Kurs ishi Mavzu: Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish masalalari


Koronavirus pandemiyasi sharoitida mahalliy byudjet daromadlari va



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana30.11.2022
Hajmi0,78 Mb.
#875551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Mavzu Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini s

4.Koronavirus pandemiyasi sharoitida mahalliy byudjet daromadlari va 
xarajatlarini samarali boshqarish masalalari 
 
Mahalliy byudjetlarni taxminlashtirishga yondoshuvlardagi va 
markaziy hamda mahalliy organlar tomonidan yagona yondoshuvni qo’llashdagi 
nomutanosibliklarni mahalliy byudjetlar xarajatlarini qat’iy me’yorlar 
asosida taxminlashtirishda bartaraf qilish mumkin. 2000 yilda tegishli tarmoqlar va 
byudjet xizmatlari iste’molchilarining soni bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan 
xarajatlardan kelib chiqib hisoblanuvchi moddalar (tarmoqlar) bo’yicha 
xarajatlarni qat’iy belgilangan me’yorlar orqali taxminlashtirishga 
o’tishga urinish bo’lgan. Biroq, bunday qat’iy me’yorlar sezilarli 
kamchiliklarga ega. 
Ijtimoiy infratuzilma va sanoat tarmoqlarini rivojlanish darajasidagi tafovutlar, 
shahar va qishloq aholisining mavjudligi, baho darajasining turlichaligi sababli 
viloyat hududida ko’rsatilayotgan byudjet xizmatlarining qiymati farq qiladi. 
Bunda, viloyat bo’yicha o’rtacha hisoblangan, byudjet xarajatlarining yuqorida 
keltirilgan qat’iy me’yorlarini qo’llash «o’rtacha harorat» samarasiga ega bo’lishi 
mumkin, ya’ni ayrim tumanlar bunday qat’iy me’yorlar asosida o’z xarajatlarini 
to’la qoplay olishlari mumkin, boshqa hududlar esa o’rtacha qat’iy me’yorlar 
asosida xarajatlarini qoplay olmaydilar. Shundan kelib chiqib, 
viloyatning turli hududlaridagi tumanlar guruhi bo’yicha hisoblanuvchi va 
ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining mavjudligi, olisligi, shahar - 
qishloq aholisining soni va boshqa shu kabi parametrlarni hisobga oluvchi 
korrektirovka koeffitsientlarini qo’llash zarurdir. 
Mahalliy byudjetlar xarajatlarini baholashning nisbatan asoslangan 
usuli ovqatlanish uchun xarajatlarning tibbiy me’yorlarini, ta’lim 
sohasida uslubiy materiallar va bitta o’qituvchiga tg’ri keladigan o’quvchi 
soni me’yorlarini, byudjet tashkilotlari uchun kommunal xizmatlari 


29 
xarajatlari bo’yicha limitlarni va boshqalarni hisobga oluvchi yagona davlat 
me’yorlari asosida xarajatlarni moliyalashtirish maydonga chiqadi. 
Biroq, byudjet xarajatlarini yagona davlat me’yorlari asosida 
(ijtimoiy jihatdan maqbul va ilmiy asoslangan) mahalliy byudjetning 
real daromadlari bilan bog’lanmagan holda rejalashtirish hozirgi vaqtda 
byudjetning xarajatlar qismini daromadlar qismidan sezilarli darajada 
ortib ketishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ta’kidlash lozimki, bu kabiyagona 
davlat me’yorlarini hozirgi sharoitda qo’o’llash xarajat moddalari 
bo’yicha mahalliy byudjetlar xarajatlarini ongli tarzda qisqartirishni 
anglatadi va bu holat xarajat guruhlaridagi u yoki bu moddalar bo’ yicha 
moliyalashtirish darajasining asoslanmagan tarzda keskin tebranishlariga 
olib keladi. Ushbu amaliyot shuni anglatadiki, byudjet tizimi bo’g’inlari 
faoliyatining huquqiy asosi bo’lmish «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonun 
o’zining «belgilangan xarajat yo’nalishlari va hajmlari bo’yicha 
mablag’larni taqsimlash»ni ta’minlay olmasligi oqibatida tegishli 
funktsiyasini bajara olmayotir. Buning natijasida mahalliy moliya 
organlari va Moliya Vazirligi o’rtasida mahalliy byudjetlar 
xarajatlarini taxminlashtirish yuzasidan kelishmovchilik va 
nomutanosibliklar saqlanib qolayotir. Bundan tashqari byudjet 
xarajatlarining ijtimoiy maqbul va asoslangan davlat me’yorlari ma’lum 
ijtimoiy standartlar (iste’mol byudjeti minimumi, yashovchanlik 
minimumi va h.k.)ning ham qonuniy tarzda tasdiqlanishini talab etadiki, 
bu holat yaqin kelajakda yagona davlat me’yorlarini qo’llashning 
imkoniyatlari cheklanganligini yana bir bor tasdiqlaydi. 
Byudjet xarajatlari vakolatlarini taqsimlash tizimini isloh 
qilishning bu bosqichida mahalliy byudjetlar xarajatlarini xarajat 
yo’nalishlari (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy va 
kommunal xo’jaligi, boshqaruv va boshqalar) bo’yicha jon boshiga to’g’ri 
keluvchi me’yorlar asosida taxminlashtirishda korrektirovka qiluvchi tuman 
koeffitsientlarining hisobga olinishi ushbu xarajatlar asosliligini va 


30 
ijrosini ta’minlaydi. 
Respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini taxminlashtirishda 
davlatning yagona me’yorlarini qo’llashda yuqorida bildirilgan holatlarning 
e’tiborga olinishi mahalliy moliya organlari va Moliya Vazirligi o’rtasidagi 
xarajatlarni taxminlashtirish amaliyotidagi kelishmovchiliklarni minimallashtirish 
imkonini beradi. 
Byudjet xarajatlari vakolatlarini taqsimlash tizimini isloh qilishning yana bir 
muhim muammosi hozirgi byudjet amaliyotida uchrayotgan «mahalliy byudjet 
xarajatlari taxminlashtirilgandan so’ng uning ijrosida ayrim xarajatlarning 
respublika byudjeti ixtiyoriga olib qo’yish» holatlarining uchrashidir. Ushbu 
zaruriyat, albatta, tegishli xarajat yo’nalishining maqsadli moliyalashtirilishi va 
muddatliligini ta’minlashning ahamiyatliligidan kelib chiqsada, taxminlashtirish va 
ijro etish jarayonidagi yaxlitlikni buzadi. Huddi shunday holatni alohida 
xarajatlarning respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga o’tkazilishida ham 
kuzatish mumkinki, bunday byudjet tadbirlari byudjet amaliyotida uchramoqda. 
2020-yil 14 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar va mas’ul 
organlar tomonidan «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi va 2020-2022 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari prognozi masalalari ko‘rib chiqilgan.  
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qonun loyihasining asosiy muhim jihatlarini 
sanab o‘tdi. «Qonunning asosiy maqsadlarini sanab o‘taman. Birinchidan, 
byudjetni qabul qilish va ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish. 
Ikkinchidan, byudjet intizomini yanada mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan 
oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, byudjet jarayoni ishtirokilarining 
mas’uliyati va javobgarligini oshirish. Qonun loyihasida keyingi yil uchun davlat 
byudjeti daromadlari xarajatlari va 2021-2022 yillar uchun byudjet mo‘ljallari 
avvalgi yillardan farqli o‘laroq ma’lumot uchun kiritilmoqda. Buning mohiyati 
shundaki, respublika byudjeti xarajatlari va mahalliy byudjetlarga transfertlar Oliy


31 
Majlis tomonidan, mahalliy byudjet xarajatlari esa mahalliy xalq deputatlari 
kengashlari tomonidan tasdiqlanish tartibi joriy etilmoqda. Shuning uchun Oliy 
Majlis mahalliy byudjetlarni ham o‘z ichiga olgan davlat byudjeti xarajatlarini 
tasdiqlamasligi lozim bo‘ladi. 
2020 yildan boshlab mahalliy byudjet mustaqil ravishda shakllantiriladi. 
Mahalliy hokimliklar o‘zlariga biriktirilgan soliqlardan tushumlarni ko‘proq 
tushirsalar shunga mos ravishda xarajatlarni ham oshirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. Agar mahalliy soliqlar bo‘yicha pronoz ko‘rsatkichlari bajarilmasa
hokimliklar shunga yarasha o‘z xarajatlarini qisqartirishlariga to‘g‘ri keladi. 
Hududning daromadi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan omillar hisobiga 5 foizdan pasayib 
ketsa va xarajatlarni qisqartirish yoki bu daromadlar o‘rnini qoplash imkoniyati 
bo‘lmasa respublika byudjetidan mahalliy byudjetga yordam berish tizimi ishga 
tushadi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 
Xarajatlar ijrosida mahalliy byudjetlardan respublika byudjetiga olib 
qo’yilayotgan xarajatlarga ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishning «birinchi sinf 
o’o’quvchilari uchun darsliklar ajratish xarajatlari»ni hamda «kam ta’minlangan 
oilalar bolalari uchun qishki kiyim xarajatlari»ni misol qilish mumkin. 
Tegishli moliya yili uchun byudjet loyihasi tasdiqlangach, mazkur yil investitsiya 
dasturiga tegishli o’zgartishlarning kiritilishi ayrim investitsiyalarni, jumladan, 
kollejlar va litseylar qurilishini moliyalashtirish xarajatlarini respublika 
byudjetidan mahalliy byudjetlar ixtiyoriga o’tkazilishini zarur qilib qo’ymoqda. 
Byudjet xarajatlarini taxminlashtirish va ijro etish jarayonidagi «davlat 
zaruriyati» tufayli respublika byudjetidan mahalliy byudjetlar ixtiyoriga yoki 
mahalliy byudjetlardan respublika byudjetiga o’tkaziladigan xarajatlar o’zaro 
hisob-kitoblarga qo’yilmoqda. 
Byudjet amaliyotidagi hozirda mavjud bo’lgan ushbu holat byudjet 
tizimi bo’g’inlari o’rtasida xarajat vakolatlarining asoslangan va adolatli 
tizimi yaratilmaganligini tasdiqlaydi. «Byudjet tizimi to’g’risida»gi 


32 
Qonun ushbu xarajatlarni mahalliy byudjetlar zimmasiga yuklatilishini 
ko’rsatadi. Biroq, ushbu xarajatlarning mahalliy byudjetlarga ular daromad 
bazasini tegishli tarzda oshirmay turib biriktirilishi byudjet ssudalariga bo’lgan 
ehtiyojning o’sishiga olib keladiki, ularni berish amaliyoti qaytaruvchanlik 
muammosining keskinligi tufayli nomaqbuldir. 
Xarajat vakolatlarining taqsimlanishida, odatda, ushbu xarajatlarni ijro etuvchi 
hokimiyat darajasini belgilashdan boshlanadi, so’ngra xarajatlarning to’liq yoki 
qisman moliyalashtirilishini mahalliy darajada hal etish ko’lami aniqlanadi. 
Shundan kelib chiqib, mahalliy byudjetlar jami xarajatlari ichida aholiga adresli 
ijtimoiy yordam ko’rsatish xarajatlari (birinchi sinf o’quvchilari uchun darsliklar 
ajratish xarajatlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyim 
xarajatlari)ning istiqbolli yo’nalishlari aniqlanadi. Ushbu maqsadli xarajatlarning 
moliyalashtirilmay qolishi holatining oldini olish, byudjet ssudalarining asossiz 
tarzda o’sib ketishiga yo’l qo’yish ho latining bartaraf etilishi uchun ushbu 
xarajatlar ijrosini ta’minlashga respublika byudjetidan maqsadli subventsiyalar 
ajratilishi lozim. 
Hozirgi kunda «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonunga ko’ra ushbu 
xarajatlarni moliyalashtirish respublika byudjeti zimmasiga yuklatilgan. 
Shu boisdan respublika byudjeti loyihasini tayyorlash, uning ijrosini ta’minlash va 
ijro yuzasidan hisobotlarni tayyorlash hamda taqdim etish mas’uliyati «birinchi 
sinf o’quvchilari uchun darsliklar ajratish xarajatlari»ni hamda «kam ta’minlangan 
oilalar bolalari uchun qishk kiyim xarajatlari Moliya Vazirligi zimmasidadir.
Yuqorida keltirilgan xarajatlarning taxminlashtirilishi jarayonida ham tarmoq 
vazirliklari va Moliya Vazirligi o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud. 
Ushbu xarajatlarni taxminlashtirish amaliyotidagi kelishmovchiliklar 
shundaki, qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi mavjud ehtiyojlaridan kelib 
chiqsa, Moliya Vazirligi taxminida asosiy e’tibor o’tgan yili qilingan 
xarajatlarning haqiqiy miqdori va byudjet daromad bazasining o’zgarishiga 
qaratiladi. Suv xo’jaligi xarajatlari bo’yicha taxmin muhokama etilib, 


33 
asoslanilgandan so’ng qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi xarajatlar hajmini 
viloyatlar bo’yicha taqsimlaydi, vaholanki mazkur xarajatlar respublika byudjeti 
tomonidan moliyalashtiriladi. 
Xarajatlarning samaradorligi, joylardagi ehtiyojlarning yanada to’liq e’tiborga 
olinishi nuqtai-nazaridan suv xo’jaligi xarajatlarini markazlashgan holda 
moliyalashtirish amaliyotini maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Biroq, shuni ham 
alohida e’tiborga olish lozimki, suv xo’jaligi xarajatlarining kapital xususiyatga 
ega bo’lgan turlarini mahalliy byudjetlar ixtiyoriga o’tkazish yoki alohida hudud 
zimmasiga yuklashning imkoni yo’qdir. 
Byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida xarajatlarni moliyalashtirish vakolatlarining 
taqsimotini takomillashtirish maqsadida suv xo’jaligi xarajatlarini moliyalashtirish 
amaliyotida respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar ishtirokini zamon talabiga 
moslash lozim. Ushbu maqsadda quyidagi yondoshuvni asoslash mumkin: 
- mahalliy xususiyatga ega bo’lgan xarajatlarni, jumladan, 
to’g’onlarni mustahkamlash, sug’orish, kollektor-drenaj tizimlarini 
tozalash, sho’r bosgan erlarni yuvish xarajatlari mahalliy byudjetlarga 
biriktirilishi lozim;__ 
- kapital xususiyatga ega bo’lgan xarajatlar, irrigatsiya tizimi 
joylashuvi va kapital ta’mirlashga katta hajmdagi moliyaviy resurslar 
talab qilinganligi tufayli, respublika byudjetiga biriktirilmog’i zarur. 


34 
Xulosa 
Iqtisodiy mohiyatga ko’ra mahalliy byudjetlar - bu hududlarda halq 
xo’jaligini, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni, davlat boshqaruvini moliyalashtirishga 
qaratilgan byudjet jamg’armasini tashkil etish va ishlatish munosabati bilan 
milliy daromadni qayta taqsimlash bo’yicha davlatning huquqiy va jismoniy 
shaxslar bilan vujudga keladigan pul munosabatlaridir. Mahalliy byudjet sababli 
hududlarda moliyaviy resurslarni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning hal 
qiluvchi jabhalariga jalb qilish imkoniga ega bo’linadi. 
Mahalliy byudjetlar bevosita moliya tizimi bo’g’imlari bilan o’zaro 
munosabatda bo’ladilar. Jumladan, hukumat tomonidan chiqariladigan 
qonunlar, qarorlar asosida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi korxona, 
tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari jismoniy shaxslar daromadidan 
soliq olish yo’li to’ldirib boriladi. Bunda bevosita soliq hizmati organlari, bank 
muassasalari faol ishtirok etadilar. Bundan tashqari mahalliy byudjetlar byudjet 
muassasalari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga mablag’ yuborish bilan ular 
faoliyatini tashkil etish va daromadini oshirishda bevosita ishtirok etadilar. 
Pandemiya sharoitida mahalliy byudjet mablag’laridan samarali foydalanish 
juda ham muhim hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar yordamida hududlardagi ijtimoiy daromadlar, 
YaIM korxona va tashkilotlar daromadiga soliq va tushumlar solish yo’li 
bilan taqsimlanadi va ularning ma’lum qismi mahalliy byudjetlar ihtiyorida 
jamlanadi. Jamlangan mablag’lar amaldagi hukumat o’z siyosatini amalga 
oshirishi uchun mahalliy byudjetlar tomonidan hududlarni ijtimoiy, iqtisodiy 
rivojlantirishga sarflanadi. Yoki YaIM shu yo’l 
bilan qayta taqsimlanadi. 


35 
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasi hududlarda yaratilayotgan milliy 
daromad, ya’ni ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, daromadlarning doimiy 
va bir maromda tushumini mahalliy hokimiyat daromadlari oshishidan 
manfaatdorligi bilan bevosita bo g’liqdir. 
Birinchidan, mahalliy byudjetdan daromadlarni oshirishning ichki rezervlari, 
hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirishni, joylarda iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish bilan chambarchas bo g’liq holda iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, turli mulkchilik shakllarini 
yuzaga keltirishda va mulkchilik shakllari o’rtasida raqobatni yaratishda, ularni 
erkin rivojlantirishga erishishda muhim rol egallaydi. Mahalliy byudjetlarning 
daromad bazasini mustahkamlash bevosita iqtisodiyotda 
amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog’liqdir. 
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki davrida ham, 
islohotlarning hozirgi bosqichida ham aholining daromadlarini hisobga olish va 
tibbiy xizmatga bo‟lgan talabni qondirishga ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida 
qarashimizga to‟g‟ri keladi.Pandemiya sharoitida Sog‟liqni saqlash tizimini 
rmvojlantirish va bu sohada faoliyat ko‟rsatayotgan xodimlarni o‟z vaqtida va 
to‟liq moaiyaviy ta‟minlash zarurdir.
Xulosa qilib aytgancha bugungi kunda mahallliy byudjet mablag’larini maqsadli 
foydalanish ertangi kunimizga albata oz ta’sirini ko’rsatadi. 


36 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish