qog‘ozga chop etiladi hamda dastlabki nazoratdan o‘tkazgan Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi, kirim yoki chiqim kassirlari hamda kassa mudiri tomonidan imzolanadi.
Kirim va chiqim kassa jurnallarining shakli mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-4, 9.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 6-son, 68-modda)
49. Bank kunlik operatsiyalar yig‘majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan elektron to‘lov hujjatlarining ro‘yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankning mas’ul xodimlari imzosi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi.
XULOSA

Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.


Ushbu Yo‘riqnomada banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan:
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;
hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgaltyerlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgaltyerlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgaltyerlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgaltyerlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.


Download 46,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish